Hoshiyadan tashqari

Description
Millatni uyg'otish - uyg'onganlarning vazifasi!

Cho'lpon
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 week, 6 days ago

*Assalomu alaykum, xayrli kech, qadrdonlar. Bir muddat ayrim sabablarga ko'ra, sizlar bilan vaqt o'tkaza olmaymiz, ya'ni kitoblardan ulashish, taqrizlar va mulohazalar kamayadi.

Bu butkul g'oyib bo'laman degani emas, albatta! O'zimga yoqqanlarini, iloji boricha sizga ham ilinib turaman.

Sadoqat bilan kutadiganlar, siz bilan hali qiladigan ishlarimiz, o'qiydigan, mag'zini chaqadigan kitoblarimiz, o'rganadigan ilmlarimiz ko'p. Sizlar, ya'ni ikkinchi oilam bilan bog'liq ezgu maqsadlarim talay, Alloh umr berib tursa, harakatdamiz❤️

Kutmasdan chiqib ketadiganlar, qayerda bo'lmang, kitobdan, ilmdan, ma'rifatdan uzoqlashmang! 😊

Sizlarni yaxshi ko'raman!*🤍

Hurmat bilan @Hoshiyadantashqari muallifi

1 week, 6 days ago

*🌿 Yirtiq kalish...

– Bu tilla uzukni men sovg‘a qilganman, e’tiboringiz uchun! Men opketaman!

– Mana bu paltoni men obergandim, tug‘ilgan kunlariga eslasalaring!

– Tilla zanjirim senga qoladi derdilar!

Uch qiz kampiridan qolgan latta putta buyumlarni uch yoqqa tortqilay tortqilay ahiri bo‘lishib olishdi.

Chol ularga birpas tikilib turdiyu, zinada to‘nkarilib yotgan, kampiri kiya-kiya ado qilgan orqasi yirtiq kalishni bir chetga olib qo‘ydi.

– Shu menga qola qolsin, yo‘q demasalaring... onangni eslatib turadi...

Nursiz ko‘zlardan ikki tomchi yosh sizib, behisob ajinlar orasiga singib ketdi.*

2 weeks ago
2 weeks, 5 days ago

Kitob o‘qishni yoqtirib qolishingiz uchun 3 tavsiya

Kitob o‘qish dunyoqarashni kengaytiradi, tasavvurni rivojlantiradi, notiqlik qobilyati va xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, so‘z boyligini oshiradi, charchoqni chiqaradi, hatto ba’zi olimlarning aytishicha, yoshlikni saqlab qolishga ham yordam beradi.

Siz kitob o‘qishni yoqtirmaysiz, ammo adabiyot olamiga yaqinlashmoqchisiz? Ishni nimadan boshlashni bilmaysizmi? Unday bo‘lsa, mana sizga 3 ta tavsiya:🤓

  1. Atrofingizni “o‘qiydigan” odamlar bilan qurshab oling.

Ularga “yetib olish”ga harakat qilasiz, chunki ular bilan suhbatda gap nimadaligini tushunmasangiz, keyin o‘zingizni noqulay his qilishingiz, tabiiy. Bu noqulaylikdan xalos bo‘lish uchun kitobga qanday qo‘l uzatganingizni bilmay qolasiz. Biz kimlar bilan muloqot qilsak, ularga o‘xshashni boshlaymiz. Atrofingizdagi muhitni tanlang – qanchalik o‘zgacha bo‘lmang – muhit baribir sizga ta’sir qiladi. Muhimi, “o‘qiydigan” do‘stlaringiz ijtimoiy tarmoqlardagi “lenta”, yangiliklar va bloglar bilan cheklanib qolmaydigan, adabiyotga rostdan ham qiziqadigan odamlar bo‘lsin. 

  1. Qiziqqan narsangiz bilan kitoblarni bog‘lang

Masalan, agar kinoman bo‘lsangiz – o‘zingizga yoqqan filmlar janridagi kitoblarni tanlab o‘qing. Agar meloman – musiqa tinglashni yaxshi ko‘ruvchi bo‘lsangiz, avvalo, sevimli musiqachilaringiz biografiyasini, musiqiy janrlar yoki musiqiy asboblar tarixini o‘qib chiqing. Kitobga qanday sho‘ng‘ib ketganingizni bilmay qolasiz. Agar siz sportchi bo‘lsangizchi? Sport bilan bog‘liq kitoblar ham oz emas. Bugun istalgan mavzudagi kitobni topish qiyin bo‘lmay qoldi. 

  1. Muhimi, qulay va yoqimli muhit yarating.

Kitob o‘qiyotgan joyingiz maksimal darajada qulay bo‘lsin. Ehtimol, bu balkondagi kreslodir. Balki bir finjon qahva yoki uyqu oldidan karavotda 15 daqiqa yotib kitob o‘qishni istarsiz. Muhimi, sizni televizor, telefon kabi chalg‘ituvchi omillar bo‘lmasin. Yaqinlaringizni nima bilandir band qiling, itingiz yoki mushugingizni ovqatlantiring va sokinlik lahzalaridan kitob bilan birga bahra oling.

#foydali

2 weeks, 5 days ago

‘‘Toshni bir tepdim. Sado chiqmadi.
Bu Xudoga soldim degani...”

Muhammad Yusuf

2 weeks, 6 days ago
3 weeks, 5 days ago

Илм тугамайдиган улкан бойликдир.
Ақл эса эскирмайдиган янги кийимдир…

3 weeks, 6 days ago
3 weeks, 6 days ago

**Chumoli chumolini o‘ligini tashiydi. Biya qulunidan ko‘z uzmay o‘tlaydi. Oqibat faqat odamlarda yetishmaydi. Yer odamni boqadi. Kiyintiradi. Odam esa uni bir kunda sahroga aylantiradi. Suv odamning mardikori: hosil beradi, tegirmon yurgizadi. Odam uni o‘ylamaydi. Dunyodagi hamma narsa odamga yaqinlashishi bilan o‘zligini yo‘qotadi.

©Muhammad Yusuf (Osmonning oxiri) asaridan**

@Hoshiyadantashqari

1 month ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago