UNCO_Aсademy

Description
Ushbu kanal "Unco_academy" o'quv markazining telegramm rasmiy kanali bo'lib, o'quv markaziga oid yangiliklar, test natijalari va fanlar bo'yicha tavsiyalar berib boriladi.
Tel:+998331491122;
+998931041122
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 days, 10 hours ago
3 days, 11 hours ago

23 noyabr Shanba kuni UNCO_academy da bo’ladigan dars jarayonlari

Umumiy kimyo
06:30  10:00  13:00
👨‍🏫Ustoz: Otaqulov Bahromjon

Dasturlash va IT kursi
08:00 13:00  15:00
👨‍🏫Ustoz: Botirov Islomjon

Matematika
  13:00 15:00
👨‍🏫Ustoz: O’rmonjonov Muhammadsodiq
Fizika va texnologiya
07:00  da 13:00
👩‍🏫Ustoz: Qosimov Soatjon

IELTS kurslari
14:30
👩‍🏫Ustoz: Abdulboqiyev Abdulaziz

Ingliz tili (Grammatika)
11:00 dan 13:00 gacha
👨‍🏫Ustoz: Sharopov Jahongir

Matematika (rocket group)
13:00 va 15:00 da
👨‍🏫Ustoz: Ahmadjonov Azamatjon

Umumiy kimyo 1
13:00 dan 16:00 gacha
👨‍🏫Ustoz: G’ulomov Ulug’bek

Rus tili va literatura
13:00 dan 15:00 gacha
👨‍🏫Ustoz: Sanjar Bahromovich

Ingliz tili (beginner)
08:00. 10:00
👨‍🏫Ustoz: Mr. Sanjarbek

Biologiya
13:00 dan 15:00 gacha
👨‍🏫Ustoz: Nazarqulov Ahadjon

Biologiya (katta)
13:00 da 15:00 da
👩‍💼Ustoz: No'monov Zohidjon

Boshlang'ich kimyo
15:00
👩‍💼Ustoz: Karimova Ruxsora

Tarix fanlari
13:30
👩‍💼Ustoz: Bo'riboyeva G.

🏛Unco_academy  - jarayon va natija tutashgan nuqta!

@Unco_academy1

3 days, 12 hours ago

#shaxsiy_rivojlanish

Foydali ból

  1. Ota onangga foydali bo’l, duolarini olasan, omadli bo’lasan.

  2. Begonalarga foydali bo’l, do’stlar orttirasan.

  3. Mijozlaringga foydali bo’l, raqobat haqida kamroq o’ylaysan.

  4. Jamoangga, boshlig’ingga foydali bo’l, daromading ortadi.

  5. Foydali bilimlarni bo’lish, kuzatuvchilaring ortadi.

  6. Oddiy haqiqat. Oddiy bo’lgani uchun ham ko’pchilik amal qilmaydi.

  7. Sen boshqacha bo’l. Hamma boshqalardan foyda olish haqida o’ylasa, sen foydali bo’lish haqida o’yla.
    Hamma erishmagan narsalarga erishasan.

@Unco_academy1

1 week, 2 days ago

Fizikani nimaga o‘rganishim kerak? Fizikaning foydasi

Ko‘pchilikda hech bo‘lmasa bir marta shu qabildagi savol paydo bo‘ladi: fizikani o‘rganib nima qilaman, u menga hayotda kerak bo‘lmaydi-ku?!

Bunday savolni bergan odamga, ayniqsa, o‘smirga bu fanni o‘rganish muhimligini qanday tushuntirish kerak? Qiziqmagan odamga fandagi teorema, qonun va formulalarni bilishning afzal tarafini uqtirishning o‘zi bo‘lmaydi, albatta.

Biroq odam qanchalik qaysar bo‘lmasin, baribir istalgan odamga hayotda fizikadan bilimlar, albatta, kerak bo‘ladi. Bu shunday bir umummadaniy bazis desak ham bo‘ladi: masalan, odam muloqot qilish uchun albatta o‘z ona tilining qoidalarini bilishi shart, adashib qolmaslik uchun yo‘l topa olishi, ya’ni geografiyaning eng minimum bilimlarini egallashga majbur, shuning singari, ayniqsa, texnika rivojlangan hozirgi zamonda fizikani bilish juda muhimdir.

Faqat fizikani yaxshi bilgan odamgina uy-joy, zavodlar, mashina yoki elektrostansiyalarni loyihalashi va qurishi mumkin. Televizor, avtomobil, kosmik apparatlar hamda hatto eng oddiy kiyim-kechak va ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun ham fizikani bilish kerak bo‘ladi.

Masalan, ko‘zoynak, teleskop, fotoapparat va videokamera singarilarni fizik olimlar yorug‘likning havoda va shishada qanday tarqalishini ilmiy o‘rganishganidan keyin ixtiro qilingan. Kema, samolyot va havo shari singarilar ham gaz va suyuqliklarning jismga ko‘rsatadigan ta’siri qonuniyatlarini puxta o‘rganish asosida yaratilgan.

Fizikani bilmasdan turib soat, telefon, changyutgich, televizor, muzlatgich va hokazo barcha foydali zamonaviy texnikani yaratib bo‘lmasdi. Ularsiz hozirda ovqat pishirish, xonani tozalash, musiqa eshitish singarilarni tasavvur qila olmaysiz, to‘g‘rimi?

Yana bir muhim narsa bor. Hammaga ham qachondir bir kun kelib farzandi nega kamalak yoy shaklida ekani, nimaga po‘kak cho‘kmasdan suv yuzida qalqishi, nimaga momaqaldiroq chaqmoqdan ancha keyin gumburlashi, nimaga barmoqni rozetkaga tiqib bo‘lmasligini, qor qayerdan yog‘ishi singari million xil narsalarni so‘rab savol beradi. Bu savollarning hammasiga javob berishga to‘g‘ri keladi. Hech bo‘lmasa ota va yoki ona sifatida farzandingizning hafsalasini pir qilmaslik uchun ham fizikani o‘rganib qo‘yavering.

Qo‘rqmasdan aytish mumkinki, fiziklar tomonidan yuz yillar davomida erishilgan bilimlar zamonaviy odam turmushining istalgan har bir jabhasida o‘z in’ikosiga ega. Shunchaki, o‘zingizga yoki atrofingizga nazar tashlang. Ko‘zingiz tushgan hamma joydagi narsalarning ixtiro qilinishida, ishlab chiqarilishida va sizgacha yetib kelishida fizika fani erishgan yutuqlarning ulkan hissasi mavjud. Dunyo, koinot qanday tuzilgani haqidagi falsafiy savollar ham baribir fizikadan yaxshi boxabar bo‘lishni talab etadi. Hech bo‘lmasa umumiy miqyosda asosiy tamoyillarni bilish zarur bo‘ladi. Shunda odam ko‘p bo‘lmag‘ur ishlardan o‘zini tiyadi va eng kamida o‘zi uchun foydali ish qilgan bo‘ladi. Va, umuman olganda, olam qanday tuzilganini va tabiat qonunlari qanday ishlashini bilish bu – juda qiziq.

S. Qosimov

@Unco_academy1

1 week, 2 days ago

​​Xohishlar
Sen ularga keraklicha e'tibor bermayapsan

Insonlar biror nimani qilishga juda ko'p vaqt sarflashadi. Lekin aslida nima qilish kerakligini o'ylashga, o'z xohishlarini aniqlab olishga ko'proq vaqt sarflash kerak.

Mana misol uchun sen, qachon oxirgi marta smartfoningni bir chetga qo'yib, nima qilayotganing, qilishing kerakligi, nimalarni xohlayotganing haqida o'ylading?

3-4 daqiqa hisob emas, chunki eng zo'r va chuqur fikrlar 1 soat yolg'izlikda o'tirgandan so'ng keladi.

Afsuski hozirgi chalg'ituvchi zamonda, ko'pchiligimizda birinchi chalg'ituvdan to ikkinchisigachan o'ylashga imkon bor xolos. Har kuni o'tirib 30 daqiqa o'zimiz bilan suhbat qurolmaymiz.

Hayotdagi eng muhim xohishlaringni aniqlab olmas ekansan, muammolar kelib chiqaveradi. Chunki senda o'nlab xohishlar bor, hammasini qilging keladi. Qaysi biri eng muhimligini bilmaysan xatto. Balki bir nechtasi aniq tiniq ham emasdir.

Demak yechim:
1. Har kuni o'zimiz uchun 30 daqiqa o'ylashga vaqt ajratamiz. \
2. Bu vaqt davomida hamma xohishlarimizni ko'rib chiqamiz.
3. Asosiy qismi bir tiyinga qimmat xohishlar ekanligini tushunib yetamiz.
4. Hayotdagi asosiy maqsadimiz/xohishimizni topamiz.
5. Shunga erishgan odamni topib uni kuzatishni/eshitishni boshlaymiz.
6. Profit

@Unco_academy1

1 week, 3 days ago

#shaxsiy_rivojlanish

😏Ichki xotirjamlik
Tez muvaffaqiyatga erishish istagidagi qadrdonim, Allohdan so'rab 5-6 yil harakat qilsang, o'z ustingda ishlasang, balki bularga tezda erisharsan. Lekin erishib bo'lgach qarasang bu aslida sen xohlagan narsa bo'lib chiqmaydi. Sen aslida ichki xotirjamlik qidirayotganding. Salomat qalb qidirayotganding.

Atrofdagi turli biznes koachlar va trenerlar, senga nimadur sotishga urinayotgan kompaniyalar, hammasi muvaffaqiyat boylikda deb uqtirishga harakat qiladi. Yo'q. Muvaffaqiyat ichki xotirjamlikda. Har qanday o'ziga to'q tanishingni oldiga borib aniqlashtirib olishing mumkin.

Ichki xotirjamlikka qanday erishiladi?

O'z nazaringni harakatga qarat - natijaga emas. Harakatlaringni o'zing to'liq boshqara olasan. demak ularni maksimallashtir. Natija esa Allohdan.

Ichki xotirjamlik - sen qo'lingdan keladigan darajada maksimal harakat qilish demakdir. Natija muhim emas. Senga to'liq bog'liq ham emas u chunki. Muhimi sen boringcha harakat qilding. Shuni bilasan va xotirjam bo'lasan.

Bor diqqatingni shunga qarat. Natija yaxshi bo'ldi-mi? Bunga shunchaki bonus deb qara.

@Unco_academy1

2 weeks, 2 days ago

Muvaffaqiyatsiz abituriyent

Faoliyatimdagi kuzatuvlarim natijasida muvaffaqiyatsiz abituriyentlarga xos bo'lgan ko'pgina hislatlarni sanab o'tmoqchiman:

1. Ustozlarni yomonlash va aybni ularga yuklash odati.
2. O'zbilarmonlik odati.
3. Beriladigan topshiriqlardan tinmasdan kamchilik izlash odati

Bilimsizlikni "davolash" — bilmaslikni tan olish bilan bo'ladi.

Bu abituriyent aybni o'zgalarga yuklab, go'yoki:  "Men hamma narsani yaxshi bilaman" - deganday bo'ladi. Oqibatda esa uning kibri, o'zini bilim olishidan to'sadi.

Zero, bilim olish - kamtarlik va hokisorlikni talab etadi.

Xulosa shuki:
O'qishni eplay olmayapsanmi?

Maqsadlaringa yetisha olmayapsanmi?

Aybni o'zingdan qidir!

Shunda yechim topiladi inshaolloh

@Unco_academy1

2 weeks, 3 days ago

​​O'tmishdan sovg'a
Inson miyasi kamdan kam holatlarda hozirgi kun bilan yashaydi. U yoki o'tmishdagi voqealar haqida o'ylayotgan (eslash, afsuslanish, "agar bunday bo'lganda edi" deb tasavvur qilish), yoki mavhum kelajak haqida hayol surayotgan bo'ladi (yaqinlashib qolgan bayram, to'y, sayohat).

O'tmishimizdan afsuslanish ko'p hollarda hozirgi kunimizni ham rasvo qiladi.

Bundan chiqib ketishning oson yo'li - o'tmishgdagi va hozirdagi o'zingni boshqa odam deb tasavvur qilish. Ximik diploming bor. 4 yil umr sarflading. Lekin ishlash niyating yo'q. Unga achinma. Bu umr va energiyani sen emas, o'tmishdagi sen sarflab, (hozirgi) senga diplomni sovg'a sifatida berdi. Endi ishlatish yoki ishlatmaslikni o'zing hal qil.

O'tmishdagi sen bankdagi ishni tanlagandi. Shu sababli hozir sen shu yerda ishlayapsanku, lekin yoqmayapti. Yaxshi tarafi 0 dan boshlashning keragi yo'q, oylik maoshing bor, yana ham yaxshi tarafi, sen o'zing talanting bo'lgan sohaga bemalol ketishing mumkin. "O'tmishdagi sen" indamaydi.

Bu formulani - do'stlar, kitoblar, yashayotgan shahring, tumaning, kasb, biznes doirasida bemalol qo'llasang bo'ladi.

@Unco_academy1

2 weeks, 4 days ago
3 weeks, 3 days ago

#KUN_HIKMATI

Yer yuzi bir dashtu sahro boʼlsa, gulzori ilm,
Sahnai olamni boʼlmoqda namudori ilm.
Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
Ilm oʼqi, hech bir jonga yetkurmaydi ozor ilm.

Oraziy

@Unco_academy1

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago