?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 2 weeks ago
FARZANDLAR BILAN TANLASHGA arziydigan 8 ta "jang"
Ota-onalik juda qiyin. Bolalar bilan arzimas narsalar ustida talashib tortishmang. Bolalarning sog'lom rivojlanishi uchun ota-onalar o'zlarining "janglarini" tanlashlari kerak. Mana, farzandlaringiz bilan tanlashga arziydigan 8 ta jang:
O'qish jangi:
Farzandlaringizni kitobxon qiling. Chunki o'qish kognitiv rivojlanishdan tortib diqqatni jamlash qobiliyatigacha bo'lgan barcha narsalar bilan bog'liq. Farzandlaringizni hozir yoshligidan o'qishga rag'batlantiribg va majbur qiling.
Tashqarida vaqt o'tkazish:
Farzandlaringizni tashqariga chiqishga majbur qiling. Tabiiy dunyo bizga ko'p narsalarni o'rgatadi. Qolaversa, tashqarida ularni quyosh nuri, toza havo va jismoniy mashqlar kutmoqda. Eng muhimi, tabiat bizning dunyomizda etishmayotgan narsalarga to'la: kashfiyot, hayrat, tinchlik, quvonch.
Ish kurashi:
Farzandlaringizni uyda ishga soling. Qanchadan-qancha ota-onalar o'z farzandlariga uyda barmog'ini ham ko'tarishni talab qilmasligidan xafaman. Faqat qo'lingizda supurgi yoki changlatta bilan o'rganishingiz mumkin bo'lgan bebaho hayotiy tamoyillar mavjud. Ularning ustozi ter - bola ter to'ksin.
Birga ovqatlanish uchun kurash:
Farzandlaringiz bilan oila sifatida birga ovqatlaning. Bizning hayotimiz tinimsiz faoliyatdan iborat bo'lib qoldi. Hamma yugurgan, hamma band. Oilaviy birgalikda ovqatlanish - bu bandlik qurbongohida osongina qurbon qilingan qadriyatimizni tiklash uchun jismoniy pauza. Hech narsa oiladan muhimroq emas.
Zerikish kurashi:
Farzandlaringiz zerikish bilan hamnafas yashasin. Har bir mashinada DVD ko'rsatmang, qo'lida doim telefon bo'lmasin. Bolalarga rejadan tashqari hech narsa bilan shug'ullanmaydigan vaqt kerak. Va qanchalik g'alati tuyulmasin, zerikish - bu mahorat. Ota-ona sifatida zerikish shikoyatlari bilan kurashish qiyin. Ammo agar siz taslim bo'lsangiz va ularning vaqtini mashg'ulotlar bilan to'ldirsangiz, siz bolani bandlikka qaram qilasiz. Ularga bo'sh vaqt ajrating, zerikib qanday bo'lishni va nima qilishni o'zi kashf etsin.
"Birinchi men" jangi:
Farzandlaringizni oxirgi o'ringa qo'ying. Hamma narsa uchun va har doim ham emas. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dunyo ular atrofida aylanmaydi. Taqsimlashda eng kichik bo'lakni bering. Pultdan voz kechiring. Birovning ishlarini bajarsin. Ularning eng sevimli tanlovini doim bo'lmasligini tushunsin. Bu ularga yoqmaydi, lekin ularga kerak.
Noqulay suhbat kurashi:
Farzandlaringiz bilan noqulay suhbatlar o'tkazing. Jinsiy aloqa, jinsini almashtiruvchilar, tana qiyofasi, diniy va madaniy qadriyatlar... Farzandlaringiz ko'zlarini aylantirib, qarshilik ko'rsatadilar. Siz qoqilib, duduqlanasiz. Lekin ular sizning nuqtai nazaringiz, olingan saboqlaringiz va tajribangiz bilan bo'lishishingizga muhtoj va ichidan xohlashadi.
Cheklash kurashi:
Cheklovlar ichida yashashni o'rganish qimmatli hayotiy mahoratdir. Darhaqiqat, kattalardagi ko'plab muammolar ularni qabul qila olmaslikdan kelib chiqadi. Ekranni ishlatish vaqti chegaralari, ovqatlanish cheklovlari, o'yin va mashg'ulotlar cheklovlari - bularning hammasi yaxshi.
Hammamiz ham qiyin bir davrda farzand o'stiryabmiz. Bolalar bilan ko'p hollarda kelisha olmay qolamiz. Talashamiz, tortishamiz. Lekin ota-ona sifatida siz janglaringizni to'g'ri tanlashingiz kerak. Yuqoridagi kurashlar oson emas, lekin ular kurashishga arziydi.
Devid Morris (tarjimada ba'zi shaxsiy fikrlarim ham qo'shilgan)
Iroda Ahmed
3 kun, 7 ta o'yindan keyin, o'g'lim shahmat chempionatidan turib, kun yarmida telefon qilyapti:
- Ayajon, men yutdim!
Ungacha bittagina o'yinni durang qilib, qolganini yutkazgan edi.
- Rostdan!?
- Ha, rostdan!
- Oooo, endi buni qanday nishonlaymiz!? (yutkazganini Tashkent City Mallda nishonlagan edik))
- Aytaymi, qanday yutdim?
- Aha!
- 'Sopernigim' kelmadi 😁
- 🙈🤣
----------
Kechga yaqin qizim notanish nomerdan yig'lamsirab telefon qildi. Nima bo'lganini tushungunimcha hayollarim ming hil vahima to'qidi.
- Ryukzagimni topa olmayappan.
- Voy ho'p qizim, bitta ryukzak ekan, ichida nima bor edi?
- Biser (taqinchoq demoqchi) sotib topgan pulim 😔
- Qancha edi?
- Yetti ming (((
- Ho'p, o'sha pulni beraman senga.
- Men sizga bermoqchi edim uni (((
O'tgan hafta birinchi martta maktabida sotib kelib (o'qituvchilari o'zlari tashkil qilib berishgan) qat'iyat bilan mana bu gaplarni aytgan edi:
- Pul topish menga yoqdi, juda zo'r bo'lar ekan. Yana nimalardir sotgim kelyapti, biznes qilgim kelyapti.
Mingta nazariyadan bitta amaliy ishni foydasi.
6-7 yoshligida o'xshash tajriba qilgan edi, lekin u paytda ta'siri bunchalik bo'lmagandi. Yaqinda InshaAlloh 10 ga kiradi.
Kimda shunday dada bo'lsa, 'Safia' da shu 'noma' bor ekan.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 2 weeks ago