Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Men har bir xabarini kuzatib boradigan Oyina.uz Bobur g‘azallari asosida yaratilgan eng mashhur qo‘shiqlar “playlisti”ni taqdim etdi. Ma’murjon To‘xtasinov, Sherali Jo‘rayevdan Shohruxxongacha davom etgan ro‘yxat bilan tanishing. Manga, ayniqsa, "Ne bo'ldi" qo'shig'i yoqadi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3506
#menga_yoqqan_shér
AJAB DUNYO
Ikki buyuk shoir, ikki musofir —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Sizni o‘ylatmasmi bu jumboq, bu sir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur...
Buni tasodifmi atayin, ayting,
Qitmir qismat o‘yni deyinmi yo bir?
Ko‘rib qo‘y, Turkiston, ikki shoh bayting –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Jafo etganga ham jabr etmadik,
Gadoni siyladik goho, Xudo bir.
Daholarimiz qadriga yetmadik —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Yer yonar jahannam afg‘onda yal-yal,
Kulrang ko‘rpa yanglig‘ bulut yonodur.
Yonar ne tiklagan bo‘lsa bir mahal —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon,
Ikki buyuk dildan yo‘qdir sado bir.
Biz g‘animga bejang topshirgan qo‘rg‘on —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Uchrashishmagandi ular hayotda,
Yoturlar yonma-yon ikki lahatda.
Nima deysiz endi, hayot hayot-da —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur!
Muhammad YUSUF
Bugun Mumtoz adabiyotdagi "Ilmi segona" - Ilmlar uchligi bo'yicha kursimni boshladim. Ilmlar uchligi 3 asosiy ilmni o’z ichiga oladi: 1. Aruz vazni; 2. She’riy san’atlar; 3. Qofiya ilmi.
Aruz bo'yicha mashqlar to'plami tayyorlaganimni bajarishni boshladik. 1-darsdan natijalar a'lo ko'z tegmasin.
Faxri Hirotiyga asoslanib, Bertelsning ma'lumot berishicha, Hazrat Navoiyning 1 kunlik daromadi – 75000 dinor. Shundan 15000 dinor xarajat qilingan.
1 dinor = 4.25 gramm oltin
Hisoblaymiz:
75000*4.25=318750 (318.75 kg)
Bugungi hisobga ko‘ra:
1 dinor = 212 dollar
Hazrat Navoiyning bir kunlik daromadi bugungi hisobda:
75000212=15900000 $ (o‘n besh million to‘qqiz yuz ming dollar)
Xarajati:
15000212=3180000$
(uch million bir yuz sakson ming dollar)
Sof daromad:
15900000-3180000=12720000.
Demak, Navoiy bobomizning bir kunlik xarajatlardan tashqari sof daromadi:
O‘n ikki million yetti yuz yigirma ming dollar
Bu bir yilda:
12720000*365=4642800000
(to‘rt milliard olti yuz qirq ikki million sakkiz yuz ming dollar)
So‘mga o‘zingiz aylantirib olasiz! ?
Xulosa: Navoiy – buyuk tadbirkor, iqtisodchi, milliarder!
O‘zbekiston bayrog‘in
Ta'rifi sizga tanish,
Ammo, mening fikrimcha,
Bunday ta'riflar yanglish!
Masalan, moviy rang bu osmonmas!
Falak har yerda tengdir,
Bizdek faxrlanarmi
Osmonidan ham kimdir?
Ko‘k bu Temur yalovi,
Biz turkiylar naslimiz,
Dunyoni zabt aylagan
Amirbeklar aslimiz.
Oq bu tinchlik timsoli?
Poklik, yoki sof niyat?
Axir oqko‘ngil inson
Birdir o‘zbekdan bo‘lak.
Oq bu sho‘ro davrida
Halok bo‘lgan necha jon.
Qizil sovet zulmidan
Daryo bo‘lib oqqan qon.
Oq bu ajdodlar ruhi
Doim bizga yor demak
Oq bu asli ularning
Ishonchini oqlamak.
Ha, ikki qizil chiziq
Aslo emasdir tomir
Bu qon to‘la o‘tmishni
Eslatguvchi Amu~Sir.
Bayroqdagi yashilni
Mengzamang dala~ qirga
Kim bizdek o‘t~o‘lanin
CHizgan bayroq~ qadrga.
Yashil rang bu yangilik
Jadidlarning timsoli
Ko‘hna yurtni yoshartgan
Yaxshilarning misoli.
“Ol qo‘lg‘a bayrog‘ingni qalbing uyg‘onsun
Qur, yangi davlat yovlar o‘rtansun”.
O‘n ikki yulduz, oyga
Hududlar deb bermang nom
Olloh deya yozilmish,
Qalbimizdadir Islom.
Do‘stim, yurtning bayrog‘in
Ta'rifin mendek angla
Ol, o‘p, bag‘ringga bos
Asra, alqa, avayla.
Temurbeklar avlodi
Ajdodlar ruhin qolib
Jadid bobolar ezgu
Amallarini yoqlab.
Bu yurt sha'nin ko‘klarga
Ko‘targaymiz Iloyo
Qo‘lda yurtning bayrog‘i
Ko‘zimizga to‘tiyo!
XUNUKSAN
“- Xunuksan! Dunyoda eng xunugisan!
Sendayin xunukni koʻrmagan dunyo!
Ilk sevgim oʻgʻrisi va yalmogʻizsan!
Oʻsha payt goʻlmidim? Koʻr edimmi yo?!
Quralay koʻzlaring aslida “qoʻy” koʻz!
Beling xam gʻoʻladek, sigʻmas quchoqqa!
Yuzlaring burushgan, taʼrifga yoʻq soʻz,
“Xirildoq” ovozing yoqmas quloqqa!
Oʻgʻrincha boqqanim h-o-o-v ikki anor,
Pishib toʻkilibdi! Joyi tep-tekis!
Bir boqqan qayrilib qaramas zinhor,
Zarracha chiroydan qolmapdi xech iz!
Xunuksan! Xunuksan! Juda XUNUKSAN!
Seni xotin qilgan erkakka raxmat!
Oʻn yil oʻtgandan soʻng men endi bilsam,
Sendan ayrilganim boʻlgan ekan BAXT!!!” ...
... Bugun seni koʻrgach mana shu soʻzlar,
Charx urib aylandi aqlu-hushimda.
Kech tushib, uxlashga yumilgach koʻzlar,
Maxkam quchib oldim seni tushimda,
va oʻpdim! Sochlaring siladim! Ey-voh!
Dedim : -Taqdirimga bitmas azalsan,
Faqat tushda aytsam boʻlmaydi gunoh :
- Goʻzalsan! Goʻzalsan! Juda GOʻZALSAN!!!
*✍️ Abdulla Omon*
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her