Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
𝐇𝐀𝐋𝐈 𝐁𝐀𝐗𝐓𝐍𝐈
𝐁𝐈𝐙𝐃𝐀𝐍
𝐐𝐀𝐑𝐙𝐈 𝐁𝐎𝐑,
𝐘𝐔𝐑𝐀𝐊
📜𝐄'𝐙𝐎𝐙𝐁𝐄𝐊 𝐘𝐎'𝐋𝐃𝐎𝐒𝐇𝐄𝐕
🎙𝐌𝐀𝐃𝐈𝐍𝐀𝐌
E'tiboringizdan mamnunmiz!!!
Onajon
📚"Ilk bahor turkumidan"
Bilaman qumsaysiz diydorlarimni,
O'zim ham sezaman ozorlarimni,
Sizga aytolmayman men zorlarimni,
Men sog'inchning shahridaman onajon!
Masofalar olis, diydor ham orzu,
Duoyingiz asrar E'zozni mangu,
Gohida o'rtaydi sog'inchli tuyg'u,
Men sog'inchning shahridaman onajon!
Gohida izimni izlab qolasiz,
Sog'indim deyishdan charchab-tolasiz,
Bilaman, jimgina yig'lab olasiz,
Men sog'inchning shahridaman onajon!
Bilmadim balki bu menga bir jazo,
Onamdeb bir bora qilmadim duo,
Endi shu nomingiz yuragimga jo,
Men sog'inchning shahridaman onajon!
Men sog'inchning shahridaman onajon!
✍️E'zozbek Yo'ldoshev.
✈️ @EzozbekPoet.
Ona, xavotir olmang
📚"Ilk bahor" turkumidan.
Bugun bir tushimga kiribsiz ona,
Boshqa bunday mayus termulib qolmang.
Men esa koʻzingizga boqib hayrona,
Ona, men yaxshiman xavotir olmang!
Toʻgʻri, uzoqdaman, sizdan uzoqda,
Meni oʻylayverib sogʻinchdan tolmang!
Nega qiynalasiz, aqlim soʻroqda?
Ona, men yaxshiman xavotir olmang!
Ishongan yaqinim, ustozlarim bor,
Meni oʻylab yomon xayolga bormang.
Axir, menga doim duoyingiz yor,
Ona, men yaxshiman xavotir olmang!
Hali nasib qilsa zoʻr oʻgʻil boʻlay,
Meni oʻylayverib siz xasta boʻlmang.
Doim yuzingizda kulguni koʻray,
Ona, men yaxshiman xavotir olmang!
Bugun bir tushimga kiribsiz ona,
Oppoq sochingizdan boʻldim hangu-mang!!!
Hatto suratimga boʻlib parvona,
Ona, men yaxshiman xavotir olmang!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
✈️ @EzozbekPoet
Ishonmoq kerak
?”Ilk bahor” turkumidan
Orzular qalblarni larzaga solsa,
Umid qochib,bir kun o‘zini olsa,
Xayollar o'ylardan charchasa, tolsa,
Ishonmoq kerakdir, ishonmoq kerak.
Hayot sinab tursa bizni dam-badam,
Yiqilsa,xiyonat kasridan odam,
Bizga qarshi chiqsa,hattoki olam,
Ishonmoq kerakdir, ishonmoq kerak.
Ketsa, yordan vafo, do’stdan sadoqat,
Kurashmoqlik uchun qolmasa toqat,
Qo‘llarni duoga ochish-u faqat,
Ishonmoq kerakdir, ishonmoq kerak.
Rejalar aylansa bir kun sarobga,
Yuraklar aylansa holi xarobga,
Shoshilmay shirk ila savol-javobga,
Ishonmoq kerakdir, ishonmoq kerak.
Jahldan baqirib qaynamay qonim,
Halqumga kelmasdan bu shirin jonim,
O‘zi mehribondir yaratgan Robbim,
Ishonmoq kerakdir, ishonmoq kerak.
Ko‘ksingni mushtlama jahldan E’zoz,
Bu dunyo foniydir,o‘tkinchi xolos,
Moziydan kelganda “ol” degan ovoz,
Ishonmoq kerakdir, ishonmoq kerak.
✍E’zozbek Yo’ldoshev
Sizdek boʻlolmas.
?"Ilk bahor" turkumidan.
Sizdan yaxshilari boʻlishi mumkin,
Farzandga jonini berishi mumkin,
Yigʻlasa yigʻlab soʻng kulishi mumkin,
Lekin sizday inson boʻlolmas, dada,
Farzand uchun umrin berolmas dada!
Orzulardan kechib orzu qildirgan,
Dunyo oq-qorasin bizga bildirgan,
Boshimni silagan, oʻynab kuldirgan,
Hech ham sizday inson boʻlolmas dada,
Farzand-chun orzudan kecholmas dada!
Bir qarab qoʻyaman yuzingiz ajin,
Sochingiz oqargan vaqtning hukmi chin,
Butun hayotingiz faqat biz uchun,
Hech ham sizday inson boʻlolmas dada,
Farzand uchun yoshin berolmas dada!
Umringiz ziyoda boʻlsin Otajon,
Yuzingiz baxtlardan kulsin Otajon,
Dunyoni kuldirsin bugun kulgungiz,
Hajga borib Keling onam ikkingiz!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
✈️ @EzozbekPoet.
15-avgust
?"Ilk bahor" turkumidan.
Hotima kuniga yetdik nihoyat,
Sendan Allohimga qilmay shikoyat,
Yana qachon boʻlar bunday imkoniyat,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
Yuragim toʻlguncha sevdim goʻzalim,
Faqat aytolmadim hayo qildim, jim,
Bugun menga sherik boʻlmaydi hech kim,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
Sharob, may ichmayman chekmayman jafo,
Sendan soʻraganim yoringga vafo,
Sevgimizni qilib shu toʻyga fido,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
Bilmadim xatomi yokida toʻgʻri,
Bir sinib oldida E'zozning koʻngli,
Meni shunga chorlar muhbbat yoʻli,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
Bogʻlab qoʻydim niyatni dilga,
Malham boʻlsin endi koʻngilga,
Faqat bildirmasdan hech kimga,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
Uzoqdan oq libos kiyganing koʻrsam,
Sevgimni yurakning qariga koʻmsam,
Toʻying boshlanguncha men tirik boʻlsam,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
Koʻzyoshi toʻkmayman qaygʻuga botib,
Gʻayratni saqlayman gʻururni sotib,
Senga baxt tilayman ikkita soʻz qotib,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
Hotima kuniga yetdik nihoyat,
Menga bir qarashing qilar kifoyat,
"Keldi" deb yoringga qilma shikoyat,
Bugungi toʻyingga borib kelaman!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
✈️ @EzozbekPoet.
I loved as much as one person should love,
More than that I consider it love, but slavery to one's own ego!
Bitta yigit sevsa shunchalik sevadi! Undan ortigʻi sevgi emas balki, oʻz nafsiga qullik desa ham boʻladi!
Tayoq otga minib ketdi bolalik
?"Ilk bahor'' turkumidan.
Hayot bogʻimda bir shamoldek yelib,
Qaytmas mazillarga yetdi bolalik.
Qoʻlimga taqdirning kalitin berib,
Tayoq otga minib ketdi bolalik!
Endi ruxsatsiz ham chiqib koʻchaga,
Uyga qaytish uchun yoʻqdir bahona.
Qorinimiz toʻymaydi loydan kulchaga,
Qozon qaynash kerak, kutar oshxona.
Sekin tashvishlarga koʻmildik bir-bir,
Oila, kelajak qoʻydi oʻylovga.
Oʻzi talim berdi menga shum taqdir,
Oyijon hojat yoʻq endi oʻqlovga!
Mahalla huvillab qoldi bir zumda,
Endi yugurmaymiz chang koʻchalarda,
Ertaklar aytilmas biz uchun tunda,
Turli xil oʻylovlar har kechalarda.
Futbolni tashladik, kechdik, lek qachon?
Oxirgi oʻyinim hech esimda yoʻq.
Tizzalar shilinib ogʻrimasdi jon,
Ming bir yamoq tushgan oʻsha eski toʻp.
Anhorda choʻmilish yoqmaydi bugun,
Suvi loyqab qolgan toʻgʻri kelmaydi.
Aytib bersam agar tarixi uzun,
Bu suvning ta'mini kim ham bilmaydi?!
Sogʻinsam yoshlikda boʻlgan misoli,
Yana yulduz boʻlib yona olsaydim.
Yoshlikning eng ajib chopqir tulpori,
Tayoq otga minib boraolsaydim
Yozda bogʻ ichida bir soʻlim goʻsha,
Zeriksak tayoqdan ot qildik, yeldik.
Egarsiz biz mingan, yasagan oʻsha
Tayoq otga minib ketdi bolalik!!!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
✈️ @EzozbekPoet.
Baxtliman jonim
?"Ilk bahor" turkumidan.
Hali umidim bor hanuz umid bor,
Toki tomirimda muzlasa qonim.
Keyin rozi edim tortishsa ham dor,
Baxtingni bir koʻrsam baxtliman jonim.
Oʻzgaga ishim yoʻq sevmadim yotni,
Axir bitta sensan dilga ozorim.
Keyin tashlab ketay mayli hayotni,
Baxtingni bir koʻrsam baxtliman jonim.
Kun kelib qarshimdan chiqsang yoʻllarda,
Qoʻlingda farzanding yoningda yoring.
Hech ham achinmayman oʻtgan yillarga,
Baxtingni bir koʻrsam baxtliman jonim.
Taqdir ayro qildi qildim tabassum,
Shirin xotiralar mendagi borim.
Sen hech yigʻlamagin boʻlmagin mahzun,
Baxtingni bir koʻrsam baxtliman jonim.
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her