Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
‼️ 1-SMENAGA TUSHGAN G'AZAL
Dema ul chehrayi gulrang uzra chashmi jodudur,
Xo'tan gulzori ichra jilvagar sarmast ohududur.
Emas mushkin qoshi ko'z uzrakim aylab havoyi sayd,
Hamul ohu uza parvoz ko'rguzgan itolg'ududur.
Musaffo oraziq'a qatra xo'ylarkim berur ziynat,
Tarovatbarsh Eram gulzorida har yon suzuk suvdur.
Emastur obihayvon chashmasida ruhparvar mavj,
Labi shirini izhor aylagan jonbazsh kulgudur.
Labidin har nafaskim nuqtayi dilkash bo'lur zohir,
Sochlig'on huqqayi yoqutdin serob injudur.
Latofat sunbulidur zeb bergan husn bog'iga,
Uzori uzra bukim jilvagar har sori gisudur.
Yetar har lahza mujgonii zayoli jon aro, vahkim,
Olardur jonsiton o'qlar, bu ul o'qlarg'a qobudur.
Ne tong ul chehra fikri chiqmas ersa soda ko'nglumdin
Ki, xo'blar orazi aksi maqomi sof ko'zgudur.
Visoli manzilig'a hajr shomida nechuk yetkum —
Ki, yo'ldur bas uzoq-u kecha ham usru qorong'udur.
Karam aylab o'zing yetkur harimi vasl aro, yo rab —
Ki, sandin Ogahiying iltimosi borho budur.
📠 Aziz Nesin ʼʼNoyob mikrobʼʼ
🎤Gulshoda Tojidinova
Shu matn tushibdi
O'zbekiston gender tengligi statistikasida ko'tarilibdi...
"...O'zbekistonda erkak va ayollar tengdirlar, ular bir xil SOVUQ QOTISH huquqiga egadirlar. Imtiyozlar faqat "QUDA" tomonga beriladi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart..."
Internetdan oldim
Assalomu alaykum
Bugungi kun trendiga aylangan ushbu videoni ko‘rib beixtiyor yuzizga tabassum yuguradi, so‘nggida ko‘zizga yosh ham oralaydi. Judayam ajoyib trend. Havas qilgandim kechagina o‘quvchilar garchi sinf rahbari bo‘lmasamda meni ham shunday suyuntirishdi.
To‘g‘risi kutmagandim, judayam xursand bo‘ldim😊
Assalomu alaykum,menga ham shunday trend qilishdi, toʻgʻrisi xursand boʻldim. Ular ham xursand boʻlishdi. Lekin ozroq hijolat ham boʻldim. 7-sinf oʻquvchilari edi. Hammasi yaxshi koʻrishini aytishib arzimas sovgʻa deyishdi. Shokoladni ochib oʻzlari bilan birga yeyishni taklif qildim. Majburlab ham yedira olmadim,baʼzilariga. Bolajonlar tez ulgʻayishmoqda. Jonlari sogʻ boʻlsin.
#esse_mavzusi *50 FOIZLIK USTAMA QAYSI DARAJAGA BERILSA FOYDALI?
Ma'lumki, 2025-yil yanvardan boshlab tegishli darajadagi milliy sertifikati bor ona tili va adabiyoti hamda tarix o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha haq miqdori keskin yuqorilashi kutilmoqda . Bir guruh ustozlar 2025-yil yanvar oyidan A, A+ , ayrimlar esa B+, A, A+ darajadagi sertifikat 50 foiz ustama berilishiga hujjat bo‘lib xizmat qiladi degan fikrda. Aslida, qaysi tomon qarashi o‘z tasdig‘ini topsa samarali bo‘ladi?
Birinchi tomonning bir necha asosli fikrlari bor. Avvalo, A darajali sertifikat imtihon savol topshiriqlarini 86 foizini to‘g‘ri bajargan talabgorga beriladi. Bu umumiy ballga nisbatan 100 foiz ko‘rsatkich demakdir. Shuningdek, chet tili o‘qituvchilariga C1 daraja 50 foiz qo‘shimcha haqqa munosib hisoblanadi. Bu milliy sertifikatning A darajasi baliga tengdir.
"Har kim o‘z qarichi bilan o‘lchar" deganlaridek, yangi yildan so‘ng ham B+ darajali sertifikat ustama uchun vosita bo‘lib qolishiga ishonchi komil ustozlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Ular o‘z qarashlarini, birlamchi, MMTVning 2024-yil 29-maydagi qarorini, ikkilamchi, rash modeli ishga tushmasdan avval 100balldan 80ballni qo‘lga kiritgan muallimlarga 20foiz ustama to‘langani, ya'ni B+ maksimal ballning 80 foiziga to‘g‘ri kelishi bilan izohlashmoqda.
Menimcha, 2025-yil yanvardan 50 foizlik ustama B+ darajali sertifikat egalariga berilsa, yurtimiz kelajagiga samarasi katta bo‘ladi. Birinchidan, fanni bilish darajasi sertifikat imtihonlarining eng ko‘p talabgori ona tili va adabiyot yo‘nalishiga mansub. Ikkinchidan, B+ daraja ortida ham chakana mehnat yotgani yo‘q. Chunki bir necha yillardan buyon repetitorlik bilan mashg‘ul, o‘z navbatida yuz foiz abituriyenti OTMlarga yuqori ball bilan kirgan ustozlar ham B+ natijaga zo‘rg‘a erishganligiga guvohman. Uchinchidan, A, A+ daraja maqullansa, talabgorlar soni keskin kamayishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida har bir imtihonga kirish istagi bordan tushadigan to‘lov so‘mmasiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘rtinchidan, kundalik va oilaviy turmush tarzidan ortib o‘z ustida muntazam shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar uchun bu katta ruhiy zarba bo‘lishi aniq. Sababi mutaxassisligiga mas'uliyat bilan yondashayotganlarning aksariyati B+ ga ega va o‘z navbatida ular 10-11-sinf o‘quvchilarida ham MS ga qiziqish uyg‘otmoqda. Birga ishlaydigan hamkasabam Lola Hayitova har safar 6-7 nafar shogirdlarini imtihonga jalb etadi. Bu yoshlarning ota-onalari cho‘ntagiga 506 mingdan ziyodroq so‘mga ziyon solsa, davlat g‘aznasiga shuncha foyda keltirmoqda. Shaxsan menda ham sertifikatga bo‘lgan e'tiborni aynan shu ustoz shakllanishiga sababchi bo‘lgan. Natijada bugungacha 3 marta imtihon uchun to‘lov qildim va qator B+ li sertifikat sohibasiga aylandim.Vaholanki, o‘z vaqtida 95 ball bilan oliy toifani olishga muvaffaq bo‘lgandim. Prezidentimiz aytganidek, "Ta'lim-kurash". Bu kurash maydoniga yoshlarni biz ustozlar yengilmas jangchi sifatida tayyorlashimiz darkor. O‘ylaymanki, moliya vazirligida matematik hisobni qiyib qo‘yganlar faoliyat ko‘rsatadi hamda buromaddan keladigan daromadni yaxshi anglab yetadilar. A, A+ darajaga ustama belgilash bir so‘z bilan aytganda, burgaga achchiq qilib ko‘rpa kuydirish bilan barobardir. Dono xalqimiz: "Yetti o‘lchab, bir kes",-deb bejiz aytmagan.
Demak, o‘z fanining ustasi A, A+ darajali sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Lekin B+ uchun ona tili va adabiyoti hamda tarix o‘qituvchilariga 50 foiz ustama belgilash mamlakatimizning ham iqtisodiy, ham ma'naviy jihatdan yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sarvara Eshonxonova*
https://t.me/ona_tili_Qurbonboyev
Munday oʼylab koʼrishsa 1000 ta odamga ustama toʼlashsa,10.000 ta odam.topshiradi , sertifikat uchun,
4 marta urinib zoʼrgʼa B+ olgan odam ,
A daraja uchun qaytib tayyorlanmaydi,topshirmaydi ham.
Vazirlikdagi iqtisodchilar superkontarktda oʼqimagandir .
Assalomu alaykum aziz ilm ahli,
Ma'lumki 2 -dekabrdan Ona tilidan Milliy Sertifikatga ro'yhatdan o'tish jarayoni boshlanadi. Ro'yhatdan o'tish jarayonida turli muammolar vujudga kelishi mumkin (masalan: login, parolni eslolmaslik, ro'yhatdan o'tishda muammolar, raqamga sms kelmasligi va h.k.) shu muammolarni hal qilishda kimga murojaat qilsam ekan deb o'ylanasiz.
Hozirgi kunda ro'yhatdan o'tib beraman deb, shahsiy ma'lumotlaringizga ega bo'lib oladigan firibgarlar talaygina. Siz aziz foydalanuvchilarni xavfsiz ro'yhatdan o'tishingizni o'ylagan holda Ro'yhatdan o'tish xizmatini joriy qildik.
Nafaqat ona tili, balki boshqa fanlar va chet tillaridan ro'yhatdan o'tishda har qanday muammoyingiz bo'lsa, quyidagi telegram profiliga murojaat qilishingiz mumkin:
Royhatdan o'tishdagi har qanday muammoyingiz hal qilib beriladi. Xizmat narxi 20 ming so
m. O'zbek tili va adabiyoti fanidan royhatdan o
tish sanasi 2-8-dekabr kunlari (8-dekabr kuni ham)
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago