@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Buyukman demagin, ojiz maxluqot,
Axir bizni kutib turar yog'och ot.
Hammamiz bir kuni o'lguvchilarmiz,
Buyuklikka arzir o'lmaydigan zot.
Қўй менга насиҳат қилмагин дўстим,
Бировни гўрига биров кирмайди.
Ёдингда сақлагин сен ушбу сўзни,
Ошиқ эшитмайди, ошиқ кўрмайди!
Ҳолинг войдир, Яратган –
Яздонни англамасанг.
Масжиддан ёйилган нур –
Азонни англамасанг.
Тўрт ёнингни ўраган,
Ҳақдан шуни сўраган,
Жаҳаннамдан қўрқмаган
Шайтонни англамасанг.
Сўзимни тингла беун,
Бунда йўқ бағри бутун,
Жаннатга кириш учун
Имконни англамасанг.
Бирда ғариб, ҳотамсан,
Биринг онам, отамсан,
Ахир қандай одамсан,
Раҳмонни англамасанг.
Nafs tulporin boqishga,
Mudom andarmon boʻldim.
Umrimni berdim ayshga,
Men qanday inson boʻldim.
Muhabbat borasida
Koʻp kuyding, norasidam.
His va hirs orasida
Chalgʻidim, shayton boʻldim.
Tiriklik deb yoʻrgʻalab,
Jon boʻgʻzimda sirgʻaldi.
Hijron koʻkga oʻrladi,
Dard boʻldim, figʻon boʻldim.
Ayrilib jon doʻstimdan,
Qalbimda sarosima,
Bu hayot sahrosida,
Yoʻl topmay sarson boʻldim.
Yoshlik ketma! Qol dedim,
Birda zahar, bol yedim,
Qarang yana nolidim,
Qanday musulmon boʻldim!
Ravshan Haqmurod
Bu videoni olganimizga 5 yil boʻlibdi.
Ajoyib damlar edi,
endi eslasam tushga oʻxshaydi,
Deyarli har kuni soatlab birga tentirdik,
Biz gaplashmagan mavzu qolmasdi.
Oʻshandan beri koʻp narsalar oʻzgardi,
Faqat Mansur oʻzgarmadi,
Mansurga boʻlgan hurmatim oʻzgarmadi. Hazillashib Avliyo bobo derdim, siniq jilmayib qoʻyardi. Endi esa Avliyo degan soʻzni eshitsam, Mansur koʻz oldimga kelaveradi.
Mansur bilan bir zamonda tugʻilib, ijara uyda birga yashab, birga ijod qilganimdan, doʻst boʻlganimdan faxrlanaman.
Umid qilamanki, chin dunyoda yana diydorlashamiz. Suhbatlarimizni toʻxtab qolgan joydan davom ettiramiz.
Avliyo bobo, oxiratingiz obod boʻlsin, to tirik ekanman eng yaqin doʻstimsiz, doim qalbimdasiz.
Mansur Jumayevga
Ey matlabi — ishq,
Majnunkoʻz oshnam,
Asl soʻz va dardning chin xaridori.
Visolga shu qadar edingmi tashna,
Shu qadar tutdimi Yorning xumori
Yoki bezganmiding ushbu olamda
Mayda odamlarning mayda ishidan,
Yoki mahv boʻldingmi oʻsha mashʼum tun
Laʼnati shaytonning shum qilmishiga?!
Bilmayman,
Bilganim — ketding boqiyga,
Jismingni bu foniy dunyoga tashlab.
Salom ayt ishq mayin bergan Soqiyga,
Ey matlabi — ishq,
Majnunkoʻz oshnam.
Ravshan Haqmurod
Пулни севиб пулга қул бўлдинг
Гулни севиб ёниб кул бўлдинг.
Юрагингни харжладинг кам кам
Кўксинг бўм - бўш, хаста дил бўлдинг.
Энди нега айлайсан фарёд
Иллатинг кўп экан, одамзод.
Ўзгани ҳеч зўр деб билмадинг,
Шерман дединг, шердек бўлмадинг.
Нафс ортидан от чоптириб сен,
Айт , нимага Ҳақдан қўрқмадинг?!
Энди нега айлайсан фарёд
Иллатинг кўп экан, одамзод.
Боғда гулни эзиб ўтдинг сен,
Ҳатто тоғни бузиб ўтдинг сен.
Отанг ҳолин ўйламай бир бор
Дунё деб дил эзиб ўтдинг сен.
Энди нега айлайсан фарёд
Иллатинг кўп экан , одамзод
Жалолиддин юрт деб берди жон,
Чингиз халқни қирди беомон.
Худо берган неъматлар туриб
Бир - бирингни еганинг ёмон.
Энди нега айлайсан фарёд
Иллатинг кўп экан , одамзод.
Dunyoda xunuk soʻz koʻpdir va ammo,
Ularning ichida eng xunugi bor.
Bugun u qarshimdan chiqarkan nogoh,
Hayratdan tosh kabi qotdim telbavor.
Nafasim boʻgʻildi, dil tortdi xira,
Yurakda yashamoq shavqi yoʻqoldi.
Hamma qiyqiradi shodumon xurram,
Meningchi boʻgʻzimga nedir tiqildi.
U soʻzni barobar takrorlab barcha,
Menga qoʻl choʻzadi qilib masxara.
Ichmasam boʻlmaydi bugun toʻyguncha,
Bu soʻz buncha xunuk buncha tasqara.
Xoʻsh nima u?
Uning oti ne?
Kelmagandim oldin yuzma-yuz.
Ogʻri, qotil, emas qizg'onchiq,
Uning nomi oʻttizdir, oʻttiz!
Ishqim ichimga sig'mas,
Qilolmam zikri hafiy.
Etagingiz tutsam bas,
Xoja Ahmad Yassaviy.
Vujud - bu oddiy libos,
Dard chekdim Hallojga xos.
Umr - sevgi yo'lidir,
Har qadamda ehtiros!
Ichimdan toshar junun,
Tinglagach ruh shivirin,
Bu ogʻriqning lazzati,
Bola boʻyiday shirin!
Oʻzimni topgandayman,
Kavsardan totgandayman,
Boshimni yerga qo'yib,
Osmonga yetgandayman!
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago