?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
❓Bolaning so‘lagi oqsa gijjaga tekshirish kerakmi?
👶Bolalarda so‘lak oqishi gijja(askaridoz) kasalligi belgisi bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash uchun qon yoki ertalabki najasni laborator tekshirish kerak bo‘ladi.
👨⚕Gijja kasalligi tasdiqlangandan so‘ng gelmintolog yoki pediatr ko‘rigi olib borib, davolash maqsadga muofiq. Chunki gijja kasalligi anemiyaga sabab bo‘ladi, bu esa boshqa oqibatlarni yuzaga chiqarishi mumkin.
👨👩👦Gijja kasalliklari ko‘pincha yurishni boshlagan bolalarda va bog‘chaga boradigan bolalar orasida ko‘p uchraydi. Kasallikni oldini olishning yagona usuli bu - shaxsiy gigiyena rioya qilish va bolani shunga o‘rgatishdir.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Uyda õtirib pul ishlash barchasi oddiy. Ushbu link
https://seller.soff.uz/account/register/33AVSAED2U
orqali rõyxatdan õtib intellektual mulklaringizni soting va daromad ishlang.Endilikda bu yerda siz õzinggizning ilmiy ishlaringiz, loyihalaringiz, turli prezentatsiya, fanlarga oid testlar, har xil qõllanmalar, maqolalar va shunga õxshgan yuzlab ma'lumotlarni sotishingiz va daromad qilishingiz mumkin. Ishni boshlash uchun sizdan hech qanday pul mablaģlar talab qilinmaydi.
Alisher va Gripp (virusi) suhbati
Alisher o‘z xonasi devorida o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi. Yaqinlashib qarasa, gripp ekan. Chaqqon bola emasmi, oshxonadan tezda shisha idish olib kelib, grippni qamab qo‘ydi.
– Ushlab oldimmi?! Ana endi, singlim Nargizani kasal qilganing uchun ta’ziringni beraman!
– U men emas, boshqa gripp edi. Men yaqinda ish boshladim, hali ko‘p narsani bilmayman, – dedi qo‘rqib ketgan maxluqcha.
– Unda bu yerda nima qilyapsan? – so‘radi Alisher qovog‘ini uyib.
– Haligi... Seni kasal qilgani keluvdim, – dedi gripp uyalib.
– Hali shunaqami?! – Alisherning jahli chiqib ketdi.
U idishga qaynoq suv quyib grippni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
– To‘xta, meni jazolama. Balki, kelisharmiz?.. – ko‘zlari yoshlanib iltimos qildi u.
– Kelishamiz, gripp bilan-a?!
– Nima qipti? Meni qo‘yib yuborsang, kasallikdan saqlanishning hech kim bilmaydigan sirlarini aytib beraman.
– Mayli, roziman, lekin shunda ham boshqalarni kasal qilmaslik sharti bilan, – dedi Alisher.
– Unda, eshit. Biz, asosan, havo orqali yuqamiz. Gripp bo‘lmaslik uchun quyidagi maslahatlarimga amal qil.
💊 Maktabda va avtobusda, albatta, dokali niqob taqib yur. Chunki bunday joylarda biz judayam ko‘p bo‘lamiz.
💊 Qo‘ling bilan burning va og‘zingni ko‘pam ushlayverma. Biz ko‘proq bolalarning qo‘llariga yopishib olamiz. Shu uchun ham qo‘lingni tez-tez sovunlab yuv.
💊 Kasal bo‘lib qolgan o‘rtoqlaring bilan masofa saqla. Chunki ular aksa urganda menga o‘xshagan grippchalar senga ham yopishib oladi.
💊 Xonangni tez-tez shamollatib tur. O‘shanda devor va buyumlarga joylashib olgan viruslar uzoqlarga uchib ketadi.
💊 Vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashni unutma. Charchagan va qorni och bolalarni biz osongina kasal qilib qo‘yamiz.
– Agarda shu qoidalarga amal qilsang, hech qachon gripp bo‘lmaysan!
– Tushunarli. Albatta, bularga amal qilaman. Sen-chi, endi nima qilasan? – so‘radi Alisher.
– Ishdan bo‘shayman. Bolalarni kasal qilish o‘zimga ham yoqmaydi. Keyin esa sayohatga chiqaman. Kichkinaligimdan asalariga o‘xshab guldan gulga qo‘nib yurishni orzu qilardim. Sen esa, hech qachon kasal bo‘lma! Xayr, do‘stim.
Alisher bilan xayrlashgan gripp oyna orqali tashqariga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.
Qadrli onalar! Ushbu hikoyani bolalaringizga o‘qib bering! Va ularni grippdan asrang!
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
❓Qaysi holatlarda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur?
?Bolani tutqanoq tutib qolsa(Epilepsiya)
?Tana harorati ko‘tarilsa
?Bolaning ichi qora rangda kelsa yoki najasida qon bo‘lsa
?Kuchli qusish bo‘lsa(fontansimon)
?Ovqatlanish vaqtida doim yo‘talsa
?Biror jismni yutib yuborsa
?Bolaning ichi 5 martada ortiq
?Najas rangi yashil va qo‘lansa hidli bo‘lsa
?Qusuq massasining rangi yashil yoki to‘q sariq bo‘lsa
©Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish?@Pediatric_uz
Kanalga ulanish?@Bolajon_parvarishi
❓Bola emlangandan keyin yosh onalar qanday tavsiyalarga amal qilishi zarur?
??Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.
?Bolada shamollash alomati kechayotgan bo‘lsa, emlash mumkin emas. Bola butunlay tuzalgandan so‘ng, emlashni amalga oshirsa bo‘ladi;
?emlashlar orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak;
?emlashdan oldin va undan bir necha kun keyin bola bilan odamlar ko‘p to‘plangan joylarga bormaslik tavsiya etiladi.
?Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.
?Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
? bir yoshgacha bo‘lgan bolalar rasioniga emlashdan bir necha kun oldin va keyin yangi mahsulotlarni kiritish mumkin emas;
? emlash davrida emizishni davom etish juda muhim;
???? bolani emlayotganingizda bola va uning oila a’zolari sog‘lom bo‘lishi kerak;
?emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish? @Pediatric_uz
Kanalga ulanish? @Bolajon_parvarishi
Ayol ro’yxatdan o’tayotganda mashg’ulot tiliga qaramagan bo’lishi mumkin. Kutubxonaning doimiy tashrif buyuruvchisi sifatida mashg’ulotlar baribir rus tilida bo’ladi deb o’ylagan bo’lishi ham mumkin. Yoki mening o’zbekcha bilmaydigan bolamga tarjima qilib berishadi deb ham o’ylagan bo’lishi mumkin. Taxminlar juda ko’p, lekin ularning hech qaysi biri meni umuman qiziqtirmaydi.
Meni qiziqtiradigan yagona narsa - biz qayerdamiz?
O’zbekistonning barcha bolalari uchun ochilgan Respublika bolalar kutubxonasidan nega foydalanmaymiz, nega xonalarni, zallarni, mashg’ulotlarni to’ldirmaymiz? Joyimizga, haqqimizga ega chiqish shunchalik qiyinmi? Nimani kutyapmiz? Bolamizga nega o’zbek tilida kitob o’qiyotganimizning hisobini berishnimi?"
... Nima dey o'quvchimga? Bizda hamma onalar yakshanba kuni uy tozalash bilan, bolalari ularga yordamlashish bilan band bo'ladi, aks holda, albatta, kelishardi, deymi?
Aziz onalar, har yakshanba (BUGUN HAM) soat 13:00dan 14:00gacha Respublika bolalar kutubxonasiga 5-7 yoshdagi bolajonlaringizni olib boring. Bir fidoyi talaba bolalaringizga kitob o'qib bermoqchi, nutqi bilan ishlamoqchi. Tekinga.
Bir soatgina vaqt ajratib, bolajoningiz bilan boring.
Bolalarizga rus, ingliz, koreys, yapon, qo'yingki, har qanday tilni o'rgating, bu, albatta, yaxshi. Ammo o'z ona tilini bilmaydigan bolani tarbiyalamang! Iltimos!
Tilimiz yo'qolsa, millat sifatida biz ham yo'qolib ketamiz.
@suvaydo
#millat_til_tarbiya
"Men o'zbekman" deymiz-u, tilimizga tupurib qo'yganmiz. Ism-familiyasi g'irt o'zbekcha bo'lgan (uni ruscha talaffuz qilish yoki qisqartirishga harakat qiladigan) qorako'zlarga do'kon, bank, kafeda murojaat qilsang, o'zbek tilida javob berolmaydi eplab. "Meshat qildi", "ustanovka qildi", "skachat qildi" qabilidagi so'zlar urchigandan urchidi..
Bu ketishda yana ellik yildan keyin sof adabiy yoki badiiy matn tuza oladiganlar anqoning urug'iga aylanadi.
Videodarslarga tayyorlanish asnosida shularni o'ylab o'tirgandim, o'quvchilarimdan biri yozib qoldi.
U (ya'ni men bir pytlar litseyda o'qitgan, ayni paytda Anqara universiteti Ta’lim bilimlari instituti Maktabgacha ta’lim bo’limi magistranti bo'lgan Iroda Oripova) hozir "O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining shakllanishida Sovet mafkurasining o'rni" mavzusida magistrlik dissertatsiyasini yozyapti. Ta'tilining ilk kunlaridan to'lib-toshib rejasini aytgan edi. O’zbek bolalariga o’zbek tilini tanitmoqchiman, har yakshanba bolalarni Respublika bolalar kutubxonasiga yig'ib ularga kitob o'qib beraman, - degan edi. - Keyin o'sha kitob haqida suhbatlashamiz.. Keyin.. Keyin..
Unga "ovora bo'lma, bizning yosh onalar bolasini rus tili yoki ingliz tili yoki pazandalik kursiga olib borishi mumkin, ona tilini o'rgatish uchun HECH NIMA qilmaydi" demadim, ishtiyoqini o'ldirgim kelmadi. Ammo.. Mana kecha undan olgan xatim:
"Ustooooz !!!! (...)
Shaxsiy kuzatuvlarimdan qilgan xulosam - kutubxonaning aynan maktabgacha yoshdagi bolalar auditoriyasi rusiyzabon bolalar (ruslar va rusiyzabon o’zbeklar) ekanligi. Shunga yarasha kutubxonadagi ko’p mahorat darslari, to’garaklar rus tilida. Talabga ko’ra taklif. Ular har hafta oxiri ota-onalari bilan kutubxonani to’ldirishadi, to’garaklarga qatnashib, o’zlari uchun butun boshli muhit yaratishgan.
Kutubxonaga o’zbek bolalarining ham oqimini ko’paytirish, bizda ham bolaga kitob o’qish, kutubxonaga olib borish madaniyatini shakllantirish maqsadida faqat va faqat o’zbek tilida kitob o’qish to’garagini tashkil qilgim keldi. Kutubxona rahbariyati meni juda ochiq qarshiladi, faoliyatim uchun hamma sharoitni yaratib berdi.
Ularga o’zbek tilida mashg’ulotlar yetishmayotganini, o’zbek auditoriyasini ham chaqirish kerakligini ta’kidlashdi. Dunyoning har xil chekkasidan yig’ib kelgan kitoblarimdan birga ro’yxat qildik, kutubxona tasdiqladi. Har bitta kitobni o’zbek tiliga o’girish, bolalarga moslashtirish, hikoyadan so’ng so’z boyligini oshirish, harflar va tovushlarni tanish, nutq malakasini oshirish bo’yicha turfa xil mashqlar, o’yinlar o’ylab chiqdim, reja tuzdim.
Ijtimoiy tarmoqdagi e'lonlarimizdan keyin birinchi haftada shov-shuv bo’lib ro’yxatdan o’tishdiki, uni erta to’xtatishga to’g’ri keldi. Shuncha bola sig'may qoladi deb cho'chiganimdan azbaroyi...
Keyin nima bo’ldi deb o’ylaysiz? Ro’yxatdan o’tgan 20 ta boladan 5 tasi ham kelmadi. Keyingi haftalarda ham ro’yxatning yarmi yo’q…
Bu ma’suliyatsizlikning sababi nima? Bitmas-tuganmas pishir-kuydirdan, supur-sidirdan, tog’ora, to’y bazmdan haftada bir soatgina bolasi uchun vaqt ajratish shunchalik qiyinmi? Qiyin bo’lsa ro’yxatdan o’tmasdan, boshqani joyini olmasdan, hammani kuttirmasdan yashash-chi? Uyam qiyinmi?
Baraka topgur, bolangni olib kel, bolangga tekinga kitob o’qib beraman deb turgan odamning mehnatiga tupurib qo’yishning zavqi juda boshqacha bo’lsa kerak…
Agar bugungi vaziyatga duch kelmaganimda, bularning hech qaysinisini yozmasdim. Bitta bola kelsa ham o’sha bitta bolaga o’zbekcha kitob o’qiyman deb o’zimga va’da berganman chunki.
Bugun.. Mashg’ulot boshlanmasidan oldin xonada ikkita rus bola o’tirganini ko’rdim, ularga kitobni o’zbek tilida o’qishimni tushuntirdim, baribir qatnashmoqchiligini aytishdi. Kitob yakunlab qolganida bir rus ayol (ularning onasi) kirdi, nega mashg'ulot o’zbekcha bo’layotganini so’radi. Ruschada ham bo’lishi kerak deb jahl qildi. Zarda qilib narsalarini yig’ishtirib, bolasi bilan xonadan chiqib ketdi.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago