ORIENTAL UNIVERSITETI

Description
▫️30+ yo‘nalish
▫️20+ xalqaro hamkorlik
▫️chet elda amaliyot

Batafsil ma’lumot uchun
+998781137686
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month, 3 weeks ago
***?******?******?******?******?***

?????

?QADRLI TALABALAR!

? Oriental universiteti talaba-yoshlarning mustaqil, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida ma’rifat va vatanparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish hamda mustaqil fikr va mulohazalarini bildirish imkoniyatini berish maqsadida "Qozoqboy Yo‘ldoshev, Olim Toshboyev, Ochil Tohir — ma'rifat ulashuvchi namoyondalar" mavzusida insholar tanlovini e'lon qiladi.

?TANLOV TALABLARI:

? Tanlovga faqat berilgan mavzuga doir ijodiy ishlar qabul qilinadi;

? Ijodiy ish insho janriga to‘liq mos kelishi kerak. Ishtirokchi "Qozoqboy Yo‘ldoshev, Olim Toshboyev, Ochil Tohirning ijodiy faoliyati hamda ilmiy merosini o‘rgangan holda, o‘z qarashlarini bayon etishi lozim;

? Insholar faqat yakka tartibda tayyorlanish zarur. Mualliflar jamoasi tomonidan yozilgan insholar bilan tanlovda ishtirok etishi mumkin emas;

? Insho A4 formatdagi qog‘ozga yozma shaklda, ya'ni, qo‘lda yozilgan bo‘lishi hamda quyidagi ma’lumotlar — ismi, sharifi, otasining ismi, fakultetining nomi, kursi, guruhi, ta'lim shakli va mobil telefon raqami ko‘rsatilishi shart;

? Belgilangan talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar tanlovga qabul qilinmaydi;

? Ijodiy ishlar 2024-yil 16-dekabr kuni soat 15:00 ga qadar @Botirov_B_M ga taqdim etishingiz so‘raladi.

Hakamlar hay'ati xulosasiga ko‘ra 1-, 2-, 3-o‘rinlar hamda “Eng namunali insho”, “Eng kreativ insho” nominatsiyalari g‘oliblari aniqlanadi.

? Tanlov g‘oliblariga Oriental universiteti rahbariyatining maxsus diplomi va sovg‘alari topshiriladi.

⭐️Bu tanlov siz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Faol bo‘ling va albatta tanlovda ishtirok eting. Biz sizni kutamiz!

? ORIENTAL Matbuot xizmati

TelegramYoutubeFacebook Web-sahifa Instagram

1 month, 3 weeks ago

???????

? ?????

??????

??????

???????

TelegramYoutubeFacebook Web-sahifa Instagram

1 month, 3 weeks ago
ORIENTAL UNIVERSITETI
2 months ago
**Assalomu alaykum,

Assalomu alaykum,
Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli ustozlar!
Qadrli talabalar!

?? Sizlarni davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma! U xalqimizning irodasi, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyati aks etgan, shuningdek, xalqimiz tafakkurining mahsuli bo‘lgan asosiy Qonundir.

Bosh Qomusimiz – xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimiz taraqqiyoti va erkin huquqiy demokratik jamiyat barpo etishning mustahkam kafolatidir.

Bugun yurtimizda Konstitutsiyamizning 32 yilligi keng nishonlanmoqda! Shu munosabat bilan Oriental universitetining butun jamoasi — professor-oʻqituvchilari, magistr va talabalari hamda ishchi-xodimlarini chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizning ilm-maʼrifat ziyosini olamga yoyib, xalqimiz va jamiyatimizga saodat ulashishdek ulugʻ maqsadlaringiz, ezgu va xayrli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, faoliyatingizda esa omadlar tilayman. 

Nozimjon MAMATOXUNOV,*? *Oriental universiteti rektori

TelegramYoutubeFacebook Web-sahifa Instagram

2 months ago

Oriental universiteti jamoasi ICoMTED 2024 konfrensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi!

Bir necha kun oldin universitetimiz jamoasining Malayziya-Indoneziya ilmiy safariga joʻnab ketishgani haqida xabar bergan edik. Bugun esa jamoamiz Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan ICoMTED 2024 xalqaro konferensiyasida ishtirok etib, katta yutuqlarga erishganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. ????

ICoMTED 2024 doirasida Xalqaro hamkorlik bo‘limi bosh mutaxassisi Abbosxo‘ja Sattorov o‘z taqdimotlari bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! ? Bundan tashqari, talabalarimiz ham o‘z chiqishlari bilan nafaqat universitetimiz, shu bilan birga, mamlakatimiz nomini ham xalqaro maydonda yuqori darajada tanitdilar.

Bundan tashqari, konferensiya davomida Indoneziyaning 6 ta nufuzli oliygohlari bilan yangi hamkorlik memorandumlari imzolandi. ???????

Ilmiy safardan yana koʻplab lavhalar ulashib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Aloqa uchun:
+998781137686

Telegram | Instagram
Facebook | Veb-sayt

2 months ago
ORIENTAL UNIVERSITETI
2 months, 1 week ago

ORIENTAL VA ASBU — MANFAATLI MEMORANDUM
? Avval xabar berganimizdek, Oriental universiteti va Anqara ijtimoiy fanlar universiteti — ASBÜ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi!

? Hamkorlik jarayonlarini ushbu videolavha orqali ko‘rishingiz mumkin!

???????

? Ma'lumot o‘rnida: ASBÜ ijtimoiy fanlar bo‘yicha Turkiyadagi nufuzli davlat universitetlardan biri bo‘lib, tarkibida 7 ta fakultet, 4 ta tadqiqot instituti, 1 ta xorijiy tillar kolleji, 21 ta tadqiqot va amaliyot markazlari hamda 1 ta Sosyokent (texnologiya ishlab chiqarish hududi) faoliyat olib bormoqda.

? E'tiborli jihati shundaki, Sosyokent Turkiya va uning mintaqalaridagi ijtimoiy muammolarni o‘rganish, bartaraf etishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan ijtimoiy innovatsiyalar va tadbirkorlikka ixtisoslashgan Turkiyadagi yagona texnologik rivojlantirish hududi hisoblanadi.

? ORIENTAL Matbuot xizmatiTelegramYoutubeFacebook Web-sahifa Instagram

2 months, 1 week ago
***1️⃣******2️⃣******3️⃣******4️⃣******5️⃣***

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Oriental universiteti va Anqara ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida imzolangan xalqarо hamkorlik memorandumi ASBÜning asbu.edu.tr rasmiy saytida ham e'lon qilindi!

?Batafsil ko‘rsatilgan havola orqali tanishishingiz mumkin!

➡️➡️Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi (ASBÜ) ve Özbekistan’daki Oriental Üniversitesi Arasında İş Birliği Anlaşması İmzalandı!

? ORIENTAL Matbuot xizmatiTelegramYoutubeFacebook Web-sahifa Instagram

2 months, 1 week ago
ORIENTAL UNIVERSITETI
2 months, 2 weeks ago

Yangiliklarda davom etamiz!

Endi faqat talabalar emas, xodimlar uchun ham yangilik! Mashhur Bursa family restorani Oriental universitetining talabalari va xodimlari uchun 10% dan 20% gacha chegirma e’lon qiladi. ?

Chegirma bugun 25-noyabrdan boshlab 15 kun mobaynida davom etadi. Shubhasiz, bu iliq kunlarda qaynoq kofe va mazali taomlar uchun ajoyib imkoniyat. ☕️

Barchani chegirmada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! ?

Aloqa uchun:
+998781137686

Telegram | Instagram
Facebook | Veb-sayt

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her