Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
*Xotirani kuchaytirish, o'tilgan darslarni yodda saqlash va takrorlashga oid maslahatlar
• Talaba saboqning ma'lum miqdorini belgilab olib, uni takror qilishga odatlanishi kerak. Shunday qilsa, qalbi bu odatga qaror topib, o'ylagan maqsadiga yetishadi. Takrorni ushbu tartibda amalga oshirish ma'qul bo'ladi:
– kechagi saboqni 5 marta;
– o'tgan kungi saboqni 4 marta;
– o'tgan kundan oldingi kun saboqni 3 marta;
– 3 kun oldingi saboqni 2 marta
– to'rt kun oldin olgan sabog'ini esa 1 marta takror qilishi maqsadga olib boradi. Mana shu odat takrorlashga ham yodda saqlashga ham mos va yengilroqdir.
*©️ Imom Zarnujiy rohimahullohning
Ilm olish sirlari kitobidan*
P.s. Agar shu takrorlardan keyin ham dars zehningizda qolmayotgan boʻlsa, takrorlar sonini har bir kunga biroz oshirishingiz mumkin. Shu o'rinda "O'rgana olmayapman" bahonasini o'rniga "Takror qilishga sabr qila olmayapman" degan bahona ishlatsangiz adolatdan bo'lar edi.
O'rganib bo'lmaydigon ilm yo'q o'rgana olmaydigonlar bor.
Qurbonaliyev Bobur.
#abituriyent_2025
#fanlar_majmuasi
*⚡️Abituriyentlar diqqatiga!*
*📚* 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.
📌 Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
👉 Agentlikning rasmiy sahifalari**:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
**Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
📆 2025-yil 6-yanvar kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da ovozli chat** o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘QITUVCHILAR HAQIDA HAQIQATLAR**
☆Dunyoda bitta kasb bor: o‘qituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.
☆Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.
☆O‘qituvchi bir umr bola bo‘lib qoladi.
☆O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, do‘st bo‘la oladi.
☆O‘qituvchida otaning qattiqqo‘lligi, onaning mehri bo‘lishi kerak.
☆Hech kimning 30 nafar farzandi yo‘q. O‘qituvchida esa bor.
☆Hamma o‘z bolasini sevadi. O‘zganing bolasini sevish, unga ta’lim-tarbiya berish esa har kimning ham qo‘lidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak bo‘lishi kerak.
☆Bolalarni seva olmagan kishidan o‘qituvchi chiqmaydi.
☆O‘qituvchilik--bu hali ustozlik degani emas.
☆O‘qituvchilik--bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.
☆Hayotingiz davomida hech bo‘lmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.
☆O‘quvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi ko‘rishlarini istayman.
☆«Darsimda pashsha uchsa bilinadi”-deydigan o‘qituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.
☆Amir Timur dunyoni tig‘ bilan, Navoiy qalam bilan olgan bo‘lsa, ustozlar dunyoni bo‘r bilan oladi.
☆Bu hayotda oddiy sinf rahbar bo‘lmaydi. Sinf rahbar bo‘ldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qo‘yib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.
☆Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas’uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan o‘qituvchining o‘zini «tashlab” yuborish kerak.
☆Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz bo‘lsa.
☆Haqiqiy o‘qituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.
☆Eng yomon o‘quvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi o‘quvchiga alishmayman.
☆O‘quvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat,ordam so‘rayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak bo‘lsin.
☆Hech qachon o‘quvchilaringizga odam bo‘lmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yo‘q.
☆Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.
☆Biz--ustozlar o‘quvchilarimizga maktabda emas, hayotda a’lochi bo‘lishlari uchun ko‘mak berishimiz kerak.
☆Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya bo‘lishi kerak.
☆Shogirdlariga faqat ta’lim bergan o‘qituvchi mutaxassis tayyorlaydi.Shogirdlariga ta’lim-tarbiya bergan o‘qituvchi insonni yetishtiradi.
☆O‘quvchingiz sizni ota-onasining noo‘rin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.
☆Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan ko‘ra,shogirdlarining yutuqlariga ko‘proq quvonadi.
☆Yuksaklarga chiqmoqchi bo‘lsangiz, pastga tushib o‘quvchilar bilan birga bo‘ling. Kun kelib ularning o‘zi sizni yuksaklarga olib chiqadi.
Ustozlarimiz sog' bo'lsinlar!
🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩
🔔Bugun quiz test bor.*📣*Boshlanish vaqti: 19 : 00*ℹ️*Mavzusi: aralash*🏠*Manzil: @kimyoquiz1
Boshini tosha urib, doni elekdan o'tmay .
Musht urib, o't ichina solmasalar non o'lmas.
So'fi Ollohyor r.a.
Dehqon sabr bilan ekinni parvarish qilmasa, hosilini yig‘ib ololmaganidek, talaba ham dars mashaqqatlariga bardosh qilmasa, ilm egallay olmaydi.
Oliy maqsadlarga faqatgina mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tish va alamli g‘am-g‘ussalarni boshdan kechirish bilan erishiladi.
Shunday ekan, talaba do‘stim, sabrni o‘zingizga qalqon qilib oling!
🙂barchaga raxmat
💙💙💙
Hurmatli ota-onalar va oʻquvchilar
Yangi yil munosabati bilan darslardan quyidagi vaqtgacha dam beriladi.
Kimyo fani Payshanba kundan oʻz vaqtida boshlanadi.
Biologiya fani juma kundan oʻz vaqtida boshlanadi.
Barchangizga yaxshi kayfiyat sihat-salomatlik tilab qolamiz.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago