Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
*⚡️*✅ «Yurisprudensiya» abituriyentlari diqqatiga: Bojxona institutiga o'qishga kirish uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda.**
📬 Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun arizalar 2025 yilning 1 yanvaridan – 1 apreliga qadar davom etadi.
📥 Nomzodlar qabul bo'yicha doimiy yashash, o‘qish, muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan hududda joylashgan bojxona boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.
◾️ Maʼlumot olish uchun, Hududiy bojxona boshqarmalarining telefon raqamlari Bojxona qo‘mitasining veb-sayti (https://customs.uz/uz/) “Hududiy boshqarmalar” ruknida qayd etilgan.
🏢 Institutda o‘qish kunduzgi shaklda, ta’lim muddati 4 yil, iqtisodchi va huquqshunos mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanadi. O‘qishga qabul qilinganlar to‘liq davlat granti asosida o‘qitilib, bepul formali-kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.
📊 Bojxona institutida o‘qish davri bojxona organlarida xizmat qilgan davrga qo‘shiladi.
💻 Talabgorlar bojxona institutiga tanlov bosqichlari va belgilangan me’yorlar bilan Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
*✅ «Yuridik ta'lim»: Eslatib o'tamiz Bojxona qo'mitasining Bojxona institutida 2024-2025-o'quv yilidan boshlab, «Yurisprudensiya: iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash»* ta'lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi asosiy fanlari quyidagicha belgilangan:
*◾️ 1—fan: «Huquqshunoslik fanlari».
◾️ 2—fan: «Chet tili»*
♻️ Abituriyentlarga yuboramiz.
*© Manba: «Yuridik ta'lim».*
📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
✅ @YURIDIK_TALIM
⚡️*✅ HMQ Akademiyasi “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul davom etmoqda.*
Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qilish tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1) dastlabki tanlov2) maxsus psixologik tanlov3) yozma imtihon (diktant)4) test
Nomzod o‘z hujjatlarini harbiylashtirilgan yoki harbiylashtirilmagan soha bo‘yicha topshirishi lozim.
Nomzod joriy yilning 1-martiga qadar https://my.uzbmb.uz ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Shuningdek, nomzod ko‘rsatilgan muddatlarda:
1) harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy ichki ishlar organlariga;
2) harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
💻 Bakalavriatga kirish bilan bog‘liq savollarga 71 202-04-96 (ichki 1727; 1991) telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
✅ @YURIDIK_TALIM
⚡️ **Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat** imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
*❗️*Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
✅ @YURIDIK_TALIM
⚡️✅ Maktablarda qishki taʼtil 29-dekabrdan, III chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi
? Ota-onalar, oʻquvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda oʻquv jarayonlarining uzluksizligini taʼminlash maqsadida qishki taʼtil kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.
? Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga oʻtkaziladi hamda oʻquv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
? ??????? ???????:
✅ @YURIDIK_TALIM
*⚡️*✅ 2025-yil 1-yarmida Huquqshunoslik fanlaridan Milliy sertifikat imtihonlari tashkil etilmaydi.**
? BMBA tomonidan umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari jadvali eʼlon qilindi.
??? Jadvalga koʻra umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 9 ta – ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilishi aytib oʻtilgan.
? BMBA tomonidan eʼlon qilingan roʻyxatdan yangi fanlar, shuningdek Huquqshunoslik fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari oʻtkazilishi nazarda tutilmagan.
✅ Buning asosiy sababi sifatida esa «Yuridik taʼlim» kanali manbasiga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritilmagani hisoblanadi. Ushbu Hukumat qaroriga Huquqshunoslik fanlaridan ham Milliy sertifikat imtihonlari tashkil etish belgilanidan soʻng bu borada yangilik boʻlishi mumkin.
*© Manba: «Yuridik ta'lim».*
? ??????? ???????:
✅ @YURIDIK_TALIM
✅ Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi???? Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (foiz hisobida).
**Majburiy fanlar:
1️⃣ Ona tili (oʻzbek):** — Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.
*2️⃣ Ona tili (rus):* — Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.
*3️⃣ Ona tili (qoraqalpoq):* — Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.
*4️⃣ Matematika:* — Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.
*5️⃣ Oʻzbekiston tarixi:* — Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.
? Yuridik taʼlim: Eslatib oʻtamiz majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan birinchi murakkablik darajasida bo‘ladi.
*© Manba: «Yuridik ta'lim».*
? ??????? ???????:
✅ @YURIDIK_TALIM
*? *Konstitutsiya kunida sovgʻalar yutib oling.
✅ Bayram munosabati bilan @huquqiyformat kanaliga obuna boʻling va sovgʻalar yutib olish imkoniga ega boʻling.
➡️ Batafsil: @huquqiyformat
Oliy sud eng oxirgi najotingiz emas. Konstitutsiyaviy sudga ham murojaat qilishingiz mumkin.
2022-2023 yillarda jami 2 850 nafar fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilgan. Lekin afsuski, bu ko‘rsatgich o‘ziga nisbatan qonunchilik normalarini qo‘llanilishidan norozi bo‘layotgan shaxslarning yarmini ham tashkil qilmaydi.
Murojaatlarning asosiy qismi Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelibdi. Biroq, qolgan hududlarda qonunlar to‘g‘ri talqin qilinayotganidan va to‘g‘ri qo‘llanilayotganidan dalolat bermaydi. Bunday fikrlashimizga albatta yetarlicha asoslarimiz bor.
Shunday ekan, Konstitutsiyada fuqarolar va yuridik shaxslarga sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga shikoyat qilish (sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingandan so‘ng) huquqidan foydalanishga chaqirib qolamiz.
© Advokat Abdumalik Abdullayev.
? ??????? ???????:
✅ @YURIDIK_TALIM
Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin shaxs afv etildi
Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
? ??????? ???????:
✅ @YURIDIK_TALIM
*✅ Oʻzbekistonliklar Konstitutsiya kunida ketma-ket 3 kun dam oladi*.
8-dekabr bu yil yakshanba kuniga toʻgʻri keladi, shuning uchun qoʻshimcha dam olish kuni 9-dekabr dushanba kuni boʻladi.
Shunga koʻra, “besh kunlik hafta”da ishlayotgan oʻzbekistonliklar ketma-ket 3 kun, “olti kunlik hafta”da esa 2 kun dam oladi.
? ??????? ???????:
✅ @YURIDIK_TALIM
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her