1000KITOB

Description
Eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan oʻzbek tiliga o’girish va chop etish boʻyicha "1000KITOB" loyihasining rasmiy kanali.

📧 Murojaat uchun: [email protected]
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

hace 2 meses

📣 “1000KITOB” loyihasi tashkiliy-moliyaviy menejer izlamoqda

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligining eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etish bo‘yicha “1000KITOB” loyihasi tashkiliy-moliyaviy menejer lavozimi uchun nomzodlarni ishga taklif qiladi.

📋 Tashkiliy-moliyaviy menejerning vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹loyiha rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
🔹nashrga tayyorlangan kitoblarni chop etish maqsadida tender jarayonlarini shaffof o‘tkazilishini ta’minlash;
🔹kitoblarni chop etish jarayonida belgilangan sifat talablariga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni olib borish;
🔹nashriyotlar, bosmaxonalar, tegishli mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish jarayonini tashkil qilish hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;
🔹сhop etilgan kitoblar tegishli kutubxonalar, maktablar va davlat idoralariga yetib borishini tashkil etish, ularning hisobini yuritish;
🔹kitoblarning taqdimotlari hamda savdosini nashriyotlar bilan hamkorlikda tashkil etish;
🔹kitoblarning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish;
🔹loyihaga homiylarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
🔹faoliyati yuzasidan Agentlik, Ekspertlar kengashi va jamoatchilikka muntazam hisobot berib borish.

⬇️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

•  oliy ma’lumot;
•  sohada kamida 3 yillik uzluksiz ish staji;
•  davlat tilini mukammal bilish (chet tillarini yaxshi bilish ustunlik beradi);
•  yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajara olish.

Sizga nimalarni taklif qilamiz?

•  shinam ofis;
•  qulay ish rejimi;
•  xorijiy davlatlarga xizmat safarlari;
•  yuqori oylik ish haqi.

📞Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar [email protected] manziliga CV yuborishlari mumkin.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

hace 2 meses

📣 “1000KITOB” loyihasi kontent-menejer izlamoqda

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligining eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etish bo‘yicha “1000KITOB” loyihasi kontent-menejer lavozimi uchun nomzodlarni ishga taklif qiladi.

📋 Kontent-menejerning vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹chop etiladigan kitoblar ro‘yxatini Ekspertlar kengashi bilan hamkorlikda shakllantirish;
🔹Ekspertlar kengashiga kitoblarning ro‘yxatini shakllantirish, tarjimalar va matn tahriri jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
🔹tanlangan kitoblarning mualliflik huquqini qo‘lga kiritish ishlarini tashkil qilish, bunda agar zaruriyat bo‘lsa, tegishli mutaxassislar yordamidan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;
🔹nashriyotlar, shuningdek, har bir kitobga biriktiriluvchi ekspertlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun Ekspertlar kengashiga taklif kiritish;
🔹noshirlar bilan hamkorlikni rivojlantirib borish;
🔹nashr sifatiga mas’ullik, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilinayotgani ustidan doimiy nazoratni olib borish;
🔹Ekspertlar kengashi bilan hamkorlikda tarjima va tahrir maktabini hamda an’analarini shakllantirish va rivojlantirish;
🔹loyiha ofisini boshqarish;
🔹loyiha haqida Agentlik, Ekspertlar kengashi va jamoatchilikka muntazam hisobot berib borish.

⬇️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

• oliy ma’lumot;
• sohada kamida 3 yillik uzluksiz ish staji;
• davlat tilini mukammal bilish (chet tillarini yaxshi bilish ustunlik beradi);
• yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajara olish.

Sizga nimalarni taklif qilamiz?

• shinam ofis;
• qulay ish rejimi;
• xorijiy davlatlarga xizmat safarlari;
• yuqori oylik ish haqi.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar [email protected] manziliga CV yuborishlari mumkin.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

hace 2 meses
1000KITOB
hace 4 meses
hace 4 meses, 2 semanas
hace 4 meses, 3 semanas
hace 7 meses
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago