Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Youtubeda faoliyat boshlash qiyinroq jarayon, biror mavzuda ssenariy yozishdan tashqari texnik ishlar ham vaqtni oladi. Ko‘pchilik bizdan norozi bo‘ladi. Youtube kitob haqida videolar yo‘q, deb. Sekinlik bilan bu so‘rovlar qondirilyapti, endi faqat sizdan faollik talab etiladi.
"BirBurchak" blogi muallifi Muhiddin aka faoliyatlarini Youtubega ko‘chiribdilar. Bu ishlarini doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Kitoblar yanada yaqin bo‘lishni istasangiz, albatta ko‘ring. Sizga arzimas bo‘lgan izoh yozish, "yoqdi"ni bosish, do‘stlarga tavsiya qilish, blog egasi uchun katta yordam bo‘ladi.
Videoni ko‘rish uchun:
https://youtu.be/dXMXW_lIaVg?si=M-NUpPSuKTWy9Nzo
P.S: mavridi bo‘lganda aytib qo‘yay, Begzod degan bola 20-yanvardan keyin sizga "chotki" video olib beraman degan, faqat unga bitta chopon olib bersam bo‘ldi ekan ?**
Usmon Azim daho
Shaxriyor haqiqiy repper
11-yanvar shanba kuni “Akademnashr” nashriyoti tomonidan boshlangan katta loyiha “Izlam” ruknining 2-fasl kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Ajoyib taqdimot boʻlishiga ishonchim komil, nasib qilsa koʻrishamiz.
Oxirgi voqealardan keyin bir haqiqatga amin boʻldim. Biz jamoa boʻlib harakat qila olmaymiz. Doim futbolni tanqid qilamiz, jahon chempionatiga chiqa olmasligimiz sababi ham shunda. Yakka kurashlarda ustamiz.
Ziyoli deymiz, yana qanaqadir odamlar, ammo hammasi oʻzi kurashganda kuchli.
Marojni yeb kelsa ham mayli edi.
2025-yildagi rejalarim orasida shaxsiy brend va “KitobHouse” blogiga bogʻliq maqsadlar ham bor. Ortda qolgan yil ikkalasi uchun choʻkish yili boʻldi. Deyarli hech narsa qilmadim. Faqat umumiy reklamalar sababli telegram kanalimda obunachi koʻpaydi. Aynan blogim sababli “Zabarjad Media”dan taklif tushgan, buning ortidan marketing sohasiga qadam tashlayapman. Qaysidir ma’noda blogim pul olib kelyapti.
Oldindagi 360 kunda eski darajaga qaytish va yuqorilash vazifasi turibdi. Shunga monand berilayotgan kontentlarda ham oʻsish kuzatilishi zarur. Qiziqarli, jiddiy va tanqidiy mavzular boʻladi, albatta. Shunday ekan, muhim eslatmalarni bildirishim zarur.
❗️”Zabarjad Media” nashriyotidagi faoliyatim “KitobHouse” blogidagi postlarga ta’sir qilmaydi;
❗️Blogni 2022-yildan buyon yurgizib kelaman, demak oldindan turli mavzudagi postlar boʻlgan bundan keyin ham boʻladi;
❗️Shu vaqtgacha biror material buyurtma asosida qoʻyilmagan, pullik reklama olinmagan;
❗️Blogning asosiy maqsadi faqat kitobxonlar manfaatiga xizmat qilish;
❗️”KitobHouse” sahifalari(Youtube, Telegram, Instagram)da e’lon qilinadigan har qanday material blog egasining shaxsiy fikrlari mahsuli;
Obunachilarda iltimos qiladiganim, kanal faoliyatini nashriyotdagi ishim bilan bogʻlamang. Doimo qaysi nashriyot boʻlmasin qoʻllab-quvvatlaganman, kamchiliklari boʻlsa aytganman.
2025-yildagi rejalarni amalga oshirishdan oldin ta’kid sifatida yuqoridagilarni yozishni lozim topdim.
?Hurmat bilan Choponli aka
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago