Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Yuridik soha talabasini doim qiynaydigani - qaysi yo’nalishdan ketish kerakligi. Advokat bolaymi, prokuraturada ishlaymi, chetga ketib qolib ketsammikin, biznes qivorsam nima boladi degan savollar miyyasida doim aylanib yuradi.
Yo’nalish tanlashda asosiy mezon daromad bo’lishi kerak emas. Ha to’g’ri, pul qudratli, pul bilan ko’p narsani hal qilsa boladi, lekin uzoqni ko’ra olish kerak. Chunki ba’zilar telefon bilan hal qilgan ishlarni boylar pul bilan hal qila olmaganini eshitganman.
Ko’pchilik ish soatlari haqida ham ko’p bosh qotiradi. Ishga sakkizda borib, kechki payt oltida qaytgisi keladi. Bu yaxshi, lekin yana o’sha gap: uzoqni ko’ra olish kerak. Boshida eshakday mehnat qilishingiz mumkin, lekin vaqtlar keladi faqat nomingiz gapiradi.
Oddiy odam tushunishi qiyin bo’lgan gaplarni aytayotgan bo’lishim mumkin. Lekin nima demoqchi bo’lganimni tushunayotganlar ham bor (qaysi yo’nalishga ishora qilayotganimni taxmin qilgan bo’lsangiz kerak).
Xullas, yoshlikda mehnatdan qochmay, bosib ishlash kerak. Pul haqida ko’p o’ylamay, ko’proq odamlarga yordam berish kerak. Sabr qilish kerak chunki boshida hamma narsa qiyin bo’ladi.
Fikrlar subyektiv.
Xalqaro huquq fanlaridan yakuniy topshirasizlar, lekin lex.uz da xalqaro huquq hujjatlari topilmaydi.
Nima qilish kerak? Kerakli hujjatlarni nomini o’rganib olish kerak. Imtihonda esa “shu hujjatning tegishli moddasiga ko’ra” deb ketaversa bo’ladi. Modda-ma modda yodlab chiqish shart emas hujjatlarni.
Yanayam kuchliroq maslahatim xalqaro huquqga bog’liq har qanday modul imtihonini ingliz tilida yozganingiz yaxshi (yaxshi yoza olishingizga ishonsangiz). Chunki tekshiruvchi qarshisida inglizcha ish ko’rsa, ish muallifi aqlliroq talabaligini prezyum qilib tekshiradi.
Yana bir maslahatim: qaysidir hujjatda mavjudligiga ishonchingiz komil bo’lmagan normalarni ham yozib ketaveringlar. Xalqaro ekologiya huquqidan noto’g’ri fakt yozib turib, 60/60 olganman shaxsan o’zim. O’sha faktni bold formatga olib qo’yganim ham esimda. Lekin javobim huquqiy mantiqqa mos edi.
Endi, siz oldindan tanishib chiqmagan kazus tushib qolsachi? Panika qilib, vaqt yo’qotish kerakmas. Kazusga mantiqan to’g’ri javob bersangiz bo’ldi. Yozayotganlaringiz o’zingizning fikrlaringiz bo’lsa, “shu hujjatga ko’ra” deb ketaveringlar. Aytganimdek, mantiq bo’lsin.
Yana bir masala: javobingiz kuchsiz bo’lsa ham, ishingizni yaxshi formatlashtiring. Kerakli ma’lumotlarni bold, italic yoki underline qilib qo’ying. Javobingiz aqlliroq ko’rinadi.
Xullas, imtihonga yaxshi tayyorlanmagan bo’lsangiz ham, berilgan kazusingizni ishonch bilan yozing. Tajribaga asoslangan maslahatlarim foydali bo’ladi degan umiddaman.
Hammaga imtihonlarda omad✊
Xullas, tushimda instagramim hack bo’lib qolibdi. Kimdir akkauntimga kirib, mani zapal rasmlarimni post qilib chiqarvoribdi.
Qo’rqinchliku, to’g’rimi?
Qo’rqib turib ketdim. Srazu telimni olib instaga kirdim. Qarasam hammasi joyida.
Tushim tushligicha qolganidan xursand bo’ldim. Mabodo tushim reallikka aylanganda ham, hayolimga keladigan shubhali shaxslar o’zimizni krugdan bo’lardi.
Axir sening zapal rasmlaring o’rtoqlaringdan boshqa yana kimlarda bo’lishi mumkin? Ehtiyot bo’linglar.
Hozirgina ikkita kichkina qizchalar oldimga kelib yordam bervoring deyishdi.
Qanaqa yordam kerak desam, “o’yinchog’imiz tomga tushib qoldi, olib bering” deyishdi. Mashina parkovka qilinadigan joyni tomiga tushib qolgan ekan.
Xullas, bir amallab olib berdim. Juda xursand bo’lishdi. Rahmat aytishdi. To’g’risi, o’zim ham yordam berganimdan xursand bo’ldim.
Qani endi singlim bo’lsa. Telefon qilib muammolarini aytsa. Men esa muammolarini hal qilib xursand bo’lsam.
Afsuski, singlim yo’q. Gavdasi manikidan katta, bahaybat ukam bor. Muammolarini o’zi hal qiladigan bo’lib ketgan. Nabarot, manga telefon qilib, “nima gap aka, nima muammo?” deb qo’yadi?
Oxirgi paytlarda kanalga faqat pishirgan narsalarimni share qilayotgan ekanman. Nu, hozir rostanam shunaqa hayot ichidaman.
Oldin o’ylardimki, sportsmenlar, tam shug’ullanib yuradigan kachoklar ikki kunda bir muntazam zalga borib, kachok bo’pqoladi.
Aslida unaqa emas ekan. Kachok bo’lish uchun ham bilim kerak ekan. Uprajneniyalarni texnikasi, qaysi uprajneniya qaysi muskulni o’stirishi, nimalar yeyish kerak, qancha yeyish kerak: hammasini bilish kerak ekan detallarigacha.
Toyst, cherez den zalga borib, to’rtta tosh ko’tarib kelsang, kachok bo’pqomaskansan demoqchiman. Bilim kerak ekan. Ko’rib, so’rab, eshitib o’rganish kerak ekan.
Hozir shunaqa bosqichdaman. O’rganyapman. Yutip ko’raman, instada yaxshi trenerlarni kuzataman. Dietniy ovqatlarni ham pishirishni o’rganyapman.
Niyat qildim: sport bilan dietani tashlab qo’ymayman, nima bo’lishidan qat’iy nazar. Daje uylansamam, xotinim bilan birga davom etamiz.
Shunaqa gaplar. Baxtli bo’linglar!
Kibr deb o’ylayotganlar, bu kibr emas. Bu gap bilan toza yedirish.
Hali vaqti kelsa, badalini to’layman. Juda tez orada. Oshna-og’aynichilikda, jigarchilikda bir kun yedirasan, ertasiga yeysan.
Tak shto, jiddiylashmaymiz. Krugingda o’rtoqlaring bilan gap bilan yedirishlar bo’lmasa, u krugni chopganing yaxshi☝️
Bir o’rtog’im ayls 6.5 olibdi. Bugun yo’lda ko’rib qolib, tabrikladim. Suhbatdan:
Men: “Jigar, tabriklayman 6.5 olibsan”
U: “Eee rahmat oshna”
Men: “O’zi aylts olisham osonlashib ketti”
U: “???”
Mana misol uchun, Axad bratimni manga yoqadigan gaplari bor:
Tobora armonga aylanayotgan insoningni borgan sari orzusidagi inson bo’lishga harakat qil.
Ps: Axad Qayum emas, Axad Xudayarov
O’qishga kira olmagan Eshmatning bahonasi doim “eee, titulga ko’chirayotganda dumaloqchadan chiqib ketibman” bo’ladi.
Nima dumaloqchani bo’yash bo’yicha ham kurs kerakmi sizlarga?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her