O'qituvchiga yordam ( G'ofir Hamroyev metodi)

Description
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

1 week, 3 days ago
**Tabiat mohir o‘qituvchi**

Tabiat mohir o‘qituvchi

Eynshteyn, hozirgacha yashagan eng aqlli odamlardan biri, u shunday degan edi: "agar asalarilar yer yuzidan yo'q bo'lib ketsa, insoniyat to'rt yil qoladi". Asalarilar bo'lmasa-changlanish bo'lmaydi, o'simliklar bo'lmaydi, hayvonlar bo'lmaydi, odamlar bo'lmaydi.

Bugungi kunda dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining 75 foizigacha asalarilar ishlab chiqaradi. Yer ekotizimini saqlashga yordam beradigan eng muhim hayvonlar asalarilar!

Bir ari hayoti davomida 5 gramm asal yig‘arkan! Bir qoshiq asal tayyorlash uchun 200 ta asalari to'liq ish kuni davomida nektar yig'ish bilan shug‘illanadi.

Qisqa muddat hayot kechirsa ham tinimsiz ishlab, insoniyatga misilsiz xizmat qilishar ekan.

Biz aslida, taʼlimni ham tarbiyani ham tabiatdan o‘rganishimiz kerak, misol, namuna uchun ularni ko‘rsatish mumkin. Chumolidan mehnatkashlikni, itlardan sadoqatni. Suvdan ham, tuproqdan ham, darxtdan ham o‘rganadiganlarimiz ko‘p!

@hamroyev_g

2 weeks, 2 days ago
Taʼlim fidoyisi

Taʼlim fidoyisi

Insonning ozmi, ko‘pmi qo‘lga kiritgan yutuqlarida, ustozlarning hissasi beqiyos bo‘ladi. Abdusalom Umarov ana shunday shogirdparvar insondir. Ustozdan mehnatkashlik, insonparvarlik, fidoiylik, g‘amxorlik xislatlarini o‘rganish mumkin.

Ustoz rahbar sifatida yangilikka intiluvchan, talabchan, xodimparvar va pragmatikdir.
Inson sifatida kamtar, o‘ta madaniyatli va ilmiga, so‘ziga amal qiluvchi ko‘ngilchan kishidir.

Olim sifatida fan asoslarini mukammal biladigan, o‘z sohasidan tashqari boshqa fanlarning ham muammolarini ko‘ra oladigan, noyob isteʼdod sohibidir.

Respublika taʼlim markazi rahbari sifatida qisqa muddat faoliyat yuritgan bo‘lsalar-da maktab darsliklari mazmunini yangi bosqichga olib chiqishga, fanlarni hayotga bog‘lashga maʼlum maʼnoda erishgan edi.

Texnika fanlari doktori, professor -- Abdusalom Umarov tabarruk 65 yoshni qarshi olmoqda. Ustoz, umringiz uzun bo‘lsin, mamlakat taʼlimi, ilm-faniga hissa qo‘shishda yaratgan kuch-quvvat beraversin!

@hamroyev_g

2 weeks, 6 days ago

Koʻrmaganning koʻrgani qursin, yohud instagramdagi yolgʻon hayot

Bugun jamiyatimiz juda tezlik bilan,shiddat bilan rivojlanib bormoqda . Albatta,rivojlanish hamma sohada yaxshi lekin ma’naviy hayot, madaniyatimiz tubsiz jarlikka qarab ketayotgani achinarli holatdir!
Men bir oʻqituvchi sifatida bugun oʻzbek xotin-qizlarining ijtimoiy tarmoqlarda oʻzlarini yolgʻon ( ba’zisi haqiqatdir balki) hayotlarini koʻz- koʻz qilishlarini koʻrib yoqa ushladim. Nahotki,shu darajada, tubanlarcha, farosatsizlarcha,ongsizlarcha kechagina topgan mol davlatini hammaga namoyish qilishlari toʻgʻrimi? Kimdur tugʻilgan kuniga tushgan sovgʻalarini , pullarini,dollarlarini, brilliatu-tillasini jamoat bilan sanab oʻtirsa, kamiga pullarni hidlashiga nima deysiz, yana achinarlisi shundaki,bugungi kunda “ urf”boʻlgan qimmatbaho mashina sovgʻa qilishlarini ochiqdan-ochiq jamoat oldida koʻz-koʻz qilishi bu oʻta ma’naviy pastlikdan dalolat deb bilaman. Negaki bunday holatlar istaymizmi yoʻqmi boshqa oʻrtahol yashaydigan oilali ayollarga yoki boʻlajak kelinlarga juda salbiy ta’sir etmaydi deb kim kafolat beradi? Chunki,shuni koʻrib ayol qizlarimiz ham shunday hayotni talab qiladi havas qiladi va oxir oqibat oilada janjallar noshukurliklarni olib keladi. Bundan videolarni tarqatayotganlar asosan bir ikkita taniqli bloger va san’atkor ayollar,aktrissalardir. Vaholanki,ular ma’naviyat va madaniyatni targʻib etuvchilar aslida. Bunday hashamatni ,yengil hayotni koʻz-koʻz qiladigan ma’naviy qashshoq ayollar qanday qilib kelajak avlodlarini tarbiyalashi mumkin.
Oddiylik va kamtarlikda hikmat koʻpligini ular qaydan bilsin, chunki bunday toifadagilar ma’naviy qashshoqdirlar. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqning rivojlanib ketishida oilalarga salbiy ta’sirini koʻrsatayotgan koʻrsatuvlar, seriallar, shuningdek instagramdagi yolgʻon hayot ana shunday ilmi noqis xotin qizlarimizga aks ta’sir etmoqda. Ular orzu qilishmoqda,hayot shunday goʻzal ekan deb tushunishmoqda. Shuning uchun ham ma’naviyatimiz madaniyatimiz shu holatga kelib qoldi . Eng achinarlisi bunday ayollar qanday avlodni tarbiyalaydi! Albatta, bu mening shaxsiy fikrim.
Biz birinchi oʻrinda ayol ekanligimizni, sharqona ibo- hayoli,farosatli, ma’naviy boy millatning vakili ekanligimizni unutib qoʻymadikmi?…
Qayerga qarab ketayapmiz , Ayollar!?
Bu dunyo boyliklari shu dunyoda qoladi.

Nargis Abdumurod qizi

https://t.me/hamroyev_g

2 months, 1 week ago
Taʼlim tizimidagi muammolarning bir uchi ota-onalarga …

Taʼlim tizimidagi muammolarning bir uchi ota-onalarga borib taqaladi. Ular orzu-havasga berilib, bolasining qobiliyati bo‘lmasa ham serdaromad sohaga majburan yo‘naltiradi, yoki o‘zi ishlaydigan sohani tanlashiga undaydi. Natijada o‘z kasbini bilmaydigan, sevmaydigan no‘noq mutaxassislar jamoasi shakllanadi.

https://t.me/hamroyev_g

2 months, 1 week ago
Bizga olam tinch bo‘lib, do‘stlar salomat …

Bizga olam tinch bo‘lib, do‘stlar salomat bo‘lsa bas... Yangi yil qutlug‘ bo‘lsin!

https://t.me/hamroyev_g

2 months, 2 weeks ago
2024-yil ham tugab boryapti. Yil so‘ngida …

2024-yil ham tugab boryapti. Yil so‘ngida yana bir monografiyamiz nashr bo‘ldi. Yangi yilda ilmiy yo‘nalishda katta rejalarimiz bor, hammaga omadli va mazmunli kelsin!

4 months, 3 weeks ago
Bolajon o‘zbekmiz

Bolajon o‘zbekmiz

Meni o‘ylantiradigan narsa shuki, butun dunyoda bola qalbi asraladi, u ulg‘ayguniga qadar uning oldida yomon so‘z, keskin muloqot qilinmaydi, er-xotin gaplashib olishi kerak bo‘lsa, bolani boshqa xonaga chiqarib, so‘ng gaplashiladi.

Bizda esa, aksincha, hamma tomosha shu murg‘ak bolaning oldida ro‘y beradi. Biz yana nega bolalarimiz qo‘rs, jizzaki, hayotga kulib qaramaydi, yaxshi o‘qimaydi, deb noliymiz. Aslida bola maktabga yaxshi kayfiyat bilan borishi kerak! Avval ruhiyat, keyin ta'lim beriladi. Aytmoqchi edimki, biz bolajon deganda, bolani sevuvchi, uni ardoqlovchi emas, ko‘p bolalilikni bolajon deb tushunishimiz kerak, aks holda oilada, maktabda bola qalbini jarohatlamagan bo‘lar edik.

@hamroyev_g

4 months, 4 weeks ago
**Ta'lim aybdor(mi)?!**

Ta'lim aybdor(mi)?!

Taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan omillar aslida bizning xarakterimizda, tasavvurimizda ekan. Bunga, avvalo, oila keyin ta'lim aybdor, deb o‘ylayman.

Ta'lim jamiyatdagi, oilalardagi muammolarni, shaxs ruhiyati, ong-u shuuridagi kamchiliklarni aniqlab, shunga mos ta'lim mazmuni ishlab chiqishi kerak!

Jamiyatda, oilalarda, bir insonda qanday qusurlar bor?!

Masalan, bugun yolg‘onchilik, faqat o‘z manfaatini o‘ylash, ayniqsa, manmanlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, xo‘ja ko‘rsinga yashash, soxtalik kabi salbiy illatlar avj olgan, bunga ta'lim ham, jamoatchilik ham alohida ahamiyat berayotgani yo‘q.

Bu muammolar, avvalo, ilmiy tekshirib ko‘rilishi, yechim topilishi, zudlik bilan hal etilishi kerak! To‘g‘ri, xalq tabiatiga singgan salbiy odatlardan birdaniga xolos bo‘lishning iloji yo‘q, ammo bosqichma-bosqich amalgan oshirib borish, ta'lim tizimi orqali risoladagidek bir avlod shakllatirilishi kerak!

@hamroyev_g

5 months ago
**Avval sifatli o‘qituvchi tayyorlanishi kerak!**

Avval sifatli o‘qituvchi tayyorlanishi kerak!

Maktab ta'limini rivojlantirish bo‘yicha kerakli ishlar qilina boshlangan. Dastur va darsliklar yangilanmoqda.
Muhimi, maqsad aniqlashgan, ammo vazifalar va uni amalga oshirish mexanizmlari hali oxirigacha ishlanmagan. Bu haqda aniq tasavvur yo‘q hali.

Biz birinchi navbatda sifatli kadr -- o‘qituvchi tayyorlashni yo‘lga qo‘yib olishimiz kerak, ularni tayyorlaydigan ta'lim mazmunimiz yaroqli emas, tubdan o‘zgarishi, kamida 60 foiz fanlar metodikaga xos bo‘lishi zarur (amalda 15-20 foiz metodikaga oid ).
O‘qituvchilarni o‘quvchi bilan samarali ishlashini ta'minlash uchun ularni psixologik tayyorlashga urg‘u berishimiz kerak.
O‘qituvchilarning bugun sinfdagi asosiy muammosi o‘quvchi bilan muvaffaqiyatli aloqa o‘rnata olmayotganidir. Muloqot o‘rnatilsa, shundan keyin ta'lim sifati ko‘tarila boshlaydi.

@hamroyev_g

5 months ago
O'qituvchiga yordam ( G'ofir Hamroyev metodi)
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 Jahr, 8 Monate her