Japanese PRO

Description
Yapon tilini biz bilan birga o'rganing!

⚡️Yaponiyaga oid yangiliklar
? Yangi so'zlar
?Kunlik grammatik darslar
?Animelar
?Yangiliklar
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 месяц, 3 недели назад

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 недели, 1 день назад

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 год, 3 месяца назад

3 months ago

YANGILIK!
❗️20 kishidan iborat, ingliz tilini 0dan o'rganishni istagan chin ma'noda mablag'i yoki kursga qatnashga imkoniyat topolmayotgan o'quvchilar uchun BEPUL online kurs ochaman.
❗️Kurs davomiyligi 3 oy. Elementary darajagcha olib chiqaman.
darslarga hozirda qaysidir guruhimda o'qiyotgan o'quvchilar qabul qilinmaydi??
Murojaat uchun: @Aspiroo ga, tekin kurs deb yozing!
qolganlar bu xabarni xohlovchi insonlarga tarqating!
https://t.me/English_Azam

Telegram

Shunchaki...

Ozgina rivojlanish sari...

*YANGILIK!*
3 months ago
3 months ago
3 months ago

Endi esa savollar bo’yicha ishlash haqida biroz maslahat….

Dastlab moji-goi qismi.

Bu qismda darajalarga (N3, N4, N5) qarab, ajratilgan vaqt har xil: 30, 25 va 20 daqiqa. Shu vaqt ichida siz javoblarni topib, javoblar varaqasiga ham belgilab bo’lgan bo’lishingiz kerak. Belgilashda alohida vaqt ajratilmaydi.

Kanjilarni o’qilishi yoki yozilishi bo’yicha topish topshirig’ida ko’pchilik savollarni o’qib vaqt ketkizishga arzimaydi. Shunchaki tagiga chizilgan so’zga qarab, javobni topish kerak, xolos. Ammo ba’zi kanjilar borki, ularning 2-3 xil o’qilishi bo’ladi va uni gap konteksti orqali topasiz. Eng yaqin misol 1日 so’zi: gap mazmuniga qarab bu so’z ついたち va いちにち deb o’qilishi mumkin.

Moji goining keyingi qismlarida biroz kontekstga qarashga to’g’ri keladi. Ayniqsa oxirgi vazifada bir so’zni 4 ta gapda berib, to’g’ri foydalanilgan gapni topish topshirig’i. So’zni bilsangizku, gaplarni o’qib topasiz javobni. Ammo bilmasangiz ham, ba’zida topsa bo’ladi. 2-3 ta variantda deyarli bir-biriga o’xshash gaplar beriladi. Demak, ular noto’g’ri variantlar.

Aytishadiku: variantlardagi javoblarning yoki 25% ini (ya’ni to’g’risini), yoki 75% ini (barcha xato javoblarni) bilish shart deb.

Bunpou-dokkai qismida….

Bu qismda biror savolni uzoq o’ylamang. Bitta savolda o’ylanib, tosh qotmang. Bilmasangiz, tavakkal qiling. Ammo vaqt ketkizmang. Dokkai qismiga vaqt yetmay qolishi ehtimoli katta.

Dokkaini ishlashda oxiridan boshlang. Oxirgi dokkailarga eng yuqori bal beriladi. To’g’ri, ular katta matnli va biroz murakkab dokkai turi, ammo vaqt sarflab, to’g’ri javobni topsangiz bo’ladi. Oxiridagi reklama yoki e’lonli dokkai turiga ahamiyatli bo’lib ishlang.

Choukai qism esa eng 1-talab: javoblarni darhol javoblar varaqasiga belgilash!
2-si esa maslahat: aytilayotfan ma’lumotlarni qayd etib borish. Chunki hamma narsani ham ssda saqlay olavermaysiz. Kim, nima, qachon, qayerda, qay holda hammasini qayd eting.

3 months ago

Xo’p, ertangi imtihon haqida biroz to’xtalsak….

Kirish soat 12:45 dan boshlanadi. Darajalarga qarab imtihon joyi har xil. N2 va N1 UJC joylashgan binoda bo’lib o’tadi. N5, N4, N3 joylari haqida tepadagi postlarda to’xtalganman.

Kirish uzog’i bilan 13:10 gacha davom etadi. Kechiksangiz, imtihonga kirolmaysiz. Demak, 12:45da albatta ko’rsatilgan joyda bo’lishingiz shart!

Kirganingizdan so’ng imtihon haqida setsumei, ya’ni tushintirish bo’lib o’tadi. U ham 10 daqiqacha vaqt olsa kk. So’ng imtihon savol va javob varaqalari tarqatiladi. Imtihon boshlangach yonga, orqaga, oldinga qarash, ya’ni atrofdagilarning testiga qarash yoki belgi berish qat’iyan man etiladi.

Shubhali harakat qilsangiz, dastlab sariq kartochka, yana takror qilsangiz, qizil kartochka olasiz. Qizil kartochka imtihondan chetlatilganligingizni anglatadi.

Javoblarni belgilashda ehtiyot bo’ling.

Ayniqsa, choukai qismini cd bn birgalikda belgilab boring. Cd tugashi bilan javoblar varaqasi yig’ib olinadi. Ya’ni, agarda siz choukai javoblarini chernovekka yozib o’tirib, keyin javoblar varaqasiga ko’chirmoqchi bo’lgan bo’lsangiz, choukai bo’yicha hammasi “uxlagan” bo’ladi. Ko’chirishga vaqt berilmaydi. Demak, cd ni eshitib darhol javoblar varaqasiga belgilang!

3 months, 2 weeks ago
5 months, 2 weeks ago

https://youtu.be/Ou2vD19laNs?si=tBdNSYQv4YmIjTgr

YouTube

能の体験 和歌山大学の留学生

5 months, 2 weeks ago
5 months, 2 weeks ago
8 months, 1 week ago

Мавзу танлашда биз қандай хатоликларга йўл қўямиз?

  1. Мен магистрлик диссертация мавзусини танлаш муаммоси билан биринчи марта 2008-йил Японияда дуч келганман. Ўша пайт мен Цукуба университетида магистратурада ўқишни бошлаган эдим. Мен томонимдан таклиф қилинган мавзуимга илмий раҳбарим танқидий фикр билдирар экан, у жумладан шундай деди: “Бу мавзуга 12 томлик китоб ёзса бўлади”, “narrow down your topic”. Кейин мавзуим устида ишлаш жараёнида шуни тушуниб етдимки, илмий иш мавзулари ғарб илм оламида (Япониянинг таълими ғарб таълим тизимига асосланган) илмий муаммони чуқурроқ ўрганиш учун мавзу жуда тор доирада танланиши керак экан. Тор доирада мавзулар танлаш Ўзбекистон илм оламида кам учрайдиган феномен. Бизда мавзулар асосан кенг контекстда олинади ва бунинг натижасида муаммо хусусан нимада эканлиги ва нима ечим берилаётганлиги мавҳум бўлиб қолади. Бундай мавзулар асосан дискрептив (мавжуд фикрларни бошқача сўзлар билан қайта баён этиш) характерга эга эканлиги билан ажралиб туради. Менга муҳокама учун келган илмий иш мавзуларидан бири қуйидагича баён этилган эди: “Ўзбекистон ташқи сиёсатининг сиёсий, ҳуқукий ва маданий жиҳатларини тадқиқ қилиш”. Бу мавзуга юқорида айтганим каби 12 томлик китоб ёзса бўлади.

  2. Менга кўп ҳолларда илмий мавзу танлаш учун шогирдлар мурожаат қилишади. Улар орасида энг асосий саволлардан бири – бу “қайси мавзуда илмий ишимни ёзсам бўлади?”. Мен бунга қуйидагича жавоб бераман: “Мен берган мавзуда илмий иш ёзсангиз, янгилик ярата олмайсиз, чунки мен берган мавзу аллақачон мен томонимдан ўрганиб бўлинган, мен мавзуни фақат билган билимим доирасида бера оламан”. Бу савол жавоб диалоги фундаментал муаммо ҳисобланган “илмий қарамлик” (epistemic dependence) маданий масаласига бориб тақалади. “Илмий қарамлик” бу мавжуд илм доирасидан чиқмаган, уни танқид қилмаган ҳолда тадқиқот олиб бориш тушунилади. Кўп ҳолларда бизда ёзилаётган илмий ишлар бор илмий контекстга мослашади ва уни танқид қилмаган ҳолда мавжуд фикрларни умумийлаштиради. Бундай шароитда илмда янгилик бўлиши қийин. Менинг докторлик диссертация мавзуим диссертациямни ёзишни бошлаганимдан тахминан 2 йилдан кейин маълум бўлган. Бу дегани мен ўша ўрганаётган муаммо доирасидаги мавжуд илмий ишларни ўрганиб чиқиб, уларнинг камчиликларини топиб ва шу камчилик асосида ўз ечимимни таклиф қилганман. Мавзу шу ечим таклиф этилган контекстда шаклланган. Бундай мавзуни олдиндан билиб бўлмайди. Сабаби мавзу шаклланиши мавжуд илмни танқид қилиш асосида юзага келишидадир. Биз илмда мавжуд билимларни танқид қилишга тайёрмизми?

Фикр биздан, хулоса сиздан.

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 месяц, 3 недели назад

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 недели, 1 день назад

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 год, 3 месяца назад