Dr.Boburmirzo haftaligi

Description
O'sish nuqtasida uchrashguncha!

• Shaxsiy qarashlar va xulosalarim
• Germaniyada assistentlikdan shifokorlikkacha bo'ladigan yo'l
• Shaxsiy chegaralarni doimiy yangilash
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 1 week ago

Men ularga o'xshashni xohlagan insonlar

Ko'pchilik stipendiya olishni talabalik davrlaridan boshlasa, aksincha men buni maktab davrida boshlanganman. Rahmatli opoddam har chorakda tabeldagi baholarimizga qarab hamma nevaralariga stipendiya tayinlar edilar. Hali ham esimda, o'sha paytda nabiralar ichida eng ko‘pini men olganman, 50$. Yettinchi yoki sakkizinchi sinf edim, stipendiya keyingi yilgi hamma maktab harajatlarimni qoplagan.
U paytlarda Namangan shaharda yoshlar o'rtasida erta ishlash va shogird tushib pul topish urf bo'lgan.
"O'qib olim bo‘larmiding, undan ko'ra ustaga shogird tush, do‘konda ishla, nimadir olib sot, ertaroq pul topishni boshlaysan" degan tushuncha dominant edi, menimcha hozir vaziyat "biroz" yaxshilangan.
Keyinroq tushunsam opoddam aynan o'sha o'tish davrimizda stipendiya tizimini yo'lga qo'yib bizni ishlashga chiqib ketishdan qandaydir ma'noda saqlagan ekanlar. Shunday qilib rahmatli opoddam menga ilm orqasidan moddiyat ham kelishini, boylikka uni orqasidan quvlab emas, ilm olgan holatda o‘z ishida bardavom bo‘lish orqali erishilishini o‘rgatganlar.

Sayohat qilishni, uning mashaqqatlariga chidashni, oilasiga qanday darajada g‘amho‘rlik qilishni esa rahmatli opoqimdan o'rganganman.
Adashmasam 4 yoki 5 - sinfda o'qiyotgan kezlarimda umrimda birinchi marta deyarli butun O‘zbekiston bo'ylab mashinada sayohat qilganmiz. Opoqim onam va biz barcha nabiralarini o'zlaridek bag'ri keng "Volga" mashinalariga solib sayohatga olib chiqqanlar. Opoqim doim qo‘ltiqlab yurilgan qizil setkadagi pullar, Samarqandda qolib ketib mashina tuzatganlarimiz, Surxandaryoda go'shtga to‘yganlarimiz, Omonxonada to‘yib ichilgan shifobaxsh suvlar-u barcha ulug‘ avliyolarni ziyorat qilganimiz, barchasi hali ham yaqqol esimda.

Anchadan beri post yozishga qo'lim bormadi, yozolmadim. Chunki hali yana ko'p yashaydi, birinchi nabirasidan hali ko'p faxrlanib yuradi degan insonim, opoqim qazo qildilar.

Aslida o'lim bu barchaga eslatma, hayot qisqaligiga,
yaqinlar, do'stlar g'animatligiga va bir kun albatta biz yaxshi ko'rgan hammasini tashlab ketishimiz kerakligiga eslatma.

Yuqoridagi insonlar men ularga o'xshashni xohlagan bobolarim edi. Agar mendan biror yaxshilik topsangiz, ular haqqilariga tilovat qilib qo'ying. Hursand bo'laman.

Dr.Boburmirzo

21.09.2024
Germaniya

4 months, 3 weeks ago

Dr.Chibulla bilan suhbat 2-qism

4 months, 3 weeks ago

Dr.Chibulla bilan suhbat 1-qism

4 months, 3 weeks ago

Dr.Chibulla bilan tasodifiy intervyu

Bugun sizlarga bir qiziq inson haqida aytib bermoqchiman.
Uning ismi Markus, yoshi 60 dan o'tgan, lekin shunday bo'lishiga qaramasdan bizda navbatchi bo'lgan kunlari 10 km masofa bosib ishga velosipedda keladi. Yoz mavsumida uyida yozgi kinoteatr qilib mahalla va do‘stlariga kino, qishda esa ularga musiqiy kontsertlar tashkil qiladi. Bir necha musiqa asboblarida bemalol musiqa chaladi va kuylaydi.

O'tkan hafta ishda, nonushtaga berilgan tanaffus vaqtida, doktor bilan suhbatimiz qizib ketib qoldi. Yaqin 1 soat suhbat qilibmiz.
(aslida tanaffus vaqti kitobida yarim soat edi, doktor bilanmanku deb, men ham hotirjam gaplashaveribman:))

Berlinda o'qiganini, barcha imtihonlarini poytaxtda topshirganini, u vaqtlarda poytaxt Berlin 2 ga bo'linganini va talabalik davlarini hayajon bilan gapirib berdi.
Aytishicha shifokorlik lizsenziyasini olganidan keyin bir do'stining taklifiga binonan Afrikaga tajriba yig'ish va yordam berish uchun ishlagani ketadi.
Tasavvur qilyapsizmi, yosh nemis yigit, endi shifokor bo'ldim deganda, Afrikaga hayotiy tajriba yig'gani borish, elektr yo'q klinikada generatorda operatsiyalar qilish, Afrikaning ko'p davlatlarini avtobus va velosipedda aylanib chiqish... Eshitgan quloqqa ahmoqlikka o'xshab ko'rinadi, lekin ta‘riflashiga qaraganda butun umriga tatigulik tajriba bo'lgan ekan.

Afrikada 1 yil ishlab qaytgach, Germaniyada nefrologiya sohasida rezidentura boshlagan, keyinchalik laboratoriyada "Kamyob buyrak kasalliklari" ustida ilmiy izlanishlar olib borib, shunga oid 50 dan ortiq maqolalar chop ettirgan. Hozirda Germaniyada shu kasalliklarga ixtisoslashgan 10 ta katta ilmiy markazdan bittasining asoschisi, PhD, MD va ko‘p shifokorlarning ustozi hisoblanadi. Biz bilan ishga kirish suhbatida ham shaxsan qatnashganiga qaraganda klinikamizning ham aksiyadori bo'lish ehtimoli yo'q emas.

Ajoyib o'tgan nonushtadan keyin,
"Siz bilan biror kuni suhbatlashib intervyu olsam bo‘larkan" degan taklifimga birdan, " OK, bugun olamiz unda" deb qolsa bo‘ladimi:).
Na savollar tayyor, na intervyu strukturasi, lekin shunday bo'lishiga qaramasdan ishdan keyin shaxsiy kabinetida biroz intervyulashdik.
(Quyida intervyuni ovozli variantini ham tashlayman, to'satdan bo'lganida biroz hayajon va tutulishlar ham bor)

Suhbatdan olingan iqtiboslar:

  1. "Germaniyaga tibbiyot sohasida ishlagani kelmoqchi bo'lgan va ishlayotgan har bir inson yaxshi rivojlangan nemis tilida gaplashish ko'nikmasiga ega bo'lishi shart!"

  2. "Fsp va Rezidentura imtixonlariga tayyorlanish uchun, MFA va Pflege ishlari hozirda sizlar uchun optimal variant hisoblanadi. Sizda kunlik stimulyatisiyalar uchun imkoniyat bor. "

  3. "To'g'ri, kelajakda O'zbekistonga qaytganingizda, Germaniya rezidentutasini tamomlab borganingiz ham katta narsa, lekin shunga qo‘shimcha, bir mavzuda PhD qilib, maqolalar chop ettirib, ilmiy daraja bilan qaytsangiz, bu endi umuman boshqa daraja. Sizlarga va boshqa do‘stlaringizga buni tavsiya etaman!"

Shunaqa gaplar o'rtoqlar, oddiy shifokor bo‘lib ham shunday qiziqarli va taassurotlarga boy hayot kechirish mumkinligiga yana bir bor amin bo'ldim.

Shuni unutmaslik kerakki, hayotingiz ish va uy degan monotonlikda bo‘lishi yoki sayohat va hobbilarga boy o'tishi ham mumkin.
Tanlov doimo o‘zimizda! Qaysi biridan ketish esa komfortdan chiqish yoki chiqmasligimizga bog'liq.

Sizlarga doimo o'sish nuqtasida bo'lishingizni tilagan holda...

Dr.Boburmirzo

09.07.2024
Germaniya

5 months, 3 weeks ago

Germaniyada tibbiyot qanday ishlaydi?

Bugun olmonlar tibbiyotni qanday tashkil qilishgani haqida oz bo'lsada ma'lumotlashamiz.

1️⃣ Sog'liqni saqlash qamrovi:

Bu yerda aholining qariyb 90 foizi qonuniy tibbiy sug'urta (QTS) bilan, qolgan 10 foizi esa shaxsiy tibbiy sug'urtani (ShTS) tanlaydi. Nemislar qonuniy yashayotgan kim bo'lsa hammani sug'urtalashadi)

2️⃣ Moliyalashtirish:

QTS asosan daromadga asoslangan badallar hisobidan moliyalashtiriladi. Masalan men tibbiy sug'urtalanishim uchun oylik daromadining tahminan 7,3 foizi va ish beruvchimdan ham shuncha mablag' sug'urta kompaniyasiga men va oilam uchun o‘tadi. Bundan tashqari, faqat xodimlar tomonidan to'lanadigan o'rtacha 1,3% qo'shimcha badal ham mavjud.

3️⃣ Shifoxonalar infratuzilmasi:

Germaniyada 1900 dan ortiq klinikalar mavjud bo'lib, ular 500 000 ga yaqin o'rinlarni ta'minlaydi. Bu har 1000 aholiga 6 o'rin degani, bu Yevropadagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biri bo'lib, o'z vaqtida va qulay shifoxona yordamini ta'minlaydi.

4️⃣ Shifokorlar mavjudligi:

1000 kishiga taxminan 4,3 amaliyotchi shifokor bilan Germaniya shifokor va bemor mutanosibligini deyarli saqlamoqda.
Sog‘liqni saqlashning o‘zida 8.1 mln hodim faoliyat ko'rsatib, bu umumiy mehnat bozorining 17.7% ini tashkil etadi.
Shunga qaramay ba‘zi tor mutaxassislar uchun nemis xalqi ba‘zan oylab navbatda turishar ekan.

5️⃣ Sog'liqni saqlash xarajatlari:

2023 yilda Germaniya yalpi ichki mahsulotining taxminan 12,8 ( 498 milliard yevro) foizini sog'liqni saqlashga sarfladi. Bu har bir aholi boshiga tahminan 5,939€ dan to'g'ri keladi. (Ha, to'g'ri topdingiz, bu yerda kichkina pul haqida gap ketmayapti).

6️⃣ Retsept bo'yicha dori-darmonlar narxi:

Sog'liqni saqlashga yuqori xarajatlarga qaramay, Germaniya retsept bo'yicha dori-darmonlar narxini nisbatan past darajada ushlab turadi. Shifokorlar biror sug'urta kompaniyasi tomonidan sug'urtalangan bemorlargagina retsept yozib beradi va bemorlar bu dorini dorixonadan olishlari mumkin. Pulini sug'urta to‘lab beradi.

7️⃣ Profilaktik yordam:

Germaniyada yashovchilar keng qamrovli profilaktika xizmatlaridan, jumladan, muntazam tekshiruvlar va skrininglardan foydalanishadi. QTS uzoq muddatli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarni erta aniqlash uchun muntazam stomatologik tekshiruvlar, saraton skrininglari va emlashlar uchun xarajatlarni qisman yoki to‘liq qoplaydi.

8️⃣ Sifat va innovatsiya:

Tibbiy innovatsiyalarda ham olmonlar ancha ish qilishgani ko'pchilikka ma'lum. Ular dunyo tibbiy texnika bozorida tahminan 42 mlrd $ bilan kuchli uchlikda ekan.
Bayer, Merck va BioNTech farmatsevtika kompaniyalari dori va vaksinalarini esa ko'pchilik bu sohadagilar yaxshi biladi.

9️⃣ Bemorning roziligi:

2023 yilgi so'rov natijalariga ko'ra, nemislarning 85% dan ortig'i o'zlarining sog'liqni saqlash tizimidan qoniqish hosil qilar ekan Tibbiy xizmat sifati, foydalanish imkoniyati va tibbiyot mutaxassislarining tajribasini asosiy omillar sifatida ta'kidlaydi.

Ana endi sizlarga topshiriq!!!

Talaba, yosh shifokor yoki mutaxassis sifatida nima qilsak bizning sog'liqni saqlash tizimi yanada yaxshiroq tizimlashadi, rivojlanadi?

Mendagi javob: avval inson shaxsiy rivojlanib, o'zi tizimlashadi, asta-sekin bu atrofidagilariga ham yuqadi. Bunday intizomlashgan insonlarning tizimda ko'payishi esa butun tizimining o'zgarishiga sabab bo'ladi.

Manbalar:
- Federal statistika boshqarmasi (Destatis)
- Federal Sog'liqni saqlash vazirligi (BMG)
- OECD sog'liqni saqlash ma'lumotlari 2023

Doimo o'sish nuqtasida bo'lishingizni tilagan holda

Dr.Boburmirzo

02.06.2024
Germaniya

6 months, 1 week ago

O'n uchinchi oylik va maoshdan tashqari pullik bonuslar!

Yilda o'n ikki oy ishlaysiz, lekin o'n uchinchi oylikni olasiz, maosh har oyning ohirida kechikmay tushadi, lekin uning oldida bonuslar bo'ladi.

Ha, to'g'ri eshitdingiz, bularning bari haqiqat va ko'z o'ngimda bo'layotgan hodisalar, lekin Germaniyada.

Kollegalarimdan biri betob bo'ladi. Ish boshqaruvchim yonimga kelib, agar "xohlasam" chorshanba ertalab emas, tushki smenada ishlashim mumkinligini va bu o'zgarish bir oy oldin menga aytilmaganligi uchun 1 ta punkt olishim mumkinligini, bular 5 taga yetsa 40 yevrolik sov'ga kartasi olishimni aytadi.
Agar xohlamasam o'z grafigimda qolishimni ta'kidlaydi. Mening xohishim shefga muhim!

Men rozi bo'laman. Bunday o'zgarishlardan beshta bo'ladi va Germaniyadagi katta supermarketlardan (Korzinka, Makro singari) xohlaganimga sovg'a kartadan olaman.

Bu kartalarni ayolim keladi deb 5 oy yig'aman. Ko'pincha parfyumeriya do'koniga olaman. Kartalarim 4 ta bo'ladi, ayolim Germaniyaga keladi va ularni ustiga 20 yevro qo'shimchasi bilan hammasini 1 soatda ishlatib chiqadi?.

Noyabrni ko'pchilik kutadi, chunki oylik 2 barobar tushadi. Juda ko'p tashkilotlarda 13-maosh (Yangi yil bonusi) beriladi.
12 oylik ish = 13 oylik maosh. Hali olmadim, olsam batafsil aytaman.

Tushundimki, olmonlar qulluqni ish beruvchilarga emas, ishchilarga qilishadi.
Chunki charxpalakni sheflar emas, ishchilar aylantiradi!
Ularning hayotdagi kayfiyati esa puldan ko'ra muhimroq.

Oyiga 40 yevro olmon ish beruvchilariga katta yo'qotish bo'lmaganidek, bizda 150-200 ming o'zbek ish beruvchilari uchun muammo deb bilmayman. Aksincha o'z hodimlariga qo'shimcha kuch va g'ayrat berishiga ishonaman.

Katta supermarketlar tarmog'i vakillariga taklif: o'zlarigagina o'tadigan shunday sovg'a kartalarini joriy qilishsa, bizga ham bu tizim kirib kelar va ko'pchilik uchun ajoyib sovg'a bo'lar edi.

Doimiy o'sish nuqtasida bo'lishingizni tilagan holda

Dr.Boburmirzo

20.05.2024
Germaniya

7 months, 3 weeks ago

Ohirgi kurs talabasiman, uylanganman, barcha 6-kurs talabariga qonunan ishlashga ruxsat beriladi. Buni qarangki ana shu paytda Namanganda yangi ochilgan xususiy institutdan maoshi anchagina yaxshi bolgan ish taklifi tushadi. Dadamni oldiga gurur bilan kelaman, ish taklifi olganimni, bunga sabab tibbiyot va tilni birlashtirganimni, hattoki maoshim hozirda tengqurlarim poliklinikada topayotgan oylikdan 4-5 barobar yuqoriligini aytib maslahat olaman. Tahmin qilganingizdek davay oglim, gazini bos deyishni orniga yana osha qarshilikni qabul qilaman;)
Dadam '' Seni oglimiz shifokor boladi degan orzu bilan oqitibmiz, sen oqituvchi bolarkansan, NAMDU da oqib qoysang bolarkanku'' degan javobni beradi - to`rtinchi qarshilik.
Abituriyentligimdan beri bu qarshiliklarni qabul qilaverib ancha immunitet shakllantirganim uchun umidsizlanmayman, davom etaman.

Vanihoyat oqishni bitiraman, barcha qarshiliklardan otib qoygan maqsadimga qisman bolsa ham erishaman. Germaniyada ish faoliyatimni boshlayman va yuqorida aytganim analiz natijasida shunga amin bo`lamanki,

- dadam qoygan barcha tosiqlar ichki tosiq bolib, meni yana ham kuchliroq qilishga, maqsad tomon harakatlanishda ikkilanishlardan halos bolishga, kelajakda keladigan tashqi hayot tosiqlariga turib berishga tayyorlash ekan
- qarshiliklarning falsafasi - oglim men qoygan tosiqdan otdimi, demak endi oxirigacha boradi, maqsadiga yetadi ekan
- buning asli qarshilik emas, mehribonlik ekan.

Shuning uchun bekorga aytilmas ekan:
Ona farzandga hayot bersa, ota uni shu hayotga tayyorlaydi.

Buni yaqinda yaxshiroq anglab yetdim,
endi Vatanga qaytganda dadamni mahkam quchoqlab rahmatimni aytaman.

Xulosa ornida shuni aytmoqchimanki, oilada sizga korsatilayotgan qarshiliklar aslida sizni yiqitish uchun emas, oyoqqa kuchliroq turishingizni taminlash uchun bolishi mumkin.

Bu otgan davrda shunday hayotiy darslar berish bilan birga, doimiy osishimni qollab quvvatlagan, motivatsiya va demotivatsiyani oz o`rnida ishlatgan dadamga yana bir bor kattakon rahmatimni aytaman.

P.s: Bu blog ochilganini korib nima deganlarini tahmin qilishni sizlarga qoldiraman***?***...... Topdingiz, yana osha strategiya.

Doimiy osish nuqtasida bolishingizni tilagan holda: Dr.Boburmirzo

Germaniya
07.04.2024

7 months, 3 weeks ago

Qarshilik uchun rahmat!

Musofir yurtda, oiladan uzoqda, yaqinlarning doimiy qollab quvvatlovisiz, yolgizlikda, hayotida bolib otgan ko`p voqealarni analiz qilarkan inson.

Shu kungacha yetib kelishimga ozimning tirishqoqligim, hayot tosiqlaridan matonat bilan otishim, muammolarga boshqa tomondan qaray olishim sabab deb notogri oylab kelarkanman, bu sifatlarni keltirib chiqargan sababni unutib, natija bilan gururlanar ekanman. Lekin bilamizki, **biz yashayotgan dunyoda barcha hodisalar sababga boglangan**, bir natijaning ortida albatta sababi boladi, bugun ana shu sabab haqida gaplashamiz.

O`zimni analiz qilish natijalarimga asosan, yoshligimdan hozirgi kunimgacha meni eng katta ruhlantiradiganim (motivator) ham, ruhsizlantiradiganim (demotivator) ham dadam ekanlar.
Iyee qanday qilib bitta odam ikkita qiyofada gavdalanishi mumkin deyapsizmi? Tushuntiraman...

Abituriyentman, oilamizda opoddam (Namanganda buvani shunday chaqiramiz) shifokorlik kasbini boshlab berib, dadam buni davom ettirayotgan paytda menda ham tibbiyot institutiga kirish, ulardek shifokor bolish istagi paydo bolgan. Energiyaga tolib, umid bilan dadamga tibbiyot institutiga topshirmoqchiligimni, ulardek oq xalatda yurmoqchiligimni aytganimda, ularning javobi keskin tarzda '' Nima qilasan qiynalib oglim, undan kora ana aptekachi bopqoyaqol, otirib pul topasan'' bo`lgan;) - birinchi qarshilik.

Lekin qarorim qatiyligini korib, ''Repetitoringgagina mablagberaman, dadam oqishga kiritib qoyadi deb oylab yurgan bolsan katta hato qilasan''** deb, hayotdagi eng katta darslardan biri bolgan ''Ozingni ozing qutqar, seni hech kim qutqarmaydi''** degan darsni shu tariqa berganlar.

Tibbiyot instituti talabasiman, avval rus tili, songra ingliz tili, keyin nemis tilini organyapkan paytlarim. Har bir tilni organishdan oldin dadam bilan maslahat qilaman. Uning doimiy javobi **'' Sen bola 6 yil vaqt ketakzib tibbiyot institutida emas, tilshunoslikda oqisang bolarkan, tibbiyotni qachon oqiysan, bunaqada,ertaga qanaqa doxtir bolasan''** boladi***?*** **\- ikkinchi qarshilik.** Bu gaplarni eshitib bazida tormozlanib qolaman, yomon ish qilmayapkan bolsam, nimaga qarshi chiqyaptilar deb dadamdan hafa ham bopqoyaman Lekin ozginadan keyin ''Hali bu tillarni organib zor shifokor bolaman, faxrlanib yurasiz'' deb ozimga ozim dalda berib, yana yo`lda davom etaman.

Tibbiyot instituti beshinchi kurs talabasiman, chet tillarini bilaman, xalqaro sertifikatlar olganman, yangilariga harakat qilyapman. Nemis tilini tugatib Germaniyaga ketish harakatida yuribman. Avval aytganimdek Germaniya masalasini ham ortaga tashlayman, yana qarshilikka uchrayman. Dadam **'' Sen 6 yil uydan uzoqda oqib, yana uzoqroqqa ketmoqchimisan, qachon qaytasanu qachon seni xalq shifokor sifatida taniydi'' deydilar- uchinchi qarshilik.**
Yuqorida aytgan siklim yana qaytariladi, avval umidsizlanaman, keyin esa avvalgidan ham kuchliroq harakat qilaman.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago