Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Qovoq solib olmang jichcha kechiksam,
Hatto kechikkadi olim-u daho,
Bugun menga qilgan zardalar uchun,
Sizga diydor bòlsin eng oğir jazo...
Gapirsam sevgidan yo muhabbatdan,
Atay sòzlarimga qilmaysiz parvo,
Òtinib sòrayman bitta xudodan,
Sizga diydor bòlsin eng oğir jazo...
Gul tutsam olmaysiz rashk qilasiz lek,
Kònglimni azobga qilib mubtalo,
Qafasga qamalgan kabutarlardek,
Sizga diydor bòlsin eng oğir jazo...
Menday dalli ishqqa tashna qayda bor,
Ertak chòpchaklarda yashar u dunyo,
Hijron firoqlarga qilsangiz duchor,
Sizga diydor bòlsin eng oğir jazo...
G'ururim òynamang kibrlar qilib,
Kòngil qil ustida turuvchi a'zo,
Mobodo ketsangiz sevgimdan kechib,
Sizga diydor bòlsin eng oğir jazo...
✍ Muallif:
@SherzodMaxtum
19.01.2025
https://t.me/SherzodMaxtum
Bir kun biz ham ertak bòlamiz,
Kimga armon ermak bòlamiz,
Borimizda qadrsizmiz lek,
Qadrli bòlganda kerak bòlamiz...
✍ Muallif:
@SherzodMaxtum
12.06.24
https://t.me/SherzodMaxtum
Siz yashaysiz koshonalarda,
Qaldirğochlar ketdiku uchib,
Kecha menga ròmolcha bergan,
Qòshni rus qiz ketibdi kòchib.
Olislabdi kòzlarida yosh,
Menga kòngil bergani uchun,
Gardaminda bir muhabbat tosh,
Dilda sòroq yurakda tugun.
Yosh tòkarkan sassiz va sòzsiz,
Xòrsinarkan juda ham uzoq,
Bek yigitchi juda xursandmish,
Rus qizchaga qòyganday tuzoq.
Afsus chekar pushaymon quyosh,
Marvaridday yaltirar yoshi,
Essiz yigit òzi bağri tosh,
Ğalvalardan qutildi boshi.
Unutolmas menday oshiqni,
Sizga òzim kerakman dedi,
Har duoda yòqlagani rost,
Chunki qizdan qarzim bor edi.
✍ Muallif:
15.11.24.
@SherzodMaxtum
https://t.me/SherzodMaxtum
Kechmish..
Rahm qilma kechirma meni,
Turibsan baxt koshonasida,
Men yashayman manzilim òsha,
Nursiz zulmat ostonasida.
Kipriklarim oğir bemajol,
Tik qarolmas ko'zingga kòzim,
Bir kulib qòy kelmasa malol,
Jannatlarda sezayin òzim.
Ketaver -- baxt, odimla qadam,
Yolğon hayot, yolğondir va'dam,
Meni kòrish istasang bir zum,
Kòzlaring yum Sherzoding bardam.
Bòğzimda oh nafasim oğir,
Dastga boğliq qora òram soch,
Meni asir aylaydi oxir,
Sòngi damda minamiz oğoch.
Beqaror yurasan ustimda,
Tovoning taftida jon tilgim,
Zavol bòlgan ishqning qastida,
Ostonangga kòmilgan sevgim.
Nursiz zulmat ostonasida
Nursiz zulmat ostonasida...
✍ Muallif:
@SherzodMaxtum
26.11.24.
https://t.me/SherzodMaxtum
❄️ Taskin❄️
Mendan ketib ĝamlaringiz aridimi, ?
Beshik quchmay dardlar sizni tanidimi ?
Yigirmaga kirib kirmay kuzgi yaproq,
Lovullagan yuragingiz qaridimi ?
Yo xarsangga aylandimi? Kòngilchangiz !
Dovullarda yolĝiz qolgan shamday yonib,
Sizni axir kechirardim rost sevsangiz,
Ishq sharobin ichar edik qonib qonib...
Qayda endi ul otashin jim suhbatlar,
Olovlarda yonib ketdi kuldir xatlar,
Peshonamga yozilgan ey muhabbatim,
Taskin berib shivirlaydi dov- daraxtlar...
Yoshlar tòkdim jigarginam kabob bòldi,
Qulog'imdan kun kòrindi azob bòldi,
Bilmam qaydan bu savdoga duchor bòldim,
Ey jannat gul sevgim bugun kitob bòldi....
Sen tufayli qalb dardidan bòldim ogoh,
Ayt kimlardan ilinj kutay yoki panoh,
Ketgim kelar hissiyotsiz chòllar tomon,
Mayxonalar bòldi bizga yor qarorgoh....
Nur sochmoqda olam uzra quyosh siniq,
Yerda bormi yosh kòrmagan suvlar tiniq,
Senga ertak tuyildimi? tuyĝularim,
Muhabbatning chashmasiga gumon tòsiq...
Seni bir yod etmagan misralarim yòq,
Seni sevganimdan men, tutdima qalam,
Kòngil uyim vayrondir xarobalarday,
Òz kòchamga kelinchak bòlganing alam.....
✍ Muallif:@SherzodMaxtum
05.05.22 20:20
PS: Гуноҳинг бунча кӯп бӯлмаса эй қалбим, Аҳир орзуинг жаннат эдику..
Odam boʻlmoqlik qiyin.
Boʻlsin senda avvalo iymon,
Yoʻqsa inson nomi bir tiyin.
Olim boʻlish oson ekan -u,
Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin.
Qismat desa qochamiz nogoh,
Aybimizni bilmaymiz goh goh.
Olim boʻlish oson bilamiz,
Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin.
Kimda bordir tillodan taxtlar,
Kimlardadir behuda vaqtlar.
Oʻqib olim boʻlsak ham lekin,
Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin.
Hayot faqat emasdir oppoq,
Biroz toʻxta !
Ortga asta boq.
Ming urinib olim boʻlsang ham,
Ammo, odam boʻlmoqlik qiyin.
Oʻylanmasdan bosilgan qadam,
Kimsa bormi betashvish, bekam.
Odammanda deysan eh, nodon,
Asli odam boʻlmoqlik qiyin.
Muallif: #Guli_Abdullayeva
Ijroda: Ra'no Tajiboyevna
Shitirlab kuy chalar shitirlab kuylab,
Men seni quchishni boryapman kòzlab,
Yomğir shodasidan tòkilar oxang,
Nenidir aytmoqchi bòladi sòzlab...
Senga qanday oshiq boʻldim.
2-qism ( hayotiy )
Ertasi kun tong otdi.Men ertalab darsga bordim.Darsni oʻrtalarida oʻsha qiz yozib qoldi.Hayollarim darsda ham faqat oʻsha qizda edi.1 para darsdan chiqdim.Dars 4-qavatda boʻldi.Keyingi para 3-qavatda.Xuddi rejalashtirilgandek 3-qavatni eshigiga yetay deganimda eshik yopildi.Xatto, taqillatib ham ocha olmadim.Majburan 2-qavatga tushdim.Ne koʻz bilan koʻrayki, oʻsha qiz 2-qavatda turardi.Nigohlar toʻqnashdi.Yurak urishimiz tezlashib, hayajondan kulib qoʻydik.Qisqasi bir-birimizni koʻrdik.Qizigʻi, asli tez kelayotgan edim oʻsha joyga, oʻsha qizni oldida qadamlarim ham avtomatik ravishda sekinlashdi.Tanam oʻzimga boʻy sunmay qotib qoldi.Unda nma holat boʻldi bilmadimku menda yana tushunarsiz bir nima paydo boʻldi.Miyyamda esa darsga kirish niyati yoʻqoldi.Sababi oʻsha qiz bilan suhbat qurgim,uni tim qora porlab turardigan koʻzlariga tikilib turgim keldi.Tezlik bilan oldizga boraymi deb yozdim.U esa darsga kiring dedi.Men xoʻp dedim va xursand darsga kirdim.Ba'zida unga yozayotgan vaqtim uni bezovta qilayapmanmi deb oʻylardim.
Biroq men yozishdan toʻxtamadim.Darsim tugadi.Koʻchaga chiqdim.Uni yana koʻrar ekanmanmi degan savollar ogʻushida atrofga qaradim.Turli yuzlar va odamlar orasidan uni izlardim.Biroz kutdim.Lekin u allaqachon kvartirasida edi.Va mashinaga minib uyga ketmoqchi boʻldim.Biroq keta olmadim.U turgan dom tomonga yurdim.Unga video tashladim.Keyin oʻsha dom yoʻlagiga toʻxtadim va kutdim.
Meni dugonasi koʻrgandi.Holimni koʻrib keling chaqiraman deb aytdi.Qanday chaqirasiz chaqirmang deya javob berdim.Uni universitetga ketayotganini,hozir sal kutib tursam koʻchaga chiqishini bildim.Lekin bilmaslikka olib oʻzidan soʻradim.U javob berdi.Men esa hamon kutib turardim.U shoshilib, sochlari shamolda uchib yuzini toʻsgan holda shoshilib, men tomonga kelardi.Meni koʻrmadi yoki eʼtibor bermadi qaramasdan oʻtib ketdi.Men esa yana telbalarcha kulib uyga ketdim.Uni yozishini har lahzada kutardim.
Lekin negadur yozmas edi.Kech boʻldi.Men ishlarimni bitirib koʻchaga yana chiqdim.Yana oʻsha qiz tomonga kelgim va uni koʻrgim keldi.U hamon yozmasdi.Yozishga harakat qildim lekin endi javob kelmasa kerak deb yoza olmadim.
U turadigan dom oldiga keldim.Instagramga kirdim va efir qila boshladim.Efir qilish odatimga aylanib qoldi.Sababi har safar efir qilganimda u kirar va meni hayajonli soʻzlari bilan aqlimni shoshirardi.Bu safar ham uni kutardim ammo kirmasdi.Xavotir olgandek boʻldim ammo umidimni uzmadim.Biroz vaqt oʻtgach tanish profil koʻrindi ya'ni u xa,xa u kirdi.Domi oldida ekanimni bildi.Dugonasi keling domni tagiga dedi.Men ham rozi boʻldim va bordim.Sababi uni koʻramanmi deya.Lekin koʻrmadim, koʻra olmadim va uyga bir muncha kayfiyatim yoʻq ketdim, ustiga ustak koʻchada ba'zi koʻngilsiz voqealar ham boʻldi.Biroq xech qaysi holat menga taʼsir qilmasdi.Biz u bilan oddiy tanishlardek munosabat qilardik halos.Yuragimdagi kechinmalarimni unga qanday aytishni bilmay qiynalardim.Rostini aytsam uni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqardim.Tushlarimga kiradigan boʻldi.Unga boshqa qizni yaxshi koʻrib qoldim dedim.Biroq yolgʻon gapirdim.Vaqtlar oʻtdi.Kech boʻldi men hamon unga qanday aytishni bilmasdim.Oʻzimda jurʼat topdim va biroz hazil qilib oʻsha qiz sz boʻlsangizchi dedim.
U kulib xazil qilyapsizmi dedi. Jiddiy ohangda xazil emas deya javob berdim.Rostdan ham oʻsha qiz sizsiz, bilmadim qanday qilib bunday boʻldi oʻzim ham hayronman.Szga qanday oshiq boʻldim bilmayman dedim.U qoyil Alloh meni qalbizga soldimi deya hayrat bilan soʻradi.Xa,deb aytdim.Bu gaplarni eshitganda u qanday tushundi yoki qanday emas javobi meni qiziqtirmasdi.Muhimi men xursand boʻldim nmaga ekanligini hozirgacham bilmayman.Faqatgina u meni qanday tushundi, taklifimni qabul qilar ekanmi yoki yoʻq deb oʻylayapman halos.Rosti unga qanday oshiq boʻlganimni bilmayman.Bilganim shuki,endi topdim deganda yoʻqotib qoʻyishim mumkin.Bu tasodifdir yoki shunchaki psixologik hodisa ammo men uni yoqtirib boʻldim.
Muallif: #sirli_oshiq
Davomi bor ...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago