Salohiddin Qurbonov

Description
1. Lingvist (Arab tili)
2. Arab tili filologiyasi doktoranti
3. Oʻqish texnikalari boʻyicha mustaqil izlanuvchi

📌Tajriba:
1. Arab tili 11 yillik
2. Arab tili xalqaro C1 daraja
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 6 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 1 day ago

«Qoʻrquv shunday hiski, usi borni ham usi yoʻqni ham yomonlay olmaysan»

@Salohiddin_Qurbonov

1 week, 3 days ago

Tasavvur qilamiz: 2124-yil kirib keldi. Roppa-rosa yuz yildan keyin. U payt shu matnni yozayotgan odam ham, uni o'qiyotgan odam ham bu dunyoda bo'lmaydi; yer ustida emas, ostida bo'ladi. Nafaqat siz, balki aka-ukalaringiz, yoru-birodarlaringiz ham bu dunyoni allaqachon tark etgan bo'ladi...

Biz umrimizning aksariyatini sarflab, misqollab yig'ib qurgan dang'illama uyimizda begonalar yashayotgan bo'ladi. Bizga tegishli neki bo'lsa (agar bo'lsa), hammasiga boshqalar egalik qiladi.

Qanchamiz bobomizning otasini yoki onasini taniymiz? Kimligi tugul, ismini eslay olamizmi?

Uyingizda balki avlodingiz yashar, lekin u sizning ismingizni bilmasa, demak, begona.

O'lganimizdan keyin, bizni uzog'i bilan bir necha yil eslashadi. Yana bir necha yil o'tib, ijtimoiy tarmoqlarni va telefonimiz xotiralarini to'ldirgan rasm va videolarimiz tarixning axlat qutisiga uloqtiriladi...

Biz hatto xotiralarda yashamaymiz. Chunki bizni tanigan odamlarning o'zi bu dunyoda bo'lmaydi.

Tirikchilik tashvishlaridan bir lahza tin olib, shular haqida o'ylasak, biz quvib yurgan maqsadlarimizning ko'pi qanchalik mayda va ahmoqona narsalar ekanini tushunamiz.

Mazmunli umr - bu odam o'lim to'shagida yotganda o'tgan hayotiga qarab afsus chekmaydigan umrdir.

G'arbda keksa odamlar eng ko'p nimadan afsuslanishi haqida qator tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning xulosalari bir-biriga o'xshash. Odamlar keksayganda, odatda, quyidagilardan afsus-nadomat chekar ekan.

1. Sevgan va yaqin insonlari, oilasi bilan yetarli vaqt o'tkazmaslik

Fakt shuki, 24 soatlik kunimizning aksariyati yo ishda yo ko'chada o'tadi. Uydagi vaqtimizning ham aksariyati ehtimol televizor (kompyuter) oldida yoki uyqu bilan o'tsa, ajab emas.

Odam o'lim to'shagida yotganda eng yaqin insonlari, do'stlari bilan ko'proq vaqt o'tkazmaganidan; ularga yetarli e'tibor va muruvvat ko'rsata olmaganidan afsuslanar ekan.

2. Risk qilishdan qo'rqib, orzulardan voz kechish

Orzularimiz ko'p (Faqat moddiy orzularni tushunmang). Ko'pincha, qo'limiz kaltalik qilib yoki shunchaki, tavakkal qilishdan qo'rqib, ulardan osongina voz kechib qo'ya qolamiz. Komfort zonamizdan chiqishni xohlamaymiz. Qarib-qartayib qolganimizda esa, essiz, yoshligimda, belimning quvvati borligida shu ishlarni qilmagan ekanman, deb nadomat chekar ekanmiz.

3. Sog'likning qadriga yetmaslik, nosog'lom turmush tarzi

Qarilik ham kasallikdek gap. Ko'pchilik nafaqaga chiqqanimda maza qilib dam olaman, deydi. Lekin umr bo'yi sog'ligiga yaxshi qaramagani uchun, nosog'lom turmush kechirgani uchun, nafaqa yoshiga yetar-yetmas, kasalliklardan arimay qoladi. Keyingi umr esa afsus-nadomat va dard-hasratlar bilan o'tadi...

4. Boshqalarga yordam bermaslik, xayrli ishlarni kam qilish

Odam qariganda, mendan nima ish qoldi; nimadir yaxshilik qildimmi, deb o'ylarkan. Demak, birovga yaxshilik qilish, yaxshi nom qoldirish imkoniyati ko'proq yoshlikda bo'lar ekan.

5. Bugun bilan yashamaslik

Aksariyatimiz uy uchun, mashina uchun pul yig'ish bilan ovoramiz. Dam olishga ulguraman; uyimni bitkazib olay, to'yimni o'tkazib olay, deb hayotimiz o'tib ketganini sezmay qolamiz. Dam olishni ortga surish, ko'p ishlash - keksayganda odam eng ko'p afsuslanadigan narsalardan biri ekan.

6. Boshqalar uchun yashash

Bu, ayniqsa, bizning xalqqa ko'proq xos. Odamlar nima deydi, deb ko'pincha o'zimiz xohlagandek yashay olmaymiz. Demak, aslida biz boshqalar uchun yashayapmiz. Menimcha, eng behuda va befoyda umr mana shunday hayot bo'lsa kerak.

Bu bitiklarni o'qiyotgan paytingiz to'rt muchangiz sog', iligingiz butunmi; demak, sizda hali imkoniyat bor.

Kelinglar, mazmunli umr kechiraylik...

@bmamadiev

2 weeks ago

Ogoh bo'ling! Vabo.

Ta'lim olish jaryaonidan chiqib, 4 yildan beri ta'lim berish qismiga o'tdim. Aslida bu katta muddat emas, lekin men uchun kerakli xulosa va fikrlarimni aytish uchun yetarli bo'ldi.

Avvalo talaba bu - millatimiz faxri. Shunday g'addor dunyo muhitida yashab ilm bilan shug'ullana olish katta jasorat.

(Shularni yozyapmanu, negadir qo'limda titroq bor. Sababi talabalik nima ekanini yaxshi bilaman va u haqida yozishga jur'at ham samimiy yuksak baholanishi kerak:)).

Xo'sh, bu buyuk yo'lda qaysi xatolarni qilmaslik kerak degan narsa haqida gapirmoqchiman!

Men o'qib yurgan vaqtda ham, ayni damda ham talabalar orasida jiddiy epidemiya tarqalan bu "Menga kerak emas" degan fikr hastaligi.

Guruhlar kesimidagi darslarga, mutaxassislikdan chetda ko'ringan fanlarni o'zlashtirmaslik vabosi urchib yotibdi.

Hurmatli talabalar, universitetlarda (90 foiz, 100 foiz deya olmayman) fanlar bekordan bekorga qo'yilmaydi.

Siz tanlagan sohani nozik nuqtasigacha o'rganish va sizda sohangiz muhitida kuchli bilim va ijodkorona yondosha olish qobiliyatini o'stirishga qaratilgan bo'ladi.

Talaba saviyasi bilan bo'lib, bu fan kerak emas, bu menga hayotda asqotmaydi degan maktabcha fikrlashni bas qiling.

Sizga qo'yilgan dasturdagi fanlarni 100/80 shaklida o'zlashtiring. Faqat yutasiz.

Masalan, men oliy ma'hadda o'qiganman. Mutaxassisligim bo'yicha matematika kerak emas. Yuzaki qaralsa, albatta.

Lekin o'qish jarayoni (ayniqsa meros fanini o'zlashtirish)da tushunib yetdimki, matematikasiz bu fanga kirib bo'lmaydi va matematikini yuqori saviyada bilgan sheriklarim fanni chuqur o'zlashtira oldi.

Bu vabo aslida dangasalikning to'ng'ichi, xolos. Siz fanlarga muhabbat qo'yib o'qing, o'rgana olasiz va hech ham yutqazmaysiz.

@Salohiddin_Qurbonov

3 months ago

Bu gaplarni hech qachon otangiz oldida aytmang:

  1. Uff.
  2. Zerikdim
  3. Oʻzim bilaman.
  4. Aralashmang.
  5. Sizga aloqasi yoʻq.

Ularga huddi siz yoshlingizda mehribonlik qilganidek mehribon boʻling!

Otamiz - qiblagohimiz!

Otamiz - oliy neʼmatimiz!

@Salohiddin_Qurbonov

3 months ago

Sarf va nahv nima?

3 months ago

Salom doʻstlar

Ovozli suhbatimiz Hadaf kanalida boshlandi

Sizlarni kutaman.

Suhbatda yaxshi ishtirok etgan 3ta ishtirokchiga ikkita kitobimdan sovgʻa qilaman.

Baxt uyi (arab tili qoʻllanma)

Muhabbat oyatlari

3 months ago

Chunki kulishga boshqa sabab topa olmadim ?

3 months ago

Chunki kulishga boshqa sabab topa olmadim ?

3 months, 1 week ago

"Speaking Club" nima va u qanday foyda keltiradi?

"Speaking Club" – bu turli tillarda gaplashish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun tashkil etiladigan maxsus tadbir.

Asosiy maqsad – qatnashuvchilar o‘rtasida jonli suhbatlar tashkil qilish orqali ularning og‘zaki til ko‘nikmalarini yaxshilash. Bu klublar o‘qituvchi yoki rahbar tomonidan boshqarilishi mumkin, lekin ko‘pincha ishtirokchilarni erkin va faol suhbatlashishga rag‘batlantirishga asoslanadi.

"Speaking Club"ning Asosiy afzalliklari:

1. Jonli amaliyot: Tilni o‘rganishda eng katta qiyinchiliklardan biri bu uni amalda qo‘llashdir. Klubda real hayotda ishlatiladigan tilni o‘rganish imkoniyati yaratiladi.

2. Ijtimoiy Muhit: O‘xshash qiziqishlarga ega odamlar bilan tanishish va muloqot qilish orqali o‘rganish jarayoni yanada qiziqarli va samarali bo‘ladi.

3. Xatolarni Tushunish va To‘g‘irlash: Suhbat davomida o‘zingiz qilgan xatolarni sezish va to‘g‘irlash orqali tildagi malakangizni oshirishingiz mumkin.

4. O‘ziga Ishonchni Oshirish: Doimiy muloqot orqali tilni erkinroq va osonroq ishlatish ko‘nikmasi rivojlanadi, bu esa ishonchni mustahkamlaydi.

@Salohiddin_Qurbonov

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 6 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago