Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 5 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Ayni dam qish fasli, ammo yurakni
Zabt etgan bahorning iliq havosi
Qarg'alar egallab oldi falakni
Ammo qulog'imda bulbul navosi
Kun sovuq, lek qalbim ko'mir cho'g'iday
Yo onam yuziday issiq va qaynoq
Har qanday sinov-la kurashishga shay
Yurakka begona toliqish, charchoq
Olg'a qadam qo'yish kerakdir endi
Kichik narsalarga bo'lmasdan fido,
Menimcha vaqt keldi, davroning keldi
Kuch-quvvat bersa bas yagona Xudo
✍Murod Komiliy
G'amdan yaralmagan dunyo, azizim
Yorug' kunlari ko'p hayotning hali
Suyangan tog'ingku axir men o'zim
Tabibing bo'laman - dardga tasalli
So'zlarim jim tinglab qulog'ingga il
Sira taslim bo'lma gulim g'amlarga
Yoningda men borman,Ko'ngilni keng qil
Birga yetajakmiz baxtli damlarga
Sadqayi ko'z yoshing bu dardlar uchun
Dardlarni tabassum ila yutamiz
Hozir atrofimiz bo'lsa qaro tun
Yorug' kunlarimiz kulib kutamiz
Seni baxt qasriga eltaman o'zim
G'amdan yaralmagan dunyo azizim...
✍Murod Komiliy
Dunyoni qaragin, qanday ahvol bu
Do'stman deganlaring tutishar og'u
Lekin yuragingni bosmasin qayg'u
Jimgina davrimiz kutamiz, do'stim
Hali barchasidan o'tamiz, do'stim...
Oyning yarmi zulmat, yarmi yorug'dir
Deydi-ku:"har ishdan bir hikmat qidir"
Ozroq shoshilmasdan yonimda o'tir
Jimgina davrimiz kutamiz, do'stim
Hali barchasidan o'tamiz, do'stim...
Hali yo'limizga ko'z tikar barcha
Bekinib mo'ralar ochishib darcha,
Tishni tishga qo'yib o'sha ongacha
Jimgina davrimiz kutamiz, do'stim
Hali barchasidan o'tamiz, do'stim...
✍Murod Komiliy
Hayotning mantig'i borar yo'qolib
Go'yo-ki suzasan oqimga qarshi
Tunlari o'ylaysan kunlardan tolib:
"Qachondir bo'ladi barchasi yaxshi"
Muommmolar bisyor, tashvish behisob
Kamaymas sira ham dunyo tashvishi
O'zing sog'lom bo'lsang yaqining betob...
Eh qachon barchasi bo'ladi yaxshi
Xudodan so'raysan, duoda qo'ling
O'ylaysan:barchasi Xudoning ishi
Ol qulim, deb ochib yuborsa yo'ling
Qachondir barchasi bo'ladi yaxshi...
✍Murod Komiliy
O'qituvchi
Muommmolar ko'pku dunyoda
Sanashga ahd qilsangiz agar
Bir iltimos qilay men sodda
O'qituvchini tinch qo'y, birodar
Tarqatadi ziyo bolangga
Misoli u qo'li gul zargar
Tarmoqlarda tosh otmagin, qo'y
O'qituvchini tinch qo'y birodar
Muallim ham insonku axir
U bo'lmasa ta'lim ham tugar
Yoqasidan olma, do'q urma
O'qituvchini tinch qo'y, birodar
Mavzular ko'p maktabdan boshqa
Boshqasiga yetmaydi kuchlar
Ta'limga ko'p burningni suqmay
O'qituvchini tinch qo'y, birodar
✍Murod Komiliy
Farzandlarni vatanparvar qilib tarbiyalash kerak, shundagina kelajak bugungi kundan ko'ra yaxshiroq bo'ladi.
✍Murod Komiliy
Hayot
Nimani ham orzu qilardim...
Hatto orzu cheksiz emasdir
Mayli orzu qilarman, ammo
Imkoniyatim bo'yimdan pastdir
Olam o'zi shunday yaralgan
Odamlarda nimadirlar kam
Shukronalik yetishmas bazan
Qolganlardan ustun bo'lsak ham
Yo'l qo'ymaydi orzu qilishga
Hayotdagi to'siqlar, g'ovlar
Bolta urar oyoqqa hatto
Do'stman degan ba'zi birovlar
Ucholmaysan qanoting yozib
Keng emasdir hattoki osmon
Bug'doy bo'lay deya chopasan
Lekin seni qilishar somon
Mayli deya ko'nasan oxir
Davom etar umrbod shu hol
Olib ketar orzularingni
Taqdir deya atalmish shamol
✍Murod Komiliy
Nasihat
Baland tog'ni ko'zlamasdan
Oyog'ingni ostiga boq
Ko'p so'zlarni so'zlamasdan
O'ylab ko'rib, nog'ora qoq
Hamma joyga tumshuq suqma
Har ko'chaga qo'yma qadam
Tashlamagin har vaqt luqma
Jim turishni o'rgan har dam
Quruq va'da har doim ham
Ustunlikni berolmaydi
Senga saroy va'da qilgan
Bitta g'isht ham terolmaydi
Uchma hech ham hoy-havasga
Ishonmagin har kimsaga
Gar ishonsang pul to'laysan
Yemay turib ham somsaga
✍Murod Komiliy
Oq-qora tasvirday boʻlar hayoting
Changita olmaysan maydonda oting
Vayrona boʻladi qilgan oboding
Agar atrofingda doʻstlar boʻlmasa
Yoshlikni eslashga topmaysan imkon
Yurasan tovonga botganday tikon
Goʻyoki dunyo bu kimsasiz makon
Agar atrofingda doʻstlar boʻlmasa
Toʻylar-u hasharlar mazmunsiz bari
Vaqtning oʻtishi ham telba teskari
Soʻzimni tasdiqlar ham yosh,ham qari
Agar atrofingda doʻstlar boʻlmasa
✍Murod Komiliy
Baxtni olislarga qoʻyarkan Alloh
Derkan: zahmat ila erishsin bandam
Bu soʻzning hikmati oson erishgan
Yutugʻin qadriga yetmaydi odam
Baxtni olislarga qoʻyarkan Alloh
Keyinchi,berarkan umid yurakka
Sinovlar,mashaqqat ,dardning yoʻlida
Bandasin hech qachon qoʻymaydi yakka
Baxtni olislarga qoʻyarkan Alloh
Lek unga erishish yoʻllari ayon
Sabrni hamroh qil va hayotingga
Baxt kirib keladi sen kutmagan on
✍ Murod Komiliy
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 5 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago