TAQRIZLAR

Description
Iqtiboslar: @akadem_iqtibos
Mundarija va fragmentlar: @akademkitoblar
Asosiy kanal: @akademnashr
Onlayn xarid: @akademsavdo
Guruh: @akademnashr_uz
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

4 weeks, 1 day ago
Мен нега чуқур ўйлашни истамаслигимни тушунтирувчи …

Мен нега чуқур ўйлашни истамаслигимни тушунтирувчи ёхуд битта гап учун 260 сўзни сарф қилган ва минглаб гапларни битта сўзга сиғдира олган асар ҳақида

*Спойлерларсиз

Мурод Човуш «Ҳеч»

Қўлимга ушбу китобни олиб ўқишни бошлаганимдан сўнг, ҳар доимгидек, уни бошқа бир китобга ўхшатиш, таҳлил қилишга уриниб, икки варақдан кейин китоб ўқиётганимни унутиб қўйиб, худди хаёли севгилисига кетиб овқатланаётган ва бир вақтнинг ўзида овқатланмаётган ўсмирга тақлид қилаётганимни тушуниб ҳамда алалоқибат яна бир неча ойдан сўнг барча сатрлар тугагач аста ўзимга келиб, шу алфозда атиги 60 бетни қорайтирган китобни Толстойнинг «Уруш ва тинчлик» асарига сарфлаган вақтимдан-да кўпроқ муддат ичида тугатганимдан ҳайратда лол бўлиб турган миямда барибир солиштириш, таҳлил қилишга ҳаракат қилиш кераклигини ўйлаб, биринчи учрашувимизда телбанамо, иккинчисида даҳо, учинчисида яна биринчи учрашувимиздагидек кўринган Мурод Човушнинг «Ҳеч»ини, аслида «ёпишмаган гажак»дек туюлса ҳам, мен севган икки асар – америкалик мифшунос олим Жозеф Кемпбелнинг «Бир минг қиёфали қаҳрамон»ига (оригинал номи “The Hero with a Thousand Faces”) ва ўзбек ёзувчиси Омон Мухторнинг «Тўрт томон қибла» трилогиясидаги «Минг бир қиёфаси»га ўзимча солиштириб, кейин фикримдан қайтиб, сўнг яна таҳлил қилишни бошладим: Пруст, Вулф, Жойс, Фрейд, Фром сингари «кўп фикрлаб юборувчилар» юқорида таъкидланган асарлар муаллифларининг алоҳида эътиборига тушганлигиданми, учаласи ҳам аксарият китобхонлар учун бошланишига зерикарли, тушунарсиз, маъносиз ва аҳмоқона туюлади, қолипларга тушмайди; қаҳрамонлар «ҳеч» нарса учун курашиш чақириғини олади, йўлга тушади, синовдан ўтади, уйига қайтади ва «ҳеч» нарсани топмаганини тушунади; тўсатдан узвийлик йўқолиб қолади, бошқа оламларга тушиб қоласиз; аввалига сатрларни, кейин варақларни, охирида асарни тушундим деб ўйлайсиз, фикрингиздан қайтасиз, қайта-қайта ўқиб чиқасиз, айнан шу жараён жизғанак бўлган камғоқ сингари айланиб, бепоён ва борсакелмас чўлга етаклаб кетади; бир қарашда мифга, яна бир қарашда абсурдга, трактатга ўхшаб кетади, жанр, йўналиш бўйича қай таърифни берсангиз ҳам якунда барибир мавҳумликка ғарқ бўласиз; йигирмадан ошганлар учун мўлжалланган (ундан кичиги асарни яхши тушунмаслиги турган гап).

Шунча тушунарсиз, телбаларча катта ва абсурд бўлган матнни оз бўлса ҳам англаган бўлсангиз, демак, бунақанги гаплар жуда кўп учрайдиган асар атмосферасига оз бўлса ҳам тушиб олиш орқали биринчи қадамни ташладингиз, энди бир неча ой давомида миянгизнинг аввал ишлатилмаган бироз туброқдаги қисмини ишлатиш (балки шарт ҳам эмасдир) учун китобни ўқиб кўришингиз мумкин. Буни тавсия қиламан ва қилмайман. Тугади.

https://www.facebook.com/share/p/TYADErhfucACJKYN/?

1 month, 1 week ago
1 month, 2 weeks ago

Bu dunyoda har kimning o‘z Puankaresi bor. Inson maqsadsiz yasholmaydi. Hammaning maqsadi mavjud. Ammo shu maqsadlar turlicha bo‘ladi. Kimdadir katta, kimdadir kichik, kimdadir esa oliy. Hayotda mayda-chuyda yumushlar, chalg‘ituvchi omillar ko‘p. Siz o‘z yo‘lingizda maqsadingiz sari dadil yurib borarkansiz, ana shu mayda-chuydaliklar, maishiy muammolar, tiriklik tashvishlari yo‘lingizga to‘siq bo‘lib, chalg‘itishga urinadi.

Agar chalg‘ib, birorta to‘siqni bartaraf qilishga ovora bo‘lib qolsak, albatta, ikkinchisi ham tayyor turgan bo‘ladi. Oqibatda umr o‘tib ketganini bilmay qolamiz. Keyin esa biz zabt etmoqchi bo‘lgan cho‘qqida o‘zgani ko‘rgach, dardi dunyomiz qorong‘ilashadi.

Asarda Puankare faqat maqsad emas, vijdon ramzida ham kelgan. Vijdonimizning ko‘plab shartlari mavjud. Shu shartlardan o‘tolsak, birma-bir tugunlarni yechib, masalani isbot qilolsak, hayotimiz so‘ngida odamiylik cho‘qqisini zabt etganimizni his qilamiz. Aksincha bo‘lsa, vijdonimizni boy berib qo‘ygan hisoblanamiz.

Erkak kishi uchun yaxshi ayol dunyoning yarim matosi. Yarmi esa iymonidir. Shunday ekan juft tanlashda ham har bir shaxs hushyor bo‘lishi, yaxshilab fikr qilishi lozimligi asarda yaqqol ko‘rinadi. Dunyoqarashi, qiziqishlari bir-biriga to‘g‘ri kelgan, o‘zaro yaxshi kelisha oladigan, bir-birini qo‘llaydigan juftliklarning hayoti muvaffaqiyatlarga boy bo‘ladi.

Qahramonimiz kabi ilm yo‘lidagi shaxslarga ilmni tushunadigan, fanni quvvatlovchi qanoatli ayol munosib. Ayoli uchun esa biznesmen, toparmon-tutarmon umr yo‘ldosh uchraganda edi hayotdan rozi yashardi, balki. Ammo unday bo‘lmadi. Ikkisi bir oilada yashardi-yu, go‘yo ikki qutbda edilar. Shuning uchun ham adib hikoya orqali bir-birini yaqin bilmay, o‘zgalar aralashuvi bilan hayot ipini bog‘lash tushunchasini qattiq qoralaydi.

Dunyoga bir bor kelamiz, umr esa o‘tkinchi. Shu o‘tkinchi hayotda barhayot bo‘lish uchun, hechqursa, ketishda ko‘ngil tinchishi uchun odam “nimanidir” uddalagan bo‘lishi kerak. Oliy maqsadingizni o‘ylang. Harakat qiling va o‘zingizni toping, o‘zligingizni isbotlang!

Gulasal Qodirova

4 months, 2 weeks ago
6 months, 1 week ago

Hozirgina yosh o'zbek adibi Xurshid Abdurashidning "Dardisar" romanini o'qib tugatdim. Tugatdim-u, turli o'ylar meni chulg'ab oldi. Bilishimcha, asarning dastlabki nomi "Musofir jin" bo'lgan ekan. Shu nomda qoldirilsa, ma'qul bo'lardi. Nega aynan "Dardisar" nomi tanlanganini unchalik tushunmadim. Mayli, muallif o'z asari to'g'risida mendan ko'ra yaxshiroq biladi deya, bundan bir hikmat izladim.

Asarga keladigan bo'lsak, syujeti juda qiziq. Uzoq yil chiroq tutqunligida yashagan jin ishi yurishmayotgan bir kimsaning sharofati bilan ozodlikka chiqadi hamda aynan o'sha odam tomonidan uning chirog'i "uxlatiladi". Natijada "stolba" ushlab qolgan jin ko'chada qoladi. Yaxshi odamlarning ko'magi bilan boshpanaga ega bo'ladi, ishsiz o'tirmaslik uchun, shuningdek, hujjatsizligi sabab, mardikor bozorga chiqadi. Bozorda turli taqdirlar bilan uchrashib, ularning dardini eshitadi. Muallif shu bahona turli jabhalardagi muammolarni sanab o'tgan.

Romandagi qahramonlar - oramizdagi odamlar. Zamonamizda Hotamga o'xshagan ustamon firibgarlar, Qo'ylibekka o'xshash populist deputatlar, Ixtiyorga o'xshash xomxayol ketidan yurgan olimlar, Jo'lomonov kabi xo'rlangan shifokorlar, Asad muallim kabi obro'si yerdan past muallimlar, Bo'taqul kabi xizmat evaziga tuxmatga uchragan mahalla raislari, Kattakonov kabi kursisini yo'qotmaslikka jahd qilgan amaldorlar, Jomurod kabi iste'dodini sharobga almashgan xofizlar juda ko'p. Bir so'z bilan aytganda, jamiyatdagi turli sohalardagi muammolarni turli qahramonlar tilidan ustamonlik bilan ayta olish - muallif iqtidoridan darak.

Tarix fanida o'tgan zamondagi voqealarni jonlantirish uchun turli metodlardan foydalaniladi. O'sha davrga mansub arxeologik yodgorliklar, yozma manbalar, moddiy ashyolar bilan bir qatorda badiiy adabiyot namunalari ham o'sha davr odamlarining o'y-xayollari, maqsadlari, muammolarini hujjatlashtirishda katta rol o'ynaydi. Shu paytgacha XXI asrning ikkinchi va uchinchi o'n yilliklari badiiy tasvirlangan adabiyot namunalari mavjud emasdi. "Dardisar" romani mazkur bo'shliqni to'ldira oladi deb bemalol ayta olaman.

Lekin asar va muallif atrofida tor doiralarda aylanayotgan ba'zi gaplar hafsalamni pir qildi. Turli platformalarda Xurshidga qarata balandparvoz so'zlar bilan tabrik yo'llab, o'zaro suhbatlarda asarni o'qish rejada yo'qligi haqida maqtanib, "shu qoluvdi endi" deb  kulganlarni ham ko'rdim. Ikkiyuzlamachilikning oliy ko'rinishi. Yana "o'zbek yozuvchilari asar yozmay qo'ydi" deb tarmoqda jar solib, ochko ishlaydiganlar ham shular. Mana yozildi-ku. Syujet, kompozitsiya, kulminatsiya, tugun, yechimlari tobida, fantaziya ancha kengligi bilingan. Juz'iy kamchiliklar mavjud bo'lishi mumkin, biroq shuncha yil qurib-qaqshab, sahroga aylangan o'zbek adabiyotida suv paydo bo'ldi-ku! Nega yosh ijodkordan Kafka yoki Bulgakovdek yozishni talab qilyapmiz?  Orqavarotdan mensimay, "o'zi o'qishga yararmikan" deb yurganlar, sal o'zingizni yig'ishtirib oling.

Xullas, milliy adabiyotimizni qo'llab quvvatlashimiz shart va zarur. Asarni albatta o'qing.

© @mahinsworld

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago