Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
ANDIJON VILOYATI HOKIMI SOVRINI UCHUN CHET TILLARI OLIMPIADASI
Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan ta'lim muassasalarida taxsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarni xorijiy tillarga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida chet tillari olimpiadasiga start berilmoqda.
Mazkur olimpiadaning tuman, shahar bosqichlari 6-7-yanvar kunlari oʻtkazilib, unda 5-11-sinf oʻquvchilar oʻrtasida ingliz, nemis va fransuz tillari yoʻnalishlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Barcha iqtidorli oʻquvchilarimizni mazkur fan olimpiadasida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
🤩 AGENTLIK TIZIMIDA HOZIRGI KUNDA:*➖ 14 ta Prezident maktabi;**➖ 9 ta ijod maktabi;*
*➖ 2 ta sport maktabi;*➖ 185 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari;**➖ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;* ➖ Fan olimpiadalari markazi;*➖ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti;**➖"Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi* *faoliyat yuritmoqda.
🗣Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.
Medisinaning asoschisi hisoblanadigan shaxs sifatida Gippokrat (b.z.d. 460–370 yillar) tan olinadi. U qadimgi Yunon faylasufi, shifokori va tibbiyotda nazariy asoslarni shakllantirgan shaxs bo‘lib, «Tibbiyotning otasi» deb nomlangan.
Gippokratning tarixiy ahamiyati:
Gippokrat qasamyodi:
Gippokrat etika va shifokorlik kasbining axloqiy asoslarini belgilagan. Uning «Gippokrat qasamyodi» hozirgi kunda ham shifokorlar uchun axloqiy qoidalar asosida xizmat qiladi.
Tibbiyot nazariyasi:
Gippokrat inson organizmini 4 asosiy yumor (suyuqlik) – qon, balg‘am, sariq va qora safro bilan bog‘liq deb hisoblagan. Bu nazariya o‘sha davr tibbiyotining asosi bo‘lgan.
Hujjatlashtirilgan tadqiqotlar:
Gippokrat va uning shogirdlari tomonidan 70 dan ortiq tibbiy asarlar yozilgan. Ularda kasalliklarni tashxislash va davolash bo‘yicha nazariy va amaliy maslahatlar keltirilgan.
Tabiatga yondashuv:
Gippokratning fikricha, kasalliklar tabiiy sabablarga asoslangan bo‘lib, ularni ezoterik yoki diniy sabablar bilan izohlash mumkin emas. Bu yondashuv tibbiyotni ilm-fanga yaqinlashtirgan.
Shaxsiy yondashuv:
U har bir bemorga individual yondashish zarurligini ta’kidlab, davolash jarayonini bemorning holatini inobatga olgan holda tashkil qilishga chaqirgan.
Gippokratning o‘rnini to‘ldiruvchi shaxslar
Garchi Gippokrat tibbiyotning asoschisi sifatida tan olinsa-da, uning ilmiy asoslarini rivojlantirgan boshqa muhim shaxslar ham bor:
Ibn Sino (Avisenna): Uning «Tib qonunlari» asari butun dunyo tibbiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Galen: Qadimgi Rim shifokori bo‘lib, tibbiyot anatomiyasini rivojlantirgan.
Shunday qilib, tibbiyotning asoschisi sifatida Gippokrat ko‘rsatilsa-da, uning ilmiy asoslari keyingi asrlarda rivojlantirilib, zamonaviy tibbiyot shakllantirilgan.
#Tabrik Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!
Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!
Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.
Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.
Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.
Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.
Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
Muhtaram ustozlar!
Aziz o‘quvchilar!
Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan samimiy qutlayman!
Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila bo‘lib quvonarli marralarga erishdik.
Boshlanayotgan yangi yilda yangi maqsadlar, yangi marralar bizlarni kutib turibdi.
Ishonamanki, jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, bor bilim va imkoniyatlarimizni ishga solgan holda 2025-yilda ham ulkan marralarni zabt etamiz.
Yangi yil xonadoningizga fayzu baraka, hotirjamlik, taningizga sihat-salomatlik, qalbingizga baxt, quvonch, ish va o‘qishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlar olib kelsin!
Hurmat va samimiyat bilan maktab direktori: Umidaxon Gulyamovna
🏢 Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xush kelding Yangi yil" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎄🎅 Tadbir davomida bolajonlarning chiqishlaridan videolavhalar.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago