Sautova Saliha 👽

Description
Full name: Sautova Saliha
Birthday date: April 11th, 2011
Blood type: A
MBTI type: INTJ
Representative emotion: 🐿
Nationality: I'm alien

University that I want to study: Yonsei, Harvard, Oxford, Stanford, CAU 🎀
Advertising
We recommend to visit

ㅤㅤ𝗜𝗡𝗙𝗢𝗥𝗠𝗔𝗧𝗜𝗢𝗡 𝗔𝗕𝗢𝗨𝗧 𝗞𝗜𝗠

♞ . owner :: @yjante • security @jtejo
♞ . admin :: t.me/KimRekber/5137

❈ proof & rate :: @proof_kim • @ratekim
❈ fraud & pp :: @infoscamr • @ppkimrekber

ⓘ tidak menerima format melalui rc ⓘⓘ

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her

볼만한 뉴스와 증권사리포트, 글로벌경제뉴스. 와신 등을 공유합니다. 내용은 매도/매수의 의견이 아닙니다.매매에 대한 책임은 본인에게있습니다

●/ ●/
《 | 《 |
/〉 제보.문의 /〉


제보/각종 문의 받습니다.

@yeouidooppa

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her

비트코인 & 경제 & 재테크정보를 공유드리는 방입니다

채팅방 - @enjoymyhobbychat

모든 글은 투자의 참고 자료일 뿐이며,
투자 판단에 대한 책임을 지지 않습니다.

* 홍보, 후원, 광고 : @KimYoungTaek 문의

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her

1 month, 1 week ago

HISSIYOTLARGA YENGILMANG❗️

To‘xtang va diqqatingizni jamlang. Siz tuyg‘ular qurshovida bo‘lsangiz, o‘zingiz nimani xohlayotganingizni tushunishingiz juda qiyin.

🧠 Agar his-tuyg‘ular ijobiy bo'lsa, biz o‘zimizni juda yaxshi his qilamiz, lekin qayg‘u va tashvish bizni qurshaganda, bunday his-tuyg‘ular sizni tezda nazoratdan chiqarib yuborishi mumkin.

🙂Tabassum qiling! Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabassum kunlik bajaratotgan vazifalaringizga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tabassum ham stressni kamaytiradi.

➡️Tasavvur qilish. Bu sizning his-tuyg‘ularingizni boshqarishga yordam beradigan tinchlantiruvchi va tasalli beruvchi texnikadir. Tasavvur qilish ko‘p narsani talab qilmaydi, lekin bu salbiy fikrlarni ijobiy fikrlarga aylantirishga yordam beradi.

°• @solihamathgoodgirl •°

1 month, 1 week ago

— Odam o‘z hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi:

Vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? O‘zingizda mavjud bo‘lgan kunlarni qadrlaysizmi? O‘zlari bilmagan holda vaqtlarini bekorga sarflayotgan kishilarga xos ayrim belgilar quyidagilardan iborat. Umid qilamizki, bu fikr siz haqingizda emas:

«Maqsadsiz o‘tkazilgan yillar maqsad belgilab olgan ma'qul ekanini ko‘rsatdi».

Vaqtini bekorga ketkazadiganlarni ajratib turuvchi jihatlar nimalardan iborat?

• Noliydilar

Bunday kishilar hayotidagi barcha narsadan nolishadi. Bunga atrofdagi kishilar, hukumat yoki osmondagi yulduzlarni aybdor qilib ko‘rsatishadi. Istalgan kishi, faqat o‘zlari emas. Aslida barchasiga ularning o‘zi aybdor. Hayotda yuz bergan voqea emas, unga bildirilgan munosabat muhimroq. Noliydigan kishi emas, hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratuvchi inson bo‘ling.

• Hayotlarini zerikarli ko‘rinishga keltirishadi

Uy – ish – ovqat pishirish – uy tozalash – uyqu. Boshi va oxiri yo‘q aylana bo‘ylab yurishadi. Miyaga bir xil shablonlar bilan ishlash oson. Shu yo‘l bilan u quvvatni tejaydi va siz uchun jon saqlashni ta'minlashga harakat qiladi. Biroq bu fikrlash uchun qopqondir. Agar doimiy ravishda bir xil ishlar bajarilsa, hayot zerikarli bo‘ladi. Biroq bu aylanani mustaqil uzish va hayotni o‘zgartirish mumkin. Kichik narsalardan boshlash mumkin, yangi yo‘ldan yurish, qiziqarli joylarga borish, ilgari qilmagan ishlarni bajarish.

• Kelajak uchun rejalari yo‘q

Buyuk kishilar o‘z oldilariga buyuk maqsadlarni qo‘yadilar. Hayotda biror nimaga erishishni o‘ylamasangiz, hech nima olmaslik ehtimoliga duch kelasiz. Qayerga qarab harakatlanayotganingizni bilish uchun rejalar tuzish foydali.

• Uyqu va hordiq rejimi yo‘q

Ko‘pchilik muvaffaqiyatli kishilar o‘zlarida ish va hordiq rejimi mavjud ekanini aytishadi. Odatda ular erta uxlab, erta turishadi. Masalan, Koko Shanel yaxshi uyquni qadrlagan. Charchagan holatda biror yaxshi narsa yaratish mumkin emas deb hisoblagan.

• Salomatliklariga e'tibor berishmaydi

Tanamiz bizga umr bo‘yi xizmat qiladi. U haqida qayg‘urish va uning yaxshi holatda bo‘lishi uchun harakat qilish lozim. O‘z salomatligiga bee'tibor bo‘lgan kishilar keyinchalik buning evaziga juda katta haq to‘lashadi.

• Aqllarini mashq qildirishmaydi

Aqlimiz doimiy ravishda yangi ma'lumot va bilimlar ko‘rinishidagi ozuqaga muhtoj. Katta yoshdagi ayrim kishilar yangi narsalarni o‘rganmay qo‘yishadi. Aql ravshanligini doimiy ravishda mashq qildirish va charxlash lozim.

• Biror narsa bilan vaqtni o‘ldirish uchungina shug‘ullanishadi

Bunday kishilarning dam olish vaqti bekorchi mashg‘ulotlar bilan to‘lgan. Masalan, yangiliklar lentasini varaqlash yoki telefonda soatlab suhbatlashish kabi. Bir necha qiziqarli postlarni o‘qish, haqiqatan ham qiziqarli bo‘lgan biror narsa haqida ma'lumot olishning yomon tomoni yo‘q. Biroq bunga bir necha soatni sarflash shartmikan? Bu rivojlanishga yordam beradimi yoki hayotingizni biror qiziqarli narsa bilan to‘ldiradimi? Vaqtni behuda sarflash zararli. Uni qadrlashni o‘rganish kerak. Ana o‘shanda hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

• Biror narsani o‘zgartirishdan cho‘chiydilar

Yangi va noma'lum narsalardan qo‘rqish – organizmning normal himoya reaksiyasi. Qo‘rquvni yengishni o‘rganish lozim. Agar hayotingizda biror nimani o‘zgartirish kerakligini tushungan bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. O‘zingiz istagan insonga aylanish uchun hech qachon kech emas.

°• @solihamathgoodgirl •°

1 month, 2 weeks ago

🧠 Dofamin — bu miya va tanadagi bir qancha vazifalarni boshqaruvchi kimyoviy moddadir. U neyrotransmitterlar qatoriga kiradi, ya'ni nerv hujayralari orasida signal yuboruvchi moddadir. Dofamin, asosan, miya bilan bog'liq bo'lgan qator jarayonlarda ishtirok etadi va quyidagi asosiy funksiyalarga ega:

  1. Motivatsiya va mukofot tizimi

Dofamin "mukofot tizimi" deb ataladigan jarayonlarda ishtirok etadi. Bu bizga qoniqish va zavq hissini beradi va natijada biror faoliyatni davom ettirishga undaydi. Dofamin darajalari ko'tarilganda, inson o'zini yaxshi his qiladi va shuning uchun bu hisni qayta boshdan kechirish uchun ma'lum harakatlarni takrorlash istagi paydo bo'ladi.

  1. O'rganish va xotira

Dofamin nafaqat zavqlanish, balki o'rganish jarayonlarida ham ishtirok etadi. U ma'lum bir faoliyatni bajarishning ijobiy oqibatlari bilan bog'liq bo'lgan esdaliklarni shakllantirishda yordam beradi, shuning uchun biz keyinchalik bu faoliyatni takrorlashga moyil bo'lamiz.

  1. Harakatlarni boshqarish

Dofamin, shuningdek, tanadagi harakatlarni boshqaruvchi miya qismida ham mavjud. Miya va mushaklar o'rtasida signal yuborish orqali harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Dofamin yetishmasligi Parkinson kasalligi kabi harakatlanish bilan bog'liq kasalliklarga olib kelishi mumkin.

  1. Diqqat va qaror qabul qilish

Dofamin darajalari diqqatni jamlash va aniq qarorlar qabul qilishga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu modda konsentratsiyani yaxshilaydi va har xil tanlovlar orasida eng ma'qulini tanlashga yordam beradi.

  1. Dofamin va kayfiyat

Dofamin darajasining balansizligi kayfiyat o'zgarishlariga, hatto ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, depressiya holatida dofamin darajasi past bo'lishi mumkin va bu insonni qoniqish hissidan mahrum qiladi.

🫧 Dofamin darajasiga ta'sir qiluvchi omillar:

• Mashq va jismoniy faoliyat: Mashq qilish dofamin ishlab chiqarishni rag'batlantiradi.

• Ovqatlanish: Proteinlarga boy ovqatlar (masalan, tuxum, go'sht) dofamin darajasini oshirishga yordam beradi.

• Uyqu: Sifatli uyqu dofamin balansini saqlashga yordam beradi.

• Qiziqarli faoliyatlar: Yangi mahoratlarni o'rganish, ijodiy mashg'ulotlar yoki o'yinlar dofamin ishlab chiqarishni oshiradi. Dofamin hayotiy jarayonlarni boshqaruvchi va ruhiy holatni barqaror saqlovchi muhim moddadir!

°• @solihamathgoodgirl •°

3 months, 2 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

"NEGA VAQT TEZ O'TISHNI BOSHLADI?"

— Borgan sari, vaqt tezlashib ketayotganga o‘xshaydi. Yaqindagina yoz boshlanayotgan edi, endi esa ko‘zimizni yumib ochishga ulgurmasdan, yozni ham tugatdik. Menimcha hamma uchun ham vaqt juda tez o‘tib ketgandek tuyuldi. Xoʻsh aslida ham vaqt tezlashdimi? Keling buni oddiy ilmiy tilda tushuntiraman.

Odam kun davomida avtomatik ongsiz ravishda bajaradigan ishlari bor. Masalan, ovqatlanish, ishga yoki o‘qishga borish, ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rish... xullas har kuni bajaradigan bir xil harakatlar. Ulg‘ayganimiz sari bunday harakatlar ko‘payib boradi va 35-40 yoshga yetib harakatlarimizning 90 foizini ongsiz ravishda yaʼni avtipilotda bajaramiz.

Vaqt tez o‘tayotgandek ko‘rinishining ham sababi ham aslida shunda. Kunlik ongsiz harakatlarni odamning miyasi kerakli deb saqlab qolmaydi, chunki ular biz uchun katta ahamiyatga ega emas. Kunlik bir hil bo‘lgan ishlar: masalan, 10 soat bo‘lsa, 8 soat uyquga va 6 soat bir hil bo‘lmagan ishlarga qoladi. Shunda miya 1 kunni 6 soatdek o‘tdi deb qabul qiladi.

Kunlar tez o‘tgandek tuyulmasligi uchun har kuni yangi ishlarni qilish, yangi taasurotlar yoki hissiyotlar bilan yashash kerak. Masalan, yangi odamlar bilan do‘stlashish, yangi tajriba orttirish yoki dunyo bo‘ylab sayohat qilish kerak!

@solihamathgoodgirl

4 months, 2 weeks ago

I want to pin this post... I have finished 2 of major Japanese alphabet: Hiragana and Katakana, 3rd one is so hard to learn, because it's chinese hieroglyphs – "kanji" ?

I can introduce myself and talk about some things in Japanese, these days I'm studying hard to improve my vocabularies

In addition I'm learning this language by myself, and I started studying science too >_<

@solihamathgoodgirl ~

7 months ago

MBTI nima ekanligini kim biladi? ? Izohda o'z fikringizni qoldiring!

@solihamathgoodgirl

7 months ago
We recommend to visit

ㅤㅤ𝗜𝗡𝗙𝗢𝗥𝗠𝗔𝗧𝗜𝗢𝗡 𝗔𝗕𝗢𝗨𝗧 𝗞𝗜𝗠

♞ . owner :: @yjante • security @jtejo
♞ . admin :: t.me/KimRekber/5137

❈ proof & rate :: @proof_kim • @ratekim
❈ fraud & pp :: @infoscamr • @ppkimrekber

ⓘ tidak menerima format melalui rc ⓘⓘ

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her

볼만한 뉴스와 증권사리포트, 글로벌경제뉴스. 와신 등을 공유합니다. 내용은 매도/매수의 의견이 아닙니다.매매에 대한 책임은 본인에게있습니다

●/ ●/
《 | 《 |
/〉 제보.문의 /〉


제보/각종 문의 받습니다.

@yeouidooppa

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her

비트코인 & 경제 & 재테크정보를 공유드리는 방입니다

채팅방 - @enjoymyhobbychat

모든 글은 투자의 참고 자료일 뿐이며,
투자 판단에 대한 책임을 지지 않습니다.

* 홍보, 후원, 광고 : @KimYoungTaek 문의

Last updated 1 Monat, 2 Wochen her