Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?!
O’tgan yili eng ko’p o’qilgan postimda bu haqida qisman yozib o’tgandim. Bu safar biroz to’liqroq ulashmoqchiman. Bir necha qismli post bo’lishi ham mumkin.
Yaponlar nafaqat davlat o’laroq ichki madaniyatda, qolaversa millat o’laroq boshqa davlatlarga borsa ham o’sha madaniyatni, tartibni namoyon qilishini juda ko’p xalqaro musobaqalarda guvohi bo’lganmiz.
Xo’sh, buning sababi ular doim ma’lum bir chizib berilgan ramka ichida katta bo’lgani uchunmi? Yoki qayerda bo’lmasin yagona bir programmada ishlaydigan robort qilib tarbiyalangani uchunmi?
Qisman yuqoridagi sabablar javob bo’lishi mumkin. Lekin men 3 yoshgacha berilgan maktabgacha ta’limdagi ham akademik, ham ijtimoiy qiyinchiliklarga tayyorlaydigan tizimida deb bilaman.
Bu tizimdagi eng muhim ko’nikmalardan bular - Intizom va Sabrli bo’lish.
Intizom deganda turli ta’rif berish mumkin, lekin men 4,5 yoshli farzandimda quyidagi holatlarni kuzatib o’zim uchun xulosalar oldim:
- Oddiy qoidalarga amal qilish (Masalan, tish yuvayotganda suvni oqizib qo’ymaslik);
- Xonadan chiqishda chiroqni o’chirib yurish, yoqiq qolsa tanbeh ham beradi hechkim yo’qku bu xonada deb
- Qorni to’ygunicha ovqatlanish (Masalan, dasturxondagi hamma narsani yeyman deb harhasha qilmasligi yoki uvol bo’lmasin deb uni majburlamasligimiz;
- O’yinchoqlarini har qancha tartibsiz o’ynasa ham oxirida o’zi yig’ishtirib qo’yishi;
- Hojatxonaga 3 yoshidan boshlab faqat o’zi kirishi;
- 2 mahal tish yuvish, svetaforga amal qilish, ko’chadan kelib qo’lni yuvish va hkz.
Sabrli bo’lishni esa har xil jamoaviy o’yinlar orqali shakllantiradi. Masalan, qaysidir o’yinchoqni navbat bilan o’ynash va sherigi o’ynab bo’lgunicha sabr bilan kutishni 1 yoshligidanoq o’rgatiladi. Ko’pincha buning ta’sirida bolalar nimadirni biror kishi bilan bemalol ulashishga tayyor bo’lishadi, yoki biror joyda navbatlari kelishini sabr bilan kuta olishadi. Bir safar suzish maktabida o’g’lim suvni ichida o’yin bilan bo’lib oldidagi boladan (navbatidan) o’tib ketib qoldi. O’zbekda😁 Ustozi darrov kelib navbatni to’g’rilab qo’ydi.
Ya’ni, oq-qorani hali ajratishni bilmaydigan bolalarga bu kabi ko’nikmalarni o’rgatish aslida anchagina oson. Chunki ular oppoq qog’oz kabi, nimani yozsangiz shuni ko’rsatadi.
Keyingi postlarda yana bir boshqa muhim ko’nikma haqida yozishga harakat qilaman.
Sarhisob!
Bundan deyarli 3 yil oldin, o’zimning kichik oilam bilan yangi yilni bayram sifatida nishonlashni to’xtatdik.
Bunga sabab - boshida shunchaki Yaponiyada u darajada yangi yil shukuhi, bayram kayfiyati yo’qligi sabab bo’lgan bo’lsa, 1 yil o’tib diniy, insoniy va farzand tarbiyasi bilan bog’liq boshqa sabablar bu qarorimizni yanada mustahkamladi.
Yil davomida yeyilmaydigan taomlarni aynan shu kuni ertalabdan tayyorlash (vaholanki 30 minutda qorin to’yib qoladi), soat 00:00 da yangi yil kirib kelishini birgalikda kutish, rajdestvo bayramidek bir-birimizga sovg’a berishimizni gapirmasa ham bo’ladi.
Xullas, hammaga ma’lum mantiqsiz odatlarimiz sabab, 31-dekabrni bitta bo’lsa ham foydali odatga o’zgartirishga qaror qildik.
Bu odat - o’tgan yil sarhisobi va yangi yil uchun maqsadlar qo’yish.
Bu odat bizga vaqtni qadriga yetishni, maqsadlar sari qiyinchiliklarga sabrli bo’lishni, muhim qarorlar qabul qilishda anashu yillik maqsadlarimiz asosiy mezon bo’lib berishligini ta’minladi.
2024-yilning oxirgi posti o’laroq (shundoq ham juda faol yozolmadim), bir kichik maslahat berishni o’rinli deb bildim: Albatta, bugunni o’zida 30 minut vaqt o’zingiz uchun ajrating va yangi yil uchun maqsadlar qo’yib chiqing. Qanday formatda bo’lishi u darajada muhim emas.
Asosiysi: Oilaviy, Shaxsiy va Professional rivojlanish uchun maqsadlar qo’ying.
Va eng muhimi, har bir maqsadni qo’yar ekansiz HIMMATni baland qilishni unutmang.
Agar shu yerigacha o’qigan bo’lsangiz, atiga 30 daqiqani xoziroq o’zingizdan ayamang.
2025-yilda suhbatlashguncha👋
Bir narsani kuzatdim.
Amerikaga ketgan tanishlarim, amerikaliklarga o’xshab ketmaydi.
Germaniyaga ketgan tanishlarim, nemislarga o’xshab ketmaydi.
Lekin.
Koreyaga ketgan tanishlarim, g’irt karis bo’lib qoladiya negadir. Sochlar o’zgacha, kiyinish o’zgacha.
Eng yoqimli va samarali texnika!
Kun o’rtasida uyqingiz kelsa uyquni yo’qotish uchun Energy Drink ichasizmi? Yoki kofe ichib olasizmi? Yoki shunchaki biroz uxlab olasizmi?
Ilmiy izlanishlar esa Coffee-Nap usulini eng samarali deb ko’rsatadi.
Ya’ni, Kofe ichib keyin biroz uxlashni (ilmiy jihatdan isbotlangan energiya oshirish usuli).
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, uyqusi yetishmayotgan insonlarga bir chashka kofe va 20 daqiqalik qisqa uyqu kuchli tetiklik his qilishi uchun yetarli bo'ladi. Va men bu usulni 10 kun davomida o’zimda sinab ko’rdim.
📌 Bu qanday ishlaydi?
1 chashka kofedagi kafein tanaga kirib, ta’sir qilib uyquni ochib yuborishi uchun 20 daqiqa vaqt ketadi.
20 daqiqa mizg’ib olish esa charchoq va uyqusirashni yengish uchun yetarli vaqt.
ikkalasini birlashtirib, uyqudan tursangiz miyya kofe va qisqa uyqudan kerakli foydani olgan bo’ladi.
Manabu, samarali Kofe ichib qisqa uxlashning 5 bosqichli qo'llanmasi:
Tushlikdan keyingi eng qulay vaqtingizni toping.
Tinch muhit yarating.
Bir chashka kofe iching.
Taymerni 20 daqiqaga qo'yib, biroz uxlab oling.
Buni doimiy odatga aylantiring.
Kun bo’yi Kofeni cheksiz ichishni to'xtating.
Kun bo'yi uyqusirab yurishni ham to'xtating.
Ikkalasini birlashtirib, mukammal va samarali natijaga erishing.
♻️ Ushbu foydali tavsiyani Energy Drinklar ichib yurgan do’stingizga yuborib qo’ying!
Menejment sohasida kerakli eng muhim ko’kinmalar qaysi?
5 yil oldin birinchi marta professional darajadagi jamoani boshqarish vazifasiga o’tdim. O’zimcha yetakchilik qobilyatim bor, jamoa boshqarishda qandaydir tajribalar yig’ganman, lekin qanday qilib kuchli Menejer bo’lishni bilmayman.
Birinchi qilgan ishim - bu kompaniyadagi men 2 yildan keyin erishmoqchi bo’lgan natijaga erishgan xodimni topish va uni o’zimga mentor qillib olish bo’ldi. Mentorimga yuqoridagi savolni berdim. Quyidagi 3 ta muhim ko’nikma ustida ishlashim kerakligi haqida aytib berdi:
1. Decision-making (Qaror qabul qilish) ko’nikmasi. Chunki xodimlar doim muhim qarorlar qabul qilishni menejerdan kutadi va bu orqali ularning ishonchiga tezroq kirish mumkin.
2. Problem-solving (Muammoni hal qilish) ko’nikmasi. Chunki Menejerning asosiy vazifasi kompaniya oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish, natija ko’rsatish. Kelib chiqqan muammolarga to’g’ri yechim berish orqali jamoa minusga kirib ketish oldini olinadi.
3. Communication (Muloqot) ko’nikmasi. Chunki jamoa Menejer kutgan natijani berishi uchun yo’nalishni yaxshi tushunib olishi kerak. Maqsadlar, kutuvlar va strategiyalarni tushuntirayotganda yangi kirgan xodimdan tortib veterangacha bittada tushunadigan tilda kommunikatsiya qilish kerak.
Bu maslahatni jiddiy qabul qilib, keyingi 6 oy faqat shu ko’nikmalar ustida ishladim. 1 oy o’tgandan keyin quyidagi ijobiy natijalarni ko’rishni boshladim:
- Boshida faqat bir taraflama munosabat bo’lardi. Faqat men tomondan xodimlarga murojaat bo’lardi. Endi ba’zi xodimlar men bilan ochiq suhbatlashishni boshladi. Ikki taraflama munosabat boshlandi.
- Qarorlar qabul qilishda ko’proq o’zim bosh qotirib yurardim. Endi jamoadagi talantlar bilan birgalikda muhokama qilishni boshladim. Va olingan qarorlarga xodimlarning ko’proq qismi ergashishni boshladi.
- Jamoada mendan bilimliroq, kuchliroq talantlar borligini tan olishni boshladim. Bu menga ba’zi qarorlarni qabul qilish vakolatini anashu talantlarga berish va boshqa muhim ishlarga ko’proq vaqt ajratishimga yordam bera boshladi.
- ENG muhimi - o’zimga bo’lgan ishonchim yanada oshishni boshladi.
Xulosa shuki, Menejment bo’ladimi yoki boshqa har qanday soha bo’ladimi, boshlanishida keyingi 2-5 yilda nimaga erishmoqchisiz uni aniqlash va shu yo’ldagi eng muhim ko’nikmalar ustida ishlashdan boshlash kerak.
Nega eslatma yozishning murakkab usulini tark etishingiz va asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan usulga o‘tishingiz kerak?!
Har doim to’g’ri qayd olish va ma’lumotlardan to’g’ri vaqtda tizimli foydalanish masalasida qiynalib kelganman. PARA, Zettelkasten, Bullet journaling... Bu usullardan qaysidir paytlar foydalanib ham ko’rganman.
Va bu meni asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan va eslatma yozishning har qachongidan ham ko‘ra qiziqarli va yoqimli bo’lgan usulni o’rganishga sabab bo’ldi.
Bu "Commonplacing" - “Oddiylashtirish” usuli. Bu o‘rganilishi kerak bo‘lgan yana bir tizim emas — shunchaki tarixdagi buyuk aql egalari tomonidan qo‘llanilgan go‘zal va oddiy amaliyot:
- Leonardo da Vinchi
- Tomas Jefferson
- Mark Tven
- Genri David Toro
Va menimcha, bu bizning ma'lumotlarga to‘lib-toshgan dunyomizda aynan bizga kerak bo‘lgan narsa.
Commonplace usulini qanday boshlash kerak:
✅ Qaydga olish ilovasini tanlang. Buni ortiqcha o‘ylamang yoki mukammal tizim yaratishga vaqt sarflamang. Shunchaki narsalarni osongina yozib olishingiz mumkin bo‘lgan eslatma yozish ilovasini tanlang. Bu Evernote, Notion, Tana yoki shunchaki Apple Notes bo‘lishi mumkin. Tanlangan ilovada 'Commonplace Kitobi' deb nomlangan fayl oching, va siz boshlashga tayyorsiz.
✅ Diqqatni tortgan narsalarni shu faylga qayd qilishni boshlang. Sizni rostdan qiziqtirgan iqtiboslar, g‘oyalar yoki ommaviy axborot vositalaridagi maqolalarni saqlashni boshlang. Bu yerda asosiy narsa sizning commonplace kitobingizni filtr sifatida ishlatishdir. Bu topgan hamma narsangizni saqlab, keyin hech qachon qaytib qaramay qolib ketishi uchun emas. Bu sizni qandaydir ma'noda ilhomlantiradigan, sizga biror narsa aytadigan narsalarni jamlash joyidir. Bu bosqichni ham ortiqcha o‘ylamang. Agar biror ma’lumot sizni ilhomlantirsa, uni saqlang.
✅ Yaxshiroq izlanish uchun vaqt ajrating. Commonplace kitobingizni qayta ko‘rib chiqish va qaysidir ma’lumotni tadqiq qilish uchun muntazam vaqt belgilashni rejalashtiring. Balki bu har yakshanba biror kafeda ertalabda yoki uyda kechki tinch vaqtda bo’lishi mumkin. Bunda jiddiy izlanish qilib chiqish shart emas. Asosiysi, ma'lumotlarni saralash va sizni ilhomlantirgan joyingizni oddiygina o‘rganish vaqti deb tushuning.
✅ Eslatmalaringizni ko‘zdan kechiring. Eng qiziqarlisini tanlang va shu haqida yozishni boshlang. Nima e'tiboringizni olganini, nima uchun bu siz uchun muhimligini, bu haqida qanday savollaringiz borligini yozing? 5 yoshli bola kabi bo‘ling, barcha savollarni bering va keng ko‘z bilan o‘rganing.
💡Expert maslahati: Hamma ma’lumotlarni kategoriyalab chiqish haqida juda ko‘p qayg‘urmang. Bir nechta kategoriyalar foydali bo‘lishi mumkin, lekin haqiqiy ilm ma’lumotlarni erkin o‘rganishda davom etganingizda va kutilmagan bog‘lanishlar qilishiga imkon berganingizda sodir bo‘ladi. Shaxsan men bu usuldan foyalanishni boshlaganimdan beri tadqiqot qilish, kreativroq bo’lish va yanada qiziquvchan bo’lib boryapman.
Shunday qilib, eslatmalar yozishni murakkab yo’llaridan charchagan bo‘lsangiz, bu usul siz uchun bo‘lishi mumkin.
Bechora pozitsiyaga o’tib olib nimaga erishmoqchisiz?
Yaqinda O’zbekistonga 2 oydan oshiq muddatga borib keldim. Oxirgi 10 yil ichida 1-marta bunaqa uzoq muddatga qaytishim.
Uzoq muddat yursangiz atrofni ko’proq analiz qilish imkoni bo’lar ekan. Lekin meni eng xayratga solgan narsa - bu odamlar o’zini BECHORA pozitsiyaga solib olgani.
Qanaqa qilib, rostdan ham odamlar qiynalyapti deyishingiz mumkin?
Keling bir oddiy voqea bilan tushuntirib beraman. Bundan 5 yil oldin uylangani qaytganimda bir davrada yaqinlar bilan suhbatlashib qoldik. U yerdagi tanishim mahallasidagi men umuman tanimaydigan “Falonchiyevlar” haqida gap ochib qoldi: ularning oilasida hamma oliy ma’lumotliligi, shuning uchun har oy uyiga falon million daromad kelishi, va bir qancha bog’lar qilib ishlari yaxshi bo’lib ketgani haqida. Va buni u tanishim maqtanib aytib bergandi, xuddi o’zi erishgandek.
Oradan 5 yil o’tib o’sha tanishim bilan yana bir davraga tushib qoldik. Ishoning, boyagi “Falonchiyevlar” haqida 5 yil o’tib ham yana maqtanib aytib berdi.
Ya’ni anavu tanishim 5 yil ichida o’ylab ham ko’rmaganki, nima qilsam menda ham shunaqa daromad bo’lishi mumkin deb.
Bu kabi misollarni ko’plab keltirishim mumkin, qaysiki o’zini BECHORA pozitsiyaga solib boshqalar yutug’i bilan o’zini ovutib yurganlar haqida.
BECHORA pozitsiyaga o’tib olib erishishingiz mumkin bo’lgan narsa faqat o’zingizni ovutish xolos. Maslahatim, har doim “Nima qilsam yanada hayotim yaxshilanadi?” deyishga o’tib oling.
Tongi motivatsiya🤩
Yaqinda Harvard universitetida PHDni yoqlagan hamyurtimiz Botir aka Kobilov bugundan professorlik faoliyatlarini boshlar ekanlar.
Bu yo’lda faqat omad tilab qolamiz 👇
Vaziyatdan dars chiqarish!
Rahbar har bir vaziyatdan o’ziga dars chiqarishni bilishi kerak yoki shu fikrda yurishi kerak.
Bugun yarim kunim bankda o’tib ketdi va shu vaqt ichida rahbar sifatida 2ta darsni o’zim uchun oldim:
✅ 1-si, har bir tashkilotda mabodo xatolik bo’lib qolsa unga doim yechim beradigan 1ta Expert xodimning bo’lishi. Kerak bo’lsa yaxshi maosh to’lab bo’lsa ham tashkilotga jalb qilish.
✅ 2-dars, xodimlar uchun “farosat”kurslarini sotib olib, mijoz bilan ishlash ko’nikmasini o’stirish. Bu eng muhim ko’nikma hisoblanadi.
Sabablari haqida yozsam shikoyat qilayotgandek bo’lib qolaman. Asosiy xulosa, hamma joyda o’ziga yarasha ustunlik va kamchiliklar bo’ladi va rahbar doim o’z tashkiloti uchun ulardan qanaqa darslarni olish mumkin degan fikrda bo’lishi kerak.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago