Abdumannon|blog

Description
Asosan Pedagogika, Taʼlim mavzularida fikrlar va iqtiboslar.
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 6 months ago

#maktub
.........., do‘stim!

Senga bu maktubni yozarkanman, insonning bilim olishdagi asosiy yo‘lboshchisi haqida fikr yuritmoqchiman. Biz hayot yo‘limizda ko‘p narsalarni kitoblardan, tajribadan yoki o‘z xatolarimizdan o‘rganamiz. Ammo, eng katta o‘rgatuvchi — bu ustoz, ya’ni bizga nafaqat bilim, balki to‘g‘ri yo‘ldan yurishni o‘rgatuvchi insondir.

Bilim olishning asl mohiyati nima? Hayotni anglash, balki yaxshi inson boʻlish yoki toʻgʻri qarorlar qabul qilishni oʻrganishdir. Bu yoʻlda ustoz faqat ma’lumot yetkazuvchi emas, balki shaxsiy namuna hamdir. Axir shogird kitobni eshitib emas, ustozining hayotini kuzatib o‘rganadi.

Yomon o‘qituvchi faqat gapiradi. Yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. Zo‘r o‘qituvchi esa amal bilan ko‘rsatadi. Axir shogirdning eng yaxshi tarbiyachisi — bu o‘qituvchining o‘zi. Agar ustoz adolatli bo‘lsa, shogird ham adolatni o‘rganadi. Agar ustoz samimiy bo‘lsa, shogird ham shunday bo‘ladi. Shuning uchun ham, biz faqat o‘rgatish emas, balki shogirdga qanday yashashni ko‘rsatishimiz lozim.

Ba’zan ustoz shogirdining xatolaridan ranjiydi, uning dangasaligidan hafsalasi pir bo‘ladi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, ular atayin qilishmaydi, toʻgʻri qaror qabul qila olishmaydi xolos. Shogirdni tanqid qilish oson, uni tushunish esa qiyin. Ammo, do‘stim, biz og‘ir yo‘lni tanlaganmiz. Biz sabr qilishni o‘rganishimiz kerak, chunki haqiqiy bilim hech qachon shoshilib kelmaydi.

Ustozning maqsadi shogirdni o‘zidan ham ustun qilishdir. Agar shogird bir kun kelib, ustozidan ham dono bo‘lsa, bu ustozning eng katta g‘alabasidir. Chunki haqiqiy ustoz o‘z shogirdlari orqali abadiy yashaydi.

Shuning uchun, doʻstim ....., agar sen kimningdir ustoziga aylansang, shuni unutma: sen shogirdga nafaqat bilim, balki o‘zingni ham o‘rgatasan. Sen qanday bo‘lsang, shogird ham shunday bo‘ladi. Shunday ekan, o‘zingni tarbiyalamay turib, boshqalarni tarbiyalashga intilish — bu ma’nosiz ishdir.

Men senga o‘zimning do‘stona maslahatlarimni berdim. Endi esa sening ustozing vaqt bo‘lsin. U senga haqiqatni o‘rgatadi.

(Senekaning Lutsiliyga yozgan xatlaridan ilhomlanib)

Abdumannon blog

1 year, 7 months ago

Deysan dushmanlarsiz o'tdi bu hayot
Nahot sharaf bo'lsa, bundayin isnod!
Kimda ustun bo'lsa nomus, or va shon
Uning hayot yo'li o'tmagay oson!

Toptab tashlamading sotqin kimsani
Tan ol qo'rqoqlarning bo'lmas dushmani!

Charles Mackey

1 year, 7 months ago
1 year, 7 months ago

Ogʻir kunlar boshinga tushganida "Hech kimga kerak emas ekanman", deb oʻylama. Sen boshqa kunlari ham hech kimga kerak emassan.

?

1 year, 8 months ago
1 year, 8 months ago

Baxtiyor ustozlar mavjud boʻlmas ekan, yaxshi taʼlim ham boʻlmaydi!!!

1 year, 11 months ago

"Olimpiadalarda ishtirоk etish uchun oʻquvchi tanlanayotganida, oʻtilgan mavzular boʻyicha "aʼlochi", lekin miyadagi yodlab оlingan bоgʻlamga aniq mоs kelmaydigan savоl tushganda esankirab qоladigan oʻquvchidan koʻra, aksincha, bir qarashda oʻrtamiyona koʻrinadigan, birоq mustaqil va ijоdiy fikrlay оladigan oʻquvchilarni tanlagan boʻlar edim."

Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo'ladi

2 years, 2 months ago
2 years, 2 months ago
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid