Канал Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфнинг илмий-маънавий меросларини ўрганиш мақсадида мухлислар томонидан очилган.
Last updated 5 days, 4 hours ago
? Тошкентдаги ОРИГИНАЛ олди-сотди каналига ҳуш келибсиз!
?? Эълон бериш учун: @Toshkent_Uylari_agenti га мурожаат қилинг!
? Тошкентдаги кўплаб уйлар бизнинг каналимизда
? Тел: +99894-939-80-00
Last updated 10 months ago
Last updated 2 years, 11 months ago
#RUHIYAT *📝* IYMON
"Shodlik o‘tar,–derlar,–ey sodda odam,
Hayotga bog‘lanma, foniydir ul ham".
Aytganlari rostdir, ey, do‘stim, ishon,
O‘tkinchidir hatto ko‘rganing har g‘am.
Bulutning ortidan nur sochar quyosh,
Ko‘z ravshan tortadir oqqach sho‘rtang yosh.
Shirinmi, achchiqmi, o‘tgan o‘tadir,
Boqiy faqat iymon–yengilmas bardosh...
🕊Shahobiddin Odil✍****@Shahobiddin_Odil
📝 ИЙМОН
"Шодлик ўтар,–дерлар,–эй содда одам,
Ҳаётга боғланма, фонийдир ул ҳам".
Айтганлари ростдир, эй, дўстим, ишон,
Ўткинчидир ҳатто кўрганинг ҳар ғам.
Булутнинг ортидан нур сочар қуёш,
Кўз равшан тортадир оққач шўртанг ёш.
Ширинми, аччиқми, ўтган ўтадир,
Боқий фақат иймон–енгилмас бардош...
🕊Шаҳобиддин Одил✍
**الْأَخِلَّاءُ يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا الْمُتَّقِينَ
Ўша Кунда(қиёматда) тақводорлардан бошқа дўстлар бир-бирларига душмандир.**
("Зуҳруф" сураси, 67-оят)
O‘sha Kunda(qiyomatda) taqvodorlardan boshqa do‘stlar bir-birlariga dushmandir.
("Zuhruf" surasi, 67-oyat)
@Shahobiddin_Odil
#RUHIYAT *📝* MO‘MIN
Mo‘minga tosh otma, saqla iymoning,
Dardini aritgin, har yerda qo‘lla.
Kerak bo‘lsa moling, hatto ber joning,
Adashsa, so‘kmagin, haq yo‘lga yo‘lla.
Arazlar, g‘arazlar behuda, bekor,
Gina-kuduratdan voz kechgin shartta.
Har mo‘minning senda do‘stlik haqqi bor– Suyanchiq bo‘la bil unga albatta!
Rasulga chin ummat bo‘lay desang gar,
Har bir iymon ahli bo‘lsin qardoshing.
O‘zingga yaxshilik kutsang qanchalar,
Mo‘minga shunchalar fido qil boshing!2018y. 🕊Shahobiddin Odil✍****@Shahobiddin_Odil
*📝* МЎМИН
Мўминга тош отма, сақла иймонинг,
Дардини аритгин, ҳар ерда қўлла.
Керак бўлса молинг, ҳатто бер жонинг,
Адашса, сўкмагин, ҳақ йўлга йўлла.
Аразлар, ғаразлар беҳуда, бекор,
Гина-кудуратдан воз кечгин шартта.
Ҳар мўминнинг сенда дўстлик ҳаққи бор– Суянчиқ бўла бил унга албатта!
Расулга чин уммат бўлай десанг гар,
Ҳар бир иймон аҳли бўлсин қардошинг.
Ўзингга яхшилик кутсанг қанчалар,
Мўминга шунчалар фидо қил бошинг!2018й.*🕊*Шаҳобиддин Одил✍
*📝* MUNOJOT
"Qiyomat" surasin qilib tilovat,
Qalbim faryod urdi, bitdi halovat.
Qo‘rqinch egalladi, xayolga cho‘mdim,
Shodlikni qalbimning tubiga ko‘mdim...
Vaqtiki, jonimiz halqumga kelsa,
Va bizga: "Kim najot berar?" deyilsa,
Va har kim qismatin haq deya bilsa...
Oyoqlar chirmashib, jonsiz yiqilsa... ("Qiyomat" surasi, 26–29-oyatlar ma’nolaridan)
U kunda najot yo‘q bir Haqqdan o‘zga,
Undan o‘zgasi ham ko‘rinmas ko‘zga.
Haydab boradirlar bizni U tomon, (30-oyat ma’nolaridan) Oh, mening ahvolim naqadar yomon...
Garchi inkor emas edi shiorim,
Iymonda o‘tmadi har yo‘g‘-u borim.
Shubhalar aralash tiriklik, korim.
Umid faqat Sendan Parvardigorim!
Uyatdan, vahmdan jonim qolmadi,
Tavbaga daqiqa, onim qolmadi.
Qocharga imkonim, joyim qolmadi.
Odamlik sifati, sonim qolmadi.
O‘z nafsim o‘zimga qarshi guvohdir,
Faqat oqil inson bundan ogohdir,
G‘aflatda o‘tgan u har damim ohdir,
Yolg‘iz iymon bugun menga panohdir.
Holimga voy mening, oh, holimga voy,
So‘ng yana voy bo‘lsin, eh, holimga voy! ("Qiyomat" surasi, 34-,35-oyatlar ma’nolaridan) Iymonim ham chala, amalim kamdir,
Bu mening sharmanda bo‘lganim damdir...
G‘aflatda ekanman, ochildi ko‘zlar,
Ammo, kechdir, endi daftarim so‘zlar...
Ko‘z oldimdan o‘tar birma-bir ishim,
Hatto eng yashirin, pinhon qilmishim.
Yo Alloh, yo Rohiym, yo Haqq, yo G‘affor,
Yolborib so‘rayman O‘zingdan takror:
Sharmanda qilmagin oxirgi damda,
Meni tashlab qo‘yma hasratda, g‘amda.
Zarracha bo‘lsa ham iymonim bordir,
Sen rahim qilmasang, keng dunyo tordir.
Munofiq yo kofir emasman aslo,
Kechirmasang meni, bo‘larman rasvo...
O‘zingdan umidvor bo‘lib turarman,
Adolating emas, Lutfing so‘rarman.
Mayli ming tirilib, ming bor o‘lay men,
Lutfing bilan endi baxtli bo‘lay men.
Bu ojiz qulingga Lutfing bilan boq,
Har bir qilmishimdan etmagil so‘roq.
Tamoman unuttir o‘tgan har ohim,
Qusurim, xatoyim hamda gunohim...
Axir, Sen bilasan mening qalbimni,
Zarracha iymonim hamda qadrimni.
Men Seni Haqq iloh deya bilganman,
Faqat Senga banda, qullik qilganman.
Tan’ olay ayblarim, gunohim bisyor,
Ammo, faqatgina bir umidim bor:
Barcha ismlaring ulug‘dir, biroq,
Latiyf isming qalbga yoqilgan chiroq.
Garchi men eng pastkash, rasvoi olam,
Afvingga, Rahmingga arzimasam ham,
Lutfing Sening mutlaq beqiyos erur,
Shul isming, sifating umidlar berur...
🕊Shahobiddin Odil✍****@Shahobiddin_Odil
Канал Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфнинг илмий-маънавий меросларини ўрганиш мақсадида мухлислар томонидан очилган.
Last updated 5 days, 4 hours ago
? Тошкентдаги ОРИГИНАЛ олди-сотди каналига ҳуш келибсиз!
?? Эълон бериш учун: @Toshkent_Uylari_agenti га мурожаат қилинг!
? Тошкентдаги кўплаб уйлар бизнинг каналимизда
? Тел: +99894-939-80-00
Last updated 10 months ago
Last updated 2 years, 11 months ago