Ro'zimurodov Nodirjon || Personal Blog

Description
Backend Team leader @uicgroup
Odoo Developer

Bu yerda men o'zimning qiziqishlarim kundalik ishlarim fikrlarimni va o’zimning bilganlarimni sizlar bilan bo’lishib boraman

https://ruzimurodov.uz
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 month, 1 week ago

Ertaga ko’rib qolsangiz hey devoringlar.

1 month, 1 week ago
**Microsoft Community Conference 2024 | Uzbekistan**

Microsoft Community Conference 2024 | Uzbekistan

Join us for a premier gathering of the Microsoft Developers Community in Uzbekistan! The annual Microsoft Community Conference is back and promises an unparalleled experience of innovation and technology. Mark your calendar for November 30, 2024, and get ready to immerse yourself in the latest advancements and ideas shaping the tech industry.

🎉 Highlights:
Inspiring Keynote Presentations: Hear from leading tech innovators and industry experts.
Interactive Workshops: Explore hands-on sessions with the latest Microsoft tools and technologies.
Engaging Panel Discussions: Dive into trends and best practices shaping today’s tech landscape.
Networking Opportunities: Connect with fellow developers, tech professionals, and enthusiasts.

📅 Date: November 30, 2024
📍 Location: Tashkent, Uzbekistan

Don’t miss out on this exciting opportunity to learn, network, and grow within a vibrant community. Whether you're a developer, tech professional, student, or simply passionate about technology, this is an event you won’t want to miss!

🔗 Register Now: https://mdcuzbekistan.com/register

Stay tuned for more updates and join us in shaping the future of technology in Uzbekistan!

#MDCConf2024 #MicrosoftDevelopersCommunity #UzbekistanTech #TechConference #CommunityEvent

@mdcuzbekistan

1 month, 2 weeks ago

Lavozimingizni oshirishningiz, yani promotion olish uchun buni bilishingiz shart.Ish xonangizdagi hamma loyihalarning o‘rni bir xil emas. 

Qaysidirlari juda muhim - bajargan inson hammaning nazariga tushadi, mijozlar rahmat aytadi, kompaniyaga pul keltiradi va hokazo.

Qaysidirlari esa o‘rtacha darajada muhim - kimdirlarning nazariga tushadi, biror kishi rahmat aytishi mumkin ha hokazo.

Qaysidirlari esa umuman muhim emas - hech kimga ko‘rinmaydi, hech kim rahmat aytmaydi va hokazo.

Mening oldingi strategiyam menga berilgan ishni zo‘r qilish edi. Menejerdan ish kelishini kutar edim va berilgan ishni juda zo‘r qilishga harakat qilar edim. Yaxshi ishlayapman-ku, meni shuning uchun rag‘batlantirishlari kerak deb o‘ylar edim. Lekin bu noto‘g‘ri strategiya. Ming zo‘r ishlaganim bilan, uncha muhim bo‘lmagan loyihalar ustida ishlasam, men qilayotgan ishlarning ta’siri sezilmaydi.

Menejer menga ish berishini kutish xuddi karyeramni uni qo‘liga topshirib qo‘yayotgandek tuyulishni boshladi. Bu esa albatta noto‘g‘ri. Karyeramda o‘sishni o‘zim boshqarishim kerak. Bu o‘zimning qo‘limda.

Boshqa strategiyaga o‘tdim.

Jamoamiz qilayotgan ishlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, eng keraklilarini o‘zim uchun belgilab qo‘yadigan bo‘ldim. Hozirgi qilayotgan ishim tugashiga shu muhim bo‘lgan loyihalardan berishlarini so‘raydigan bo‘ldim. Natijada men qilayotgan ishlarning ta’siri sezila boshladi va bu bir nechta promotionlarga olib keldi.

Bu strategiya ish berishi uchun esa albatta menejer sizga ishonishi kerak. Uning ishonchini qozonish uchun esa karyerangiz boshida ishingiz qanchalik zerikarli va ahamiyatsiz bo‘lmasin, uni yuqori darajada bajarishingiz lozim bo‘ladi.
@jakhonrakhmonov

4 months, 1 week ago

Microservices are evil ?

Ha, to'g'ri o'qidingiz. Mikroservislar yomon. Ular dasturchilarning samaradorligini tushiradi, juda sekin ishlay boshlashlariga sabab bo'ladi, kodni qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi. Undan tashqari yana bir qancha muammolar olib keladi. Mikroservislar hech qachon monolitlarga tenglasha olmaydi bu jihatdan.

Lekin nega unda Mikroservislar shuncha haypga sabab bo'ldi? Nega hamma ularni ishlatishga, o'rganishga harakat qiladi?

Sababi bitta: boshqa yaxshiroq iloji yo'q.

Siz qilgan produktning foydalanuvchilar soni ko'paygan sari, severlaringizga yuk oshgan sari, siz qurgan produktingizni bo'lishga majbur bo'lasiz. Monolitngizni mikroservislarga bo'lasiz. Bitta katta ma'lumotlar bazasini bir nechta kichikroq bazachalarga bo'lasiz. Ha, aytganimdek ular ishingizni juda ham qiyinlashtiradi. Lekin sizning yangi millionlab foydalanuvchilaringiz sizning produktingizdan foydalanishda davom etishadi.

Bitta muammoni ikkinchi muammo yordamida yechgan bo'lasiz. Bu holatda ikkinchi muammo (mikroservislar) birinchi muammodan (produktingiz yukni ko'tara olmay, ishlamay qolishidan) kichikroq. Hayot davom etadi.

Bu holatni huddi Saraton (Rak) kassaligi va uning davolash usuliga, yani Kimyoterapiyaga solishtirsa bo'ladi. Kimyoterapiya ham odam organizmi uchun juda juda juda katta zarar. Nega unda dunyo bo'ylab aynan shu usuldan foydalaniladi?

Sababi bitta: boshqa yaxshiroq iloji yo'q.

Bitta muammoni ikkinchi muammo yordamida yechgan bo'lasiz. Bu holatda ikkinchi muammo (Kimyoterapiya) birinchi muammodan (Saraton kasalligidan kelib chiqqan o'limdan) kichikroq. Hayot davom etadi.

Tushindingiza? Mikroservislarni faqatgina majbur bo'lganda ishlatish kerak.

Ba'zi bir dasturchilar va kompaniyalar haypga berilib, 10ta foydalanuvchisi yo'q bo'lgan produktlarini mikroservislar yordamida qurishni boshlashadi. Natijada dasturchilar juda sekin ishlashadi, kodda xatolar ko'p bo'ladi, o'zgartirish juda qiyin bo'ladi. Pul olib keladigan foydalanuvchilar yo'q, lekin millionlab foydalanuvchisi bor produktlarda bor bo'lgan muammolar bor. "Worst of the both worlds" deyiladi ingliz tilida. Borib borib korxonada pul qolmasligi mumkin, yoki tezroq ishlaydigan raqib kompaniya bozorni egallab qo'yishi mumkin. Chunki ular mikroservis ishlatmaganda boshidayoq.

Hype Driven Development yaxshilikka olib kelmaydi odatda.

O'zi asli kodni o'zi bu "evil". Iloji boricha kodsiz hal qilgan yaxshi ishlarni. Kodni faqat majbur bo'lganda yozish kerak.

@jakhonrakhmonov

4 months, 2 weeks ago

Telegram 2013 yil avgustdan ishga tushgan va oradan 1 yil o’tar o’tmas 2014 yilga kelib Pavel Durov foydalanuvchilarni malumotlarini xavfsizligi eng muhimi ekanligini aytgan va Rossiyada bosim bo’layotganini takidlab u yerdan chiqib ketgan edi va shundan keyin Rossiya va SNG davlatlarida telegram ilovasi eng xavfsiz ilova haqida gaplar keng yoyildi va juda tez ommalashib ketgandi.

Oradan 10 yil o’tibdi telegram telegram foydalanuvchilari soni 25-30 mlndan 900 mlngacha oshib ketdi. Va hozirda bu ilova yevropa davlatlarida eng kam ommalashganini ko’rishimiz mumkin. Pavel durov qamoqqa olinganidan beri yevropada foydalanuvchi malumotlarini bermagani uchun qamoqqa olindi deb yozmagan nashr deyarli qolmadi. Agar Pavel Durov oqlanib chiqsa yevropada juda ko’pchilik bu ilovaga ishonch bildirishi aniq albatta))

Telegramni ommalashtirish navbati yevropaga yetib keldimikan deb o’ylab qoldim.Sizlar nima deb o’ylaysizlar?

@nodir_ruzimurodov

4 months, 2 weeks ago

Pavel Durov 30 dan ortiq ayblovlar bilan Fransiyada qamoqqa olinibdi.

Kechagi meetup da Dilxush aka Vahobov bilan odoo haqida gaplashganimizda birinchi so’ragan narsasi self hostedmi o’zimni serverlarimda ishlata olamanmi deb so’ragan edi. Va telegramga o’chib qolsa hamma bot biznesini uxlashini aytgandi. Haqiqatda ham telegram o’chib qolishiga siz tayyormizmisiz?

#freedurov

Har ehtimolga qarshi telegramdagi kerakli fayllarni olib qo’ygan yaxshi)

4 months, 3 weeks ago

Sharh va IWatt Pizza Pitch XL'da g'oliblar qatorida, urra?

5 ta g'olibdan 2 tasi bizni loyihalar, let's gooo?

4 months, 4 weeks ago

❗️ Django yaxshi framework emas. Chunki sekin va og'ir, adminka esa taxta.

Aslida ham shundaymi ? To'g'ri, ma'lumotlar kamligida Django tez ishlab beradi, lekin ma'lumotlar ko'paygan sari loyiha o'g'ir ishlashni boshlaydi. Hamma gap dasturchida, @OlimovAmon CTO miz aytganlariday "programmist" emas, "software engineer" bo'lish kerak.

Outsource kompaniyada ishlashni boshlaganimda 7 oy bo'ldi va shu muddat davomida ? "daxshat" yozilgan kodlarni ko'rdim. Ayrim loyihalarda API lar shunday yozilganki ?️️️️️️, u yozilgan kodni Go da yozsangiz ham tezlik "pachti" o'zgarymaydi.

Ho'p, nega unda dasturchi o'sha kodni chiqaradi ? Sababi, siz loyihani "lokalda" testlayotganizda ma'lumot uncha ko'p bo'lmaydi va loyiha sekinligi uncha sezilmaydi. Shu holatda ko'p dasturchilar ma'lumot ko'payganda API sekinlashishini o'ylashmaydi. (Balki eringan holatda, "mendan ketguncha ..." iborasiga amal qilishadi).

ℹ️ Ma'lumot ko'paysa loyiha nega sekinlashadi ? Odatda bu narsa querylar noto'g'ri yozilishidan (asosiy), model methodlari to'g'ri yozilmasligidan, keshdan foydalanmaslikdan, bundan tashqari paginatsiya degan narsa bor ?.

?️️️️️️ Pastdagi rasmlarda ayrim API lardagi querylar soni va response time larni ko'rishingiz mumkin. Bitta API uchun 20 ta query bu ko'p hisoblanadi. Lekin bu yerda 3000-7500 atrofidagi dbga querylar ?️️️️️️. Aslida dasturchi ozroq mehnat qilib vaqt ajratsa, natija yaxshi bo'ladi. API larni optimizatsiya qilish paytida shularga ko'zim tushgandi va bir oz harakat qilib querylarni 4-15 atrofida tushura oldim (Bu maqtanish emas, fakt ?‍?)

? Cache Cache va yana Cache. Sizda kamdan kam o'zgaradigan API lar bor, unda nega keshlamaysiz ? Ma'lumot yangi kiritildimi, unda darrov signal orqali keshni tozalab, API ga bitta request yuborib qo'ying ? API response timelar 20-35 ms ga o'tadi. Bu tezlikni ko'rib siz ham, frontend ham, mobile va klient ham kayp qisin.

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid