الْحَقُّ

Description
Yuzingni dinga toʻgʻri tut mushriklardan boʻlma 10:105 وَأَنَأَقِمَ وَجَهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفََا وَلَاتَكُونَنَّ مِنَ ٱ لَمُشَرِ کِينَ ١٠:١٠٥
Advertising
We recommend to visit

PRIKOL VIDEOLARNI DODASI

Admin @REKLAM_UZPRIKOL

Last updated 2 years, 2 months ago

☎️ Реклама 👉 @Koshona

🎭 Топ приколлар фотолар ва қизиқарли видеолар. Кун давомида, энг саралари сизлар учун.

Last updated 1 month, 2 weeks ago

✅ Бирор бир маҳсулотга буюртма бермоқчи бўлсангиз @SOTUVCHll га ёзинг!

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month, 3 weeks ago

📕LISAN KITOBI 1 QISM

🍂7- dars lug'atlari

🍁عُطْلَةٌ - dam olish

🍁أَبٌ - ota

🍁أُمٌّ - ona

🍁جَدٌّ - bobo

🍁أَخٌ- uka-aka

🍁أُخْتٌ - opa-singil

🍁عَمٌّ - amaki

🍁خَالٌ- tog'a

🍁اِبْنٌ - o'g'il

🍁يَقِفُ - u turibdi

🍁يَلْبَس - u kiyinyapdi

🍁مَنْظَر - manzara

🍁يَحمِل - u toshiyapman

@Dorus_Salom8

1 month, 3 weeks ago

ЖУФТИ ҲАЛОЛИНГИЗГА АЛЛОҲ СЕНДАН РОЗИ БЎЛСИН, ДЕЙИШИНГИЗ УЧУН САБАБЛАР!

بســـــــــم الله الرحمن الرحيم

1) Сиз билан бир том остида яшаб, уйингизни уй қилгани учун.

2) Ҳар куни тоза кийимлар кийишингизга ишонганингиз учун.

3) Ҳар куни сизга лаззатли таомлар пиширгани учун.

4) Сиз кўчада эканингизда уйингизга кўз қулоқ бўлгани учун.

5) Ҳар кеч уйга қайтишингизда сабаб бўлган киши эканлиги учун.

6) Болларингизга Диний илм бериб, Тавҳидни ўргатгани учун.

7) Сизни яхши кўриб Аллоҳ таоло розилиги учун сизга итоат қилгани учун.

Аёлингизга эътиборли ва марҳаматли бўлинг!

Сизларнинг яхшиларингиз, хотинларига яхшилик қиладиганларингиздир:

وَعَنْ أَبِي هُرَيرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ: «أَكْمَلُ المُؤْمِنِينَ إِيمَانًا أَحْسَنُهُمْ خُلُقًا، وَخِيَارُكُمْ خِيَارُكُمْ لِنِسَائِهِمْ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
Мўминларнинг иймони комилроғи, хулқи яхшироғидир. Сизларнинг яхшиларингиз, хотинларига яхшилик қиладиганларингиздир, дедилар.

(Имом Термизий ривояти).

1 month, 3 weeks ago

TAVHID BO‘LMASA, NAMOZ FOYDA BERMAYDI

بســـــــــم الله الرحمن الرحيم

Tavhid bo‘lmaydigan bo‘lsa, namozning o‘zi foyda bermaydi. Zakot va ro‘za ham shunday. Chunki, tavhidni e’tirof etmagan, qalbida unga e’tiqod qilmagan va unga amal qilmagan kishining hamma amali bekordir.

Alloh taolo aytadi:

وَقَدِمۡنَآ إِلَىٰ مَا عَمِلُواْ مِنۡ عَمَلٖ فَجَعَلۡنَٰهُ هَبَآءٗ مَّنثُورًا

(Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz.

(Furqon surasi, 23-oyat).

Yolg‘iz Allohning O‘ziga ibodat qilishning sha’ni naqadar buyuk ish ekani shu bilan ham bilinadi. Halok bo‘lgan kimsa faqat tavhidni bilishni va unga amal qilishni tark qilgani uchungina halok bo‘ldi. Shayton ham birovga kirsa, shirk eshigidan kirib keladi. Ikki shahodat kalimasini til bilan aytib qo‘yish Islomda kifoya qiladi, degan so‘z xatarlidir. Banda bilmog‘i zarurki, ma’nosini bilmasdan va taqozosiga ko‘ra amal qilmasdan, uning ziddidan saqlanmasdan turib, kishiga ushbu kalimani til bilan talaffuz qilib qo‘yish foyda bermaydi. Aslida, tavhidni va shirkni ijmoliy suratda (ya’ni, batafsil bo‘lmagan, qisqacha shaklda) bilish juda oson va yengil narsadir. Muhammad sollallohu alayhi va sallam yuborilgan davrdagi insonlar tavhid va shirkning nima ekanini bilishardi. Kim «la ilaha illalloh desa, shirkdan butunlay yuz o‘girar va uning botil hamda ixlos kalimasiga zid narsa ekanini bilishardi. Shuning uchun ham Rosululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarni tavhidga chaqirib: La ilaha illalloh deb aytinglar najot topasizlar, deganlarida mushriklar:

Alloh taolo aytadi:

أَجَعَلَ ٱلۡأٓلِهَةَ إِلَٰهٗا وَٰحِدًاۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَيۡءٌ عُجَابٞ

(Shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!

(Sod surasi, 5-oyat).

Deyishdi. Ammo, keyinchalik, shubhalar ko‘payib ketgan vaqtlarga kelib, tavhidni bilish va uning ziddidan qutulish qiyinlashib ketdi, nifoq kuchaydi, ko‘pchilik odamlar shahodat kalimasini til bilan aytganlari holda Allohdan boshqaga ham sig‘inadigan bo‘ldi. Sababi esa tavhid kalimasi ma’nosini to‘g‘ri anglamaslik, uning ma’nosi faqat Allohga ibodat qilish ekani deb tushunib qolishi va u bilan birga tog‘utlarga kofir bo‘lish ham zarurligini bilmaslik, yoki ushbu kalimaning ma’nosiga e’tibor bermasdan va uning taqozosiga ko‘ra amal qilmasdan, faqat tili bilan talaffuz qilib qo‘yishi bo‘ldi. Alloh barcha bandalarga tog‘utga kofir bo‘lish va Allohga iymon keltirishni farz qildi.

Ibn Qoyyim rohimahulloh aytadi:

Tog‘ut ma’bud, boshliq, itoat qilinadigan shaxs kabi bandaning haddidan oshishiga sabab bo‘ladigan narsadir. Tog‘utga kofir bo‘lish va Allohga iymon keltirish tavhidning ikki ruknidir Alloh barcha bandalarga tog‘utga kofir bo‘lish va Allohga iymon keltirishni farz qildi... Barcha bandalarga, ya’ni insonga ham, jinga ham, erkakka ham, ayolga ham, arabga ham, ajamga ham, ozodga ham, qulga ham tog‘utlarni inkor qilishni, ya’ni botil ilohlardan va ularga sig‘inuvchilardan bezor bo‘lishni, ularni botil deb, foyda berishga ham, zarar yetkazishga ham qodir emas, deb e’tiqod qilishni, shu bilan bir qatorda Allohga iymon keltirish va ibodatni faqat Uning O‘ziga, sheriksiz qilishni farz qildi.

Kim Allohga iymon keltirsa-yu, tog‘utga kofir bo‘lmasa, u muvahhid (tavhid ahlidan) sanalmaydi. Xuddi shunga o‘xshash, kim tog‘utga kofir bo‘lsa-yu, Allohga iymon keltirmasa, u ham muvahhid sanalmaydi. Muvahhid deb tavhidning mazkur ikkala ruknini tog‘utga kofir bo‘lish va Allohga iymon keltirishni o‘zida jamlagan kishiga aytiladi.

Alloh taolo aytadi:

‎فَمَنْ يَكْفُرْ بِالطّاغُوتِ وَيْؤْمِن بِاللّهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَى لاَ انفِصَامَ لَهَا وَاللّهُ سَمِيعٌ عَلِيم

Bas, kim tog‘utdan yuz o‘girib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan mustahkam halqani ushlabdi.

(Baqara surasi, 256-oyat).

Demak, kim tog‘utdan yuz o‘girib, Allohga iymon keltirsa, shu kishi hech ajrab ketmaydigan mustahkam halqani tutgan bo‘ladi.

2 months ago

Alhamdulillah alla kulli haal

2 months ago

Oddiylikda gap koʻp!

2 months ago
الْحَقُّ
2 months, 1 week ago

Товеейл ал шавқ

2 months, 1 week ago

Миннуриҳи

2 months, 1 week ago

Нашед нурун ъала

2 months, 2 weeks ago

ПОКИЗА МЎМИНА АЁЛЛАРГА ТУҲМАТ ҚИЛИШ! Аллоҳ таоло айтади: إِنَّ ٱلَّذِينَ يَرۡمُونَ ٱلۡمُحۡصَنَٰتِ ٱلۡغَٰفِلَٰتِ ٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ لُعِنُواْ فِي ٱلدُّنۡيَا وَٱلۡأٓخِرَةِ وَلَهُمۡ عَذَابٌ عَظِيمٞ يَوۡمَ تَشۡهَدُ عَلَيۡهِمۡ أَلۡسِنَتُهُمۡ وَأَيۡدِيهِمۡ وَأَرۡجُلُهُم…

We recommend to visit

PRIKOL VIDEOLARNI DODASI

Admin @REKLAM_UZPRIKOL

Last updated 2 years, 2 months ago

☎️ Реклама 👉 @Koshona

🎭 Топ приколлар фотолар ва қизиқарли видеолар. Кун давомида, энг саралари сизлар учун.

Last updated 1 month, 2 weeks ago

✅ Бирор бир маҳсулотга буюртма бермоқчи бўлсангиз @SOTUVCHll га ёзинг!

Last updated 1 year, 5 months ago