?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 5 days ago
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster unuversitetining akademik litsey o'quvchisi Azizbek Zaylobiddinov AQSh ning Harvard universitetiga o'qishga qabul qilinibdi.
Litseyga tayyorgarlik ko'rib yurganlar bo'lsa, Westni litseyi ham zo'r joy. Shunaqa kursdoshlaringiz bo'ladi. Networking uchun, bilim uchun yaxshi joy.
Shu va boshqa shu kabi holatlar "Jinoyat" huquq sohasini tark etib, "Biznes" huquqiga o'tib ketishimga sabab bo'lgan aslida.
PART 1 bu yerda 👆
Advokat Komilova "Toshturma"dagi og‘ir vaziyat haqida keltirmoqda . Advokat nafaqat mijozi, balki o‘ziga ham tahdid bo‘layotganini yozmoqda.
Postni keltirsam:
"Kosondagi JIEMda himoyamdagi shaxsga kuchli bosim bo‘lmoqda. Koloniya rahbariyati menga ham tahdid qilyapti
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida joylashgan 10-sonli JIEMda himoyam ostidagi shaxs G‘.B. kuchli ruhiy-jismoniy bosim va tazyiqlarga duch kelmoqda.
Himoyamdagi shaxs JIB Chilonzor tuman sudining 2024 yil 13 iyundagi hukmi bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lib, jazo muddatini ushbu muassasada o‘tamoqda. Men uni 2023 yil may oyidan beri himoya qilib kelaman.
Ushbu muassasada amaldagi qonunchilik va hatto IIVning tegishli nizomiga zid ravishda advokat bilan uchrashuv xonasiga video va audio moslamalari o‘rnatilgan, ya’ni suhbatlar yozib olinadi!..
2024 yil 30 noyabr kuni G‘.B.ning oldiga borganimda uni izolatorda saqlashayotgani eshitdim. Jazo olganligi sababli men bilan uchrashishga ruxsat yo‘qligini aytishdi. Men darhol ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilganimdan so‘nggina uchrashuvga ruxsat berishdi.
Himoyam ostidagi shaxsni ko‘rib, to‘g‘risi, qo‘rqib ketdim: uning bilagida qo‘lkishan izi qolgan, ustidagi kiyimi esa juda iflos va odam kiyadigan ahvolda emasdi. Mahkumga bu qadar g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. G‘.B. menga juda qattiq ruhiy va jismoniy bosimlar ostida qolganini so‘zlab berdi. Himoyamdagi shaxsda astmatik muammo bor, ya’ni nafas olishga qiynaladi. Shu vajdan bir necha marotaba tibbiyot bo‘limiga uning nomidan murojaat qildim, lekin murojaatlarim e’tiborsiz qoldi.
Himoyamdagi shaxsning huquqlarini talab qilishim ortidan mening o‘zimga ham bosim bo‘lmoqda. 2024 yil 4 dekabr kuni 10-sonli JIEMdan qo‘ng‘iroq qilib bundan keyin G‘.B. bilan uchrasha olmasligimni, uchrashish uchun go‘yoki advokatlik litsenziyam yo‘qligini, shu sababli menga nisbatan tekshiruv o‘tkazishayotganligini aytib tahdid qilishdi. Men bu iddaoni inkor qilib, menga nisbatan tekshiruv o‘tkazishga vakolati yo‘qligini aytganimda qo‘ng‘iroq qilgan shaxs eshitmay, telefonni o‘chirib qo‘ydi (so‘zlashuv audioyozuvi mavjud).
Bu endi Konstitutsiyaning 142-moddasi hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi talablarini oyoqosti qilishdan boshqa narsa emas. Himoyam ostidagi G‘.B. koloniyada tahqirlanmoqda, unga insonga xos bo‘lmagan muomala qilinyapti. Bundan tashqari, unga himoyachi bilan uchrashishni ham taqiqlab qo‘yishdi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish boshqarmasiga bir necha marta murojaat qilgan bo‘lsam-da, hech bir reaksiya bildirishmadi. Hozirgi vaqtda himoyam ostidagi shaxsni asossiz ravishda jazolab, “turma” rejimiga o‘tkazishmoqchi.
Yaqinda O‘zbekiston Ombudsmani o‘z axborotida “ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 15 ta xabar o‘rganilib, bu bo‘yicha 14 ta munosabat bildirilganini, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 12 ta talabnomasi kiritilgan”ligini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilishlari rost bo‘lsa, Ombudsmandan mening advokatlik faoliyatimga to‘sqinlik qilib kelayotgan va himoyam ostidagi G‘.B.ning huquqlarini poymol qilayotgan 10-sonli JIEM boshlig‘i va uning o‘rinbosarlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishida amaliy yordam kutib qolaman.
Ochig‘i, yuqoridagi holatlar yuzasidan bir necha bor Ombudsman ofisi bilan ham bog‘lanishga urindim, lekin uning yagona ishonch telefoni (1096) umuman ishlamadi".
Xa do'stlar, advokatlik sharafli lekin og'ir kasb.
Ko'pchilik bu organni nomini biladi lekin nima ish qilishi haqida bilmaydi - HISOB PALATASI
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir.
Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini o‘tkazish;
⚡️qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish;
⚡️davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
⚡️budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
⚡️budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganish hamda nazorat qilish;
⚡️budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish;
⚡️budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
⚡️budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash;
⚡️soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
⚡️O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazish.
Ustozilar "podarka" odam emasligi haqida
Kuni kecha Vazirlar Mahkamasining "Uy qamog'i ehtiyot chorasi qo'llanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi 813-sonli qarori qabul qilindi.
Endi O'zbekistonda jinoyatchilarni oyog'iga yoki qo'liga huddi kinolardagidek braslet taqib qo'yiladi va u odamni qayerda nima qilib yurganini HMQO xodimlari kuzatib turishlari mumkin.
Buni loyihasi o'zi ancha oldin boshlangan, ko'plab xorijiy davlatlar tajribasi o'rganilgan va mana shu o'rganilish jarayonida men ham bunda o'z xissamni qo'shganman bir paytlar.
Hozircha shunaqa gaplar bugunga.
Lexiumda darslarda biz shunaqangi real case lardan foydalangan holda darslarni o'tamiz. Har bitta o'rganilishi kerak bo'lgan moddalar hayotiy voqealik asosida o'quvchilarga tushuntiriladi. Bu esa o'z navbatida, abituriyentlarga yillar o'tsada esdan chiqib ketmaydigan bilimni taqdim etadi.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 5 days ago