?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
💸 Yandex Uzbekistan dasturlash maktabidan android va backend dasturlash bo‘yicha darslar
Yandex Uzbekistan dasturlash maktablarida yetakchi mutaxassislar mobil va backend dasturlashning asosiy mavzularini chuqur tahlil qilgan darslarni endi o‘zbek va rus tillarida tomosha qilishingiz mumkin.
Young&&Yandex kanalidagi videolar orqali o‘zingizni qiziqtirgan mavzuni tanlang va qulay vaqtda o‘rganing.
“If you’re a good manager and build a good team, that team will blast off. So lean into it. Cheer them on when they get promoted. Glow with pride when they kick ass at a board meeting or present their work to the entire company. That’s how you become a good manager. That’s how you start to love the job.”
Excerpt From
Build
Tony Fadell
Sizlardayam bóganmi ózbek odam kelib “can I ask you something” deganmi?
Tadbirkor bo‘lishni xohlayapsanmi? Yaxshi, lekin bu senga “oson” bo‘ladi deb o‘ylama.
Internetda tadbirkorlarning “muvaffaqiyat hikoyalari”ni o‘qib: “Men ham shunday bo‘laman!” deb ruhlanishing mumkin. Lekin bir narsani unutma: tadbirkorlik — bu nafaqat go‘zal so‘zlar va katta orzular. Bu:
- Ishchilarga o‘z vaqtida oylik berish uchun tunlari uxlolmay, pul topish haqida o‘ylash.
- Muvaffaqiyatsiz loyihalarni ko‘rib, yo‘lida davom etish.
- Oilang uchun xavotirda bo‘lib, xatarga qaramasdan oldinga qadam tashlash.
Sodda qilib aytganda, bu — katta mas’uliyat.
Shuning uchun mas’uliyatli bo‘l.
Endi hayolingda katta biznes qurishni rejalashtiryapsan, lekin buni tushunib yet: tadbirkorlik faqat “katta g‘oya” emas. Bu:
1. Haqiqiy mehnat. O‘ylab ko‘r, bu yo‘lga o‘z vaqting, energiyang, va ba’zida pulingni sarflashga tayyormisan?
2. Mas’uliyat. Sening qarorlaring atrofdagilarga ta’sir qiladi. Ishchilaring, mijozlaring, hatto oila-a’zolaring uchun mas’ul bo‘lasan.
3. O‘rganish jarayoni. Bilim yetarli emas — uni to‘g‘ri qo‘llay olish kerak.
Asosiy xatolardan biri: tashqi ko‘rinishga aldanish.
Tadbirkor bo‘lib ko‘rinish — bu boshqacha, haqiqiy tadbirkor bo‘lish esa umuman boshqacha. Yashirin networkinglar, barchaga katta orzular haqida gapirish... bu shunchaki vaqtni o‘ldirish(afsuski men ham buning qurboniman). Muhimi:
- Boshlanishida kichikroq qadamlar tashla. Oldin ishonch qozon, so‘ngra marketing haqida o‘yla.
- Ishni natija bilan isbotla. Gapirib emas, haqiqiy muvaffaqiyatni qadrlashni o‘rgan.
- Ortiqcha maslahatlardan ehtiyot bo‘l. Har kimning “eng zo‘r” tavfsiyasi bo'ladi, lekin senga mos kelish kelmasligi - noaniq.
Tadbirkorlik — bu marafon. Bu yo‘lda sabr, qat’iyat va maqsadga sadoqat kerak. Shuning uchun:
- Orzu qil, lekin yerga qarab yur.
- Mas’uliyatni his qil va atrofdagilarga zarar yetkazma.
- Eng asosiysi, o‘zingni yo‘qotma.
Dunyoga quloq soling, lekin shovqinlar orasida haqiqiy ma’noni ko‘ra olishni unutmang.
Kelajak - sizlarniki. ?
PS: bu post paydo bo'lishiga influencerlar/bloggerlar sabab. Bu post nafaqat startuper, tadbirkor, balki istalgan self employed turidagi yo'nalishlarga mos keladi. Shuning uchun sizlarga chin dildan aytadigan gapim o'z yo'lingizni toping, birovni muvvaffaqiyatini emas, qilgan xatolarini o'rganing. Agar unda xato yo'q bo'lsa u omadli, va uning social mediadagi quruq gaplari sizga zarracha foyda keltirmaydi.
Ayrim paytlari eski postlarimni ôqib qolaman. Keyin savol keladi öshanda kimdan kochiribman ekana deb ?
O‘tgan yili Appx Groupda “Secret Santa” o‘ynadik. Hammaning sovg‘asi yaxshi edi: shirinliklar, kitoblar… Lekin Abdurahmon hammani hayratda qoldirdi. Uning sovg‘asi? 30 santimetrli qora plastilindan yasalgan “yulduzcha”.
Qiziq joyi shundaki, yulduzchaning har bir burchagiga motivatsion gaplar yozibdi:
“Erta uyg‘on!”
“Intil, erish!”
“Harakatni to‘xtatma!”
Bu yulduzcha hali ham ofisning bir burchagida turibdi. Yangi yil “nishonlash” qanday o‘tganini eslatib turadi.
Bu yil esa qoidalarni o‘zgartirishga qaror qildik:
1. Sovg‘alar ijodiy bo‘lishi shart.
2. Hajmi 30 santimetrdan oshmasin. (Chunki o‘tgan yilgi tajriba yetarli.)
3. Eng asosiysi, Abdurahmon bu safar sovg‘a yasamaydi.
Keling, bu yilgi Secret Santa ancha esda qolarli bo‘lsin — lekin yaxshi ma’noda! ?
O‘rganish
Bir xil vaziyat, yangi natija.
Bir xil xatolar, yangi yondashuv.
Bir xil hayot, yangi sen.
Lekin ko‘p odamlar o‘rganishni xato tushunadi.
Ular kitob o‘qishni — o‘rganish,
Darsga borishni — o‘rganish,
Sertifikat olishni — o‘rganish, deb o‘ylaydi.
Lekin o‘rganish faqat bitta narsa:
Hayotingda o‘zgarish yasash!
Agar harakatlaring o‘zgarmasa, hech qanday o‘rganish bo‘lmagan.
Sen bugun nima o‘zgartirding?
TBC Bankning yangi qadamiga shaxsiy fikrim O‘tgan hafta TBC Bank o‘z processing markazini ishga tushirganini e’lon qildi. Bu xabarni eshitib, shunchaki texnik yangilik deb o‘ylagan bo‘lsangiz, yanglishasiz. Aslida bu qaror O‘zbekiston moliya tizimi uchun…
TBC Bankning yangi qadamiga shaxsiy fikrim
O‘tgan hafta TBC Bank o‘z processing markazini ishga tushirganini e’lon qildi. Bu xabarni eshitib, shunchaki texnik yangilik deb o‘ylagan bo‘lsangiz, yanglishasiz. Aslida bu qaror O‘zbekiston moliya tizimi uchun katta burilishlardan biri bo‘lishi mumkin.
Qani, o’zimcha tushuntirib beray:
? Processing markazi nima va nega kerak?
Hozir ko‘pchilik banklar uchun karta chiqarish, xabarnoma yuborish, tranzaktsiyalarni boshqarish kabi funksiyalarni tashqi tashkilotlar bajaradi. TBC Bank endi bularning barchasini o‘zi qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mustaqillik va boshqaruv qo‘lda degani – kuchli pozitsiya demak.
? Nimasi muhim?
O‘z markazini yaratish orqali TBC nafaqat resurslarni tejaydi, balki mijozlar ehtiyojiga mos maxsus mahsulotlar yaratishi ham osonlashadi. Masalan, sodiqlik dasturlari yoki o‘ziga xos kartalar. Shu bilan birga, Apple Pay va Google Pay keladigan kunda tokenizatsiya tayyorligi katta plyus.
? Qayerdan qaraganda ham bu foydali qaror
Biznes tarafidan bu bankka katta ma’lumotlar beradi – mijozlarni chuqurroq tushunish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqish imkonini beradi. Shuningdek, boshqa banklarga ham xizmat ko‘rsatib, yangi daromad manbalarini yaratishi mumkin.
? Menimcha, buni faqat katta rejalar qilayotganlar amalga oshiradi
Bunday loyihalar kichik summaga tushmaydi. Lekin TBC Bank bu yirik investitsiyaga jur’at qilgani – u uzoq muddatni o‘ylayotganidan dalolat. O‘zini emas, butun bank tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shyapti.
TBC Bankning bu harakati menga motivatsiya berdi: katta maqsadlar uchun jasoratli qadam tashlash kerak.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Banklarning mustaqil ishlashi moliya tizimimizga qanday foyda keltirishi mumkin?
Rosa bandman shu kunlar
Startuplar, mahalliy productlar...
2000$ oylik berish niyatimga qachon yetisharkanman deb hayol qilaman ...
PS: podcastni davom qilish bo'yicha ham o'ylayabman ochig'i, lekin shevada baribir )
PSPS: ma'sulyat olib, natija ko'rsatmaguncha hayotimiz barqaror pastga sho'ng'ishda davom qilaveradi...
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago