@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago
Safar...
Men shunday hayotiy tajribaga ega bo‘ldimki, erkak kishi vaqti-vaqti bilan, kamida uch kunga bo‘lsa ham, ayolidan uzoqroqqa safarga chiqib turishi kerak ekan. Bu nafaqat sog‘inish hissini uyg‘otadi, balki ikki juftning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshiradi. Men buni o‘z hayotimda yaqqol sezdim.
Safar paytida inson yonidagi juftining asl qadrini, hayotdagi o‘rnini chuqurroq anglay boshlaydi. Ayolingizning kulgusi, mehribonligi, oddiy so‘zlari, hatto kundalik odatlari ham qadrlanarli bo‘lib tuyuladi. Uzoqlashish bir-birimizni sog‘inishimizga, o‘zaro sovuqchilik yoki mayda kelishmovchiliklarni unutib, munosabatlarni yana yangi muhabbat bilan boyitishga yordam beradi.
Demak, safar – nafaqat uzoqlik, balki yaqinlikni mustahkamlovchi imkoniyat ekan. Agar oilada sog‘lom munosabatlarni saqlamoqchi bo‘lsangiz, ba’zida bir-biringizdan biroz masofa yaratishdan qo‘rqmang. Chunki men o‘z tajribamda shu masofaning naqadar katta iliqlik va muhabbatga aylanishini his qildim.
2024 yil sarhisobi
Mana, audiokitob hamjamiyatimiz faoliyat boshlaganiga to‘rt oy bo‘ldi. Ushbu qisqa vaqt ichida sizlar bilan birgalikda katta yutuqlarga erishdik. Shu vaqt ichida 15 ta audiokitobni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldik va 200 dan ortiq a’zolarni hamjamiyatimizga jamladik. Bu nafaqat mening, balki sizlarning ham qiziqish va ishtiyoqingiz natijasidir.
Audiokitoblarim orasida hayotga yangi qarash beruvchi, ilm va ma’naviyatni boyituvchi, motivatsiya va ilhom bag‘ishlovchi mavzularni qamrab olishga harakat qildim. Har bir audiokitob sizga foyda keltirishi va mazmunli bo‘lishi uchun astoydil ishladim.
Endi esa sizlarga bir savol:
15 ta audiokitobdan qaysi birlarini eshitdingiz va qaysi biri sizni ko‘proq ilhomlantirdi? 2025-yilda qaysi yo‘nalishda audiokitoblarni eshitishni xohlaysiz? Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring, bu kelgusi rejalarda men uchun juda muhim!
Hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun chin dildan rahmat! Birgalikda yanada katta yutuqlarga erishamiz, In sha Alloh!
Navbatdagi audiokitobimiz ayol-qizlarimiz uchun chinakam tuhfa bo‘ladi.
O‘tgan davrlardan ma’lumki, ayollar har bir jamiyatda va har qanday e’tiqodda eng ko‘p muhokama qilingan. Ular inson sifatida qadrlanmagan, kamsitilgan va ko‘p hollarda cheklovlarga duch kelgan. Afsuski, bu kabi holatlar bugungi zamonda ham uchrab turibdi.
Ushbu audiokitob ayollarning aslida qanchalik hurmat va qadriyatlarga loyiq ekanligi, ularning jamiyatdagi o‘rni va qadr-qimmati haqida so‘z yuritadi. Audiokitobning eng muhim jihati shundaki, uni erkaklar ham tinglash orqali ayollarga nisbatan mavjud noto‘g‘ri qarash va tushunchalarni yaxshilik sari o‘zgartirishlari mumkin.
Ertaga ushbu audiokitob taqdim etiladi. Uni tinglab, o‘zgarishga qadam tashlangizga ishonaman!
?Yangi audiokitob chiqdi
Hayotimizda bir daqiqa ichida tog‘dek savoblar olish imkoniyati borligini bilasizmi? Har kuni bandlik va shoshqaloqlik bilan o‘tadi, lekin shu daqiqalarda katta savoblarga erishish mumkin!
“Sanoqli daqiqalarda tog’day savoblar” audiokitobi bilan siz:
- Hayotning har soniyasini foydali o‘tkazish,
- 3, 5 yoki hatto 10 soniyada qanday katta savoblar olish,
- Yengil amallar ila, cheksiz mukofotlarga erishish usullarini o‘rganasiz.
Bu audiokitobni hoziroq "Audiokitob hamjamiyati"ga obuna bo'lib eshitishingiz mumkin!
?1-kun obuna bo'lish BEPUL!
Tashqi ko’rinish.
Tashqi ko’rinish ilk taassurot uchun juda muhim, lekin uzoq muddatli ta’sir uchun faqatgina go’zal tashqi ko’rinish yetarli emas.
Uzoq muddatli ta’sir va ishingizning muvaffaqiyati uchun avvalo nutqingizning chiroyli bo‘lishi va fikrlaringizni aniq, tiniq yetkazib bera olishingiz juda muhim. Agar bir fikrni to'g'ri yetkaza olmasangiz, tashqi ko’rinishingizning zo’rligi o’zingizga hech qanday foyda keltirmaydi.
Shunday ekan, nutqingizni rivojlantirish yo‘llarini o‘ylab ko‘ring. Bu har bir sohada muhim.
3 ta savol.
O’zingizga berishingiz kerak bo’lgan va javobini topish uchun bir soat qorong’u xonada o’tirib, chuqur o’ylashingizni talab qiladigan uchta savolni qoldiraman:
1. Mening hayotimdagi eng katta maqsadim nima va bu maqsad qanchalik to’g’ri?
Bu savol sizni o‘z hayotingiz va maqsadlaringizni qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Har bir harakatingiz kim uchunligini anglaysiz.
2. O‘zimdagi eng kuchli zaiflik nima va bu zaiflikni yengish uchun qanday ichki kuchimdan foydalanishim mumkin?
Bu savol sizni o‘z nafsingizni tahlil qilishga va uni qanday yengish yo‘llarini izlashga majbur qiladi. O‘zingizni qanday qilib yanada kuchliroq qilishingizni chuqur o‘ylashga undaydi.
3. Agar bugun hayotimning oxirgi kuni bo‘lsa, qilgan amallarim va qoldirgan izim meni qoniqtiradimi?
Bu savol sizni hayotingizning har bir lahzasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Har bir amalingiz va qaroringiz Alloh oldidagi javobgarligingizni eslatib, chuqur tafakkurga undaydi.
O’ylayman-ki, o’zingiz bilan bo’lgan bu suhbat sizni boshqa odamga aylantiradi. Sinab ko’ring!
Audiokitoblarim to'lov tizimini qaytadan ko'rib chiqyabman va yangiliklar qo'shish arafasidaman. Shuning uchun menga yordamingiz kerak!
Pastdagi havola ustiga bosib, "So'rovnoma" da ishtirok eting. Bu men uchun muhim! ?
Assalamu aleykum! Salomatmisizlar?
Vanihoyat men aloqadaman!?
?Menga bir maslahatingiz kerak!
Bu kanalni audiokitoblar muhokamasi uchun bag'ishlamoqchiman. Ya'ni chiqarayotgan audiokitoblarim haqida gaplashamiz, eshitganlardan shaxsiy fikrlarni olamiz.
?Chatni yoqib qo'yaman va ajoyib o'zaro bir fikr almashadigan maydoncha bo'ladi.
Shunga nima deysiz? Agar qo'llab-quvvatlasangiz reaksiya bosing! ?
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago