SHERKAMOL SHERLARI

Description
Assalomualeykum kanalimizga hush kelibsiz. Ushbu kanal orqali siz azizlar kamtarona shoir SHERKAMOL she'rlari bilan yaqindan tanishasiz. Shoirning har bir she'ri sizlarning qalbingizdan chuqur joy egallashiga ishonamiz.
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 3 weeks, 3 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 days, 15 hours ago

2 weeks, 2 days ago
Juda koʻp narsa esimga tushib ketdi, …

Juda koʻp narsa esimga tushib ketdi, bu rasmni koʻrib..

Ajabo,

@Sherkamol_Sherlari

2 weeks, 6 days ago

Эсингизда бўлса Отажон Худойшукуров таваллудининг 80 йиллигини кенг нишонлаш бўйича Президентимизга видеомурожаат билан чиқувдим.

Мурожаатимизни Қорақалпоғистон Республикаси рахбарияти тўғри қабул қилиб, масалани ижобий ҳал қилинишида катта хисса қўшдилар. Таклифимизни Президентимизга етиб боришида яқиндан ёрдам бердилар.

Буюк хофизнинг жойлари жаннатда бўлсин, Отажон Худойшукуровнинг бетакрор қўшиқлари қалбимизда мангу қолажакдир!!!

Баходир Сапаев ANTIKORRUPSIYA OAV асосчиси

🦅 ANTIKORRUPSIYA

2 weeks, 6 days ago
Qadirdon odam

Qadirdon odam

Shoir Sherkamol

Bugun shunday kun ekan yo Rab
Armonlarning barini yopdim
Olisdagi ortimga qarab
Bir qadirdon odamni topdim.

Ko"ngil kutgan suhabatni eslab
Nomard qilgan ilatni eslab
Qadim tarix xurmatni eslab
Bir qadirdon odamni topdim.

Yodga tushdi o"sha o"tmishlar
Bahor bo"ldi o"tgan u qishlar
Boshimizda ming bir tavshishlar
Bir qadirdon odamni topdim.

Yalinsam ham qaytmaydida vaqt
Xayollarim ko"z o"ngimda naqt
Bu qandayin ummon to"lgan baxt
Bir qadirdon odamni topdim.

Ro"yob bo"lgan qancha orzular
Sarob bo"lgan qancha orzular
Kitob bo"lgan qancha orzular
Bir qadirdon odamni topdim.

So"zlashardik Quron xadisdan
Duch kelganin xar-hil xasisdan
Shirin suhbat olib azizdan
Bir qadirdon odamni topdim.

Iymoni pok pokiza dili
Sherkamolning to"xtamay tili
O"tmish bo"lib o"n olti yili
Bir qadirdon odamni topdim.

22.06.2022..

@Sherkamol_Sherlari

3 months ago

Sudrab boraman

Shoir Sherkamol

Uyĝon òtib ketdi qaro tun
She'rlar yozib avrab boraman
Sirmoq solib bòyniga bir-kun
Xaqiqatni sudrab boraman..

Sotar eding sotib olarding
Ishim besh deb qotib olarding
Shapkasinni otib olarding
Xaqiqatni sudrab boraman..

Terga botar peshonanggacha
Yoningdagi parvonanggacha
Kutib tursang ostonggacha
Xaqiqatni sudrab boraman..

Kòngling bòlar òshanda mahsun
Pushmonlaring uzundan-uzun
Yer yuzinni bosar bir tutun
Xaqiqatni sudrab boraman..

Yillar yeding dunyo zarinni
Qonnin ichib asal arinni
Qayt, qilarsan bari-barinni
Xaqiqatni sudrab boraman..

Xaqiqatni chaqarding pulga
Sirtlonlaring òxshardu qulga
Umring shamol sovurib kulga
Xaqiqatni sudrab boraman..

Sherkamol ayt tavbalar qilsin,
Yaxshi-yamon nazarga ilsin,
Vatan diya kòksini tilsin,
Xaqiqatni sudrab boraman..

04.06.2024.

@Sherkamol_Sherlari

3 months, 1 week ago

Onajonim

Sherkamol sòzi

Sarvarbek Erkaboyòv ijroda

@Sherkamol_Sherlari

3 months, 1 week ago

**Qal'alar Tarixi

Shoir Sherkamol

Bobolarim ruhisenda shod-u, huram
Kamol topsin tuproĝingda bolalarim
Kòzimda yosh, dilda quvonch, qòlda qalam
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Nur-u, quyosh yerga chòmgan qizil Qal'a
Birda shodlik, birda kòrdim hazil Qal'a
Kòngling bilan kònglim sirdosh kòngil Qal'a
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Òrta yòlda qolib ketgan chilpiqmidi?
Joning fido Vatan uchun tortiqmidi?
Kòzlar horĝin yuraklaring intiqmidi?
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Tuproq Qal'a asrab kelar tuproĝinni
Hechkimsaga kòrsatmasdan bayroĝinni
Savdolashib ololmaslar yaproĝinni
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Bir Qal'aning nomi ajab Ayoz Qal'a
Tun yarimda chal'ar emish dard Soz Qal'a
Ming hikmatlik, sa'do keldi ovoz Qal'a
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim...

Yarim kòngling, Xaq Xudoyim tòlsinda
Saxrolarda chamanzorlar undursinda
Chaqmoq qolib ketgan òshal Guldursinda,
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Yòlim tushdi Qavvat Qal'a yòllariga
Qòlim chòzsam qòllim yetmas qòllariga
Borib, kòring Aqcha kòlning-kòllariga
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim...

Olim ota kelib davr-u, doston bòldi
Necha yillar El Ògasi sarbon bòldi
Saxrodagi, shaxrim nommi bòston bòldi
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

El ardoqlab suydi yangi Sarbonni
Mehr bilan bitdi yurtning dastonni
Tòkin qildi Ona Vatan hirmonni
Tarixingda aylanayin Qal'alarim..

Yantoq òsgan dal'alarda ĝalla kòrdim
Kuzga kelib hirmonnida yalla kòrdim
Dexqon bobom ketmonida tillo kòrdim
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Havaz qildi, husnin kòrib kòkda oylar
Yer baĝrinni yorib òtdi tillo soylar
Saxro sònib, qat kòtardi kòp saroylar
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Bol Ari bol yiĝib-yiĝib asal bòldi
Rahmat Nuri yoĝilgan chin ĝazal bòldi
Keksalikga yetib sarbon kasal bòldi
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Kiyin yangi tuzim bilan karvon yurar
Amin òga degan yangi sarbon yurar
El ham hamroh unga hardam shodon yurar
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Rizo bòldi, xalq ham uning sòzlarida
Bahordagi boĝlaridan, kuzlaridan
Bir yil mehmon kelib ketdi izlaridan
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Matkarimning òĝli unda Sarbon bòldi
Sarbon emas Qal'alarga Sulton bòldi
Elni suygan, El ham suygan òĝlon bòldi
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Yiĝirma yil sirdosh bòldi Dexqon bilan
Yurt oralab yaxshi-yamon inson bilan
Shoir, hofiz, turlik-tuman mehmon bilan
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Obod bòldi Ellikqal'a kòchalari
Oymomosiz yoruĝ shaxrim kechalari
Nomin abad saqlar dilda Nechalari
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Baxtdan tòlib-toshib yurtga ummon keldi
Bahor choĝĝi, baraka bòb hirmon keldi
Valijondek Elga quvonch Sarbon keldi
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Uluĝladi Marifat-u, ilim axlin
Farzandlar-u, kelajakni òylab baxtin
Quloq tutib tinglab kòrdi Ona Xalqin
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Ustozining yòllarini tutarmikan?
Ona Xalqni Farzandidek kutarmikan?
Tarixlarni faxir bilan bitarmikan?
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Qal'alarmas asli qadim qasrlar-u,
Òtib ketgan balkim ming-ming asrlar-u,
Bobolardan qolgan bizga sabrlar-u,
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

Yoz Sherkamol kòngil ochib orzularni
Unut endi òtmishdagi qayĝularni
Tarix qilgin dilga tuygan tuyĝularni
Tarixingdan aylanayin Qal'alarim..

01.06.2024**:,, 3:17

@Sherkamol_Sherlari

5 months, 1 week ago

Sòzlarim

Shoir Sherkamol

Teskari tuzulgan asli bu dunyo
Oltin baliqlaring tòrga siĝmaydi
Mehr muhabbatdan yarating Xudo
Gohida sòzlarim she'rga siĝmaydi..

Goho nadomatga tòlib qolaman
Shom choĝi quyoshdek sòlib qolaman
Kimgadir teskari, bòlib qolaman
Gohida sòzlarim she'rga siĝmaydi..

Kònglimni kòzlaydi hazonlar, kuzlar
Yaproqdek sarĝayib alamdan yuzlar
Ishq-u, muhabbatda erisa muzlar
Gohida sòzlarim she'rga siĝmaydi..

Xavotir olmagin kuyunma, inim
Nomard kimsalarni suymaydi jinim
Qalam qopqonini tark etsa qinim
Gohida sòzlarim she'rga siĝmaydi..

Nechun hasratlardan bòyalmish daftar
Maktubim bolangga yetkazigin kaptar
Tugamay qolganda ul mayda gaplar
Gohida sòzlarim she'rga siĝmaydi..

Sherkamol yorgamas kòngilga oshiq
Qulday sultoniga joni ham tortiq
Balkim she'rlariga yuragi boĝliq
Gohida sòzlarim she'rga siĝmaydi..

03.04.2024..

5 months, 1 week ago

Oylik

Shoir Sherkamol

Quyosh kòkda porlamay qòydi
Yuraklarni alam-dard òydi
Bechora Xalq jonidan tòydi
Pora olib yiĝarlar boylik
Oydan oyga yetmaydi oylik..

Kòngildagi kirlaring ayon
Shayton kabi birlaring ayon
Menga hamma sirlaring ayon
Turmush tarzi bòlmas chiroylik
Oydan oyga yetmaydi oylik.

Òsib qoldi bòylarimiz ham
Isrob buncha tòylarimiz ham
Tashnalikda òylarimiz ham
Qilolmasak bir erkatoylik
Oydan oyga yetmaydi oylik..

Adashmasin ustoz olimlar
Sòzi shirin sòzi halimlar
Kòzingni och endi zolimlar
Yuzlari ham qop-qora loylik
Oydan oyga yetmaydi oylik..

Yurar bòlsak yòlimiz egri
Sòz qolmadi sòzlashga tòĝri
Bugun bildim barchasi òĝri
Bir ishim bor deydilar choylik
Oydan oyga yetmaydi oylik..

Sherkamol der kechir rost sòzim
Kuta-kuta tòrt bòldi kòzim
Hayronaman òzimga-òzim
Halolidan topmadik boylik
Oydan oyga yetmaydi oylik..

02.04.2024..

5 months, 1 week ago

Gulsanam

Sherkamol sòzi

Shohjahon Soburòv ijroda

5 months, 2 weeks ago

Qoraqolpoq Elning Farzandi

Shoir Sherkamol

Qòlda qalam, dilimda titroq
Kindik qonim tòkilga tuproq
Qadirdonim òzingsan kòproq
Qoraqoploq Elning farzandi..

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 3 weeks, 3 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 days, 15 hours ago