Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Grok, Perplexity, Deepseek, ChatGpt, Gemini, Claude, Falcon..
Qaysi LLM’larni aktiv tarzda ishlatib kelmoqdasiz? Qaysi biri qulay, ularni ishlatishda nimalarga e’tibor bermoqdasiz?
Qanday loyihalar yaratmoqdasiz? Kommentariyalar qismida ulashib ketishingiz mumkin:)
- Kundalik vlog’larni odamlarni ko’proq sog’indi deb hisoblayman, oxirgi vaqtlar…
- Podkastlar ko’p, lekin biror sohaga moslashgan, mavzuni yoritib beruvchi podkastlar O’zbek tilida deyarli yo’q.
- AI inflyunser’lar anchagina rivojlanyabdi. Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ular ommalashib, yuz minglab follower’larni yig’ishmoqda.
- Ovoz modellar xuddi odamday gapirish darajasiga, ularni farqlashga xattoki qiynalyabmiz.
- Voice Changing ancha rivojlandi, A odamni ovozini B odamni ovoziga aylantirish. Masalan, ko’pchiligimiz eshitgan Konsta’ni qo’shig’ini Trump ovozida aytib chiqish…
Nega yozish muhim?Yil boshlandi, ko’pchilik yangi yil uchun rejalarini yaxshilab tuzib oldi. Kimdir zalga chiqyabdi, kimdir kitob o’qiyabdi, kimdir ozyabdi, kimdir yana qandaydir rejalarni amalga oshirmoqchi..
Bu post’da yangi yil rejalari haqida gapirmoqchi emasman. Asosan, yozish, olingan xato va muvaffaqiyatlarni yozish, ulardan to’g’ri xulosa chiqarish va atrofni o’rganish haqida ozgina fikrlarimni bildirib o’tmoqchiman. Ko’pchiligimizda gapirish orqali yetkazib bera olmagan fikrlarimizni yozib yetkazish berishimiz kuchliroq. Atrofni kuzatadigan bo’lsak, ko’pchilik introvertlashib ketganday tuyiladi.
Oxirgi vaqtlarda qo’llayotgan texnikam gapirmoqchi bo’lgan fikrlarimni yozib olaman va uni barchaga o’qib beraman, o’zimdan qo’shimchalar qo’shib. Agarda notiqlik bo’yicha va omma oldida gapirish bo’yicha tajriba yetarli bo’lmasa yoki fikrlar almashib ketmasligi uchun bu yozib olish juda katta foyda berdi.
Kundalik yozing, hech bo’lmaganda o’rganganlaringizni yozib boring… Kitob o’qisangiz yozing, omma oldida gapirmoqchimisiz yozing, prezentatsiya qilmoqchimisiz yozing… Yozishni rivojlantirsangiz, sekin asta gapirish ham albatta yaxshilanadi.
Ayni vaqtda ham bu fikrlarni yozar ekanman, yangi g’oyalar, kanalim uchun ulashishim kerak bo’lgan fikrlar kelyabdi. Brainstormingda ham e’tibor bersangiz, miyyamizga kelayotgan g’oyalarni bir yerda jamlaymiz.
Yozing, yozing, yozing…
Ishkal dataset, tuppa-tuzuk modelni buzadi.
O’tkan hafta va Noyabr oyini ozroq xulosa qiladigan bo’lsam:
- Matndan nutqqa o’girish(TTS) modelimizni yangi versiyasini ishlab chiqdik.
- Nutqdan matnga o’girish texnologiyamiz(STT), endilikda telefon qo’ng’iroqlarini va dialoglarni sintezlash imkoniyatini qo’shdik. Va, ayni vaqtda modelni optimizatsiya qilish ustida ishlamoqdamiz.
- 4 ta integratsiya qilishga erishdik. 40 mingdan ortiq so’rovlarga javob berdik. Bozorga kirishga harakat qilyabmiz.
- INHA startap festda g’oliblar safidan joy oldik.
- Universitetda o’qiyabman, u yerda startap festda yutganimiz uchun ham tabriklashdi va bu uchun xursandman. 1 milion so’m miqdorida vaucher ham berishdi, umuman kutmagan edim.
- Televizorda Aisha loyihamiz haqida gapirib berdim. Dr.Parveen’ga taklif uchun rahmat.
Hamkorlikka ochiqmiz! Takliflaringiz bo’lsa, bemalol o’zimga yozishingiz mumkin. Aytgancha bu post yangi modelimiz orqali generatsiya qilindi.
Bundan tashqari UzStartap jildiga ham obuna bo’lishni unutmang!
8-oktabr kechqurun AQSH universitetlariga topshirgan hujjatlarim, Motivational letter, personal statement va extracurricular activity’larni shundoq oldimda, formani to’ldirib yubordim.
Keyin, 10-oktabr yuzma-yuz 3 kishi intervyu qilishdi. Asosan, nega topshiryabganim, universitetdan nimalar kutyabganim va qanday qilib contribute qila olishim haqida. Keyin, tajribam bor ekanligi va universitet darslarida zerikib qolmasligim haqida ham so’rashga ulgurishdi)
Bugun(11-oktabr) esa, 100% lik grant berishgani haqida email qabul qildim.
Keyinroq fikrlarimni ulashaman. AUT’ga kirganlar va o’qimoqchi bo’lganlar bormi kanalimda?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago