Sotuvchi matn

Description
Qanday qilib samarali sotuv matnini yozish mumkin?

Sahifada bilib olasiz!

Taklif va savollar boʻlsa @Ochilov_Xurshid ga yozing!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 2 weeks ago

O‘quvchidan nima xohlaysiz?

Bu postda siz har qanday matnning asosiy maqsadlarini qanday belgilashni o‘rganasiz.

Matn yozganda, biz doimo o‘quvchidan nimadir xohlaymiz, to‘g‘rimi? Bu narsa matnning maqsadi deb ataladi.

Maqsad nima?

Bu — "Nima uchun?" savoliga javob. Siz nimaga erishmoqchisiz? Nega o‘quvchi bu matnni o‘qishi kerak?

Mana bir nechta maqsadlar:
- xizmat qanday ishlashini tushuntirish
- ishonch qozonish
- elektron pochta manzilini olish
- mahsulot buyurtmasini rag'batlantirish
- menedjerga savol yo‘llash
- maqolani o‘qish uchun havolaga o‘tish
- rezyume yuborish
- postga layk bostirish

Qanday qilib o‘quvchini bu maqsadlarga olib borish mumkin?

Aslida, hammasi o‘quvchiga va’da qilingan foydaga taqaladi.

Har qanday matn ikki asosiy maqsadga tayanishi kerak: o‘quvchining ehtiyojini qondirish va uni maqsadimizga yaqinlashtirish. Faqat shu holda matn samarali bo‘ladi. Agar bu ikki omildan biri yetishmasa — matnning ta'siri pasayadi.

Misol tariqasida, olma mahsuloti haqida reklama yozayotganingizni tasavvur qiling. Ushbu matn ikki asosiy maqsadga tayanishi kerak:

  1. O‘quvchining ehtiyojini qondirish: Siz o‘quvchiga olmaning foydalari haqida gapirasiz. Masalan, "Olma vitaminlarga boy, immunitetni mustahkamlaydi va organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi." Bunda o‘quvchi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlayotganini his qiladi.

  2. O‘quvchini maqsadga yaqinlashtirish: Keyin siz uni harakatga undashingiz kerak. Masalan, "Bugun buyurtma bering va birinchi xaridingizga 20% chegirma oling!" Bu o‘quvchini mahsulotni sotib olishga rag'batlantiradi.

Faqat foyda haqida gapirsangiz, lekin o‘quvchini harakatga chaqirmasangiz, maqsadga erishmaysiz. Aksincha, agar faqat sotib olish haqida gapirsangiz, lekin foyda haqida ma’lumot bermasangiz, o‘quvchi motivatsiyasiz qoladi.

Shuning uchun, har ikki jihat birgalikda ishlashi kerak — o‘quvchining ehtiyojini qondiring va uni aniq harakatga undang.

@sotuvchi_matn

1 month, 3 weeks ago

Yaxshi qoʻllanma ekan (tekin kurs)

Rus tilida.

*Xalq mazza qilsin;)

@sotuvchi_matn

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Mijozlarga yuqori qiymatni koʻrsatish uchun narxni qanday soddalashtirish kerak?
Insonlarda doim ham narxlarni taqqoslash uchun maʼlumotlari boʻlmaydi.

Masalan, hozir sizga jirafani $ 3000 desam...

Jirafa uch yoshda, vazni bir tonna desam...

Siz jirafaning asl narxi qanchaligini bilmaysiz, chunki yaqin oʻrtada bunday xarid qilmagansiz😀

Lekin bir chashka kofeni $ 100 desam, aytishingiz mumkin "jinni boʻldingmi" deb. Chunki, kofe narxi haqida sizda maʼlumot bor.

Uslubning mohiyati – siz bilmagan qimmatdek koʻringan narxni, bilib koʻrib yurgan narsangiz narxida taqqoslab koʻrsatish. Narxni soddalashtirish.

Joyi kelgan siz ham bundan foydalaning!

@sotuvchi_matn

2 months, 4 weeks ago
3 months, 1 week ago

⚡️Birgina soʻzni qoʻshish orqali konversiyaga taʼsir qilish mumkin

FAQAT

Bu soʻz bilan darhol boshqa imkoniyat boʻlmasligi hissini paydo qilsa boʻladi. Hozir yoki hech qachon.

Lekin...

❗️Izohlardan bilish mumkin. Bozorda axvol yomon. Ishonch oʻlgan. Natija olish uchun “soʻzga javob berish ham kerak”.

Birinchi navbatda mahsulot qiymatini yetkazish kerak.

Keyin cheklov qoʻyish mantiqiy.

Birinchi martasida bu oʻzini oqlamasligi mumkin.

Lekin aldov yoʻq boʻlsa, ikkinchisida albatta natija beradi.

#kopirayting #sotuv

@sotuvchi_matn

5 months ago

⚡️ Sotuvda tez-tez uchrab turadigan eʼtirozlar uchun yechimlar!

Manba: Menejer opa:)

@sotuvchi_matn

5 months, 1 week ago
5 months, 2 weeks ago

Ushbu oddiy iboralar sizning savdo nusxangizni oʻzgartiradi

Hozir sizga matnda oʻqishga majbur qiladigan jumlalar haqida biroz maʼlumot bermoqchiman.

Qani boshladik)

1.“Bu nima uchun muhim”

Nima uchun u ishlaydi: Bu sizning auditoriyangizga muhim narsani baham koʻrmoqchi ekanligingizni bildiradi.

Shunday qilib, ular nima muhimligini bilish uchun sizning savdo nusxangizni oʻqishni xohlashadi.

  1. “Xoʻsh, qanday yechim bor?”

Nima uchun u ishlaydi: Ushbu ibora muammoni hal qilishda yordam beradi. Yechimga ishora qiladi va oʻqishni davom ettirishga undaydi.

  1. “Ammo bu hammasi emas…”

Nima uchun u ishlaydi: Siz undan mahsulotingiz yoki xizmatingiz yana bir ajoyib foyda borligini ta'kidlash uchun foydalanishingiz mumkin.

Bundan tashqari, mahsulot yoki xizmatingiz bilan birga keladigan bonuslarni ta'kidlash uchun ham foydalanishingiz mumkin.

  1. “Natijada...”

Nima uchun u ishlaydi: Ushbu savdo nusxasi iborasi auditoriyangizga sizning taklifingiz bilan erisha oladigan natijalarni eslatib oʻtmoqchi ekanligingizni aytib, ushbu motivatsiyani maqsad qilib qoʻyadi.

Shunday qilib «oʻqishga majburlaydigan jumlalar» haqida oz boʻlsada maʼlumotga ega boʻldingiz deb oʻylayman.

P. S. Agar postni oʻqi(ma)gan boʻlsangiz buni reaksiyalar orqali bildiring.

Rahmat, foydali boʻldi –?
Men oʻqimadim – ?

@sotuvchi_matn

7 months, 1 week ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago