@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago
Kanadada ish bormi o'zi? Ishsizlik darajasi qanaqa hozirgi kunda?
Yanvar oyida Kanada mehnat bozori 76 000 ta yangi ish o'rinlariga ega bo'ldi va xabaringiz bor kuchli mehnat bozori har doim iqtisodiyot uchun ijobiy belgi hisoblanadi. Qaysi sohalarda eng ko'p yangi ish o'rinlari bo'yicha o'sish kuzatilganini ko'rib chiqamiz.
Hozirga kelib butun Kanada bo'ylab ishsizlik darajasi 6.6% ni tashkil qilmoqda umumiy hisobda butun mamlakat bo'ylab. Ketma-ket uchinchi oydirki, ushbu davr mobaynida jami 211 000 ta yangi ish o'rinlari tashkil qilindi.
Quyidagi bir qancha sohalarda ish o‘rinlarining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda:
Ishlab chiqarish: +33 000 ish o'rni (+1,8%)
Professional, ilmiy va texnik xizmatlar: +22 000 ish o'rni (+1,1%)
Qurilish: +19 000 ish o'rni (+1,2%)
Turar joy va oziq-ovqat xizmatlari: +15 000 ish o'rni (+1,3%)
Hududiy jihatdan, ish o'rinlari o'sishi Ontario (+39,000 ish o'rni; +0,5%), British Columbia (+23,000 ish o'rni; +0,8%) va New Brunswick (+2,900 ish o'rni; +0,7%) qo'shimcha yangi ish o'rinlari ega bo'ldi.
Umuman olganda, Kanada mehnat bozori barqarorlikni namoyish etishni boshladi, ko'plab sektorlar va mintaqalarda barqaror ish o'rinlari yaratilishi ishsizlik darajasining pasayishiga yordam bermoqda.
Bundan biroz avval, aniqrog'i 5-6 oy avval Kanada mehnat bozoriga tashqaridan juda ko'p yangi chet elliklar kirib kelgani munosabati bilan ish uchun raqobat oshib ketgan edi. Natijada esa ishsizlik biroz oshib umumiy miqdor 7 foizdan ham oshib ketgan edi. Endi esa Kanadaga viza berish soni qisqartirilgani munosabati bilan ichkaridagi vaziyat jilovlanmoqda.
Ajab emas saylovlardan keyin immigratsiya siyosati yana qayta ko'rib chiqilib, ichki iqtisodiy holat o'nglangach, tashqaridan chet elliklarni olib kelish soni yana oshishni boshlasa. Sababi nafqaga chiqib ketayotganlar soni yiliga o'rtacha 300-400 ming oralig'ini tashkil qiladi va ularning o'rnini ham kimdir egallashi kerak baribir.
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉* @Mr_Ali_Canada *Telegram kanalga ulanish uchun: 👉****https://t.me/CanadAli
Kanada hukumati chekka hududlarga borib yashash istagi borlar uchun yangi dasturni e'lon qildi. Undan tashqari fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun ham qo'shimcha programma ishga tushdi.
"Rural Community Immigration Pilot" deb nomlangan bu programma Kanadaning uzoqroq va qishloq hududlarida doimiy yashashni xohlaganlarga mo'ljallangan bo'lib, borib olib 3-4 yil yashab, keyin ma'lum bir asosni ko'rsatib boshqa katta shaharga ko'chib ketish imkoniyatidan ham mahrum qilmaydi.
Nima uchun bu dastur ishga tushdi? Sababi ko'plab immigrantlar katta shaharlarga intiladi va chekkaroq hududlar aholi kamayib ketmoqda. Biroq 2024-yil oxirigacha 8500 dan ortiq nomzod chekka hududlar uchun tanlab olingan. Bu safar ham ular soni 10 mingdan oshiq bo'lishi kutilmoqda.
Shu maqsadlar uchun jami 14 ta hudud tanlab olindi va ushbu hududlarga yetishmayotgan ishchilarni olib kelishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.
Kim ariza bera oladi?1) Mazkur hududlarda ish taklifi olsangiz;
2) Oxirgi 3 yil ichida o'z kasbingizda, qaysi davlatda bo'lsa ham kamida 1 yil ishlagan bo'lsangiz.
3) Ingliz tilini o'rtacha darajada bilsangiz.
4) Kamida o'rta ta'lim darajasi (11-sinf attestat, kollej yoki litsey diplomi) bo'lishi.
Qaysi hududlar tanlab olindi?
Ontario provinsiyasi: North Bay, Sudbury, Timmins, Sault Ste. Marie, Thunder Bay, Steinbach;
British Columbia provinsiyasi: West Kootenay, North Okanagan Shuswap, Peace Liard;
Alberta provinsiyasi: Claresholm;
Nova Scotia provinsiyasi: Pictou County;
Manitoba provinsiyasi: Altona/Rhineland, Brandon;
Saskatchewan provinsiyasi: Moose Jaw;
Fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun hududlar quyidagilar:
British Columbia provinsiyasi: Kelowna New Brunswick provinsiyasi: Acadian Peninsula Ontario provinsiyasi: Sudbury, Timmins, Superior East Region Manitoba provinsiyasi: St. Pierre Jolys
Yaqin orada har bir hudud o'z vebsaytini ishga tushiradi va maxsus vakansiyalarni e'lon qiladi. O'sha vakansiyalarga rezyume topshirib ish taklifini olishga muvaffaq bo'lsangiz, oila bilan birgalikda doimiy yashovchi sifatida ko'chib borishga imkoniyat ochiladi. Turmush qurmagan bo'ydoqlar uchun ham bundan mustasno emas albatta. Vakansiyalar ochilishi bilan bu haqda e'lon qilaman va o'z omadingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi.
Dasturda qatnashmoqchi bo'lganlar @Mr_Ali_Canada akkaunt orqali telegramdan shaxsan bog'lanishlari mumkin.
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉****https://t.me/CanadAli
"Hammani ko'nglidan joy olaman yoki hammaga birday yoqaman deb o'ylash xato" deb aytgan edi qaysidir faylasuf... yoxud viza ololmaslikda kimnidir ayblash to'g'rimi aslida?
Yaqindagina Kanadaga avval biz viza olib berishda yordam bergan bir sobiq mijozimiz yozib qoldi: sizni qaysidir chatda yoki guruhda g'iybat qilishmoqda deb. E'tibor bermadim, shunchaki kulib qo'ydim. Lekin indamasam ochiqdan ochiq mag'zava ag'dargan ekan 1-2 ta inson tomonidan. Bu haqda reaksiya bildirishga qaror qildim.
Go'yoki, viza ololmagani uchun bizni aylashgan. Aslida viza mutaxassislari, yoki o'zini hurmat qilgan mutaxassislarning hech biri qaysidir ishda kafolat bera olmaydi. Natijaga kafolat berdimi demak bunda qandaydir bir o'yin yoki manfaat bor. Vizaga hujjat topshirishda amliy yordam so'rab murojaat qilgan mijozga har doim shartnoma shartlari taqdim qilinadi oldindan. Unda aniq yozib qo'yiladi: natijaga kafolat berilmaydi deb. Lekin biz o'zbekmizda baribir kafolat bo'lsa ko'nglimiz to'q bo'ladi. Lekin shartnomani yaxshilab o'qib chiqish zarur har qanday ishni boshlashdan avval. Yoki e'tiroz bo'lsa ochiqchasiga yuzma yuz o'zimizga aytish kerak, orqadan yomonlashdan ko'ra.
Kimdir sizni qaysidir omma oldida yomonotliq qilib chiqsa siz shu bilan yomon odam bo'lib qolsangiz unda buni nomini "samosud" desa ham bo'ladi. Bir kishini fikri bilan sizga tamg'a yopishtirilsa, ikkinchi taraf eshitilmasa buni yana nima deb atash mumkin. Ba'zan ko'ngli qoladi odamni, naxot shuncha mehnat qilsang-u lekin bir tiyin qilsa ba'zi bir xudbin odamlar. Bizni kim ekanligimizga xalq o'zi baho berib bo'lgan, oson emas Telegramda 8 mingdan oshiq, YouTubeda 10 mingdan oshiq, Instagramda esa 20 mingdan oshiq insonni ishonchiga kira olish.
Shu paytgacha natija qilib bergan mijozlarimiz bilishadi aslida bizni. ?(www.canadali.net/natijalar) Aslida har bir natijani ham ijtimoiy tarmoqlarga qo'yib bora olmaymiz. Sababi ba'zi insonlar omma e'tiborida bo'lishni yoqtirmaydi va shaxsiy fotosi yoki videosini joylamaslikni iltimos qilishadi. Ba'zi natijalarni esa o'zimiz joylab ulgurmaymiz xatto.
Agar viza chiqmagan bo'lsa qayta harakat qilish kerak, kurashish kerak. Alamzada bo'lib orqadan gap qilish emas. Kanada hammaga ham viza berish majburiyatini olmagan, nasib qilgan bo'lsa chiqadi axir. Biz esa sababini qilishga harakat qilamiz qo'ldan kelgancha.
Xulosa: ming urinmang baribir kimgadir aslo yoqmaysiz va sizdan hech qachon ko'ngillari to'lmaydi. Shunday ekan, har kim o'z yo'lidan ketaveradi. G'iybat yoki tuxmatlarga esa aslo e'tibor bermaslikka harakat qilamiz.
Kanadaga viza olishda emas, vizaga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: ?* www.canadali.net *Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: ?* @Mr_Ali_Canada *Telegram kanalga ulanish uchun: ?****https://t.me/CanadAli
Kanada ?? oxirgi 2 yilda qanday xatolarga yo'l qo'ydi immigratsiya bo'yicha?
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bu haqda batafsil so'zlab berdi. 7 minutlik video YouTubeda dunyo bo'ylab milliondan ortiq marta ko'rildi hozirgacha. Ingliz tilini yaxshi bilsangiz videoni to'liq ko'rsangiz bo'ladi mana bu yerda. ?(To'liq video) Agarda tilni unchalik yaxshi bilmasangiz quyida qisqacha to'xtalib o'taman asosiy fikrlarga.
Kanada yaqin 3 yil ichida immigratsiya va mamlakatga keladiganlar soni va sifati bo'yicha keskin o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Maqsad sonni qisqartirish orqali sifatli nomzodlarga e'tibor qaratish. Sababi haddan tashqari ko'p odam kelgani uchun uy-joy, infrastruktura va ijtimoiy xizmatlarga katta bosim yuzaga keldi o'tgan 2 yil ichida. O'zingiz o'ylab ko'ring shu vaqt oralig'ida O'zbekistonda ham minglab yurtdoshlarimiz viza olishga erishdi va tarixda bunaqasi bo'lmagan edi.
Nega odam ko'payib ketdi? 3 ta asosiy sabab bor. Xususiy kollejlar tinimsiz talab qabul qildi, kichik bizneslar haddan tashqari ko'p ishchi olib keldi (o'z tanishlarini albatta) va shuningdek turist viza bilan kelganlar qolib ketaverishdi (ko'plari xattoki qochqin maqomiga hujjat topshirib tashladi).
Rejalar qanday bo'ladi endi kelayotgan 3 yil uchun?1) Doimiy yashovchi maqomini berishda ko'proq tibbiyot xodimlari va qurilish mutaxassislariga e'tibor qaratiladi. Shu sohalarda malakali ishchilar yetishmayapti aynan hozir.
2) Allaqachon Kanadaga kirib olganlar orasida boshqa sohalarda mutaxassis bo'lsa ham, malakali kadr bo'lgani uchun tashqaridan turib harakat qilayotganlarga nisbatan ko'proq imkoniyat beriladi.
3) Xalqaro talabalar soni qisqaradi va Kanada o'zi uchun kerakli sohalarga o'qishga kirganlarga ko'proq viza beradi.
4) Qochqin maqomiga hujjat topshirganlar arizasi tezroq ko'rib chiqiladi va ko'piga deport beriladi yolg'ondan boshpana so'ralgani aniqlansa.
Xulosa qilib aytganda bu choralar Kanada immigratsiyaga qarshilik bildirishni boshladi degani emas, shunchaki munosib nomzodlar va mamlakatga faqat kerakli bo'lgan insonlarni tanlab olishga qaratiladi deb ta'kidlagan Kanada bosh vaziri.
Telegram kanalga ulanish uchun: ?****https://t.me/CanadAli
Sodda bo'lmang o'zbegim! Yoxud chet elga borish istagida kuyib yonib, hissiyotga berilib qaror qabul qilmang aslo...
Shunday savollar bilan ko'pchilik murojaat qilmoqda:
"Menga Germaniyadagi bir agentlik Kanada davlatidan ish taklifi olib bermoqchi, shartnoma taklif qilyapti. Xizmat haqiga 2 ming dollar so'rayapti. Ishonsam bo'ladimi?"
Javob: Vallomat bo'lsayam, qonuniy ro'yxatdan o'tgan agentlik bo'lsayam Kanada ish beruvchisi va ishlamoqchi bo'lgan nomzod o'rtasiga tushib vositachilik qilish deyarli imkonsiz. Sababi Kanada ish beruvchisi siz uni izlab topishingizni xohlaydi, u sizni emas. Qaysidir agentlikka menga ishchi topib ber deb murojaat qilish holati kamdan kam uchraydi. Qolaversa hozirgi kunda nima ko'p, firibgarlar ko'p.
"O'zbekistonda bir firma menga 5 ming dollar evaziga Kanadaga ishga yubormoqchi. Agar viza ololmasam pulimni qaytarib ham berar ekan. Kerak bo'lsa notarial qarz shartnomasi qilib bersam bo'lar ekan so'ralgan mablag'ni. Rostmi shu?"
Javob: Naxotki bu keng tarqalgan sxemadan bexabar bo'lsangiz? Sizdan olingan katta miqdordagi summa bankka omonatga qo'yiladi va foydasi olingach bir yildan keyin sizni kuttirib kuttirib uzr o'xshamadi deb qaytarib ham berishaveradi. Shunaqa 10 ta, 100 ta odamni pulini olib, bankda aylantirib foyda qilish va jinoiy javobgarlikdan qo'rqib qaytarib berish bu juda oddiy va siyqasi chiqqan usul. Go'yoki qonuniy, lekin kimnidir umidvor qilish va bekorga vaqtini olish xolos. Shu paytgacha birorta firma yurtdoshlarimizni Kanadaga qonuniy ishga yuborganini guvohi bo'lmadik. Ayoliga student viza olib, eriga ochiq ishchi viza olish esa bu umuman boshqa mavzu. Hozir gap ish taklifi olish orqali to'g'ridan to'g'ri ishga yuborish haqida ketmoqda.
"Menga bir Kanadalik ish taklifi tashladi, ko'rib bering shuni iltimos. Pul so'ramadi, faqatgina elchixona saytiga to'lov qilsam bo'ldi ekan. Tekshirib berasizmi?"
Javob: Yasalgan ish taklifi va dizayn qilib ishlov berilgan soxta taklifnomalarni son sanog'i yo'q. Xattoki to'g'ridan to'g'ri pul ham talab qilishmaydi. Eng achinarlisi esa ehtirosga berilib qanday qilib 200-300 dollarni soxta saytga, go'yoki elchixona sayti deb o'ylab to'lab qo'yishgani holatlari ham ishoning ancha ko'p.
Xulosa: Osongina amalga oshadigan va'dalar hech qachon ishonchli bo'lmaydi. Ortida albatta yashirin sxemalar turadi va nafaqat qiynalib topgan mablag'ingizdan ayrilib qolasiz, kamiga boshqa ishonchli mutaxassislardan ham ko'nglingiz qolib ketadi va hech kimga ishonmaydigan negativ insonga aylanasiz. Fikr qiling, juda bo'lmasa xat-hujjatni yaxshiroq tushunadigan tanishingizga ko'rsating shunday shubhali takliflarni.
Telegram kanalga ulanish uchun: ?****https://t.me/CanadAli
4 marta yiqilib?♂️, 5-urinishda va nixoyat Kanada ?? haydovchilik guvohnomasini oldim.?
Jarayon uchun deyarli 1 yil ketdi. Har safar yiqilganda kamida 2-3 oylik navbatga turish kerak qayta topshirish uchun. Vaholanki O'zbekistonda 5 yil avtomobil boshqarganman va 1-urinishdayoq hech qanday "pora" bermasdan o'z kuchim bilan o'tgan edim o'sha paytda. Negadir Kanadaga kelgandan keyin bir urinishda nazariy imtihonni topshira olgan bo'lsamda, amaliy imtihonda har safar qandaydir kutilmagan holatlar tufayli xato qilaverdim.
Ba'zida piyodaga yo'l bermaganim uchun, ba'zida yomg'irda loy sachragan oynani tez tez artib turmaganim uchun, bir safar parkovkadan orqalab chiqayotgan mashinaga yo'l bermaganim uchun, yana bir safar esa unchalik yaxshi ko'rinmagan yo'l chizig'ini bosganim uchun yiqilaverdim xullas.
Balki mahoratli haydovchi emasdirman deb, aybni o'zimdan izladim va qachon to'liq tayyor bo'lsamgina imtihondan o'tkazishlari mumkinligini his qilib xafa bo'lganim yo'q. Bu bilan aytmoqchi emasman, hamma ham "prava" olishda qayta va qayta yiqilaveradi deb. Bir urinishda o'tib ketadiganlar ham yetarlicha topiladi. Lekin aksiga olib menga kelganda har safar nimadir kutilmagan voqea sodir bo'laverdi amaliy imtihonda. Balki, vatanda mashinani erkin boshqarib o'rganib qolgandirman uncha uncha qoidani mensimay haydashga.
To'liq haydash huquqini beradigan guvohnomam bo'lmasada, bir yil ichida Kanadada mashina haydashda davom etaverdim. Sababi Kanada davlatida nazariy testni topshirgandan so'ng avtomobil haydashga ruxsat etiladi va L (learner) maqomi beriladi. Sharti shuki, yoningizda professional haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lgan inson o'tirishi kerak. Oila a'zolaringizdan boshqa odamni mashinada tashishga ruxsat etilmaydi bu maqom bilan. Kechasi 12 dan tonggi 5 gacha avtomobil haydashga ruxsat berilmaydi.
Tabiiyki, risk qilishga majbur bo'ldim va 1 yil shu maqom bilan mashina haydashda davom etdim. Yo'llarda biror marta "GAI" xodimlari (politsiya) to'xtatmadi xayriyat. Lekin hamisha qo'lga tushib qolishdan qo'rqib mashina haydash odamni ancha qiynar edi. Agar 6-urinishda ham o'ta olmasangiz qayta malaka oshirishga ya'ni haydovchilik maktabida o'qib kelishga yuborishadi.
Bu bilan qanday xulosaga kelish mumkin? Kanada davlatida avtomobil yo'llarida avariyalar ancha kam, bu falokatda odamlar o'limi ham juda past darajada. Chunki qoidalar qattiq, osongina imtihondan o'tib ketish yo'q. Tanish bilishchilik o'tmaydi, pora bilan hal qila olmaysiz. Qachon haqiqatda tayyor bo'lsangizgina o'tasiz.
Bizda O'zbekistonda ham imtihondan o'tish hozirgi kunda qanday ahvolda ekanligi meni qiziqtirmoqda? Qiyinlashganmi yoki haliyam yo'lini qilib hal qilib ketsa boladimi? Chunki biz imtihon topshirgan paytda shunday qilib "prava" olish juda juda oson edi. Kanadaga kelganda sizlarga bitta urinishda haydovchilik guvohnomasini olish nasib qilsin, lekin agar menga o'xshab o'ta olmasangiz ruxsatsiz avtomobil haydashni tavsiya qilmayman. Bu xavfli bo'lishi mumkin qo'lga tushib qolsangiz. ?
Kanada davlati hayotidan lavhalarni kuzatib borish uchun: ?****https://t.me/CanadAli
Deyarli bir soat davomida "Kanadaga kelishning real yo'llari" mavzusida suhbat o'tkazdik va ushbu muloqotning yozib olingan varianti.
Podcast shaklida eshitib o'zingizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishingiz mumkin!
Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.netsayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.
Shaxsan bog'lanish uchun: ?* @Mr_Ali_Canada
*Telegram kanalga ulanish uchun: ?****https://t.me/CanadAli
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago