Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Boshqacharoq boʻlarmidi balki dunyo
Bu odamzod oʻz nafsiga qul boʻlmasa
Jonin tikib toʻplarmidi molu dunyo
Bu dunyoda eng muhimi pul boʻlmasa
Kimdir deydi eng muhimi ishq muhabbat
Kimdir deydi koʻngli toza boʻlsin faqat
Buzilmasdi oʻrtamizda hech oqibat
Bu dunyoda eng muhimi pul boʻlmasa
Koʻrkamliging suluvlarni etolmas rom
Goʻzallar ham gʻariblarga qilmas xirom
Nima bilan farqlanadi izzat ikrom
Bu dunyoda eng muhimi pul boʻlmasa
Kim sotardi pul uchun oʻz badanini
Kim sotardi pul uchun oʻz vatanini
Olsa yetar asli besh gaz kafanini
Bu dunyoda eng muhimi pul boʻlmasa
Ne deb inson bir biriga qilar nayrang
Ne talashib nima uchun qiladi jang
Qolarmidi oʻgʻir damda holimiz tang
Bu dunyoda eng muhimi pul boʻlmasa
Soʻzlarimdan pir boʻlmasin hafsalangiz
Aytmang faqat menga eski falsafangiz
Oʻzingizni aldayvering hohlasangiz
Bu dunyoda eng muhimi pul boʻlmasa
Tishim izi toʻlmas edi yoqalarga
Majburmasdim chidashga qurbaqalarga
Sotmas edim umrim sariq chaqalarga
Bu dunyoda eng muhimi pul boʻlmasa
✍ Nodir Muxammadzokir sheri
Devonaman boshga birov urganday
Oʻz oʻzimga oʻzim soʻylab yuribman
Koʻzim yumib sahnalarda turganday
Oʻz sherimni oʻzim kuylab yuribman
Gohi ishdan goh tashvishdan bezganda
Togʻday boʻlib muammolar ezganda
Hech kimsa yoʻq dalalarni kezganda
Oʻz dardimni oʻzim kuylab yuribman
Kuylaymanda men oʻzimni ovutgani
Yonayotgan yuragimni sovutgani
Hofizmasman olqishlaru gul kutgani
Men shunchaki oʻzim aldab yuribman
Ichay desam rizqimni ham ichdi akam
Chekay desam yetarlidir chekkani gʻam
Bir xudo bor bir sirdoshim qogʻoz qalam
Oʻz dardimni oʻzim toʻkib yuribman
Garchi yulduz boʻlmasamda samoda
Tilaklarim qolib ketmas havoda
Nolalarim yetsa boʻldi xudoga
Himmatidan umid qilib yuribman
✍ Nodir Muxammadzokir sheri
BUGUN OYLIK OLAMIZ😊😊😊
Qachon yetar ekanman
Bekam-u boylikkacha
Arang yetib boryapman
Oylikdan oylikkacha
Tongdan tun qadar chopib
Bir ikki soʻm pul topib
Qarzlar olib qarz yopib
Oylikdan oylikkacha
Bilmam bazi odamlar
Pulini qanday jamlar
Yigʻilib turar kamlar
Oylikdan oylikkacha
Qish gʻami koʻmir oʻtin
Shamollash birin ketin
Kasal boʻlmay tur xotin
Oylikdan oylikkacha
Kimdan avval yo keyin
Kimga yengil yo qiyin
Shukr ishim bor tayin
Oylikdan oylikkacha
Qilib shukr va toqat
Qilaversak harakat
Ollox berar barokat
Oylikdan oylikkacha
Koʻpayib ketar pulim
Ollox desa ol qulim
Bir qadam boʻlar yoʻlim
Oylikdan boylikkacha
✍ Nodir Muxammadzokir sheri
Xudoyimga tavakkal
✍ Nodir Muxammadzokir sheri
? Nodir Muxammadzokir ijro qildi
Yoʻl yoʻlakay hirgoya qildik
LOLAQIZGʻALDOQ
✍ Muhammad Yusuf sheri
? Nodir Muxammadzokir ijro qildi
SENSIZLIK
Bepayon keng deb bilardim dunyoni
Nahot bizga boʻldi toru ensizlik
Topdim deya quvongandim Layloni
Peshonamga bitilganmi sensizlik
Tushlarimda koʻrgan goʻzal sen eding
Bedor boʻlib bitgan gʻazal sen eding
Koʻnglimdagi ishqi azal sen eding
Peshonamga bitilganmi sensizlik
Sen tayyorsan ishqimizning vidosiga
Balki senga yaxshidirda mensizlik
Qachon yetgan oʻzi Majnun Laylosiga
Peshonamga bitilganmi sensizlik
Buncha oson xayr deysan sevmaganday
Seni qanday sevishimni bilmaganday
Oʻchsa edi xotiram sen boʻlmaganday
Peshonamga bitilganmi sensizlik
Boʻlsa senday boʻlgandirda oʻsha Laylo
Boʻlsa menday boʻlgandirda Majnun shaydo
Koʻngillar bir yoʻllarimiz boʻlib ayro
Peshonamga bitilganmi sensizlik
Ming yugurib visolingga yetolmadim
Yuz oʻgirib ammo sendan ketolmadim
Hijronlarda baxtdan sherlar bitolmadim
Peshonamga bitilganmi sensizlik
✍ Nodir Muxammadzokir
Assalomu alaykum
Azizlar
Baxtiyor Gʻoziyev ijodimizdan birini qoʻshiq qildi.
Eshitib baxo berasizlar
Xudo hohlasa yangiliklar koʻp
Asta sekin chiqaramiz
Qoʻllab quvvatlab, yaqinlarga joʻnatib turinglar
(Nodir Muxammadzokir so’zi)
(Talab istaklarga binoan yozildi)
?Musiqa topuvchi Bot
@TaronaBot
? Sayt: Xitmuzon.net
➫ Xit qo'shiqlar olami?
https://t.me/BaxtiyorGoziyev
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago