Kitobxo‘r

Description
Aloqa uchun @ismoil_psixolog
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 2 weeks ago

Avvalgi qism ? https://t.me/rovitalk/4889

Undan keyin urug’ qada. Urug’lar seni kundalik qiladigan chiroyli ishlaringdir. O’sha maqsading amalga oshishi uchun har kuni albatta bir ish qil. Yodingda tursin endi sen avvalgi sen emassan. Bu yangi imkoniyat. Faqat yangi imkoniyatga eski holatingda kelma, yangi bo’lib kel.

Yodingda bo’lsin, urug’ ekilgandan keyin urug’ga suv berilmasa bu urug’ unmaydi. Suv bu ota-onangni roziligi va duosi, Ustozingni roziligi va duosi, Ilmli insonlarni roziligi va duosi, farzandlaring tabassumi, ahling, oilangni hotirjamligi, aka-uka, opa-singling bilan eng go’zal munosabat va muomala, qarindoshlaring bilan aloqani yaxshilashing, qo’shnilaring bilan chiroyli munosabatda bo’lishing.

Bilgin, agar sanab o’tilganlar senda yo’q bo’lsa, ekkan urug’ing suvsiz qoladi.

Bu orada urug’dan ekin biroz unib chiqganidek, ozgina natijalaring ko’rinadi, natijalaring bilan birgalikda yovvoyi o’tlar ham o’sadi. Bu o’tlar yomon hayollar, gumonlar, hasad, nafrat, g’azab, kibr… Har gal ko’rganingda ularni tozala, to hosiling pishmaguncha. Agar bir gal e’tiborsiz qoldirsang, seni shuncha hosilingni o’sha yovvoyi o’tlar egallab oladi va bir yillik mehnating chippakka chiqadi.

Karimberdi, to’p qayerga borishini bilish, bu har ishga avvaldan tayyorgarlik ko’rishdir. Kelayotgan to’pni ko’ra olish esa, ilm orqali bo’ladi. To’g’ri tepish, tajribani talab qiladi. Shuning uchun ota-onangga go’zal munosabatda bo’l. Oilangni himoya qil va ta’minla. O’tib ketgan ishni qo’yginda yangi imkoniyatlarni ko’rishni odat qil.

Senga Alloh tomonidan belgilar bo’ladi. O’sha belgilarni o’qishni o’rgan. Azon belgi, Ramazon belgi, Iyd Qurbon belgi, Ashuro belgi, Balo belgi, muammo belgi, chillayu saraton belgi. Bularni hammasi belgi, Seni nima qilishing kerak ekanligini bildirib turuvchi belgilar.

Sanab o’tganlarimni o’zing qila olasan, buni imkoni bor, lekin bundan o’tgan, bu yo’ldan avval yurgan odam bilan maqsadingga ancha tez erishasan.

Oshiqlar manzilining Sultoni Mavlono Hazratlari aytgan edi:
“Ey noqobil, axir sen Hazrati ODAM farzandisan. Sen yana qachongacha pastlik (nokaslik) ni sharaf deb bilasan?”

Shunday ekan ey farzand, Uyg’on! Tur o’rningdan. O’zinga qayt, kim ekanligingni esla, “O’zingni kichik sanashni bas qil, sen yuradigan bir olamsan!”

Karimberdi huddi tuman ichida ediyu, endi barchasi oydinlashgandek, avval qafasda ediyu endi nafas olgandek, terlab charchagan ediyu uni ko’kragiga yengil shabboda tekkandek o’zini his etdi va qachonlardir, yosh bola ekanligida Bobosi kitob o’qib o’tirib bir jumlani ovozini chiqarib takror-takror aytib yig’laganini esladi.

Ba’zan esa dardning o’zi ham, shifo bo’ladi…
Ba’zan esa dardning o’zi ham, shifo bo’ladi…

———————————————————————

Kelayotgan Ramazon Muborak bo’lsin!

Devona Musofir

@rovitalk | Instagram | YouTube

1 month, 2 weeks ago

Avvalgi qism ? https://t.me/rovitalk/4888

- Yana to’pni olishga urinadi.

- Barakalla! Endi qara, demak uni faqat ikki dona ishi mashhur qilgan halos. Birinchisi, u to’pni ortidan yugurmaydi, balki to’p keladigan joyni oldindan bilib o’sha joyga boradi. Ikkinchisi u biror natijaga erishmasa, o’ylanmaydi, demak nasib emas ekan deydida, yana yangisiga harakatni boshlaydi. Hamma mashhurlarni, hamma biror natijaga erishgan odamlarni siri shu. Ular to’pni ortidan yugurishmaydi, to’p keladigan joyga borishadi va har bir imkoniyatdan foydalanishadi, qilgan ishi natija bermasa o’ylanib ham o’tirmasdan yangisini boshlashadi. Endi menga aytchi Karimberdi, to’pni o’zi keladigan joyni avvaldan qayerdan bilamiz?

- ….

Karimberdi bir qanaqadir duolar, yoki qo’llarni osmonga ko’tarib, aylantirib yoki qandaydir ovozlar chiqarib qilinadigan bir amallarni kutgan edi. Lekin Nurli bobo aytgan narsalar uni joyida qotirib qo’ydi. Bu yerda hech qanday bir murakkab gap yo’q, hammasi oddiy lekin bir vaqtni o’zida shu darajada tushunarsizki…

Nima sababdan tushunarsiz? Chunki bunday ishlarni qilmagani uchun tushunarsiz, bunday yashab ko’rmagani uchun tushunarsiz. Hamma narsani faqat orqasidan quvgani uchun tushunarsiz. Pulni, obro’ni, martabani, yaxshi munosabatni, yaxshi gapni orqasidan quvib umri o’tgani uchun tushunarsiz.

Endi xatosini tushundi, taslim bo’ldi. Avval tanasi taslim bo’lib Nurli boboni oldiga qaytgan edi, endi butun ichki olami taslim bo’ldi. Chunki u uchun barcha yo’llar yopiqdek ko’rindi. Shunchaki ojizlik bilan jim turdi.

- Dehqon bahorda yerga urug’ qadaydi, lekin undan ancha avval, kuzda yerni shudgor qiladi, bahorda yerni tekis qiladi, ba’zida esa hatto yerni sho’rini yuvadi. Undan keyin tekislaydi, ariq oladi, undan keyin yerga urug’ qadaydi. Urug’ qadaganidan keyin suv yo’lini to’g’rilaydi. Hammasini tayyorlab bo’libgina yerga suv yuboradi. Ana undan keyin kutadi. Urug’ bir kunda unib chiqmaydi. Bir necha kundan keyin ko’zga ko’rinishni boshlaydi. Ekilgan ekin biroz o’sishi bilan u bilan birgalikda yovvoyi o’tlar ham o’sganini ko’rasan. Dehqon o’sha o’tlarni yo biror texnika yoki dori, ba’zida esa qo’li bilan yulib ekinini atrofini tozalab chiqadi. Ana undan keyin ekkanidan hosil olish ehtimoli katta bo’ladi. Ekini to hosil bergunicha kutadi. Nimaga hosil bo’lmayapti deb yarim o’sgan vaqti yerdan sug’urib ildizini tekshirmaydi. Kutadi. Agar bu orada yovvoyi o’tlar yana o’ssa, ularni yana yuladi, kesadi, o’ldiradi. To hosil olgunicha.

O’sha dehqon sensan. Qalbing esa seni ekin maydoning. Avval uni huddi yer shudgor qilib avvalgi yili ishlatilgan usti pastga ag’darilgandek, hamma xatolaringa tavba qil va hech kimga aytma, ularni yerni tagiga ko’mgandek ko’m. Tavbangda holis bo’l shunda yerni to’g’ri shudgor qilgandek bo’lasan. Tavbadan keyin biroz to’xta. Yerni dam olishga bergandek o’zingni to’xtat. Qilayotgan ishlaringa qara. Agar yerni sho’ri bo’lsa yuv. Ya’ni tavba qilganingdan keyin ham xatolar ko’rilsa uni ko’z yoshli tavba bilan yuv.

Unda keyin yana yerga qara, tayyor bo’lgan bo’lsa endi tekisla. Hayollaringni, fikrlaringni niyatingni tekisla, to’g’ri qil. Meni Sultonim, Mavlono Hazratlari aytganidek:
“Yoyga to’g’ri-tekis o’q lozim. Yoy qanchalik qattiq tortilsa tortilsin, to’gri bo’lmagan o’q uzoqqa keta olmaydi. Shunday ekan, ey HAQ yo’lining yo’lchisi! Sen ham niyating ila ham amaling ila bir yo’lda o’q kabi to’g’ri bo’l. Toki Ustozing bir yoy kabi seni nariroqlarning narirog’iga yetkazsin.”

Undan keyin dehqon urug’ qadash va suv yurishi uchun ariq olgandek to’gri va kerakli maqsadlar qo’y. Ya'ni birovga maqtanish, kimnidir qiynash, kimdandir ustun bo’lish uchun maqsad qo’yma. Maqsadlaringga erishish ortidan Alloh roziligi topiladigan bo’lsin, maqsadlaring xalqingga ham foyda keltiradigan bo’lsin, maqsadlaringga erishish orqali o’zing va oilangni butun saqlaydigan bo’lsin.

davomi ? https://t.me/rovitalk/4890

Devona Musofir

@rovitalk | Instagram | YouTube

1 month, 2 weeks ago

Avvalgi qism ?? https://t.me/rovitalk/4887

Xo’sh, nima ekan u sir?

Nurli bobo Karimberdini xuddi ichki olamini ko’rib turgandek o’zini osmonda tutganiga umuman e’tibor ham bermasdan unga termulib qaradi.

Haqiqatdan ham, aslida ichida qancha ezilgan yoki o’zini hech kim ekanligini bilmagan yoki bo’lmasa aslida yutqazib qo’yayotganini, ba’zida esa yutqazib bo’lganini bilgan odamlargina o’zini juda tepada turgandek ko’rsatadi.

Ichi hotirjam, o’zini kim ekanligini bilgan odamlarni boshqalarga o’zini kimligini isbotlashiga hojat yo’q, chunki ular o’zlarini kim ekanligini yaxshi bilishadi.

Nurli bobo bunday o’zini Jahon Sultonidek tutganlarni deyarli har kuni ko’radi. Nafaqat ularni o’zini bunday tutishini, balki ularni ezilgan, siqilgan, chorasiz qolganligini ham ko’radi. Aslida qo’lidan hech narsa kelmayotganini ham ko’radi. Bunday vaziyatdagi odamlar ichidagi ketayotgan urushni tashqariga doim olib chiqishga urinishini ham biladi. Shu sabab ularga pand nasihat qilib o’tirmaydi, balki yaralariga malham qo’yadi va biroz bo’lsada o’zlariga kelib olishlari uchun shirin so’zlarini ayamaydi.

- Ronaldo doim to’pni tepib o’zi bilan olib yurgani uchun mashhurmi yoki ko’p gol urgani uchun?

Futbol haqidagi bu savol Karimberdini biroz dovdiratib qo’ydi va o’zi bilmagan holda sergak tortdi. Haqiqatdan qiziq savol.

Chunki asosan gol urganini biladi. Internetda ham, televizorda ham uni faqat gol urganini ko’rsatishadi. Yana qachondir choyxonada eshitgan edi, og’aynilari o’lib tirilib talashib uni tarixdagi eng ko’p gol urgan futbolchi deb maqtashgan edi.

- Ko’p gol urgani uchun… Biroz o’zini javobiga ishonqiramay javob berdi Karimberdi.

- Barakalla, haqiqatdan ham ko’p gol urgani uchun mashhur. To’pni olib yurgan bilan gol urmasa nima foyda. Huddi mehnatni, ishni qilib oxiriga yetkazmasa foydasi yo’qdek. Hop, endi aytchi, u to’pni orqasidan ko’p yuguradimi yoki to’p unga keladimi?

Karimberdi endi butunlay hayratda qoldi. Bu chol futbolni bunchalik texnikalarini qayerdan biladi. Uni ishni oxiriga yetkazmaslik haqidagi, agar gol urmasa to’pni o’zini olib yurishdan hech qanday foyda yo’qligi haqidagi gaplari huddi uni hayotini eslatdi.

Chunki doim imkoniyatni qo’ldan boy bergani uchun afsuslanadi, siqiladi. O’sha siqilib turgan vaqtida ham yana bir imkoniyatni qo’ldan boy beradi. Ertasi kuni endi kechagi imkoniyatdan foydalanmagani, ishini oxiriga yetkazmagani uchun norozi bo’ladi. Bugun yana norozi lekin uni qo’lida bugun ham imkoniyatlar bor edi. Bugun ham ko’p ishlarini bitirsa bo’lar edi, lekin foydalanmadi. Ancha ish bilan ovvora bo’lgandek yurdi, lekin hech qaysi birini natijaga olib borgani yo’q.

O’ylanib qoldi. Haqiqatdan ham. Bir ishni oxiriga yetkazmasa, unda nima uchun natija kutishi kerak? Agar o’tib ketgan kun bilan yashasa, bugungi kundan qanday foydalana oladi? Agar hayoli boy berilgan imkoniyatlar bilan ovora bo’lsa, yangi imkoniyatlarni qanday ko’ra oladi?

Savol… Nurli bobo savol bergan ediya. To'pni orqasidan yuguradimi yoki to’p unga keladimi? Qiziq… Bu gapi bilan nima demoqchi? Nimaga shama qilyapti. Nimaga gaplarini mazmunini tushuna olmayapman?

Hop, shunchaki javob beray, bo’ldi. Axir sirini aytaman dediku, aytadi. AYTADI!!! Keyin men ham boy bo’lib ketaman.

Hop u to'pni orqasidan yugurmaydi, to'pni unga uzatishadi adashmasam. Shuni aytaman.

- Top unga kelsa kerak…

- Menga aytchi, kelgan to’pni tepdi, gol bo’lmadi, mana bu bola, oti nima edi…

- Ronaldo!

- Ha Ronaldo, unga kelgan to’pni darvozaga tepdi, gol bo’lmadi. Nima qiladi? O’sha joyda “Nega gol bo’lmadi?” deb jahl qilib o’tiradimi yoki yana orqaga qaytib to'pni olishga urinadimi?

Bu odam Karimberdini ichidagi har bir fikrni o’qiyotgandek gapirdimi? Axir hozir imkoniyatdan foydalanish haqida o’ylayotgan ediku. To’xta… Ha endi tushundim. Bobom aytar edi “Olimni oldida tilingni tiy, Zokirni oldida dilingni tiy” deb. O’ylab o’ylash kerak ekanda bunday odamlarni oldida! Hop javob berib turay faqat bo’ldi...

davomi ? https://t.me/rovitalk/4889

Devona Musofir

@rovitalk | Instagram | YouTube

1 month, 2 weeks ago

Avvalgi qism ? https://t.me/rovitalk/4886

- Bobo, menga qarang, men futbolga qiziqmayman. Ishim boshimdan oshib yotibdi, dardim o’zimga ham, mendan boshqalarga ham yetadi, futbol ko’rishga vaqtim yo’q! Ha bu Ronaldo, buni bilaman, uni hamma taniydi, chunki eng zo’r futbolchi, juda mashhur. To’pni o’ynatvoradi, gollarni sob tashlaydi, buni uncha bunchasi to’xtata olmaydi. Shuning uchun uning fanatlari ko’p, balki shunga rasmini bu kompyuter xonaning oynasiga ham ilib qo’yishgandir, - deb so’zini oxirini yana ham kesatiq bilan tugatdi.

- Exe… Qiziqmaganingda shuncha bo’lsa, qiziqsang nima bo’lar ekan a?

- Bobo, qo’ying, bo’ldimi? Boshqa savolingiz yo’qmi?

- Senga Ronaldoning nimaga mashhur ekanligini sirini men bilaman desam, nima deysan?

- Qo’yinge bobo…, - dedida, Karimberdi qo’l siltagancha qayrlib yurib ketishni boshladi.

- Bu sirni hamma mashhurlar biladi. Bilganlarning hammasi juda tez boy bo’lib ketgan…

Nurli bobo mana shu oxirgi “Boy bo’lib ketgan” degan gapi bilan Karimberdining yuragiga qarmoq tashladi. Bu bobo Ko’ngillar tabibi, Qalblar tarbiyachisi va muammolar shifokori edi. Uning tashlagan qarmog'i hech qachon bo’sh chiqmagan.

Karimberdi eshitdi, u uchun kerak bo’ladigan eng zarur gapni eshitdi, eshitdiyu to’xtab qola olmadi. O’zi ikkinchi marta yurdi, yana qaytadimi, lekin qadamlari biroz sekinlashdi. Tanasidagi keskinlik pasaydi, hayollari darrov bolalarini hursand qilgani, onasi hursand bo’lib qilgan duolar bilan to’ldi.

Lekin qayta olmaydi. Uyalyapti. Qaytib shu sirni so’rasa nima bo’ladi? Bu chol o’zi boy emasku, mashhurlarning sirini qayerdan bilsin. Ronaldoni tanimasa, futbol ko’rmasa, nimani bilardi… Bu odam har doim hammaga qo’lidan kelgancha yordam qilgan. Hamma uni yaxshi ko’radi. Butun mamlakatga mashhur kazo-kazolarni ham Nurli bobodan duo olib ketishini eshitgan. Rostan bilsachi, rostan menga aytib bersachi? Yo’g’ee, bilganida o’zi boy bo’lib ketardida, o’zi zo’r bo’lib ketardida. Bu odamning yuzidan nur yog’iladi, boylik deganda bu odam boshqa narsani tushunadiku. Pul uchun xech qachon jonini bermagan. Ee.. Qo’ygin shu cholni, moshina kelsin, ishimiz hal bo’ladi. Balki boboning o’rgatadigan sirini ishlata olsak, ishlarimiz bitib ketar, balki boy bo’lib ketarmiz. Qunduz amakiga ishonganing yaxshiroq bu odamni gapidan ko’ra. Allohga yaqin bo’lgan odamlar haqida bunday o’ylash ham yaxshi emas. Bu odamning bizga zarari tegdimi? Biror yomonlik qildimi? Yo’q. Qachon biror yomon ishni ko’rdim bu insondan? Hech qachon! Balki eshitib ko’rarman? Orqaga qarasammi, qaramasammi… Ha mayli, iye haliyam joyida turibdi, endi yurmayapti. Lekin boshqa tomonga qarab turibdi. Qayaqqa qarayapti? Qo’liga, haa tasbehi bor ekanu, o’shanga qarayapti. Hozir qaytish kerak, keyin aytgisi kelmay qolsachi? Keyin oldiga borsak endi aytmayman desachi? Hov kalla, keyin yo’q, hozir moshina keladi bo’ldi. Qutilaman hammasidan. Yo’q, juda tez boy bo’lib ketgan dediku.

Karimberdining ichidagi jang, Amir Temur va Amir Husayn o’rtasidagi “LOY” jangidan ham shiddatliroq bo’layotgan edi.

Haqiqatdan ham, asl jang o’zimizning ichimizda bo’ladi. Tashqarida esa uning aksi halos. Biz ko’ringan aks bilan urushga kirishgan odamlarmiz. Asli jang esa, Ruhimiz va Nafsimiz orasida. Kim g’olib bo’ladi bilasizmi? Siz qaysi birini ko’proq boqsangiz, qaysi birini ko’proq qo’llasangiz o’sha g’olib bo’ladi.

Bilganlarning hammasi juda tez boy bo’lib ketgan…

Karimberdining ich-ichidan chiqib yangrayotgan bu ovoz uni oxiri to’xtatdi. Ha, Nurli boboni qarmog’iga Karimberdining nafsi balig’i ilindi.

Har qanday hayvonni, jonivorni tutish uchun o’ziga xos tuzoq, o’ziga xos ho’rak kerak. Karimberdining holatiga, vaziyatiga, kayfiyatiga, hayollariga mos ho’rakni Nurli bobo topib qarmoqqa ilib tashlagan edi.

Biroz uyalib qaytmoqchi edi, lekin ichidagi o’zidan yasab olgan “JASORATI” bunga yo’l qo’ymadi. U nafsi boshi egilgan, o’zini esa o’ta osmonda tutgan holatda kelar edi. Keldida hech sir boy bermagandek o’zini tutib so’radi:

- Xo’sh nima ekan u sir?

davomi ? https://t.me/rovitalk/4888

Devona Musofir

@rovitalk | Instagram | YouTube

1 month, 2 weeks ago

Bu davomi. Boshi manabu ? https://t.me/rovitalk/4885

U kuta boshladi, mashina borgan sari yaqinlashar edi. Yuz metrga yaqin masofa qolganda o’rnidan turdi, huddiki hozir shu zarurdek ustini qoqdi va soatga qaradi. U muhim bir vaqtni kutayotgan edi.

Endi Karimberdi atrofdagi shovqinlarni eshitmas, kelayotgan yuk mashinani motorining varrillagan ovozi ham eshitilmas edi. Uning qulog’iga faqat qo’lidagi soatning chiqillashi eshitilar va ko’zi yaqinlashayotgan chiroqlarda edi.

Ellik metr qoldi, “Yo’q, hali erta, biroz kutish kerak”. Vaqt sekinlashgandek, soatidagi har bir chiqillashning oralig’i uzayib ketgandek edi. Nafas olishi sekinlashdi, o’ttiz metr atrofida qoldi. Endi harakatni boshlash kerak. Umri davomida yurgan yo’llari, farzandlarining kulgulari, onasining “Karim Alloh seni berganda”, - deb erkalashi, ayolining “Sizga ishonmasam bu uyda qolmas edim”, - degan gaplari, do’stlarining unga e’tibor bermay, ba’zida esa ko’rmaganga olib o’tib ketishgani hayolidan bir bir o’tdi. Tushunib bo’lmaydi… Ham quvonch, ham hayrat, ham nafrat, ham hayajon, ham havotir, ham qo’rquv, ham jiddu-jahd birgalikda. Nima bu holat? Nimaga bunday bir-biriga qarama-qarshi fikr va hissiyotlar o’tayotganini o’zi tushunmagan holda “o’n metrdan kam qoldi, endi…"

- Bu Ronaldomi yo men adashdimmi?

Nima? Tushunmadim, bu kimning ovozi? E’tibor bermasdan yurish kerak, keyin yana qachon bunaqa moshina keladi bilmaymanku!

- Karimberdi, bu Ronaldomi yo men adashdimmi?

Qulog’iga bu ovoz shunchaki eshitilgani yo’q. Uni kimdir gapirayotganini tushungan Karimberdi o’ng tomoniga burilib qaradi. G’alati holat. Hech bunday paytda ko’chada yurmaydigan, shomdan keyin deyarli ko’chaga chiqmaydigan o’sha, doim jilmayib turadigan Nurli bobo…

- Karimberdi, eshityapsanmi o’g’lim? Mana bu rasmga qaragin, men yaxshi bilmayman bularni, bu Ronaldomi yo boshqasimi?

Karimberdining yuziga huddi burov suv sepgandek seskanib ketdi va beixtiyor qishloqdagi yosh bolalar ko’p keladigan kompyuter xonaning oldida ekanligini tushundi va o’sha kompyuter xonaning oynasiga yopishtirib qo’yilgan katta rasmga qaradi.

FIFA 2019 deb yozilgan va Ronaldoning rasmini ko’rdi.

Ko’rdiyu, “Ha, bu Ronaldo”, - deyishi bilan oldiga qarab ulgurmadi, yuk moshina kuchanganicha ko’chani changitib o’tib ketti.

Karimberdi dunyodan uzilib bo’lgan odam, miyyasi o’chib qoldi. Endi u atrofni eshitishni boshladi va miyasida savollar paydo bo’lishni boshladi.

Hozir nima bo’ldi? Nimaga yurmadim? Nurli bobo bu yerda nima qilyapti? Iye Ronaldoni nima aloqasi bor??? Bir necha sekundning o’zida miyasi umuman o’ziga notanish bo’lgan savollarga to’lishni boshladi va boshida og’riqni his qildi.

Beixtiyor boshini ikki qo’li bilan ushlab siqib o’tirib qoldi. NIMA BO’LYAPTI O’ZI!!!! deb ichida gapirdimi, ovozini chiqarib gapirdimi o’zi ham tushunmay qoldi.

- Nimaga bu bolani rasmini buyaqqa yopishtirib qo’yishgan Karimberdi?, - deb Nurli bobo yana bir g’alati savol bilan uni o’zi shundoq ham otilib ketay degan boshini og’ritdi.

- Men qayerdan bilaman, ana yopishtirgandan so’rang!, - deb o’sha onasiga jerkish odatiga xos Nurli boboga ham jerkib berdi.

- Bu bolaning otini so’rasam, bildingku, “bu Ronaldomi” desam “Ha” deding. Shunga so’rayapmanda.

- Eeeee buni hamma taniydi, - deb Karimberdi keskin o’rnidan turdi va kesatiq ohangida “Kimga gapiryapman o’zi” degandek yurib ketishni boshladi. Hayolida esa bitta “Endi qachon katta moshina o’tadi” degan fikr edi.

- Bu futbolchini hamma tanishiga biror sabab bormi? Nurli bobo huddi atay qilayotgandek, huddi yosh boladek Karimberdining orqasidan bir-ikki qadam tashladi.

Bu savoldan orqasiga qaragan Karimberdi, Nurli boboning u tomonga yurib kelayotganini ko’rdi va bu chol bilan hozir yaxshilikcha hayrlashmasa uni tinch qo’ymasligini tushundi. Tushundida jahl bilan orqasiga qaytdi. Nurli boboga yaqin kelib qo’lini pahsa qilib, zaharhandalik bilan shunday dedi:

davomi ? https://t.me/rovitalk/4887

Devona Musofir

@rovitalk | Instagram | YouTube

1 month, 4 weeks ago

Bu yil o‘xshamadimi?

Rejalaring amalga oshmay, pulsiz balki ishsizdirsan. Bu vaziyatda ko‘p narsa alam qiladi. Juda ham ayanchli va alamli holat. Ayollarda bu vaziyat qanaqa bo‘ladi bilmadimu lekin yigit kishi sinadi. Ishsiz qolsa, qarzdorlik va ustiga-ustak ota-onam bilmasin deb hamma dardini yashirib aytmasa. Bilasanmi sen qancha yashirishga urinma baribir senda nimadir o‘zgarish bo‘lganini, ishing yurishmayotganini tirishgan basharang, egik yelkang va suhbatdagi ko‘zingni olib qochishing bittada sotadi seni. Agar sen mashennik bo‘lmasang albatta.

Yil boshida huddi shu holatda egik yelka va tirishgan peshana bilan nimadirlarni orzu qilib tuzgan rejalarimga ham ishonmay, yaxshi bo‘ladi hammasi oz qoldi deb o‘zimni aldab yurgan paytlarimni eslasam.

2024 yilga kirib kelishda ishsiz, qarzga kirgan, rejalarimni hech qaysi biri amalga oshmagan holda umidsiz abgor holatda edim.

2025 yilga esa nufuzli tashkilot hodimi, rejalarim amalga oshgan va doktorantura talabasi sifatida kirib kelmoqdaman. Behisob shukr.

Senda ham hozir, bu yil nimadir o‘shxamagan bo‘lsa yaxshilikka. Keyingi yil nasib qilsa o‘xshasin.

Omadingni bersin? @kitobxorr

8 months, 2 weeks ago
11 months, 1 week ago

.

11 months, 2 weeks ago

Hazrat Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Alloh taolo rizq beradi, deb, kasb qilishdan qo‘llaringizni tortmanglar, Alloh taolo tilla tangalarni osmondan yog‘dirmaydi".

Nafs illatlari kitobidan @kitobxorr

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago