Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Toqqa chiqayotganimda kelgan fikr:
Hayking (hiking) tayoqchasini oyoq o'ylab topgan bo'lsa kerak :)
O'zim boshqa millatdagilar bilan birga o'qigan va turli millatdagilar bilan birga ishlagan odam sifatida, imkon boricha xorijda o'qishga harakat qilishni, yoki xorijliklar bilan ishlash imkoniyati bo'ladigan kompaniyalarga ishga kirishni tavsiya qilaman. …
O'zim boshqa millatdagilar bilan birga o'qigan va turli millatdagilar bilan birga ishlagan odam sifatida, imkon boricha xorijda o'qishga harakat qilishni, yoki xorijliklar bilan ishlash imkoniyati bo'ladigan kompaniyalarga ishga kirishni tavsiya qilaman.
Buning eng foydali tomonlari juda ko'p: tilni rivojlantirish, dunyoqarashni kengaytirish, ma'lumot almashish, dunyo ko'rish va boshqalar. Lekin eng muhimi bu emas. Agar o'zimizda ishlab keyin xorijliklar bilan ishlab ko'rsangiz yaqqol bir farqni sezasiz: ishdagi va ishdan tashqari muomalalarda imkon boricha samimiylikka intilishlarini ko'rasiz, xazillar ham chegaradan chiqmagan xolda bo'ladi, suhbatlarda boshqa shaxslar muhokama qilinmaydi, birovni ayblashga shoshishmaydi, imkon bo'ldi deguncha tashakkur va maqtov aytishga harakat qilishadi, qancha olishingiz, qanday sharoitda yashashingizni ham so'rab o'tirishmaydi. Ishda ham aybdorlar emas, muammolar muhokama qilinadi, unday muhitda aybdorlikni tan olish ham uncha yoqimsiz emas. Kompaniya qanchalik katta, odamlar qanchalik ko'p bo'lmasin erishgan yutug'ingizni darrov ilg'ashadi.
Albatta ularni mukammal odam demoqchi emasman, balki yomon qusurlari bizdan ko'pdir, lekin ish madaniyatiga shaxsiy hayotni, shaxsiy xissiyotlarni aralashtirishmaydi, uyaltirish, bo'ysundirishga harakat qilish, qasos olish kabi o'zimizdagi ishxonalarda (odatda rahbar-xodim munosabatlarida) odatiy bo'lgan illatlarni uchratmaysiz.
Sun'iy ong ishingizni tortib olmaydi, balki undan oldin fikrlashingizni tortib oladi.
Joyi qorongʻulikdan iborat bo'lsinki, natijada yorugʻlikka intilsin. Joyi torlikdan iborat bo'lsinki, natijada kenglikka intilsin. Bu unib chiqishi uchun yerga suqilgan urug' holati.
Odamda ham o'sish, intilish bo'lishi uchun hozirgi muhitida qandaydir cheklovlar, yetishmovchiliklar, noqulayliklar bo'lishi kerak. Bularsiz bo'lmaydi.
- Yaxshiroq dasturchi bo'lish uchun hozir nimalarnidir bilmay qiynalsin. Ko'proq o'rganishga rag'bat bo'lsin shunda.
- Endi ish boshlaganda ishlatadigan noutbuki nisbatan kuchsiz yoki biroz eski bo'lsin. Shunda tezroq yaxshi pul topib yanada yaxshirog'ini, kuchlirog'ini olishni qasd qilsin.
- Boshlagan ishida oyligi kam bo'lsin, shunda tezroq yetarli tajriba to'plab yaxshiroq oylikli ishga o'tib ketishga harakat qilsin.
- Dasturlashni o'rganishni boshlaganida uyida internet rasvo bo'lsin, tok o'chib tursin. Shunda bor internetdan, tokdan ham unumli foydalanib, dasturlashni o'rganib tezroq yaxshi joylarga ko'chib ketishni reja qilsin.
- Dasturlashni o'rganish uchun resurslar cheklangan bo'lsin, toki boridan ham unumli foydalanishni o'rgansin. Resurslar, imkoniyatlar haddan ziyod koʻpligi esa shunchaki miyani falajlantiradi, tanlovni qiyinlashtiradi.
Men umuman sharoit chatoq bo'lsin demoqchi emasman. Urug' ham eson-omon unib chiqishi uchun u ekilgan yerda yetarlicha namlik va quvvat mavjud boʻlishi kerak albatta. Insonda ham shunday, faqat hozirgi sharoitida mavjud cheklovlar, to'siqlar borligi unda tezroq bu noqulayliklardan qutulish yoki o'zgartirish xohishini paydo qiladi, rivojlanishga undaydi.
Yuqorida yozganlarimning aksarini o'z boshimdan o'tkazganman. Kuchsiz noutbuk, rasvo internet, dasturlashni mustaqil o'rganish uchun mavjud resurslarning cheklanganligi...
Shunday ekan, nolimang. Qiynaling. Noqulaylik sherigingiz bo'lsin. O'zingiz xohlagan darajada erishguncha albatta.
Networking juda muhim.
Ekstravert emasman (men shunday deb hisoblayman). Tusovkalarda (doʻstlar yoki tanishlar bilan birga oʻtirganimizda) koʻp holatlarda telefonda maqolalar oʻqib oʻtiraman. Chunki u yerda koʻtariladigan mavzular zerikarlidek tuyuladi.
Oxirgi paytlarda shuni tushunib yetdimki, inson har qanday mavzuda boshqalar bilan suhbatlar olib borsa, miyasida javobsiz qolgan savollarga javoblar toparkan. Miya bu savollar haqida oʻylashdan toʻxtab, fikrlashga moʻljallangan resurslar boshqa tomonga sarflanish imkoniyatiga ega bo'larkan.
Hamma asosiy ishdan boshqa doʻstlar bilan yigʻilishlarga, tadbirlarga (sohangizga aloqador boʻlsa ham) vaqt topolmasligini aytib borishdan bosh tortishadi. Men ham shunaqa insonlar tarkibiga kiraman. Chunki hozirda qilayotgan ishim hammasidan muhim boʻlib koʻrinaveradi.
Bir hafta oldin Nuruddin Iminokhunov (bloger, startuper, product manager) bilan shunchaki suhbatlashish uchun birga nonushta qilishni kelishib oldik. Ishonsangiz aslida nima haqida gaplashishni oʻzimiz ham yaxshi bilmasdik, lekin gap-gapga ulanib ancha mavzular koʻtarildi. Eng ajoyib joyi yillab meni qiynab kelgan savollar oddiy soʻzlashuv orasida oʻz javobini topdi.
Networking hamma narsadan muhim deyolmayman, lekin har bir soha vakili networking uchun vaqt ajratishi kerak.
Bunday deyishimga arzigulik sabablar:
Networking — boshqalarning yoki boshqa bozorlarning iqtisodiyotini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Omma oldida aksariyat insonlar pul haqida gaplashishni afzal koʻrmaydilar, aslida esa bu hamma uchun juda qiziq mavzulardan biri. Har qanday biznesning yoki faoliyat turining iqtisodiyoti har doim sirligicha qoladi, birga-bir oʻtirib gaplashganda esa, bu va bunga oʻxshash mavzularga alohida urgʻu beriladi.
Networking bu sizga kelajakdagi yoʻlingiz uchun chipta vazifasini oʻtash ehtimolligi juda katta. Siz network qurayotgan inson yoki insonlar jamoasining ham oʻzlarining networklari bor. Agar ular siz (hayotdagi qarashlaringiz, qoʻlingizdan keladigan ishlar) haqingizda bilishsa, kimgadir siz haqingizda aytishlari imkoniyatini oshiradi.
Shu bilan birga, uchrashuvlar yoki shunga oʻxshash tadbirlarda muvaffaqiyatli network qurishda quyidagilar sizga yordam beradi deb o'ylayman:
Suhbatga taklif qilishni o'rganing. Suhbatdoshning fikrlari qiziq bo'lsada, "nega men birinchi bo'lib taklif qilishim kerak" deb hamma qiynaladi. Sizda kim bilan bo'lsada suhbat qurish niyati paydo bo'ldimi, demak tanlangan suhbatdoshning fikrlari siz uchun qiziq. Buni ochiq aytsangiz suhbatdosh bundan bosh tortmaydi.
Savollar bering. Qaysidir soha kesimida istalgan kishi sizdan koʻproq narsani bilishi aniq. Suhbatni shundan boshlang. Bu, birinchidan, qiziqarli, ikkinchidan, bunday turdagi suhbat sizga yangi gʻoyalar berishi mumkin.
3. Tinglashni ham biling. Savolingizni suhbatdoshga berib oʻzingiz undan-da aqlli boʻlib koʻrinmoqchi boʻlsangiz, siz bilan hech kimning suhbatlashgisi kelmaydi.
Menimcha har qanday ma'lumotni (to'g'ri yoʻl bilan izlansa) internetdan topish mumkin. Lekin afsuski, oʻqilgan, eshitilgan, koʻrilgan maʼlumotlar biz uchun shunchaki foydali maʼlumotga aylanmaydi. Olingan maʼlumot haqida kim bilandir suhbat olib borsangiz yoki, oʻsha maʼlumotni muhokama mavzusiga aylantirsangiz, oʻshanda miya maʼlumotni toʻg'ri shaklga soladi va maʼlumotning foydalilik darajasi oshadi.
Avvallari dasturchi sifatida biror muammoni yechish uchun kerakli yechimni topish muammo edi, ko'p xollarda uni o'zingiz yozib chiqishingizga to'g'ri kelardi. Hozir esa texnologiyalar va servislar shunchalik ko'payib ketganki, bu dasturchilar oldida yangi…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago