Yurist Konsultant

Description
⚖️Юридическая консультация:

💻Korxona uchun oylik yurist xizmati;

📑O'zbekistondagi nizolar bo'yicha sud ishlarini olib borish;
Savol yuborish uchun
https://t.me/YuristKadr_konsultatsiya

Shartnoma va tijoriy taklif uchun:
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 Wochen, 5 Tage her
Лирик чекиниш, овоз лойихасида болачалар Шерали …

Лирик чекиниш, овоз лойихасида болачалар Шерали Жураевни бандаман кушигини ёриб куйишипти. Айрим хонандалар учун мастер клас.

Эшитиб куринг мазза киласиз...

@yurist_konsultantuz

https://youtu.be/OgylbuV3fsQ?si=h9PWxqtqQ7qSsmAf

1 Monat, 1 Woche her
**METRO VA AVTOBUSLAR YO'L HAQI 3 …

METRO VA AVTOBUSLAR YO'L HAQI 3 MING SO'M BO'LISHI KUTILMOQDA

​​QAROR LOYIHASI

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida” Toshkent shahri hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan  2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilanmoqda:

▪️bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m. Bunda, bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda – 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m undiriladi;

▪️bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 4 000 (to‘rt ming) so‘m;

▪️qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1 600 (bir ming olti yuz) so‘m.

Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

👉https://regulation.gov.uz/oz/d/104826

@YURIST_KONSULTANTUZ

1 Monat, 3 Wochen her
Endilikda subsidiyaga ariza berilganda agar ariza …

Endilikda subsidiyaga ariza berilganda agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori belgilangan  me’yorlardan kam bo‘lsa, daromadlar hisob-kitobiga ularning yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkinligi belgilandi.

@yurist_konsultantuz

1 Monat, 3 Wochen her

SUBSIDIYAGA UY OLMOQCHILAR DIQQAT QILING!

Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori bilan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish tartibiga (2020-yil 25-martdagi 182-sonli qaror) tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu qaror bilan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish tartibi takomillashtirildi.

1. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lab beriladigan fuqarolarni tanlab olish va baholash jarayonlari avtomatlashtirildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimi Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining mavjud elektron ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilindi. Bunda, subsidiya.idm.uz integratsiyalashgan tizimi orqali ariza beruvchining ma’lumotlari avtomatlashgan tarzda tekshiriladi va baholanadi.

Mas’ul tashkilotlarning ma’lumotlar bazalaridan ariza beruvchining quyidagi ma’lumotlari 3 ish kuni davomida tekshiriladi:

Adliya vazirligi – oila tarkibi va ariza beruvchining yolg‘iz ona, beva va ajrashgan ayollar toifasiga mansubligi hamda ariza beruvchining turmush o‘rtog‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilgani;

Kadastr agentligi — ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi;

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ariza beruvchini “Labor – migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgani. Bunda, fuqaroning haqiqatda xorijda ish faoliyatini amalga oshiruvchi migrant ekanligi tekshiriladi.

Soliq qo‘mitasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolarining o‘rtacha oylik daromadlari;

Ijtimoiy himoya milliy agentligi — ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxs “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” tizimidan ro‘yxatdan o‘tgani. Bunda, ariza beruvchi va uning oilasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs, surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan shaxs ekanligi tekshiriladi.

  1. Endilikda subsidiyaga ariza berilganda agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori belgilangan  me’yorlardan kam bo‘lsa, daromadlar hisob-kitobiga ularning yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkinligi belgilandi.

Ma’lumot uchun: Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yaqin qarindoshlar sirasiga qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari kiradi.

Bundan tashqari, ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining jami o‘rtacha oylik daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda ariza boshqa mezonlar asosida ko‘rib chiqilmasligi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish uchun komissiya kotibiga yuborilishi belgilanmoqda.

Bunda, so‘nggi uch oyning kamida bir oyida daromadga ega bo‘lish talab etiladi.

3. Ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladigan holatlarga aniqlik kiritilmoqda.

taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda ariza ko‘rib chiqish jarayoniga o‘tkazilmasligi va avtomat ravishda rad etilishi;

joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda tizim tomonidan barcha arizalarni ko‘rib chiqish avtomat ravishda to‘xtatilishi va rad etilishi;

ilgari ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyadan foydalangan fuqarolar va ularning turmush o‘rtoqlari tomonidan takroriy murojaat etilganda ariza rad etilishi;

arizani ko‘rib chiqishda ariza beruvchining turmush o‘rtog‘i tomonidan avval topshirilgan va ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan ariza aniqlanganda ushbu ariza rad etilishi belgilandi.

@yurist_konsultantuz

4 Monate her

Ҳеч нарсасиз келдик,
барчасига эришиш учун курашамиз,
ҳеч нарсасиз кетамиз,
бироқ барчаси учун жавоб берамиз.

4 Monate her
4 Monate, 1 Woche her
**Agar men o'z nomimga yangi kvartira …

Agar men o'z nomimga yangi kvartira sotib olgan bo'lsam, mol-mulk solig'ini qaysi davr uchun to'lashim kerak - sotib olingan kundan keyingi davr uchunmi yoki butun yil uchun?

Mol-mulkka egalik huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, mol-mulk solig‘i:

▫️avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar,

▫️yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, masalan, 2024-yil 13-avgustda kvartira sotib olgan boʻlsangiz, 2024-yilning 1-avgustidan 31-dekabriga qadar 2024-yil uchun mol-mulk soligʻini toʻlaysiz.

Ma'lumot uchun ❗️

Agar yangi binodan kvartira sotib olgan bo'lsangiz ...

Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

Agar siz ko‘chmas muklni meros qilib olgan bo'lsangiz ...

Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk uchun soliq merosxo‘rda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

Agar uy buzilgan bo'lsa ...

Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

Agar soliq imtiyozlari mavjud bo'lsa ...

Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

👉 Soliq kodeksi 423-modda

📲Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

@yurist_konsultantuz

4 Monate, 3 Wochen her

2024 йил 1 сентябрдан бошлаб пенсиялар ва нафақалар миқдори 15 фоизга оширилсин.

Бунда:

пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 428 000 сўм;
ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 834 000 сўм;
ногиронлик пенсияларининг энг кам миқдори – ойига 920 000 сўм этиб белгилансин.

2024 йил 1 октябрдан бошлаб:

бюджет ташкилотларида ишловчи тиббиёт ходимлари, шунингдек, мактабгача, умумтаълим, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим муассасалари ва ташкилотлари, “Мурувват” интернат уйлари, болалар ва меҳрибонлик уйлари, болалар санаторияларида ишловчи педагог ходимларнинг иш ҳақи миқдори – 15 фоизга оширилсин;

бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори – 10 фоизга оширилсин, мазкур банднинг иккинчи хатбошисида назарда тутилган ходимлар бундан мустасно;

меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 155 000 сўм;
базавий ҳисоблаш миқдори – 375 000 сўм этиб белгилансин.

@yurist_konsultantuz

5 Monate her

«Саидазиз медгородок» 20 йилга қамалди

5 август куни «Саидазиз медгородок» номи билан танилган Саидазиз Саидалиев ва яна 28 кишига оид жиноят иши якунлари бўйича ҳукм ўқилмоқда. Жараён Тошкент шаҳри жиноят ишлари бўйича Юнусобод тумани судида суд раиси Мурод Мирзажонов раислигида ўтмоқда.

Саидазиз Саидалиев 20 йил муддатга озодликдан маҳрум қилинди. Жазони умумий колонияда ўташ белгиланди.

Саидалиев Жиноят кодексининг қуйидаги моддаларида назарда тутилган жиноятларни содир этганликда айбдор деб топилди:

165 (Товламачилик);
168 (Фирибгарлик);
242 (Жиноий уюшма ташкил этиш);
243 (Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш);
277 (Безорилик);
28,211 (Пора беришда иштирок).

@yurist_konsultantuz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago