Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Strategik vaqt tanlovi haqida
Yangi tadqiqot g'oyalari paydo bo'lsa, ularni tezda qayd qilishga odatlanib qolganman. Vaqt topganimda, bu g'oya ilgari o'rganilganmi yoki yo'qmi, internet orqali tekshiraman. Agar g'oya batafsil o'rganilmagan bo'lsa yoki avvalgidan yaxshiroq ma'lumot to'plamlari mavjud bo'lsa, shu mavzuga yaqin tadqiqot olib borayotgan professorlarimga bu g'oyani og'zaki tahlil qilish uchun elektron pochta orqali murojaat qilaman. Odatda uch xil natija kuzatiladi: bu mavzu oldin batafsil o'rganilgan bo'ladi, mavzuga oid ma'lumot to'plamlari deyarli yo'q bo'ladi yoki professor yaxshiroq mavzuni o'rganishni tavsiya etadi. Men iqtisodiy rivojlanish va unda siyosatning roli bilan bog'liq mavzularga qiziqaman.
Kecha Yale universitetida tahsil olgan professorim bilan AQShda siyosiy reklamalarning mazmuni va ularning bir qator ko'rsatkichlarga ta'siri haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, internetda hali yaxshi o'rganmagan, ammo anchadan beri intuitiv ravishda o'ylab kelgan bir g'oyam ham bor edi. Uni professorim bilan asosiy suhbatdan so'ng baham ko'rishga qaror qildim.
Suhbatdan parcha:
Men: "Menda shunday taassurot paydo bo'ldiki, Isroil hujumlarini asosan AQShda muhim hodisalar yuz berganda kuchaytiradi. Masalan, The New York Times gazetasida asosiy maqola shu mavzuda bo'lib, Falastinda 20 dan ortiq tinch aholi halok bo'lganligi haqidagi xabarlar boshqa yangiliklar orasida e'tibordan chetda qoladi. Masalan, Al Jazeerani o'qiganimda, urush mavzusi baribir bosh sahifada bo'ladi. Isroil hukumati uchun amerikalik fuqarolarning fikri eng muhim hisoblanadi. Bugun erta saylovlar ham bor. Menimcha, Isroil o'z hujumlarini AQShda bosh sahifani egallaydigan boshqa yangiliklar paydo bo'lganida ko'paytiradi. Shu mavzuni o'rganib ko'raymi?"
Professor kulib javob berdi: "Bu mavzuda 5-10 yil oldin yetakchi jurnalda chop etilgan maqola bor. Uni Ruben Durante va Ekaterina Juravskaya yozgan, bir o'qib ko'r, ajoyib maqola", dedi. "Ular ham aynan shu natijani tizimli ravishda topishgan".
Maqolani bu yerdan topishingiz mumkin. Uning mazmuni qisqacha quyidagicha:
"Siyosatchilar ommabop bo'lmagan choralarni ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni chalg'itadigan muhim yangiliklar bilan bir vaqtda amalga oshirishni strategik ravishda rejalashtirishlari mumkin. Biz bu gipotezani Isroil-Falastin mojarosi doirasida sinovdan o'tkazdik. Tadqiqotimiz shuni ko'rsatadiki, Isroil hujumlari AQShda keyingi kundagi yangiliklar muhim va oldindan ma'lum bo'lgan voqealar bilan band bo'lganda ko'proq sodir bo'ladi. Strategik vaqt tanlash fuqarolik qurbonlari xavfi mavjud bo'lgan va kechiktirish juda qimmatga tushmaydigan hujumlarga tegishli. Mazmuniy tahlil Isroil strategiyasining ayniqsa salbiy hissiy mazmun bilan to'ldirilgan keyingi kundagi yoritishni minimallashtirishga qaratilganligini ko'rsatadi. Falastin hujumlari esa AQSh yangiliklariga mos ravishda vaqt tanlanmagan ko'rinadi".
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha Nobel Memorial mukofotiga da'vogarlar
G‘olib(lar) eng ertasi bilan dushanba, 14-oktabr kuni, Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 11:45 da e’lon qilinadi. Men ham o'zimni ro'yxatimni 1-2 hafta davomida birma-bir tuzib chiqdim. Sohadagi gigantlarni bilish ilmning shartlaridan deb hisoblayman. Ingliz tilida “Gigantlarning yelkasida turish” degan ibora bor. Bu metafora bo‘lib, "Intellektual taraqqiyotga erishish uchun avvalgi buyuk mutafakkirlar orttirgan bilim va tushunchalardan foydalanish" degan ma'noni anglatadi. Quyidagi olimlar ham bir paytlar o'zlaridan oldingi olimlarning etagini tutgan 'mittilar' bo'lishgan.
Ro'yxat shunday tuzilganki, birinchi raqamlardagi olimlarda g'olib bo'lish ehtimoli yuqoriroq deb o'ylayman.
Steven Berry, James Levinsohn, Ariel Pakes (BLP) - strukturaviy talabni baholash
Daron Acemoglu, James Robinson, Simon Johnson - siyosiy institutlarning iqtisodiy o'sishga ta'siri
Michael Woodford, Robert Barro, Stanley Fischer - pul nazariyasi va makroiqtisodiyot
George Loewenstein, Colin Camerer, Matthew Rabin - insonlarning (iqtisodiy) xulq-atvori
John List, Charles Manski - iqtisodiy eksperimentlar va qaror qabul qilish mexanizmlari
Andrei Shleifer, Robert Vishny, Rafael La Porta - moliya iqtisodiyoti va davlat boshqaruvi
Nobuhiro Kiyotaki, John H. Moore, Carmen Reinhart - kredit sikllari va moliyaviy inqirozlar
Elhanan Helpman, Gene Grossman, Masahisa Fujita - xalqaro savdo
David M. Kreps, Ariel Rubinstein, Donald John Roberts - dinamik o'yinlar nazariyasi
Steve Bond, Manuel Arellano, Jerry A. Hausman - ekonometrika
Richard A. Posner, Cass Sunstein - huquqiy iqtisodiyot
Susan Athey, Sendhil Mullainathan, Victor Chernozhukov - iqtisodiy tadqiqotlarda mashina o'rganish usullari
E'tiborga loyiq ismlar:
Tim Besley, Arnold Harberger, Richard Blundell, Joseph Newhouse, Marianne Bertrand, Kevin M. Murphy, Lawrence Katz, Ernst Fehr, Kenneth Rogoff, Anthony Venables, Drew Fudenberg, Jeffrey Sachs
NotebookLM podkastida ilmiy maqolamni ommabop tahlili chiqdi (inglizcha). Audioda mezbonlar maqolam mavzusi va natijalarini intuitiv ravishda yoritib berilgan.
Ijtimoiy normalar, korrupsiya, va huquqiy nazorat haqida
Mening tadqiqot sohalarim siyosiy iqtisodiyot hamda institutsional va madaniy iqtisodiyot yo'nalishlarini o'z ichiga oladi. Men ushbu mavzularni interdisiplinar yondashuv orqali o'rganib, siyosat, din, tarix va madaniyatning ijtimoiy va iqtisodiy natijalariga ta'sirini tushunishni maqsad qilganman. Shu sohalarda maqolalar o'qib turaman. Endigi ilmiy maqola ham shu sohaga tegishli, va juda ham zukkolik bilan yondashilgan ekan.
Raymond Fisman va Edward Miguel tomonidan olib borilgan tadqiqotda 149 mamlakatdan kelgan BMT diplomatlarining Nyu-York shahridagi avtomobil to'xtash (‘parkovka’) qoidalarini buzish holatlari bo’yicha ma’lumot to’plamini tahlil qilishgan. Bu ma'lumotlarni tahlil qilish orqali har bir mamlakatning madaniy odatlari diplomatlarning xatti-harakatlariga qanday ta'sir ko'rsatishini aniqlash va natijalarni diplomatlarning mamlakatidagi korrupsiya indeksi bilan solishtirish. Diplomatik immunitet tufayli, diplomatlar mashinalarini vaqtidan ortiq yoki noto’g’ri qo’ysa ham jarimaga tortilmagan. Ushbu sharoitda aksar korrupsiya yuqori bo’lgan mamlakat vakillari bu imtiyozni keng ko’lamda suiste’mol qilishgan. Masalan 1997-yildan to 2002-yilgacha Quvayt, Misr, Chad, Sudan va Bolgariya (1-5 o'rinlar) diplomatlarining boshiga 100 dan ortiq qoidabuzarlik to’g’ri kelgan ekan. Xuddi shu muddatda 20 dan ortiq mamlakat vakillari masalan Turkiya, Shvetsiya, Panama, Ummon va Norvegiyalik (145-149 o'rinlar) diplomat boshiga 0 ta qoidabuzarlik hisoblangan ekan. Qisqasi, qoidabuzarliklar soni kamaygani sari, asosan korrupsiya past bo’lgan mamlakatlar ro’yxatdan joy olgan (O’zbekiston 9 qoida buzarlik bilan 71-o’rin). Bu aslida qoidabuzarlik emas, chunki diplomatlarda bunday imtiyoz mavjud bo’lgan va harakat normalariga asoslanib bundan foydalangan yoki yo'q. Madaniyat va ijtimoiy normalar har xil bo’lganligi sabab diplomatik immunitetga qaramasdan, masalan, Yaponiyaliklar mashinani to’g’ri joyga qo’yib yetarli vaqtga pulni to’lab qo’yishgan. Demak, huquqiy javobgarlik yo’qligiga turli madaniyat vakillari turlicha javob beradi, degan umumiy xulosa qilishimiz mumkin.
2002-yilda diplomatlarga ham huquqiy choralar ko’rilishni boshlab raqam belgilarini musodara qilish boshlangan ekan, qaysi mamlakatdan bo’lishidan qat’iy nazar. Natija? Qoidabuzarliklar hamma davlat vakillari orasida sezilarli darajada kamaygan (o’rtacha diplomat boshiga 1 donadan kam qoida buzarlik). 2002-yildan 2005-yilgacha eng ko’p qoidabuzarlikni Beninlik diplomatchilar sodir etgan, kishi boshiga 6.5 qoida buzarliklar. Demak, (odil) huquqiy mexanizmlar va chora yaratish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim. Ijtimoiy normalar ham juda muhim ekan, ayniqsa huquqiy nazorat yo’qligida. Yaxshi ijtimoiy normalarni shakllantirish esa juda katta mavzu. Batafsil maqolada, unda tadqiqotning kamchiliklari ham yoritilgan.
SSSRning qulashi, bozor imkoniyatlari va o'sish haqida
Birinchi ilmiy maqolam hozir taqriz jarayonida. Qiziq, hozirgacha temir parda qulashi va sobiq Sovet davlatlari o‘rtasida yangi chegaralarning paydo bo‘lishi shahar kesimida iqtisodiy ko‘rsatkichlarga qanday ta’sir ko‘rsatganini chuqur o‘rgangan iqtisodiy tadqiqotlar mavjud emas ekan. Ushbu maqolada men sobiq Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng hosil bo‘lgan yangi chegaralarning 1000 dan ortiq shaharlardagi aholi soni va iqtisodiy faoliyatga qanday ta’sir ko‘rsatganini o‘rganganman.
Men chegara yaqinidagi shaharlarni va chegaradan uzoq joylashgan shaharlarni ittifoq parchalanishidan oldin va keyin solishtirganman. Maqola natijalariga ko‘ra, 1991 yilda chegaralar paydo bo‘lib, bozor imkoniyatlari pasaygandan so‘ng yangi ichki chegaralar yaqinidagi shaharlarda aholining o‘sish sur’ati chegaradan uzoq joylashgan shaharlar bilan solishtirganda sezilarli darajada pasaygan. Ehtimol, agar sobiq Sovet Ittifoqi Yevropa Ittifoqi kabi formatga o‘zgartirilganida (mustaqil lekin integratsiyalashgan), bozor imkoniyatlari va o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan bo‘lar edi.
Natijaning asosiy mazmuni shundan iboratki, ichki chegaralarning o‘rnatilishi (masalan O'zbekiston va Qirgʻiziston orasida) sobiq Sovet hududidagi asosiy infratuzilma va savdo aloqalarining to‘satdan uzilishiga olib keldi. Natijada, bu yangi shakllangan chegaralar yaqinidagi sobiq Sovet shaharlari ichki hududlarga nisbatan bozorga kirish imkoniyatlarining sezilarli va nomutanosib ravishda qisqarishini boshdan kechirdi. Bu holat yangi chegaralar yaqinidagi shaharlar muhim savdo hamkorlarini yo‘qotganligi va ular bilan avvalgi qulay sharoitlarda savdo aloqalarini davom ettira olmaganligi bilan izohlanishi mumkin. Batafsil maqolada.
Yashirin iqtisodiyot ko'lami haqida
O'zbekistonda yashirin iqtisodiyot ko'lami tez-tez muhokama qilinib, mavzu bir zumda tinadi va vaqt o'tib yana tilga olinadi (a, b, c). Uni qisqartirish formulasi oddiy va qayta qayta tilga olinadi. Soliq tizimini osonlashtirish va raqamlashtirish, soliq to‘lovlarining va undan kelgan daromadlarni sarflanishdagi shaffoflikni taminlash, va huquqbuzarliklar uchun qat'iy jazolash orqali odamlar va bizneslar rasmiy soliq tizimiga qo‘shilishga rag‘batlantiriladi. Biroq buni malakali amalga oshiradigan davlat salohiyatiga erishish qiyinroq masala.
Yashirin iqtisodiyot ko'lamini to'g'ridan-to'g'ri o'lchash esa shishaga momaqaldiroq tutishdan qiyinroq. Eng ilg‘or bilvosita metodika va yaxshi taxminlardan foydalanib qandaydir raqam topsangiz ham, bu raqam aslidan qancha farq qilinishi savol bo‘lib qolaveradi.
Men bu mavzuda bakalavr dissertatsiyamni yozgan edim, 5 yil bo‘libdi. 1991 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan yashirin iqtisodiyot ko‘lamini strukturaviy tenglamalar yordamida o‘lchaganman. 2017 yil uchun yashirin iqtisodiyot ko'lami o‘sha yilgi YaIMning 29% ($21.5 milliard) tashkil qilgan edi va yildan yilga tushib borayotganini aniqlagan edim. Kimdirga qiziq bo‘lishi mumkin deb, sifati past bo'lsa ham shu yerda ulashib qo‘yaman.
Yangi O'zbekiston universitetida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik mavzular bo'yicha tadqiqot olib borish uchun
(doktorlikdan oldingi/doktorlikdan keyingi) ilmiy tadqiqotchi vakansiyasi bor ekan. Menimcha oylik yaxshi va tajriba ortirish uchun kam uchraydigan imkoniyat.
Magistratura diplomi, ma'lumot to'plamlari bilan ishlash uchun kuchli bilim va Ingliz tilini yuqori darajada bilish kerak ekan. Munosib tanishlar bo'lsa iltimos ulashib qo'ying.
Surish kerakmi? ✈️
Anchadan beri ta'lim safarida bo'lsam ham xolis fikr berishga harakat qilaman. Bu savolning javobi oddiy emas, albatta vaziyatga bog'liq. Masalan sizning qadiraytlaringizga, qaysi ijtimoiy qatlamga mansublingizga, atrofdagilar - xalq va davlat - bilan munosabatingizga, va surish uchun qanday variantlar borligiga bog'liq bo'ladi.
Odatda, qolish sabablari kuchli oilaviy va madaniy aloqalar, tanish atrof-muhitdagi qulayliklar va bazi sohalarda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan aniq iqtisodiy imkoniyatlar bilan bog'liq. Bundan tashqari, ayrimlar mamlakatdagi potentsial ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlarga hissa qo'shish istagi tufayli qolishni yoki qaytishni tanlashlari mumkin.
Boshqa tomondan, qolishga qarshi sabablar siyosiy erkinliklar cheklanganligi, iqtisodiy barqarorsizlik va sifatli sog'liqni saqlash hamda ta'lim xizmatlariga bo'lgan tashvishlardan kelib chiqishi mumkin. Afsuski hali hamon iqtisodiy imkoniyatlaringizni keng bo'lishi davlat ishlarida ishlashingiz yoki tanishingiz bo'lishini taqazo qilishi mumkin (korupsiya indeksida yaxshi o'rinlarni egallamaymiz).
Sizning afzaliklaringiz qandayligi ham katta ahamiyatga ega. Agar masalan leksikografik afzalliklarga ega bo'lsangiz, siz eng muhim deb hisoblangan mezon birinchi o'rin oladi va eng katta ahamiyat beriladi, keyin ikkinchi muhim mezon ko'rib chiqiladi va hokazo. Soddalashtirgan xolda, misol uchun quyidagi statik men tasodifiy tartiblagan bazi mezonlarga qarasak:
ng. Qonun ustuvorligi
a. Ota-ona bilan vatanda birga bo'lish
b. Siyosiy erkinlik
d. Turli madaniyatlar bilan tanishish istagi
e. Diningizga erkin amal qilish
f. Jahon darajasidagi ta'lim va sog'liqni saqlash
g. Ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlarga yuqori xavfga qaramasdan hissa qo'shish istagi
h. Farzandlar tarbiyasi
i. Iqlim
j. Urush xavfi kamligi (musaffo osmon)
k. Iqtisodiy imkoniyatlar
l. Turmush sifati
Agar sizning afzaliklaringiz quyidagicha bo'lsa g > ng > f > b >... , siz mening qahramonimsiz va qonun ustuvorligi baland bo'lmaganligiga qaramasdan aniq surmaysiz (agar majbur bo'lmasangiz albatta).
Lekin sizda masalan d ~ i > h >..., f > yoki ng > a > ... bo'lsa katta ehtimol bilan surish haqida o'ylayabsiz, va bunga to'laqonli haqlisiz.
Qisqasi bu oson qaror emas va ko'p omillarga bog'liq - bu esa iqtisodchilarning eng sevimli javobi ?
Aytgancha, amaliy iqtisodiyot ma’lumot to’plamlari, ekonometrika va iqtisodiyotga asoslangan nazariyalardan foydalanib real hayotdagi omillar haqida sabab-oqibat (causality) aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunday ilmiy tadqiqot natijalari asosida mamlakatlar…
www.jstor.org
The Social Costs of Monopoly and Regulation on JSTOR
Richard A. Posner, The Social Costs of Monopoly and Regulation, Journal of Political Economy, Vol. 83, No. 4 (Aug., 1975), pp. 807-828
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago