Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 1 Woche her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Unutish baxona
Raxmat qiyomatligim boringa shukur☺️?
Layk bosvorila yurakchali?
SIZ SIZ YASHASH QIYIN BO‘LYAPTI ОТА.!@duetsherlar Yolg‘izlanib qoldim bugundan boshlab,
Qolaverdim mana ko‘zlarim yoshlab,
Kunlar o‘tayotir yuragim g‘ashlab,
Siz siz yashash qiyin bo‘lyapti ota.@duetsherlar Xuvilladi shunday gullagan bog‘im,
Qulab tushdi shuldam suyangan tog‘im,
O‘chmas bo‘ldi endi yurakda dog‘im,
Siz siz yashash qiyin bo‘lyapti Ota.@duetsherlar Ko‘nib bo‘lmayapti taqdir ishiga,
Ota sizlik azob ekan kishiga,
Non ham botmas ekan hatto tishiga..
Siz siz yashash qiyin bo‘lyapti Ota.@duetsherlar Ko‘mayapti meni tashvishu g‘amlar,
Bilinmoqda ba’zan ba’zi bir kamlar,
Xiralashib qoldi ko‘ksimda shamlar,
Siz siz yashash qiyin bo‘lyapti Ota.@duetsherlar Na bir suyanchim bor na bir tayanchim,
Sog‘inchlarda yonib bormoqda ichim,
Yo‘qlamay qo‘ydilar eng yaqin kishim,
Siz siz yashash qiyin bo‘lyapti ota.@duetsherlar Taqdir ekan na chora chidayman,
Xudoyimdan sizga jannat tilayman,
Yolvoraman tushlarimda ko‘rayman,
Siz siz yashash qiyin bo‘lyapti Ota.
?? ER-U XOTIN URUSHI ??
@duetsherlar
Er-u xotin urushi.
Dokaroʻmol qurishi.
Qishda dokaroʻmol ham.
Qiyin ekan qurishi.
@duetsherlar
Biz koʻp kun arazlashib.
Yurmagandik hech qachon.
Bir uyda gaplashmaslik.
Yomon ekan opajon.
@duetsherlar
Erim oʻtar xoʻmrayib.
Men arazda oʻzimcha.
Biz ham anoyi emas.
Izzat talab xonimcha.
@duetsherlar
Toʻldi-yu sabr kosam.
Koʻzim jiqqa yoshlandi.
Dadangg ayt, onangga ayt.
Degan oʻyin boshlandi.
@duetsherlar
Erjonim kelar ishdan.
Onang ovqat qildimi.
Deyman qarachi bolam.
Qozondagi ovqatmi.
@duetsherlar
Erim der shu yerdaman.
Onang koʻrmay qolgan-o.
Ovqatning mazasi zoʻr.
Mehrin qoʻshib qilgan-o.
@duetsherlar
Oʻgʻlim dadajoningga.
Bir gapni aytib qoʻysang.
Oʻn uch yil boʻldi shunday.
Ovqat qilaman bilsang.
@duetsherlar
Hayron qarar bolalar.
Tushunmaydi nima xol.
Urushdimikan bular.
Berib qolishdi savol.
@duetsherlar
Dada urushdingizmi?
Onam, siz ikkovingiz.
Gap pochtachi boʻlyabmiz.
Orangizda yana biz.
@duetsherlar
Gap boshladi erjonim.
Yoʻq urushmadik oʻgʻlim.
Biroz kayfiyatim yoʻq.
Kelmayapdi gapirgim.
@duetsherlar
Men ichimda gapirdim.
Qandoq boʻldi buyogʻi.
Kayfiyat yoʻqmas, zoʻrku.
Tinchib qolgan qulogʻi.
@duetsherlar
Dadasi u, bu deya.
Bosh ogʻritmaydi zinhor.
Xursand boʻlasiz uzoq.
Gapirmay yursa Baxor.
@duetsherlar
Indamay xayol bilan.
Qoʻllarida telefon.
Kimgadir yozyaptilar.
Meni qiynaydi gumon.
@duetsherlar
Eh bekor arazlabman.
Afsus gapirolmayman.
Dadasi kimga yozdiz.
Deya soʻray olmayman.
@duetsherlar
Erim qoʻli tinmasdan.
Nimalardir yozyapti.
Ataylab jilmayishi.
Asabimni buzyapti.
@duetsherlar
Kimga xat yozyaptilar.
Ichim kuyib oʻlay man.
Tortib olsam qoʻlidan.
Deb oʻzimcha oʻylayman.
@duetsherlar
Shu payt Baxor SMS.
Deb! menga xabar keldi.
Xursand boʻlib oʻyladim.
Erimni rashki keldi.
@duetsherlar
Eh turishni qarangda.
Darrov kuchga toʻldimku.
Jim turgandim, bir pasda.
Xurram Sulton boʻldimku.
@duetsherlar
Bizni ham eslovchilar.
Bor ekana eh mana.
Oʻgʻlim telefonimni.
Darrov olib ber qani.
@duetsherlar
Telefonimga qarab.
Oʻgʻlim koʻzi tushganku.
Xursand boʻlmang ayajon.
MChS dan ekanku.
@duetsherlar
Birovga kelgan xabar.
Nima uchun oʻqiding.
Shundoq kayfiyatimni.
Bir lahzada yoʻq qilding.
@duetsherlar
Aytmasa boʻlmasmidi.
Oʻzim oʻzimni yedim.
Jahl bilan, boʻldi bor.
Zaryadkaga qoʻy dedim.
@duetsherlar
Erim qoʻli telefonda.
Haliyam yozayapti.
Koʻring bu yoqda Baxor.
Aqldan ozayapti.
@duetsherlar
Endi oʻrmimdan tursam.
Yana keldi bir xabar.
Voy yana kim, deb koʻrsam.
Dadasi, dan bu safar.
@duetsherlar
Darrov ochib oʻqidim.
Qiziquvchan yoʻq manday.
Labimni burdim goʻyo.
Oʻqimagan odamday.
@duetsherlar
Ammo aniq oʻqidim.
Sabr toqat qilolmay.
Debdi, ertalab beshda.
Uygʻot ishga kech qolmay.
@duetsherlar
Xop boʻladi, deb yozdim.
Koʻp gap bor ertagacha.
Mana ishingiz tushdi.
Borasiz qayergacha.
@duetsherlar
Erta boʻldi soat besh.
Nima qilish bilmayman.
Arazlaganmanku men
Birinchi gapirmayman.
@duetsherlar
Aqliraso ayolmanda.
Zoʻr gʻoya topib qoʻydim.
Turing besh boʻldi deya.
SMS yozib qoʻydim.
@duetsherlar
Uygʻonsa zoʻrku ammo.
Uygʻonmasa ne boʻladi.
Gapning zoʻrin eshitib.
Soxta shoira oʻladi.
? MUALLIF:
✍ BAXORA JOʻRAYEVA
? 12.01.2023. 06:00
? BAXORA JOʻRAYEVA ?
@duetsherlar
? ???????? ???? ???ʼ? ?
????? ?????, ???? ????????
Hayolimdan ketmaysan hamon,
Orzularim aylading armon,
O'z qadrimni bilibman arzon,
Seni sevib, xato qilibman.
✍️ ?????????? ???????????
Hayolingiz oʻgʻirlab olib,
Armoningiz gumonga yoʻyib.
Oʻz qadrimni oʻzim yoʻqotib,
Sizni sevib, xato qilibman.
✍ ?????? ?????
Yuragimni og'ritib mana,
Sevgi deb yondimku yana,
Sen tomonda to'y-u tantana,
Seni sevib, xato qilibman.
✍️ ?????????? ???????????
Ishonibman yuragim sizga,
Pok tuygʻular sarobmi bizga,
Balkim yoqarmi mendan oʻzga,
Sizni sevib, xato qilibman.
✍ ?????? ?????
Yuzimni tark etdiku kulgu,
O'rnini egalladi qayg'u,
Tutqazding qo'llarimga og'u,
Seni sevib, xato qilibman.
✍️ ?????????? ???????????
Shodlik boʻldi menga begona,
Jonim derdim sizni yagona,
Xajringizda men yona yona,
Sizni sevib, xato qilibman.
✍ ?????? ?????
Sevdim degan soxta qalamqosh,
Ozorlaringdan ko'zimda yosh,
Tashlab ketgan bugun bag'ritosh,
Seni sevib, xato qilibman.
✍️ ?????????? ???????????
Majnunin kutgan Layli oʻzim,
Alloh guvoh, haqiqat soʻzim,
Ishqdan yoshlandi qaro koʻzim,
Sizni sevib, xato qilibman.
✍ ?????? ?????
Jonim deya jonimni olding,
Yuragimga ishq o'tin solding,
Endi ko'nglimdan sen qolding,
Seni sevib, xato qilibman.
✍️ ?????????? ???????????
Jonim desam jonim boʻlmaysiz,
Aytsam soʻzim quloq solmaysiz,
Hatto nazarga ham olmaysiz,
Sizni sevib, xato qilibman.
✍ ?????? ?????
Bo'ldi yetarli nag'malaring,
Kerakmas bunday sovg'alaring,
Bosib bo'ldingku tamg'alaring,
Seni sevib, xato qilibman.
✍️ ?????????? ???????????
Yolgʻonlardan yiroqdir qalbim,
Sizni derdim shohiddir Robbim.
Nasib qilar uchrashmoq balkim,
Sizni sevib, xato qilibman.
✍ ?????? ?????
Menga armon bo'ldi muhabbat,
Senga tilayman eng go'zal baxt,
Armon bo'lay senga to abat,
Seni sevib, xato qilibman.
✍️ ?????????? ???????????
Saqlab keldim bergan gulinggiz,
Jannat ifor bergan atringgiz,
Ne boʻlsa Baxtli boʻling mensiz,
Sizni sevib, xato qilibman.
✍ ?????? ?????
12.10.2024
✍️ ?????????? ???????????
?
✍ ?????? ?????
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 1 Woche her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her