Ozodbek Narzullayev she'riyati (RASMIY KANALI)

Description
Assalomu alaykum siz shoir Ozodbek Narzullayevning rasmiy kanalidasiz.
Ushbu kanalda shoir ijodidan
She'r
Audiosheʼr
Qoʻshiq
Kilip va boshqa ijod yangiliklaridan baxramand boʻlishingiz mumkin.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

7 months ago

**#443

Muhabbati arzonginam

Boy bolaga ketib qolgan,
Mening yuragimni tilgan,
Koʻnglimda bitta boʻlgan,
Muhabbati arzonginam.

Boyligiga uchib ketdi,
Mendan asta kechib ketdi,
Oʻzga yorni quchib ketdi,
Muhabbati arzonginam.

Yolgʻonlarga koʻmib boshim,
Koʻzlarimda qalqib yoshim,
Yoqmas ekan halol oshim,
Muhabbati arzonginam.

Alamdaman ezdi firoq,
Ketib qolding sen ham yiroq,
Yuragimda bitta soʻroq,
Muhabbati arzonginam.

Uchding boyning pullariga,
Bergan Lola gullariga,
Mushtoq boʻlding yoʻllariga,
Muhabbati arzonginam.

Ozodbek Narzullayev
2024.05.21.

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.**

@OzodbekNarzullayevsheriyati

7 months ago

Armonimga aylangan bir armonginam....?*?*

mualliflar: Ozodbek Narzullayev va Shohruh Ergashev

?Ijroda:Qo‘shoqova Bo‘ritosh Suvonovna?

?Murojaat uchun: @sak1ynat1m_07 :)**

@OzodbekNarzullayevsheriyati

7 months, 1 week ago

**#439

Ustozlar

Togʻdayin baland qaddi,
Azizdir doim qadri,
Tugamas aslo sabri,
Qadri baland ustozlar.

Bizlarga bilim bergan,
Rizqini shundan tergan,
Oʻqib madrasa koʻrgan,
Qadri baland ustozlar.

Baxshida etar borin,
Berar bilimning zoʻrin,
Saqlaydi doim orin,
Qadri baland ustozlar.

Berar tinmayin bilim,
Aslo bilmaydi tinim,
Ulashadida ilm,
Qadri baland ustozlar.

Deyman boʻlingiz omon,
Kulib yuringiz har on,
Gʻam koʻrmangiz hech qachon,
Qadri baland ustozlar.

Muallif:Ozodbek Narzullayev
Yozildi:2024.05.14.07:25

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.**

@OzodbekNarzullayevsheriyati

7 months, 1 week ago

Xush kelibsiz, Xujabekova Musharraf

@OzodbekNarzullayevsheriyati

7 months, 1 week ago

#She'r438#Duet46 **Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Oʻylashar har doim hayolda pulni,
Olmas onasiga bir dona gulni,
Sindirib ketishar doim koʻngilni,
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Ozodbek Narzullayev

Qondirmoq uchun nafs degan illatni
Bosyapsiz har damda qing'ir qadamlar
Qo'yib bersa sotasiz ham millatni
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Islomjon Tursunov

Yolgʻon soʻzlasharlar doʻstingman deya,
Olmaslar sira ham tilini tiya,
Qolmaydi koʻzlari dunyoga toʻya,
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Ozodbek Narzullayev

Charchamaysiz gunoh ishlar qilishdan
Qabihligingizdan titrar olamlar
Jazo olajaksiz shu gunoh ishdan
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Islomjon Tursunov

Otasini ancha yoʻqlamay qoʻygan,
Onasidan hech ham hol soʻrmay qoʻygan,
Butun hayotni ham boylikka yoʻygan,
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Ozodbek Narzullayev

Oqibatni uzib qarindoshlardan
O'zgani jigarim deya yurganlar
Yuragi qattiqdir hatto toshlardan
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Islomjon Tursunov

Kimnidir omadin koʻrolmaydi hech,
Yurgan har yoʻlida yurmas aslo tinch,
Umr oʻtmoqdadir bir kun boʻlar kech,
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Ozodbek Narzullayev

Har xil insonlarga har xil turlanib
Ojizlar boshiga yog'dirar g'amlar
Iymondan mol-davlat deya ayrilib
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar.

Islomjon Tursunov

Vaqtingiz borida tavbangiz qiling,
Nochorga hamdard-,u hamxona boʻling,
Zoʻrman demang oldin haddingiz biling,
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Ozodbek Narzullayev

Ozgina pul topsa shohdek kerilib
Nafs uchun o'zgalar ko'zlarin namlar
Harom ishdan kelgan pulga berilib
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar

Islomjon Tursunov

Mayli oʻzingizni bilavering zoʻr,
Mayli biz ham mana yuribmizda gʻoʻr,
Soʻnggi manzilingiz bir qorongʻu goʻr,
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar.

Ozodbek Narzullayev

Javob bordir har bir qadamlar uchun
Pushmon aylagaysiz kelsa u damlar
Nega sohtalikdan qolmaysiz, nechun?
Pul uchun vijdonin sotgan odamlar.

Islomjon Tursunov

Mualliflar
Ozodbek Narzullayev
Islomjon Tursunov**

@OzodbekNarzullayevsheriyati

7 months, 2 weeks ago

#Maqola **Umr qadri

Umr inson uchun berilgan shunday bir bebaho neʼmatki,uni qadriga yetish lozim va umrni faqatgina kerakli ishlar va yaxshiliklar uchun sarflash lozim.Lekin afsuski oramizda shunday insonlar borki ular uchun bamisoli bu hayot umrbod,doimo oʻzlarini osmon chogʻlashadi,hammadan ustun koʻradi,doim kimgadur yomonlik qilishni oʻylashadi.
Koʻngil shunchalik qoraki doim oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanishadi.Ishlari bitguncha qadrdonimsan doʻstimsan deyishadi-yu ishlari bitgan qochib qolishadi.Xatolari shunchalik jamki goʻyoki hech kim koʻrmayotgandek.Lekin hech kim koʻrmasa ham Alloh koʻrib turibdi.

Ozodbek Narzullayev
2024.05.08

Birinchi marotaba yozib koʻrdim yoqsa huzur yoqmasa uzr.**

@OzodbekNarzullayevsheriyati

7 months, 2 weeks ago

#434 Kambagʻallik yomon boʻlarkan Mensimaydi boyvachcha boylar, Sevmay ketar xonimcha oylar, Soxta ekan qancha chiroylar, Kambagʻallik yomon boʻlarkan. Bergan azoblari ezdida bagʻrim, Bilmadi goʻzallar hech qachon qadrim, Koʻpayib bormoqda yurakda dardim…

7 months, 2 weeks ago

#434 Kambagʻallik yomon boʻlarkan Mensimaydi boyvachcha boylar, Sevmay ketar xonimcha oylar, Soxta ekan qancha chiroylar, Kambagʻallik yomon boʻlarkan. Bergan azoblari ezdida bagʻrim, Bilmadi goʻzallar hech qachon qadrim, Koʻpayib bormoqda yurakda dardim…

9 months, 3 weeks ago

**#336

Oshiq azobi

Quvonar edimda koʻrsa koʻzlarim,
Aytay desam dilda koʻpdir soʻzlarim,
Keling endi bevafo yuzsizlarim.
Sevgimni armonga aylantirgan sen.

Qiynalar jonim seni koʻrolmasam,
Koʻnglim notinch holingni soʻrolmasam,
Olisdaman sochlaring oʻrolmasam,
Sevgimni armonga aylantirgan sen.

Oʻzgaga yor boʻlding qiynalar jonim,
Hijron bagʻrim yoqar kuyib har onim,
Seni sevgandim sevgisi yolgʻonim,
Sevgimni armonga aylantirgan sen.

Qilar edim mayli, jonimni fido,
Sen meni baxtimdan ayirding judo,
Boʻgʻzimga tiqilar alamli nido,
Sevgimni armonga aylantirgan sen.

Muallif:Ozodbek Narzullayev
Yozildi:2024.1-mart.

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin.
Yoqsa reaksiya qoldiring**

@OzodbekNarzullayevsheriyati

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago