❤️❤️PARINOZ❤️❤️

Description
— Ko’p gapirmaymiz, yurakka yetadigan qilib gapiramiz!

🎹 Piano ohanglari!
📨 Turli xildagi dilnomalar!
💌 Monologlar!
📕 Kitoblardan parchalar!
🧾 She'rlar!

Murojaat uchun; @Pari_Noz
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 1 week ago

Kimga yoz, kimga kuz!
Manga hamisha bahor!
O‘ylamayman boshqalarni,
O‘ylamasin boshqa mani!

@kapalakkinam🦋

1 month, 1 week ago

Har qancha urinmang, odamlarni rozi qilib bo‘lmaydi!
Shuning uchun o‘z bilganimcha yashayman!
Hech narsa qilmasam shunisi yaxshi!

Ketsa ketavermaydimi?
Ja qayoqqa borishardi?

Bir dunyoda yashab so‘ng yana bir tuproqqa ko‘milsak!
Qochishdan nima foyda?
Bu dunyoda hisob so‘ramasam narigi dunyoda so‘rayman!

Bir pulga qimmat odamlarning bir tiyinga qimmat gaplari nimani ham hal qilardi?

Vadalar emas, natijalar muhjm!
Ular natijalarimni ko‘tarolmasa manda nima ayb?

Endi hech kimga aytmay turmushga chiqsam bo‘ldi! 😂
Qolgani muhimmas!

@kapalakkinam🦋

1 month, 1 week ago

Bir oy oldin huddi shu sanada ish izlayotgandim!
Odatda davlat ishlari maktab yoki bog‘chadan ish izlardim!
Mutaxassisligim bo‘yicha!

Kutilmaganda bir e'longa ko‘zim tushib qoldi!
E'lonni o‘zimga saqlab oldim!
Va yana e'lon o‘qishda davom etdim!
Bir necha joylarga borib ham ko‘rdim!
Bo‘lmadi!
Yana o‘sha e'longa qaytdim!

Yaxshilab o‘ylab ko‘rdim!
Eslasam, avvaldan o‘qituvchi bo‘lmayman, ishlashni istamayman degan qarorlarim bo‘lgan!

Va o‘sha e'londagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qildim!
Bir ayol bilan gaplashdim!
Unga kasalligim haqida aytdim va u u bilan uchrashishga kelishdim!

Bu haqda hech kimga aytmadim!
Uchrashuv kuni ham keldi!
Ichimda bir qo‘rquv bor va o‘sha qo‘rquv bilan kurashdim!
Aytilgan manzilga bordim!
Suhbat chog‘ida qo‘rquvlarim yana ham oshdi!

Keyin uydagilarga aytdim!
Qo‘lingdan kelmaydi, qiynalasan deyishdi!
Baribir fikrimdan qaytmadim!

Eshikdan chiqayotib barchasiga roziligimni aytdim!

Tan olaman, ular aytganidan ham ko'proq qiynaldim!
Qurbonliklarim, xatolarim, og‘riqlarim barchasini yashirdim!

Oradan bir oy o‘tgach, qiyinchiliklar ortda qoldi!
Qo‘rquvlarim avvalgidan ancha kamaygan!
O‘zimga nisbatan ishonchim ortgan!
Yangi o‘rgangan bir qancha bilimlarim va orttirilgan tajriba va tezlik bor!

Lekin shu ishni topganimdan beri yaxshi holatdaman!
Kayfiyatim yaxshi, ortiqchha ishlarga vaqtim yo‘q!
Hatto ijod ham qilmay qo‘ydiim!
Hech kim bilan gaplashmayman!
O'zi aslida hamma bilan keragidan ortiq gaplashib yuborganman!
Bir umr gaplashmasam ham bo‘laveradi!
Balki ular ham qutulganlaridan xursanddirlar!

@kapalakkinam🦋

1 month, 2 weeks ago

Ba'zan yaxshilik ham, go'zallik ham , boylik ham insonni baxtli qilolmas ekan!

Agar sog'liq bo'lmasa barchasi bekor!

Odamlar kabi baxt ham sendan yuz o'giradi!
U ham seni rad etadi!
Baxt ham seni boringcha qabul qilolmaydi!

@kapalakkinam🦋

1 month, 2 weeks ago
❤️❤️PARINOZ❤️❤️
1 month, 2 weeks ago

Ishga kirganimni eshitib, rosa xursand bo'ldilar!
O'ylab qarasam, ishga kirganimdan beri hech kim qiynalmadingmi? yiqilmadingmi? deb so'ramabdi!
Eng yomon holatlarda ham so'rashmagan aslida!
Opamga aytganlarimni oilamdagi hech kimga aytmayman, chunki aytsam u so'zlar o'zimga qarshi qurol sifatida ishlatiladi va muammo keltiradi!

Opam ularga o'xshamaydilar, aytmasimdan uzoqdan turib havotir olishni boshlaydilar!

Avvaldan yolg'iz bo'lganim uchun doim manga bitta bo'lsa ham mehribon inson berishini so'raganman!
Bir muddat bo'lsa ham doim kimdir topilgan, yordam beradiganlar ko'p uchragan!
O'qishni bitirgach, uyda yolg'iz qoldim!
Bo'ldi, endi boshqa bunday insonlar uchramaydi, hammasi tugadi deb tushkunlikka tushganimda bir psixolog telegram ochishimni maslahat berdi, shundan so'ng telegramga kirdim va bir nechta yaqin insonlarga ega bo'ldim!
Shulardan bittasi Mohinur opamlar!

Manga kimdir yoqishi juda qiyin, ammo yoqtirib qolsam tamom, u inson mandan hech qachon qutula olmaydi!
Bittasi aytgandi: sizdan o'lib ham qutulib bo'lmaydi, qabristonga boraverib tinch yotishga ham qo'ymaysiz!

@kapalakkinam🦋

4 months, 2 weeks ago

Hamma bir xil gapni qaytaraveradi!
Siz yigit tanlayapsiz!

Man aslida yigitlarni emas, ularning onasini tanlayman!

Bunga sabab har bir o'g'il baribir onasining aytganini qiladi!
Hech bir yigit bitta qizni deb hech qachon onasidan voz kechmaydi!

Shuni hisobga olgan holda yigitni emas, uning onasini tanlash kerak!

Yana bitta talabim yigitning dadasi bo'lsin va oilada erkakning o'rni bo'lsin, gapi o'tsin!

Ana shunda onalari o'g'illarini kamroq qizg'onishadi!

Sovchi kelsa hech qachon birinchi kelishidayoq chiqmayman!
Ba'zida ikkinchisiga ham chiqmayman!
Onasining gap-so'zlari, harakatlarini parda ortidan kuzatib turaman!
Onasi yoqmadimi?
O'g'li haqida eshitmayman ham, uchrashmayman ham, avtomatik javobim yo'q bo'ladi!

Man kasalligimni hech qachon hisobga olmaganman, qanday holatda bo'lsam ham hamma qatori kelin bo'laman deyman!
Hamma narsani ko'rmay turib qiĺa olißimga ishonaman!

Turmush qurish- chiroyli sarpolar kiyib, ko'chaga aylangani chiqib, faqat baxtli yashash deganimas!

Mani nazarimda butkul boshqacha!
Kelin eng ko'p vaqtini qaynonasi bilan birga o'tkazadi!
Huddi o'g'liga emas, onasiga turmushga chiqqandek tuyuladi!

Ba'zi qaynonalarni o'qitish yoki tushuntirish kerak!

Mahallamizda mandan boshqa hamma turmush qurganlar ajrashgan!
Hammasini kamida 2 tadan bolasi bor!
Hammasining sabablari bir xil!
Qaynonasi yashagani qo'ymaydi!

Bir kun bittasini qaynonasi manga sovchi bo'lib kelibdi!
Hali o'g'li ajrashmagan, 3 ta bolasi bor, o'g'li xotinini rosa yaxshi ko'radi!
Nimamish, agar ajrashmasa onasi oq qilarmish!
Uyalmay kelinini qo'shnisiga sovchilikka kelibdi!

Ha uni kelini mani dugonam bo'lsa, hamma gapdan xabardor bo'lsam, g'alatimasmi?

Sog'kelinini yashatmagan qaynona mani yashatarmidi?

Ajrashgandan ko'ra turmush qurmagan yaxshiku!

Hech tushunmaymanda, bechora qizni ota-onasi, buvisiyu- bobosida nima ayb?

Onasi ikkinchi xotin bo'lsa, u qizda nima ayb?

Oxiri ajrashishdi, o'g'lini baribir uylantirdi!

Bilmadimu lekin shunaqa qaynonalardan qo'rqaman, o'g'li farishta bo'lsa ham ,sevsa ham baribir oxirida ajrashib ketadi!

O'zi shundoq ham muammolarim, dardim yetarli bo'lsa!

Hech kim mehnatdan o'lmaydi, lekin aytilgan gaplar aniq o'ldiradi!

Hech kim ota-onasi haqida aytilgan gaplarga chidolmaydi, lekin kelinlar chidashga majbur!
Kuyovni onasi onayu, kelinniki onamasmi?

@kapalakkinam?

4 months, 2 weeks ago

- Kayfiyating yo'q? - deyishdi!
- Biroz charchadim dedim..
uyqusizlik
dedim... havo issiq* dedim...

Havotir olma seni sotmadim!

@kapalakkinam?

4 months, 2 weeks ago

Mehrimiz his qilolmasakda,
Baxt neligin bilolmasakda,
Mayli birga bo'lolmasakda,
Yoningdaman nima bo'lsa ham!

@kapalakkinam?

4 months, 3 weeks ago

Sevmasang ham sevgan bo'lardim!

@kapalakkinam?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago