Anvar Said

Description
@Anvar_Said
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 3 days ago

Yaxshi fikrlar ekan. Achchiq haqiqat lekin hamma to’g’ri kelmaydi)

2 weeks, 3 days ago

Shakllantirayotgan odatingiz 1 kun qilinmay qolib ketsa hech narsa qilmaydi. Ikki kun qolib ketsa bu falokat!

#Kitob

@AnvarSaid_blog

2 weeks, 4 days ago

Baxtsiz odamga 1 mln dollar bersangiz, 1 mln dollar puli bor baxtsiz odamga aylanadi.

@AnvarSaid_blog

3 months, 3 weeks ago

Ko’ngliga qaraganing sari ko’ngliga kelganini qilarkan… odamzot.

#hr
#life

4 months, 1 week ago

Tafakkur qilinmagan hayot yashashga arzimaydi.

#Ustoz

@AnvarSaid_blog

4 months, 1 week ago

Tadbirkor bo’lishga qaror qildingiz

Zo’r mutaxasis bo’ldingiz, endi tadbirkor bo’lmoqchisiz deylik.

Tadbirkorlikni boshlashning juda ko’p yo’llari bor, ba’zilari haqida yozaman.

Qaysi yo’l bilan boshlamoqchi bo’lsangiz ham, ishlagan joyingizni rozi qilib boshlang.

Yaxshi shogirt Ustozining yonidan do’kon ochmas degan eski naql bor.

Eng xavfsizi o’sha ishlayotgan biznesingizga sherik bo’lish. Kim biznesiga sherik qilardi deb o’ylashingiz mumkin.

Agar hozirgi holatiga sherik bo’lmoqchi bo’lsangiz balki ko’nmas lekin biznesni kengaytirib, kengaygan joyiga sherik bo’lmoqchi bo’lsangiz ko’pchilik rozi bo’ladi.

@AnvarSaid_blog

6 months, 1 week ago

Katta ishlar jamoa bilan amalga oshiriladi

Alhamdulillah trening yaxshi o’tdi. Treningdan so’ng juda ko’p maqtovlar eshitdik.

Anvar aka zo’r tashkil qilibsiz deydi bir nechta tanishlarim

Men qilmadim, Jamoamiz bilan birga qildik, qilib kelyapmiz.

Agar jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko’rmagan, harakat qilmaganda eng zo’r speaker ham yaxshi nutq qila olmagan bo’lar edi.

Kino teatr rahbari tel qildi, trening zo’r o’tkazdilaring, zalni toza topshirdilaring, yana hamkorlik qilaylik deydi.

Juda ko’p yoshlar jamoaga qo’shilsam bo’ladimi deb murojaat qilishyapti.

Bularning ortida: ish soatiga qaramasdan, lavozimiga qaramasdan, nima ish qilish kerak bo’lsa qilib ketaveradigan, o’quv markazimiz rivojlanishi uchun borini berayotgan Jamoamiz turibdi.

Har bir katta ishlar ortida shunday Jamoa turadi!

@AnvarSaid_blog

6 months, 2 weeks ago

Komfort zona

Tasavvur qiling: siz hamma havas qiladigan kompaniyada ishlayapsiz.

U yerda hamma narsa tizimlashgan, barcha qulayliklar bor, maoshi zo’r…

Mazza a?

Shunday deb o’ylaysiz

Lekin odamda hamma narsa yetarli bo’lsa izlanmaydi, rivojlanishga harakat qilmaydi. Vaqd o’taveradi, sizda hammasi yaxshi ammo zo’r emas, bir xillik…

Nima qilish kerak?

O’sayotgan kichikroq kompaniyaga ishga kirish kerak. U yerda barcha hodimlar yangi, o’sishga intilayotgan jamoa.

Biznes hali tizimlashmagan, shuning uchun qoidalar ko’p o’zgaradi, kamchiliklar ko’p, xatolar ko’p, maosh zo’r emas, sharoitlar ham zo’r emas…

Bularning barchasi sizning foydangizga ishlaydi.

Har bir qoida o’zgarganda, nima uchun o’zgargani guvohi bo’lasiz..

Biznes tizimlashayotganda o’zingiz ishtirok etasiz…

Qanday xatolarga yo’l qo’yish mumkin, ularni qanday to’g’irlash kerakligini ko’rasiz.

Maoshingiz oshishi uchun nima qilsam ekan deb izlanasiz, o’sasiz…

Bu asosan yoshlarga tavsiya!

@AnvarSaid_blog

6 months, 4 weeks ago

Aslida o’zimiz uchun ko’p narsa kerak emas, odamlar bizni tan olishlari, ma’qullashlari, havas qilishlari, maqtashlari uchun uncha zarur bo’lmagan ishlar qilamiz.

Hayotimizda eng kerakli narsalarni topib olsak, kam harakat bilan ham katta muvaffaqiyatlarga erishsa bo’ladi.

@AnvarSaid_blog

8 months, 1 week ago

20 kun ichida nimalar qildim

2 hafta kasal bo’lib yotdim.

Sog’lom yurishimiz qanday baxtligini yana bir bor amin bo’ldim.

Sport, kunlik odatlarimga sekin asta qaytyapman.

Youtube ga 2,3 ta video oldik, lekin yoqmadi.
Yana olamiz)

Kecha shogirtlar bilan Toshkentga bordik, ishlarimizni bitirdik, Ustozlarim oldiga bordim, bugun qaytib keldik.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago