Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
✍️Malika Salimova she'ri
?Abdimo'minova Sevinch ijodi
✍️Malika Salimova she'ri
?Abdimo'minova Sevinch ijodi
Assalamu alaykum hammaga!
Bugun 6-iyun meni dunyoga keltirgan, hechkimdan kam qilmagan, Munis, Farishta Onamni tug'ilgan kunlari????
Onajonim tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin. Ilohim umringiz uzoq bo‘lsin ❤️?.
Onaning sevgisi haqiqatdan ham so'zsiz va uning o'rnini bosa oladigan hechkim yo'q.
Onalar kuni shunchaki bir kun emas, to'g'rimi, bu ona mehrining beqiyos qadr-qimmatini eslatadi. Onajon men buni tez-tez aytmasligim mumkin, lekin men sizni yaxshi ko'raman Onam va men uchun qilgan hamma narsangizni qadrlayman. Mehringiz uchun abadiy minnatdorman Onam.
"Dunyoga sen Onasan, bizning oilamizga sen Dunyosan"??
"Dunyo uchun siz bir odamsiz, lekin farzandingiz uchun siz Dunyosiz "
Men uchun qilgan fidoyiliklaringiz behisob Onajon❤️
Mening eng katta qo‘llab quvvatlovchim bo‘lganingiz va doimo menga ishonganingiz uchun rahmat!
Xudo hamma joyda bo‘la olmadi va shuning uchun u ONALARNI yaratdi. To'g'rimi??
Bo'yningizda bo‘ladigan eng qimmatbaho toshlar-bu bolalaringizning qo‘llari. Onam❤️?
Onajonim sizni juda juda ko'p yaxshi ko'raman.
Siz haqiqatdan ham noyobsiz❤️?❤️?
Ich-ichimdagi gaplarimni yozdim....
Onajon bu tilaklar, bu samimiy so‘zlar siz uchun juda juda kam, sizga rahmatlarim cheksizdir ?❤️
? Сизга кўринганлари....
♦️ Икки инсон оламдан ўтди, бирлари масжидда, иккинчилари эса, майхонада оламдан ўтди. Одамлар шу ондаёқ муҳокамани бошладилар: "Майхонада оламдан ўтибдими...? Майxур гуноҳкор. Шароб ичиб ўлган бўлса унда иймонсиз кетди". "Маcжидда ўлди дейсизми..? Аллоҳ раҳматига олсин, қаранг яхши инсон экан, амали солиҳ экан, мачитда Аллоҳнинг уйида жон берибди".
Аслида, ҳақиқат шундаки, майхонада оламдан ўтган инсон доим шароб ичадиган дўстини, у ердан олиб кетиб тўғри йўлга бошлаш ва насиҳат қилиш учун, у ерга кирганида жони узилди. Маcжидда оламдан ўтган инсон эса, намозхонларнинг поябзалларини ўғирлаш учун Аллоҳнинг уйига кирганида ажал етиб, оламдан ўтган эди...
? Ана шундай қадрдонларим! Зинҳор инсонларда Сизга кўринаётганлари, ҳақиқат деб ҳукм қилманг, зеро, қалбларда нималар беркитилган ёлғиз, У Зотга маълум. Дарҳақиқат, у маконлар эса, фақат Унинг изнидадир.....
Hammasi uchun: inson bo'lib yaratilganim, qalb xotirjamligida yashayotganim, tinch va osoyishta yurtning, mehribon Ota-onaning farzandi ekanligim, atrofimda menga yaxshilik sog'inadigan odamlarim borligi, ishonchli insonim borligi, hayot yo'llarimda yordam beradigan, o'zining sevgisi bilan menga kuch-quvvat ato etadigan insonlarimning mavjudligi, kelajagimni yaratishim uchun juda ko'p imkoniyatlar borligidan faxrlanaman va shukrona keltiraman.
Men kimman? Men meni juda yaxshi biladigan odamlar, yaqinlarim, do'stlarim uchun juda sodda, kamtar, ko'ngli ochiq, kamgaproq, biroz dangasa, injiq va yig'loqi, meni shunchaki taniganlar uchun oddiy hammaqatori odam, meni umuman tanimagan lekin ko'rganlar uchun tili zaxar, ushlagan joyini qo'yib yubormaydigan, o'ziga bino qo'ygan, kibrli qizman. Bu boshqalarning fikri. Aslida, o'zimga o'zim ta'rif beradigan bo'lsam, Allohning mukammal bir asariman. Hali komil shaxs emasman. Bunday bo'lish uchun hali ancha yo'lni bosib o'tishim, yanada sabrli va qanoatli bo'lishim, hayotning shirin-achchiqlaridan tatib ko'rishim, ko'proq bilim olishim va eng asosiysi, iymonimni go'zal holatga keltirib, Allohni chinakamiga tanishim kerak. Hozir shu yo'lning boshidaman. Hozir 20 yoshdaman va dunyoni qaysidir ma'noda anglaganman deb o'ylayman. Lekin, menimcha, insonning har yoshda o'zining hayotiy haqiqatlari bo'ladi. Ya'ni bolaligida ham, katta bo'lganida ham men hayotni angladim deb o'ylaydi.
Endi men qandayman o'zi aslida degan savolga javob bersam. Men "Sevinch" rostan juda sodda, hamma narsani ko'pincha yaxshi tomonini ko'radigan, odamlar bilan darrov kelishib ketolmaydigan, tortinchoq, bir g'ayrati tutib ketsa, to'xtatib bo'lmaydigan, lekin dangasaligi tutib qolsa, uni ham to'xtatib bo'lmaydigan, orzu va xayol qilishni yoqtiradigan, she'riyatni chindan sevadigan, g'oyat ishonuvchan, ko'pincha o'ylamasdan ish qilib, keyin uni o'ylab, siqilib yuradigan, shovqin-suronni va ko'pchilik bor davralarni emas, tinchlik, faqat o'ziga juda yaqin odamlar yoki yolg'izlikni xush ko'radigan, romantik, hayotni, undan zavq olib yashashni sevadigan, ta'sirchan va o'zi bilan ko'p gaplashib, o'zini tanqid qiladigan, rostan yaxshi ko'rgan odamlaridan hech nimani ayamaydigan, o'zining qandaydir qobig'i va olami bor bo'lgan, yana ko'pgina yaxshi va yomon xususiyatlarga ega bo'lgan sirliroq insonman. Men 5 yil oldin hozirgidan ham sodda qiz edim. Lekin o'zi bo'lib yashash, ya'ni mustaqil yashash tufayli ko'p narsani o'rgandim. Rostan, hayot eng katta o'qituvchi ekan. U, hatto, o'qimayman degan o'quvchini ham o'qitib qo'yarkan. Buning natijasida hayotiy tajribang oshganini o'zing ham sezmay qolarkansan. To'g'ri, hali hayotiy tajribasi bor bo'lgan insonlar sirasiga kirmayman. Lekin Toshkentda, Ota-onadan yiroqda o'tgan mana shu 5 yil men uchun haqiqiy tajriba yili bo'ldi deya ayta olaman. Chunki har xil tabiatdagi, har xil dunyoqarashdagi odamlar bilan yashadim va bildimki, dunyo faqat yaxshilardan iborat emas ekan. Men ular orqali o'zim uchun kerakli xulosalar chiqardim. Men uchun unday odamlar bilan yashash, to'g'risi, azob va bundan qo'rqaman. Chunki bir do'stim aytgani kabi, inson qanday odamlar bilan yashasa, ularga o'xshab boradi. Men qalbim kirlanishidan, poklikka emas, jirkanchlikka intilib qolishidan qo'rqaman. Chunki qalb–Allohning omonati. Uni go'zal, pok holatda qaytarish insonning vazifasidir.
Men, shunchaki, o'z hayotimni chiroyli yashab o'tishni va o'zimdan yaxshi iz qoldirishni, go'zal nom qoldirishni istayman. Hech kimga nisbatan g'arazli, hasadli niyatim yo'q. Shu paytgacha hech kimga yomonlik tilamaganman va tilamayman ham. Hamma baxtli, baxtiyor yashashini, hamma hayotdan zavq-shavq olib yashashini istayman. Kelajakda har qanday yuqori lavozimda ishlasam ham, boy bo'lsam ham, hamma narsam yetarli bo'lsa ham, ichimdagi soddalikning, beg'uborlikning yo'qolishini xohlamayman. Menga ko'p uqtirishadi puxtaroq bo'l deb. Lekin shunday bo'lishga harakat qilsam ham, negadir bo'lolmayman. Menimcha, ayyorlik, puxtalik tabiatimda umuman yo'q.
Lekin men ishonaman, kelajagim, albatta, porloq bo'ladi, baxtli inson bo'laman. O'zim xohlagan hamma narsalarga erishaman va pok holda Allohim bilan yuzlashaman. Faqat mendan talab etiladigan narsa sabr-iroda va mukammal diniy, dunyoviy bilim.
Agar mendan kimdir "Mana bu odamning o'rnida bo'lishni xohlaysanmi?", deb har tomonlama juda zo'r odamni ko'rsatsa, men "yo'q" derdim. Chunki o'zim bo'lishni xohlayman va hammasiga o'zim erishishni istayman.
davomi??
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago