G'ulomov Diyorbek | Blog

Description
Siz uchun manfatli bo‘lsa xursandman!!!

📥Bogʻlanish uchun: @Diyorbek_Gulomov
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

9 hours ago

📌 Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari:

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari quyidagicha belgilandi:

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to'lash muddati barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha etib belgilangan;

Shuningdek: barcha kurs talabalari uchun to'lov miqdorining 50 foizini to'lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilanganini eslatib o'tamiz.

Belgilangan muddatlarda to'lov-kontrakt mablag'larini o'z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt va undan tushgan mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o'qitish uchun belgilangan to'lov-kontrakt mablag'ini o'z vaqtida amalga oshirmaganli sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ma’lum qilamiz.
@Gulomov_Diyorbek

22 hours ago

#Tafakkur

📌Barcha javoblar sizning ichingizda boʻladi. Siz kitoblarda nima yozilganidan ko'proq narsani bilasiz. Ammo buni eslab qolish uchun kitob o'qish, o'zingizga qarash, o'zingizni tinglash va o'zingizga ishonishingiz kerak.@Gulomov_Diyorbek

1 day, 10 hours ago
3 months ago

Dunyodagi eng g‘aroyib hodisalardan biri bu bir musulmon kishining o‘zi e’tiqod qilgan dinning kitobini hech qachon o‘qimaganligidir. Hatto uning  birinchi misrasi "O'QI" bo'lsa ham....@Gulomov_Diyorbek

3 months ago

Nimadir ish qilmoqchimisiz...?

**U ishga albatta mehr bilan yondashing.

Ishingiz sifatli va chiroyli chiqadi keyin.

Oʻzingiz sevgan mashgʻuloti bajarish insonga ham energiya va kayfiyat beradi.**

@Gulomov_Diyorbek

3 months ago

**SHUKR QILGAN...

Bir sinfdoshim bor edi. Otasi “katta joy”da ishlar, badavlat yashashar edi. Mahallada birinchi bo‘lib televizor olishgan edi. Sinfdoshim yaxshi o‘qirdi. Yettinchi sinfni bitirgan kuni mototsiklli bo‘ldi. Maktabni oltin medal bilan tugatdi.

Yillar o‘tdi. Bir kuni ko‘rishib qoldik.
– Ishlar qalay? – desam, zarda bilan qo‘l siltadi:
– Rasvo! Domlam o‘lgudek maraz! Nomzodlik ishimni cho‘zib yotibdi.

Yillar o‘tdi. Tag‘in ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Rasvo! O‘g‘lim ko‘p ichadi. Kecha yap-yangi mashinaning pachag‘ini chiqarib keldi!

Yillar o‘tdi. Yana ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Rasvo! Qizimning turmushi notinch. Qaynonasi yomon. Sudlashmoqchiman.

Yillar o‘tdi. Sinfdoshim betob deb eshitdim. Shifoxonaga borsam, rangi bir holatda yotibdi.
– Sog‘liq qalay?
– Rasvo! Qand kasali degan palakat adoyi-tamom qildi. O‘lib-o‘lmayman, tuzalib-tuzalmayman!

Tavba, deb gapiray-ku, farishtalar omin degan ekanmi, uzoqqa bormadi, bechora...

Yana bir sinfdoshim bor edi. Otasi urushdan yarimjon bo‘lib qaytgan, to‘kilib ketay deb turgan kulbada turishardi. Yaxshi o‘qirdi. Lekin medalga “ilinmadi”.

Yillar o‘tdi. Bir kuni ko‘rishib qoldik.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! Mebel fabrikasida ishlayapman. Kunduzi duradgorlik qilaman. Kechasi uch kunda bir qorovulman. Yaqinda velosiped oldim.

Yillar o‘tdi. Tag‘in ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! O‘g‘lim o‘qishni bitirib, chet elga ishga ketdi.

Yillar o‘tdi. Yana ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! Qizim farzand ko‘rdi. Nevaramga beshik olishga ketyapman!

Yillar o‘tdi. Sinfdoshim betob deb eshitdim. Xuddi o‘sha, boshqa sinfdoshim yotgan shifoxonada ekan. Rangi bir holatda.
– Sog‘liq qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! Buyrak jinday shamollabdi. Bergan dardiga shukr!

Yaqinda uni tag‘in ko‘rdim.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! To‘ng‘ich nevaramning bo‘yi cho‘zilib qoldi. Xudo xohlasa, besh-olti yilda nevara kuyov ko‘raman. To‘yga kelasan-a?*©*O‘tkir HOSHIMOV**@Gulomov_Diyorbek

3 months, 1 week ago

#ibrat

?**Onangizni sog‘insangiz uyga borasizmi, kimlardir esa qabristonga...

Onangiz gilamga o‘tirganlarini ko‘rsangiz, yugurib borib qo‘sha qo‘sha to‘shak solasiz, ammo onasi tuproqda yotganini bilib, bitta to‘shak sololmaydigan bor....

Biror xato kilib ranjitib qo‘ysangiz, bitta quchoqlab “kechiring” desangiz volidangiz hamma gunohingizni kechirib yuboradi, ammo shunday farzandlar borki, endi ular hech qachon volidalarini bo‘ynidan quchib “kechiring” deyisha olmaydi.....

Uyda yurasizmi, ko‘chadami, balolardan asraguvchi bitta qalqoningiz ya’ni onangizni duosi har doim siz bilan, ammo onasini duosidan bebahra qolganlar qancha birodar....

Uyga kech kirib borsangiz ham, yo‘lingizga intizor bo‘lib, ovqatingizni qayta qayta isitib kutadigan onangiz bormilar, shukr qiling ko‘chadan kech qaytsa, devordan sakrab hovliga kiradigan, oshxonaga kirib bo‘sh qozonni ko‘radiganlar qancha.....

Qanchalik baxtli ekaningizni his qildingizmi, shu baxtingizni ehtiyot qiling!**@Gulomov_Diyorbek

3 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

**Kiyimlar haqiqatimizni gapiradi!

Torayib qolgan kiyimlar intizomsizligimizdan gapiradi.

Qorayib qolgan kiyimlar tartibsizligimizdan gapiradi.

Teshilib qolgan kiyimlar e’tiborsizligimizdan gapiradi.

Terlab ketgan kiyimlar kuchli harakatimizdan gapiradi.

Katta logo tushirilgan kiyimlar e’tibor talabligimizdan gapiradi.

Ha shunday ekan kiyimlar gapiradi va ko'proq haqiqatimizni gapiradi.**@Gulomov_Diyorbek

7 months, 3 weeks ago

Assalom alaykum rahmatullohu va barokatuh.
Juma kuning fayzu barokati sizga boʻlsin???

@D1yorbek_Gulomov

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid