Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
📌 Talabalarning poyezdga boʻlgan talabi va elektron chipta xaridi oshib ketgani sabab bayram arafasida poyezdlarga qoʻshimcha vagonlar ulanmoqda.
Temir yoʻl transporti chiptalariga talablar ortib borayotganligi sababli tez sotilib ketmoqda va bunday holatlarga “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida qanday chora tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Jamiyat matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, bayram arafasi hamda taʼtilga oz qolganligi sababli aholi va talabalarning temir yoʻl transporti xizmatiga boʻlgan talablari ortmoqda va buning oqibatida ilovalardan elektron chiptalarni xarid qilish keskin koʻpaymoqda.
Ushbu holatni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan yoʻlovchi poyezdlariga qoʻshimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bundan tashqari aholi va talabalar temir yoʻl chiptalarini chiptaxonalardan tashqari mobil ilova orqali onlayn xarid qilishlari mumkin.
Chiptalarni elektron xarid qilishda eticket.railway.uz sayti va Android va iOSilovalaridan foydalanish mumkin.
2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yoʻnalishlarda qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi.
Qoʻshimcha qatnovlar:
Toshkent — Urganch — Toshkent yoʻnalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qoʻshimcha qatnov amalga oshiriladi.
Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, «Afrosiyob« tezyurar elektropoyezdi qoʻshimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.
Quyidagi yoʻnalishlarda 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qoʻshimcha plaskart vagonlari qoʻshiladi.
Toshkent — Qoʻngʻirot — Toshkent;
Toshkent — Termiz — Toshkent;
Toshkent — Urganch — Toshkent;
Toshkent — Sariosiyo — Toshkent.
Eslatib oʻtamiz, OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar oʻquvchilari 25-dekabrdan qishki taʼtilga chiqdi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.
Qurilish muhandisligi fakulteti YMK-10 guruh talabasi Akromov Asadbek Anvar o'g'liga tegishli bo'lgan pasport va plastik kartalari universitet hududida yo'qolgan.
Topib olganlar bo‘lsa, quyidagi raqamga xabar berishingizni so‘raymiz:
📞 +998 94 455-55-62
Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring
🕊 Telegram📱Instagram
📌 Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida
Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.
🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:
👉erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;
👉dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.
🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.
✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.
Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.
*📃 Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri* davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago