?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Odamlar ikki xil bo'ladi: dardingni aytsang tushunadigan, aytmasang ham tushunadigan.
Ovut meni, ovutgil meni,
Yolg'on dil xunidan to'yganman, degil,
Sochlarim kuylagan barmoqlaring-la
Shodlikmi, baxtmidi suyganman, degil.
Ovut, zardoblari chayqalgan qalbim,
Ertaning haqqidan kechganman, deb ayt.
Ismim aytolmagan o'lim bo'g'zidan,
Haqorat zanjirin yechganman, deb ayt.
Men bu tun yetimman samoga, yerga,
Binafshalar kular bunchalar o'jar.
Hayqir, sevaman, de, toki, dunyoning,
Ko'zlari ko'r bo'lsin, quloqlari kar.
Ovut, og'ushingda to'lg'ongan daryo
Senga singib ketsin telba-yu dalli,
Mensiz ochilajak gullar kulgusin
Bir lahza his etib olay aqalli.
Ovut meni, ovutgil meni,
Tongacha ruhingda qilayin safar,
Shunday ovutgilki, yoshlarim kulsin,
G'amlarim kulsin,
Erta sensiz o'tguvchi damlarim kulsin,
Parvonasi kuygan sha'mlarim kulsin,
Ovut meni, ovutgil meni,
Bizniki de, faqat bizniki -
Jannatdan o'g'irlab olgan bu sahar.
Ovut meni, ovutgil meni...
Halima Ahmad
"Oydin tunlar" da ham oltita tun bor edi, axir.
Hali kechilmagan kechuvday mubham,
Hali sho'ng'ilmagan ummonday sirli,
Hali yozilmagan she'rdayin bekam
Bir yo'lga tushardim, yaralar bitsa...
Najmiddin Ermatov
Birinchi Qor bilan?
**Izhorga loyiq vaqt vidoga ketdi,
Gadodan olganim gadoga ketdi,
Tan yerga ketdi, jon samoga ketdi,
Men sening yoningga keldim, sevgilim.
Ko'nglimiz Vomiqdir, Uzroga qochgay,
Shayximiz San'ondek tarsoga qochgay,
Xudoyim quvgan qul Xudoga qochgay,
Men sening yoningga keldim, Sevgilim!
Mansur Jumayev**
Ҳа, осонликча эришилган нарсанинг қадри йўқ, сени ҳаммадан кўра кўпроқ ардоқлайдиган, тушунадиган одамларни ҳам...
Чанг босиб кетасан хотирларимда,
Кулгумла поклайман тасаввур ичра.
Ҳуркак нигоҳларим сийламоқ учун
Тўсатдан учра!
Атай ўйламайман истиҳолада,
Аммо, кўзларимга чизилган аксинг.
Ҳиргойи қиламан –
совуқ хонада
Қаҳва ифорининг буғланар рақси.
Мени ром этмайди кунларнинг бўйи
Дераза ортида чизилган сурат.
Бошимни елкангга жойлаган кўйи
оламда бир тасвир жонланиб юрар.
Сесканиб тўкилар шаффоф манзара,
Ҳаёни ер тизган кипригим чимдир.
Гўё,
Эски филмларнинг тасмаларидек
Ўйимни кузати-иб ўтирар кимдир.
Кимдирни уйғотган соғинч муҳташам,
Келар-у
дийдорга айлайди каманд.
Ва айтиб чиқаман эрталабгача
Кўзингда кўзимни кўрсатганга ҳамд!
Yo'lin yo'qotsa, odam muhabbatga suyangay,
G'ussaga botsa, odam muhabbatga suyangay...
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago