?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Tibbiy turizm haqida "bir shingil"
Tibbiy turizm - biror davlatga davolanishga ehtiyoji bor chet ellik odamlar oqimini hosil qilish. Albatta O'zbekiston Markaziy Osiyoning "tibbiy markazi" sifatida bunday salohiyatga ega.
Odamlarni asosan ikki omil o'ziga jalb qiladi. Bu ham bo'lsa xizmat sifati va uning arzonligi.
Bizda tibbiy xizmatlar qo'shni respublikalarga solishtirganda ancha arzon. Lekin xizmat sifatichi? Xizmat sifati ham qolishmaydi. Lekin uni hozirgidan ham yaxshiroq holatga keltirish mumkin. Qanday deysizmi? Albatta, shifokorning barcha ehtiyojlarini to'liq qondirishga yetib, ortib ham qoladigan darajada haq to'lash orqali bunga erishish mumkin. Shifokor ehtijojlaridan ortib qolgan pulni nima qiladi? O'zining mutaxassisligi bo'yicha yangi kitoblar sotib oladi, chet ellarda malaka oshirish kurslarini o'tab keladi. Pul dardidan xoli bo'lgan shifokor o'z ustida ishlashni boshlaydi. Shifokor o'z ustida ishlashni boshladi degani bu xizmat sifati oshdi degani. Qarabsizki, "tibbiy turist"lar oqimi yana ham ko'payadi. Bu oddiygina formula. Mamlakatning dunyo tibbiyotidagi mavqeyi ham sifatli mutaxassislar orqali belgilanadi.
Tibbiyotimiz tibbiy turizm orqali yiliga bir necha o'n millionlab(dollarda) mablag' ishlab topishi mumkin. Buning uchun esa to'g'ri taktika va sifatli kadrlar kerak.
Kanalga ulanish:👉****@Dr_Muxtorov
Yanni - One man's dream
Kanalga ulanish:👉****@Maqsud_Muxtor
Nega bizda tibbiy xizmat sifati yaxshi emas, tibbiyot xodimlari nimaga bemorlarga e’tiborsiz deydiganlar uchun Ozod Sharofiddinov quyidagi gaplarini iqtibos qilib keltirmoqchiman.
“Odam mehnatiga yarasha maosh olmasa, maoshiga yarasha mehnat qila boshlaydi”
P.S. Qachonki vrachlarimiz mehnatlariga yarasha haq olishni boshlasa, tibbiyotimizda rivojlanish uchqunlarini sezishimiz mumkin.
Kanalga ulanish:?****@Dr_Muxtorov
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi ortib bormoqda va bu – zamonaviy tibbiyotning eng jiddiy muammolaridan. Muammo yechimlaridan biri esa bakteriyalarni bir-biriga qarshi qo‘llash bo‘lishi mumkin: olimlar bakteriyalar o‘z raqobatchilariga qarshi kurashish uchun ishlab chiqaradigan darobaktin moddasi asosida eksperimental antibiotik yaratish ustida ishlamoqda.
Kanalga ulanish:?****@Dr_Muxtorov
Toshmat tajang nima deydi?
Mahallamiz "darakchisi" Toshmat tajangning aytishicha, azim Qo'qonda faylasuf va sehrgar "tabib" paydo bo'lgan emish. Tajangning aytishicha unda biotok bor emish, odamga qoramaldog'i bilan tegsa kifoya ekan. Nogironlar yurishni, so'qirlar esa ko'rishni boshlar ekan. Bilasiz bizda mish-mish yorug'lik tezligidan ham chaqqonroq tarqaladi. Bu borada tajangga o'xshaganlarning xizmati beqiyos.
Tom ma'nodagi mish-mishlardan keyin "tabib"ning uyi oldi tumonat odamga to'lishi tabiiy bir holdek. Najot ilinjida yurganlarni "boshini aylantirish", muammosiz odamni aldashdan ancha oson aslida. Bu sodda insonlar afsona va miflar qurboni edi. Agar vaqtida barham berilmaganda, kuni kelib "Otarchilikdan tabiblikka qadar" nomli kitoblar chiqsa ham ajablanmas edim.
Umringning o'n yilini tibbiyotning bir sohasini o'rganishga sarflasangu, lekin ba'zi odamlar senga ishonmasdan uchar tabiblar oldiga yugursa, dardingni kimga aytasan. Odamlarimiz rosa ishonuvchan, tajangga o'xshaganlar ko'tarib yurgan gaplarni rost deb ishonib ketaverishadi. Tekshirib ko'rish xayollariga ham kelmasa kerak. Bunday holatlarda bizda yagona najot, tibbiy madaniyatni ilm orqali sug'orishdir. Shundagina odamlarimiz(tajangga o'xshaganlar ham) bulbuli go'yo bilib sayraydigan lo'ttivozlarga emas, balki sohaning haqiqiy mutaxassislariga ishonishni boshlashadi.
Kanalga ulanish:?****@Dr_Muxtorov
Bugun bir holat guvohi bo'ldim. Hindistonlik talabalar jamoat transportida yoshi ulug' insonlarga joy beryapti. Hindistonda qanaqa bilmadim-u, bu borada ular bizdan rang olgani aniq.
Kanalga ulanish:?****@Dr_Muxtorov
Bir kuni bir kishi meni yo‘qlab kelibdi. Salom-alikdan so‘ng muddaoga o‘tdi.
"Domla, 5000 dollar beraman, dissertatsiyani yozib bering, himoyadan keyin yana beraman, xullas, rozi qilaman" dedi.
"Farzandlardan nechta?" so‘radim.
"Ikkita..."
"Ularning aybi nima?" deb so‘radim.
Dovdiradi.
"Tushunmadim, domla..." dedi.
"Shunday qilib dissertatsiya yoqlasangiz hukmi halolmi yoki harom?" deb so‘radim.
"Bilmadim..."
"Siz menga halolligini isbotlab bering, sizga shart yozib beray, bir oy o‘tirsam bitta dissertatsiya tayyor bo‘ladi. Endi teskarisi bo‘lsachi? Ya’ni, harom. Fan nomzodi bo‘lasiz, fan nomzodiga yarasha oylik olasiz. Bu oyligingiz halolmi yoki harom? Agar harom bo‘lsa, bolalaringizga shuni yedirasizmi? Bolalaringizning aybi nima? Ularni halol yedirish o‘rniga bunday qilsangiz kelajagi nima bo‘ladi? Ozgina qiynalasiz, tan-joningiz sog‘, nima qilasiz go‘daklaringizning kelajagini barbod qilib? Bu gapni siz aytmadingiz, men eshitmadim, borib ishingizni qilavering!"
"Uzr, domla..."
"Bir gap esingizda tursin, ota-ona, ayniqsa, erkak kishi yetti pushtiga mas’uldir. Siz kim bo‘lsangiz yetti avlodingiz ham shu bo‘ladi. Buni genetika deydi, allaqachon isbotlab qo‘ygan! Mavzu beraylik, o‘rganing, ishlang!"
"Ming bor, uzr, domla..."
Keyin u kishini ko‘rmadim. Boshqa kelmadi.
©️ Baxtiyor Abdug'afur
Kanalga ulanish:?****@Dr_Muxtorov
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago