Imomali Azizov | Fikrlar

Description
Fikrlarim, o’qiganlarim va o’rganganlarimni yozaman.

Yaroqlilik muddati bo'lmagan postlar.

Kitoblar, filmlar, texnologiyalar va boshqa mavzular.

Aloqa: @imomali_azizov
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 month, 2 weeks ago

Eng qiyin ish nima deb o'ylaysiz?Oliy matematikadan misol yechishmi? Yoki telefonsiz bir hafta yashashmi? Menimcha eng qiyini — hech narsa qilmaslik. Xo'sh, nega?

Miyamiz doim harakatda turishni xohlaydi. Bo'sh qolsa, nima bilandir band bo'lgisi keladi. Shu sababli zeriksak darrov ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz.

Shu paytda hech qanday ish bilan mashg'ul bo'lmasak, miya biroz vaqt o'tib fikrlashni boshlaydi va (20 daqiqalardan so'ng) bu sizga yoqa boshlaydi.

Buning uchun qilinadigan muhim ish telefonni App Block yordamida cheklash yoki kimgadir berib qo’yish.

Shunda bemalol chalg’imasdan, hech narsa qilmasdan shiftga tikilib yotaverasiz.

Fikrlar, prinsiplar, maqsadlarni aniqlab olish uchun, to’g’ri yo’nalishda ketayotganingizni bilish uchun bu zarur.

Zerikib turing.

📱 @azizov_blog

1 month, 2 weeks ago

Kichik bloglarda boshqacha fayz bo’ladi

Ularni maza qilib o’qiysiz. Ko’plari qadrdon bo’lib ketadi.

Obunachilari ko'p bo'lmagani uchun ham reklama haqida ko'p o'ylamaydi. Samimiy yozadi.

Shunaqa bloglar ko'p bo'lsayu, postlarini intizorlik bilan kutsang. Har o'qigan postlaring blogni yanada qiziqib o'qishingga sabab bo'lsa.

P. S. Meni blogim ham shunaqami? 🙃

📱 @azizov_blog

1 month, 3 weeks ago

Telefonda gaplashish odoblari 📞

  1. Suhbatni “Alo” bilan emas, Assalomu alaykum bilan boshlang.

  2. Telefon qilganingizda javob bo’lmasa orqasidan darrov 10 martalab telefon qilmang. Zarur bo’lsa qo’ng’irog’ingiz sababini xabar orqali yozib yuboring. Hech yo’g’i 5-10 daqiqa kuting.

  3. Boshqasi bilan gaplashayotgan bo’lsa kutib turmang, o’chiring. Narigi tomonga tut-tut degan ovoz borib bezovta qilmasin.

  4. Mashinada, jamoat joyida telefonda qisqa va past ovozda gaplashing. Hayotingizda nima bo’layotganini hamma bilishi shart emas.

  5. Suhbat o’rtasida aloqa uzilib qolsa qo’ng’iroq qilgan odam qaytarishi maqsadga muvofiq.

  6. Notanish odamga qo’ng’iroq qilganingizda salomdan so’ng o’zingizni tanishtiring, raqamini qayerdan olganingizni va qo’ng’iroq qilishdan maqsadingizni ayting.

  7. Qizil tugmani bosishdan oldin narigi tomon gapini tugatganiga ishonch hosil qiling. Agar endi gapirmoqchi bo’lganda o’chirib qo’ysangiz o’zingiz qaytarishingiz oradagi noqulay vaziyatni yumshatadi.

  8. Namoz, tushlik vaqtlarida qo’ng’iroq qilmang. Kechki va sahargi vaqtlarda ham yaqin bo’lmagan odamlaringizga qo’ng’iroq qilmaganingiz ma’qul.

  9. Postni yaqinlarga yuborib qo'ying.

P. S. Siz yana qanday odoblarni bilasiz?

📱 @azizov_blog

1 month, 3 weeks ago

Ularga ham kimdir o'rgatishi kerak

Bugun 4-sinf o'quvchilarim darsiga kirib o'tgan mavzuni takrorladik. Vazifalarni ko'rib chiqdik.

Bolalar jim, bayram bilan tabriklashmadi. Hali ko'p bo'lmadi bu o'quvchilarimni o'qitayotganimga. Shuning uchun hali yaqin bo'lib ketmaganmiz.

💭 Bolalarga o'rgatish kerak ekan, o'yladim. Keyin doskaga bugungi sanani yozishdan oldin so'radim.

Men: Bugun qanaqa kun?
Bir o'quvchim: 1-oktyabr
Boshqasi: O'qituvchilar kuni

Men: Nimadir esingizdan chiqmadimi?
Bir o'quvchim: Sovg'ami? 🫣

Men: 😂 Yo'q. Bayram bilan tabriklamadingiz.
O'quvchilarim: Bayramingiz bilan. Tabriklaymiz Imomali ustoz. Muborak bo'lsin. (Xijolat bo'lgandek past ovozda tabriklab ketishdi)

Men: Sizlardan sovg'a so'rayotganim yo'q, noto'g'ri tushunmanglar. Bayram bilan tabriklashingizni ham so'rab olish niyatim yo'q. Bu narsani ham sizga kimdir o'rgatishi kerak. Shuning uchun aytyapman.

Bayramda boshqalarga albatta sovg'a berish shart emas. Sovg'a olmagan bo'lsangiz ikki og'iz so'z bilan tabriklasangiz ham xursand bo'lib yuradi.

👀 O'quvchilarimga qarab chiqdim. Tushunishdi deb o'yladim.

— Hozir meni darsimdan keyin ingliz tili ustozni bayrami bilan tabriklab qo'yinglar, xursand bo'ladi, deb darsni davom ettirdim.

Vaqti kelganda o'quvchilarga faqatgina bilim emas, insoniylikni ham o'rgatish kerak.

Shaxsan o'zim o'quvchilarimni chiroyli xulqli, yaxshi odam bo'lishiga harakat qilaman.

💎 O'qituvchi bilan ustozni farqi shunda. Ustoz bilim berish bilan cheklanib qolmaydi.

Bayramingiz muborak bo'lsin ustoz va o'qituvchilar. 🎉

📱 @azizov_blog

1 month, 4 weeks ago
Shu [videoni](https://youtu.be/Mp681yIt9Qw?si=ssrNZzYuFuTY22CE) ko'rishni hammaga tavsiya qilaman.

Shu videoni ko'rishni hammaga tavsiya qilaman.

Ilm olayotganlar, universitetga topshirmoqchi bo'lganlar, o'qituvchilar uchun ayniqsa muhim mavzularni gapiribdi.

Hasanxo'ja Muhammad Sodiq hozirda Toshkentdagi Sodiq School asoschisi. SAT balli 1580 chiqqan ekan.

📱 @azizov_blog

2 months, 1 week ago

O'qituvchilar ichidan o'tkazadigan fikrlar

Ustoz kundaligi kanalida shu mavzuda post joylangan ekan. Shundan ilhomlanib boshqacha ustozlarning o'ylarini yozgandim.

  1. Iye, dars tugadimi?!

  2. Mavzuni o’tib bo’ldim, yaxshi. Qo’shimcha materiallardan foydalana olaman endi.

  3. — Ustoz, darsimni bir ko’rib fikrlaringizni aytmaysizmi?

  4. Yaxshi gapirsam mehri tushib fanimdan ham yaxshiroq o’qiydi.

  5. Shu guruhga kirsam maza qilib dars o’tamanda, dars tugaganini bilmay qolaman.

  6. Yaxshiyam shu (zumrasha) bola dars qoldirmaydi, zerikib qolardik darsda.

  7. “Mavzudan tashqari savolni darsdan keyin gaplashamiz. Hozir mavzuni o’rganaylik”

  8. Nechanchi yil edi-ya? Yodimga kelmayapti.

— Bolalar bu yodimdan ko’tarilibdi, keyingi dars bilib kelib aytib beraman.

  1. Ahmad kelmabdimi?! Darsda zerikamiz ekanda bugun.

  2. Shu sinfga darsim bor-a, bugun! Zo’r sinfda o’ziyam.

  3. Oramizda ustozlar bormi?

📱 @azizov_blog

2 months, 2 weeks ago

Kichik o’zgarish yillaringizga ta’sir qiladi

📈 Bolalarning boshlang’ich sinflardagi o’qish tezligi keyinchalik ularning universitet baholari, sertifikat (IELTS, SAT kabi) ballariga to’g’ri proporsional ekan.

Bolaning 7-11 yoshidagi holati 10 yillardan keyingi natijalariga ta’sir qilyapti. Vaholanki, bunday narsalarni ko’p holaatda e’tiborga olmaymiz ham.

🛫 Los-Anjelesdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot yo’lidan og’ishmay to’g’ri yetib boradi.

Lekin samolyot havoga ko’tarilgandan keyin 3,5 gradus janubroqqa burilsa Nyu-Yorkka emas, Vashingtonga borib qo’nar ekan.

Bu kichik burilish parvoz boshida sezilmaydi ham. Atigi 3,5 gradus, samolyot tumshug’ini 2 metrdan ko’proq burish 362 km uzoqlikdagi shaharga borib qo’nishga sabab bo’ladi.

🗓 Kundalik hayotda ham e’tibor bermaydigan odatlar va kichik jihatlar kelajakda sizning katta foydangiz yoki zararingizga ishlashi mumkin.

Kichik odatlarni kichik sanamang. Kelajakda qanday inson bo'lishingiz bugungi qilayotgan kichik ishlaringizga bog'liq.

P. S. Bilaman, kecha chiqishi kerak edi post. 🙈

P. S. S. Yangi kelganlar, xush kelibsizlar. ❤️

📱 @azizov_blog

2 months, 3 weeks ago

Parishonlik rejimiga o'tish usullari
O'rganishni o'rganamiz (3-qism)

🗣️ Oldingi 2 ta postda diqqat va parishonlik rejimi, bu rejimlarni alishtirishdan samarali foydalanganlar haqida gaplashdik. Bugun parishonlik rejimini faollashtirish uchun asosiy usullarni o'rganamiz. Bular:

sport zaliga borish;
yugurish, sayr qilish yoki suzish;
mashinada aylanish (haydovchi yoki yo'lovchi bo'lib);
rasm chizish;
vanna/dush qabul qilish;
musiqa, ayniqsa so'zlari bo'lmagan kuylarni tinglash;
uxlash (eng kuchligi shu, lekin uxlab qolishdan ehtiyot bo'ling🙃)

Quyidagi usullardan esa faqat qisqa vaqt mukofot sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Chunki ular sizni yanada kuchliroq diqqat rejimiga solib qo'yishi mumkin:

video o'yinlar o'ynash;
internetda o'tirish;
do'stlar bilan suhbatlashish;
kimgadir oddiy ishni bajarishga yordam berish;
kitob o'qish (ilmiy emas);
do'stlar bilan suhbatlashish;
kino/teatrga borish.

E'tibor bering, parishonlik rejimi foyda berishi uchun avval diqqat rejimida qattiq ishlash/o'qishingiz kerak bo'ladi. Bir joyda yotib parishonlik rejimi orqali hech narsaga erisha olmaysiz.

Siz bu usullarning ko'proq qaysi biridan foydalanasiz?

🔗 1-qism | 2-qism

📱 @azizov_blog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago